birinchidan, eksport va importning qiymati va natural miqdori dinamikasi ya‘ni savdo oboroti,
ikkinchidan, savdo balansi, uchunchidan, ma‘lum bir tovarni ishlab chiqarish eksportga
chiqarishning belgilangan miqdori, tovar tarkibi va geografik taqsimoti hisoblanadi. Bu yerda
savdo balansiga alohida to‗xtalib o‗taylik. Savdo balansi (to‗lov majburiyatlari, savdo shartlari,
eksport kvotasi) aktiv va passiv bo‗lishi mumkin.
Aktiv balans-eksport importdan ortiq va mamlakatga tashqaridan valyuta kela boshlaydi,
natijada moliyaviy ahvol faollashadi.
Passiv balans-import eksportdan ustun, mamlakatdan valyuta oqib chiqib keta boshlaydi,
moliyaviy ahvol zaiflashadi, mamlakatning chet el qarzlari ko‗payadi, aholining turmush darajasi
pasaya boshlaydi, pulning qadri tusha boshlaydi.
Xalqaro savdoning huquqiy asosi bo‗lib savdo shartnomalari va kelishuvlari, to‗lov
shartnomalari va kelishuvlari, tovarlarni yetkazib berish shartlari, kredit shartnomalari
to‗grisidagi hujjatlar hisoblanadi. Xalqaro savdoning subyektlari va obyektlari mavjud. Xalqaro
savdoning subyektlari bo‗lib xalqaro huquqiy hujjatlar asosida ish yurituvchi, davlat tashqi
siyosatini amalga oshiruvchi davlatlar, davlatlarning tashqi savdo tashkilotlari, kompaniyalari
hisoblanadi.
Xalqaro savdoning obyekti bo‗lib jahon bozori hisoblanadi. Jahon bozori-bu xalqaro
mehnat taqsimoti orqali bir-birlariga bog‗langan turli mamlakatlar o‗rtasidagi barqaror oldi-sotdi
munosabatlari. Jahon bozori tovar-pul munosabatlarining xalqaro maxsuli xisoblanadi. Jahon
bozori tovarlar va xizmatlar, moliya, ilmiy ishlanmalar mexnat bozorlaridan iborat. Xalqaro
mexnat taksimoti kanchalik chukurlashsa ishlab chiqarish kulami shunchalik kupayyadi natijada
jahon bozorining maydoni kengayib boradi.
Jahon bozori unga xos bo‗lgan infratuzilma orqali amal qiladi. Bu infratuzilma xalqaro
tovar birjalari, fond birjalari, xalqaro banklar, kredit tashqilotlari, auksionlar, sug‗urta
kompaniyalari, savdo-sanoat kompaniyalari va boshqalardan tashkil topadi. Bu infratuzilma
tarkibiga transport, aloqa sohalarini ham kiritish mumkin. Jahon bozorining milliy bozordan
asosiy farqi shuki, unda tovar assortimenti cheklangan bo‗ladi. Masalan: texnika-texnologiya,
neft, gaz, metall, paxta, don, choy, kofe, yog‗och va shu kabilar. Shuni ham aytish kerakki, tovar
ishlab chiqaruvchi har qanday davlat jahon bozorida ishtirok etuvchi subyekt hisoblanmaydi.
Jahon bozorida maxsus narxlar - shartnoma narxlari mavjud, ular baynalmilal xarajatlarni
aks ettiradi. Jahon bozoridagi narxlar baynalminal sarflar va xalqaro darajadagi talab va taklifga
asoslangandan u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishga nisbatan ko‗p mehnat sarf qilgan yoki
tovar sifatini jahon talablariga yetkaza olmagan mamlakatlar jahon bozorida raqobatlashuvga
layoqatsiz bo‗ladilar. Demak, jahon bozoridagi savdo operatsiyalarida ko‗riladigan foyda yoki
zarar tovarlarning milliy va xalqaro xarajatlar o‗rtasidagi farqqa bog‗liq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: