1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
alishrr

 
 
2. Tashqi savdo  operatsiyalarini o„tkazishda infratuzilmaning roli. 
 
Tovarlarni  olib  kirish  yoki  olib  chiqishning  davlat  tomonidan  rag‗batlantirilishi  yoki 
chegaralanishi bilan bog‗liq holda iqtisodiy va bojxona siyosatining quyidagi to‗rt asosiy turini 
ajratish mumkin: 
1.Qisman cheklash siyosati. Bu siyosat ichki bozorga ba‘zi tovarlarni, masalan, mamlakat 
milliy mafkurasiga hamda aholi turmush tarziga teskari ta‘sir qiladigan kino - video mahsulotlari 
va turli nashrlarni kiritmaslik maqsadida qo‗llaniladi. 
2.Proteksionizm siyosati. Bu ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashdir. 
3.Erkin savdo siyosati - «fritrederlik». Bu tashqi savdodagi cheklashlarni eng kam darajaga 
tushirishdir.  Odatda,  u  tovarlarining  raqobatbardoshligi  yuqori  va  bozorlarda  etakchi  mavqega 
ega bo‗lgan mamlakatlar tomonidan qo‗llaniladi. 
4.Taqchil bozorni to‗yintirish  -  «teskari protektsionizm» siyosati.  Bu faqat  milliy bozorda 
chuqur  taqchillik  sharoiti  yuz  berganda  va  unda  hammaga  o‗rin  topiladigan  sharoitdagina 
samarali hisoblanadi. 


  O‗zbekistonda  teskari  protektsionizm  elementlari  1980-yillar  oxiri  va  1990-yillarning 
boshida xorijiy tovarlarni jalb qilish maqsadida qo‗llanilgan. Ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida eski 
aloqalarning  bekor  qilinishi  va  ishlab  chiqarishning  pasayishi  barcha  tovar  bozorlarida 
taqchillikning o‗sishiga olib keldi. 1995-yil o‗rtalariga kelib import bojlarining bekor qilinishi, 
imtiyozli  kreditlash  va  boshqa  chora-tadbirlar  natijasida  taqchillik  muammosining  olib 
tashlanishiga muvaffaq bo‗lindi. U yoki bu siyosatni ishlab chiqish shartlari qattiq yoki yumshoq 
bo‗lishi  mumkin.  Siyosat  usullarini  tanlash  va  amalga  oshirish  davlatning  maqsadlariga, 
umumiqtisodiy siyosat, tovar bozorlaridagi raqobat va boshqa omillarga bog‗liq. 
  Bojxona  siyosatini  olib  borishda  mamlakatdagi  real  vaziyatni  hisobga  olish,  tashqi 
iqtisodiy  faoliyatni  tartibga  solishning  bevosita  va  bilvosita  usullarini  birgalikda  olib  borish 
maqsadga muvofiqdir. Bojxona siyosatida qo‗llanuvchi iqtisodiy usullarga asosan tarif usullari, 
ma‘muriy usullarga esa to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘qiqlashlar cheklashlar, jazolar yoki aksincha ruxsat 
berishlar kiradi. 
Tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  samaradorligini  baholash  uchun  ko‗pgina  ko‗rsatkichlar 
qo‗llaniladi. Shulardan quyidagilarni alohida ko‗rsatamiz:  
1.  Eksportning  valyuta  samaradorligi  ko‗rsatkichi.  U  tashqi  bozorda  tovarlar  sotishdan 
tushgan  sof  valyuta  tushimining  mamlakatda  ularni  ishlab  chiqarish  va  tashishga  kilingan 
xarajatlarga, agar tovarlar kreditga sotilgan bulsa, kredit ta‘sirining koeffitsentini xisobga olgan 
xoldagi  nisbatini  ifodalaydi.  Tovar  kreditga  sotilganida  eksportni  samaradorligi  odatda 
kamayadi, birok kredit berilmasa, tovarlarni tashqi bozorda sotish kupincha kiyinlashadi, ba‘zan 
esa umuman mumkin bulmaydi.  
2.  Importning  valyuta  samaradorligi  ko‗rsatkichi  mamlakatga  olib  kelingan  tovarlarning 
ularni  ishlab  chiqarishning  ichki  shart-sharoitlari  buyicha  ularni  sotib  olish  va  chegaragacha 
etkazib keltirishga kilinadigan tulik valyuta xarajatlariga nisbatidir. 
   Eksportdan  ko‗rilgan  zararlar  ko‗pincha  importdan  olingan  daromadlar  bilan  qoplanishi 
tufayli,  yuqorida  aytib  o‗tilgan  ko‗rsatkichlarni  to‗g‗rilash  uchun  tuzatish  koeffitsiyentlari: 
import uchun  eksport         ekvivalenti samaradorligi koeffitsiyenti va shunga muvofiq eksport 
uchun  import  ekvivalenti  samaradorligi  koeffitsiyent  joriy  etiladi.  Eksport  uchun  koeffitsiyent 
muayyan  mamlakatga  tovarlar  eksport  qilishdan  tushngan  jami  valyuta  tushimini  ularni  ishlab 
chiqarishga  qilingan  barcha  xarajatlarga  bo‗lishdan  chiqqan  sondir,  import  uchun  koeffitsiyent 
esa  import  qilingan  tovarlarni  mamlakatning  o‗zida  ishlab  chiqarilgan  taqdirda  sarflanishi 
mumkin  bo‗lgan  xarajatlarni  bu  tovarlar  haqini  to‗lash  va  keltirishga  ketgan  valyutadagi 
xarajatlar  summasiga  bo‗lish  natijasidir.  Chet  el  valyutalarining  xarid  kuchi  bo‗yicha  ham 
tuzatish kiritiladi.  
  3.  Tashqi  savdo  ayriboshlash  samaradorligining  ko‗rsatkichi  suratdagi  import  qilingan 
tovarlarning  qiymat  bahosi  (mamlakatning  o‗zida  ishlab  chiqarilgan  taqdirda  ularga  yoki  ular 
o‗rnini  bosuvchi  tovarlarga  qilinadigan  barcha  xarajatlar)ni  ko‗rsatuvchi  sonni    maxrajdagi 
eksport  qilingan  tovarlarni  ishlab  chiqarishga  va  tashishga  sarflangan  barcha  xarajatlarni 
bildiradigan  songa  bo‗lishdan  chiqqan  bo‗linmani  bildiradi.  Bu  ko‗rsatkichni  hajm  (qiymat) 
jihatidan  teng  bo‗lgan  eksport  va  import  uchun  aniqlash  kerak.  Mutanosib  bo‗lmagan  qismi 
uchun  eksport  yoki  importning  samaradorlik  ko‗rsatkichi  (qaysi  biri  ko‗pligi)  alohida-alohida 
aniqlanadi. Uskunalarni import qilish samaradorligini baholaganda vaqt va sifat omiliga tuzatish 
kiritilishi mumkin. 
 4.  Litsenziya  sotib  olish  samaradorligi  ko‗rsatkichi  shunday  nisbatdirki,  uning  suratida 
chet eldan sotib olingan yangi texnologiyaga  yoki boshqa yangilikka litsenziyadan vaqt omilini 
hisobga  olgan  holda  foydalanishdan  keladigan  samara  miqdori,  maxrajida  esa  litsenziya  haqini 
to‗lash uchun zarur bo‗lgan tovarlarni ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar turadi. Litsenziya 
olish-sotish munosabati bilan tovar  ayriboshlash va xamkorlik kilishning faollashuvi va foydasi 
singari omillar xam xisobga olinadi. 
Bojxona  siyosati    davlat  tashqi  savdo  faoliyatining  bir  qismi  bo‗lib,  tovarlarni  eksport  va 
import qilishning shart-sharoitlari, hajmi va tarkibini tartibga solib turadi. Bojxona siyosatining 


mohiyati  bojxona  -  tarif  qonunchiligida,  bojxona  ittifoqlari  va  konvensiyalari,  erkin  iqtisodiy 
hududlar, tarif blokadalari va boshqalarni tashkil etishda namoyon bo‗ladi. 
Bojxona  siyosatining  mohiyatini  ko‗rib  chiqishdan  oldin  bu  tushunchaga  aniqlik  kiritish 
kerak bo‗ladi. 
Bojxona  siyosati  -  bu  bojxona  ishi  sohasida  ro‗y  berayotgan  o‗zgarishlarni  bosqichma-
bosqich  amalga  oshirishga  yordam  beruvchi  va  davlatning  iqtisodiy  (ichki  va  tashqi) 
manfaatlarini  himoya  qilishga  xizmat  qiluvchi  qonunchilik,  ijrochilik  va  nazorat  qilish 
xarakteridagi chora - tadbirlar tizimidir. 
Bu bojxona siyosatining umumiy ta‘rifidir. Bu ta‘rifni yanada aniqlashtirish uchun bojxona 
siyosatini davlat iqtisodiy (tashqi va ichki) siyosatining tarkibiy qismi sifatida ko‗rib chiqamiz.  
Bojxona  siyosati  bilan  davlatning  ichki  va  tashqi  iqtisodiy  siyosati  o‗zaro  bog‗liqdir. 
Proteksionizm  siyosatini  o‗tkazishdan  maqsad  ichki  bozorni  tashqi  raqobatdan  himoya  qilish 
hisoblanadi.  Unga  xos  bo‗lgan  xususiyat  ichki  bozorlarda  ishlab  chiqarilayotgan  va  import 
tovarlar  bilan  bo‗ladigan  raqobatga  bardosh  berolmaydigan  tovarlarga  qo‗yiladigan  import 
bojlarining yuqoriligidir. Demak, bojxona siyosatining davlat ichki iqtisodiy siyosati bilan bog‗liq 
quyidagi o‗ziga xos tomonlari yaqqol ko‗zga tashlanadi:  
Birinchidan,  bojxona  siyosati  davlat  ichki  iqtisodiy  siyosatining  tarkibiy  elementi 
hisoblanadi.  O‗tish  davri  sharoitida  u  yangi  iqtisodiy  tizimni  shakllantirishning  muhim 
omillaridan  sanaladi  va  ichki  iqtisodiy  siyosatning  qator  vazifalarini  hal  etish  uchun  xizmat 
qiladi: 

 
ichki iqtisodiyotning har tomonlama rivojlanishini rag‗batlantirish; 

  ichki bozorni himoya qilish; 

  tarkibiy qayta qurishlarni amalga oshirishda ko‗maklashish; 

  byudjetga daromadlar tushishini ta‘minlash. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish