Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‗zgarishlar ro‗y bermoqda. Jumladan, keyingi yillar
mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‗ining barqaror o‗sish
tendentsiyasi va xomashyo etkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib
borayotgani yaqqol ko‗zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xomashyo
bo‗lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O‗zbekiston uchun
an‘anaviy eksport xomashyosi bo‗lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20
foizdan 2008 yilda 9,2 foizga tushdi (13.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: