1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
alishrr

  Ikkinchidan,  bojxona  siyosati  davlat  ichki  iqtisodiy  siyosatining  tarkibiy  qismi  sifatida 
davlat  manfaatlarini,  korxonalar,  xo‗jalik  birlashmalari,  tadbirkorlar  va  fuqarolarning  haq-
huquqlarini  himoyalash  vazifasini  ham  bajaradi.  Bojxona  siyosatining  huquqni  himoya  qilish 
vazifasi esa bojxona nazorati dastaklaridan foydalanish samaradorligiga asoslanadi. 
  Uchinchidan,  bojxona  siyosati  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  amalga  oshirishning  asosiy 
vositalaridan  biri  sifatida  davlatning  tashqi  iqtisodiy  manfaatlarini  himoyalash  va  ro‗yobga 
chiqarish maqsadlariga xizmat qiladi. 
Puxta  o‗ylangan  va  barqarorlashgan  bojxona  siyosati  milliy  iqtisodiyotni  jahon 
bozorlaridagi  keskin  o‗zgarishlardan  saqlashga  va  uning  umumjahon  xo‗jaligiga  in-
tegratsiyalashuvini faollashtirishga jalb qilinadi. 
Bojxona  siyosati  kontseptsiyalarini  ishlab  chiqish  bojxona  boshqaruvi  amaliyoti  uchun 
muhimdir. Ularni ishlab chiqish esa aniq maqsadlarni qo‗yishdan va ularni amalga oshirishdan 
oldin  boshlanadi.  Ba‘zi  hollarda  kontseptsiyalar  amaliy  bojxona  siyosatidan  orqada  qolishi 
mumkin.  Bunday  hollarda  u  tajribalar  jarayonida  shakllanadi  va  ko‗pincha  samarasiz  bo‗lib 
chiqadi.  
Ko‗pchilik  davlatlarning  tadbirkorlari  xorijiy  raqobatchilarni  o‗z  milliy  bozorlariga 
kiritmaslik uchun bor kuchlarini ayamaydilar. Ularning manfaatlari aniq, chunki, xorijiy raqobat 
bo‗shashishga  qo‗ymaydi,  ishlab  chiqarishni  doimo  yangilashga,  xarajatlarni  kamaytirishga, 
tovar va xizmatlar sifatini oshirishga majbur qiladi. Iste‘molchilar manfaati esa ko‗proq sifatli va 
imkoni boricha arzon tovarlarga ega bo‗lishda o‗z ifodasini topadi. Tovarning kelib chiqishi va 
uni  ishlab  chiqarishdan  kimlarning  manfaat  ko‗rishi  va  boshqalar  ular  uchun  ahamiyatga  ega 
emas. 
  Bu  holat  dunyoning  ko‗pchilik  mamlakatlaridagi  iqtisodiy  va  siyosiy  qarama-
qarshiliklarning  doimiy  manbaidir.  Hukumat  o‗z  iqtisodiy  siyosatini  shunday  olib  borishi 
kerakki, mamlakat o‗z bozorlarida import tovarlarning paydo bo‗lishidan yutqazishi emas, balki 
yutishi kerak. 
  Bojxona siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardir: 

 
tashqi savdoning rivojlanishiga ko‗maklashish; 



 
davlatning iqtisodiy o‗sishini jadallashtirish; 

 xalqaro mehnat taqsimotida qatnashishdan foyda olish; 

 
mamlakat savdo va to‗lov balansining ijobiy qoldig‗ini ta‘minlash; 

 davlat byudjeti daromadlarini o‗stirish; 

 xorijiy  davlatlar  va  ular  ittifoqlarining  diskriminatsion  aksiyalariga  qarshi  harakat  olib 
borish; 

 davlatning savdo - siyosiy mavqeini mustahkamlash; 

 korxonalar, tashqilotlar va tadbirkorlarning tashqi bozorga chiqishini ta‘minlash; 

 
milliy iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilishiga ko‗maklashish; 

 
mamlakat xalq xo‗jaligining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish; 
bozor faoliyatiga shart - sharoit yaratish. 
  Bojxona  siyosatining  asosiy  usullari  va  dastaklari  davlatlar  o‗rtasidagi  o‗zaro 
munosabatlar jarayonida ishlab chiqilgan. O‗zbekiston Respublikasi bojxona siyosatining asosiy 
printsiplarini  ko‗rib  chiqamiz.  Ular  Jahon  savdo  tashkiloti  (JST)  hujjatlarida  qayd  etilgan 
bojxona  siyosatining  xalqaro  tajribalariga  hamda  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
I.A.Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  O‗zbekistonning  tashqi  va  ichki  siyosati  prinsiplariga 
asoslangan.  

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish