1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
alishrr

 
 
3. Bojxona xizmati va uning tashkil  qilinishi. 
 
Davlat savdo va iqtisodiy aloqalarni olib borar ekan milliy iqtisodiyotni ma‘lum sohalariga 
maqsadli ta‘sir o‗tkazadi. Bu ta‘sir maxsus usullar majmui yordamida amalga oshiriladi: 

 
ma‘muriy; 

 iqtisodiy. 
  Ma‘muriy  vositalar  hukumat  tomonidan  qabul  qilinadigan  qarorlarga  asoslanadi. 
Ma‘muriy tartibga solishning klassik vositalari uch turga bo‗linadi: ta‘qiqlash, ruxsat berish va 
majbur  qilish.  Masalan,  davlat  organlari  u  yoki  bu  tovarning  (qurol-yarog‗,  spirtli  ichimliklar, 
dori-darmonlar)  importini  ta‘qiqlashi,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  qatnashchilarini  bojxona 
nazoratidan  o‗tishga  majbur  qilishi  mumkin  va  hakozo.  Ta‘qiqlash,  ruxsat  berish  va  majbur 
qilish, litsenziyalar berish yoki ulardan voz kechish, qonunlar va qonuniy hujjatlarni qabul qilish 
yo‗llari bilan amalga oshiriladi. 
Tartibga  solishning  notarif  usullari  mohiyatiga  ko‗ra  bojxona  siyosatining  ma‘muriy 
vositalari hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi: 

 tashqi iqtisodiy bitimlarni litsenziyalash va kvotalash; 

 
tovarning bojxona tozalovidan o‗tishi bilan bog‗liq cheklovlar; 

 tovarni sertifikatlash; 

 import rejimiga asoslangan to‗lovlar bilan bog‗liq cheklovlar; 

 
milliy tarkibiy, texnik va sanitar talablar bilan bog‗liq cheklovlar; 

 
davlatning import operatsiyalarida qatnashishi bilan bog‗liq bo‗lgan cheklovlar va h. k. 
BMT notarif usullarni quyidagicha tasniflaydi; 

 birinchi tur - importni bevosita cheklashga qaratilgan usullardan foydalanish; 

 ikkinchi  tur  -  tashqi  savdoni  turli  rasmiyatchiliklarni  joriy  etish  hisobiga  cheklashga 
qaratilgan  usullardan  foydalanish  (bojxona  rasmiyatchiliklari,  texnik  me‘yor  va  andozalarga 
nisbatan o‗ta talabchanlik va h.k); 

 uchinchi  tur  -  bevosita  eksportni  rag‗batlantirishga  yoki  importni  cheklashga 
yo‗naltirilmagan usullardan foydalanish. 
Agar  davlat  litsenziyalash  yoki  kvotalashni  amalga  oshirsa,  u  holda  bojxona  bu 
rasmiyatchiliklarning  bajarilishi  ustidan  nazoratni  amalga  oshirishi  kerak.  Bundan  tashqari, 
umumiy  tashqi  iqtisodiy  siyosatni  ishlab  chiqishda  bojxona  vakillari  ishtirok  etishadi  yoki 
ularning fikrlari bu siyosatni ishlab chiqishda albatta, e‘tiborga olinadi. 


Bojxona  boshqaruvining  iqtisodiy  vositalariga,  dastavval,  eksport  va  import  tovarlarga 
nisbatan  belgilanuvchi  bojxona  tarifi  va  soliqlari  kiradi.  Ular  bozor  munosabatlarini 
shakllantirish  sharoitida  markaziy  o‗rinni  egallaydi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  tartibga 
solishning iqtisodiy usullariga bojxona tariflari kiradi. Davlat importdan boj (soliq solishning bir 
ko‗rinishi) undirish orqali xorijiy tovarlar narxining o‗sishiga zamin yaratadi va bu tovarlarning 
raqobatbardoshligini pasaytiradi. 
Davlat  tovarlar  eksportidan  boj  undirish  orqali  ularning  mamlakatdan  chiqib  ketishini 
to‗xtatib turadi. Odatda, eksport bojlari tovarlarning chiqib ketishi (qandaydir sabablarga ko‗ra) 
maqsadga  muvofiq  bo‗lmagan  yoki  tovarga  bo‗lgan  talab  o‗z  iste‘molchilari  o‗rtasida 
qondirilmagan hollarda qo‗llaniladi. 
U yoki bu rejimni qo‗llashda yo nisbatan yuqori, yo nisbatan past tarif ishlatiladi. Hozirgi 
davrda  bojxona  tariflari  100  dan  ortiq  mamlakatda  qo‗llanilmoqda.  Bojxona  tariflarini  ikki 
guruhga bo‗lish mumkin: 

 sanoatni rivojlangan mamlakatlar tariflari; 

 rivojlanayotgan mamlakatlar tariflari. 
  Sanoati rivojlangan mamlakatlarning bojxona tariflari, odatda, ko‗pustunli bo‗ladi,  ya‘ni 
bir tovarning o‗zi kelib chiqqan mamlakatiga bog‗liq ravishda turli boj darajalariga ega bo‗lishi 
mumkin. Nisbatan yuqori bojlarni o‗zida jamlagan umumiy tarif stavkalari ustuni mumkin qadar 
qulaylik  berish  rejimidan  foydalanmaydigan  mamlakatlarda  keng  tarqaladi.  Mumkin  qadar 
qulaylik tug‗dirish rejimi deganda, o‗zaro kelishayotgan davlatlarning xalqaro savdo va iqtisodiy 
kelishuvlar  doirasida  bir-biriga  nisbatan  xuquq  va  imtiyozlar  yaratib  berishni  ko‗zda  tutadigan 
shart-sharoitlar tushuniladi (masalan, MDH mamlakatlari). 
Sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  bojlarning  mamlakatlar  iqtisodiyotiga  ko‗rsatadigan 
ta‘sirini  hisobga  olgan  holda  ko‗ptomonlama  tartibda  kelishib  oldilar  va  1948-yil  1-yanvarida 
Savdo  va  Tariflar  bo‗yicha  Bosh  SHartnomani  (GATT)  amalga  kiritdilar.  Bu  shartnoma 
urushdan  keyingi  davrdan  boshlab  a‘zo  mamlakatlarning  savdo  rejimlarini  tartibga  solib 
kelmoqda.  Uning  asosiy  maqsadi  tashqi  savdo  siyosatini  bojxona  tariflari  yordamida  amalga 
oshirish va bu tariflarni pasaytirish bo‗yicha doimiy kelishuvlar olib borish edi. GATT doirasida 
sanoat  tovarlariga  qo‗llaniladigan  tashqi  savdo  bojlariga  bag‗ishlangan  ko‗ptomonlama 
muzokaralarni  olib  borish  natijasida  1990-yillar  o‗rtalariga  kelib  bu  tovarlarga  nisbatan 
o‗rnatilgan  bojlar  miqdori  85-90%  ga  qadar  qisqardi.  Bu  esa  tashqi  savdo  munosabatlarining 
bosqichma-bosqich 
erkinlashib 
borayotganidan 
dalolat 
beradi. 
Sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlarning  bojxona  tariflari  ham  rivojlanayotgan  mamlakatlardan  tovarni  import  qilishda 
preferentsial  (imtiyozli)  bojlar  ustunidan  foydalaniladi.  Rivojlangan  mamlakatlarning  rivojla-
nayotgan  mamlakatlar  tovari  uchun  joriy  qilgan  preferentsial  bojlari  BMT  (YUNKTAD) 
doirasida tashqil etilgan Umumiy preferentsiyalar tizimiga kiradi. 
Bojxona tariflarining cheklash funksiyasi,  asosan, bir qator tovarlarga nisbatan  yuqori boj 
stavkalarini  saqlash  orqali  yoki  import  qilinayotgan  mahsulotning  qayta  ishlanish  darajasiga 
bog‗liq ravishda boj stavkalarini oshirib borish yo‗li bilan amalga oshiriladi. 
Rivojlangan  mamlakatlarda  o‗z  qayta  ishlash  sanoatlarini  himoya  qilish  maqsadida 
tariflarni  bojlar  eskalatsiyasi  (tariflar  stavkalarini  bir  texnologik  zanjir  halqalarida 
qatnashayotgan  tovarlarning  qayta  ishlanish  darajalariga  bog‗liq  ravishda  oshirishdir)  asosida 
qurish usuli qo‗llanilmoqda. Odatda, sanoat xom ashyosini import qilish bojlarsiz yoki juda past 
miqdordagi  bojlarni  qo‗llash  orqali  amalga  oshiriladi.  Masalan  Buyuk  Britaniyada  xom-ashyo 
importi 0 stavkali bojlarga ega, mamlakatda ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar importiga 
nisbatan 15-20% va undan ham yuqori boj stavkalari belgilanadi.  
Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  ham  importni  tartibga  solishda  bojxona  tariflarining  roli 
katta.  Bu  mamlakatlarga  olib  kirilayotgan  ko‗pchilik  tovarlardan  undirilayotgan  bojlarning 
o‗rtacha darajasi sanoati rivojlangan mamlakatlarnikidan bir muncha yuqori. Bu avvalo sanoat-
ning yosh tarmoqlarini himoya qilish zaruriyati bilan bog‗liq.  
Ko‗pgina  rivojlanayotgan  mamlakatlarning  bojxona  tariflariga  bojlar  bilan  bir  qatorda 
fiskal  yig‗imlar  va  turli  xil  soliqlar  ham  kiritiladi.  Bundan  tashqari,  tariflarga  ko‗pincha 


ma‘muriy va ichki soliqlar ham qo‗shiladi. Ko‗pchilik mamlakatlar tariflarida o‗ziga xos bojlar 
qo‗llaniladi  (ayniqsa,  Singapur,  Tailand  va  Indoneziyada).  Milliy  tariflar  bilan  bir  qatorda  bir 
qancha mamlakatlarning bojxona ittifoqlari ko‗rinishidagi bojxona-tarif birlashmalari ham amal 
qiladi. 
Shu  tariqa  davlatlar  o‗z  rivojlanish  xususiyatlari  va  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda 
umumiqtisodiy siyosatni amalga oshirishda yordam beruvchi bojxona siyosatlarini belgilaydilar. 
Boj-tarif  orqali  tartibga  solishning  amaldagi  mexanizmi  mamlakatimiz  tomonidan  amalga 
oshirilayotgan boj siyosati va bojxona organlari tomonidan davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini 
ta‘minlash, uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishning asosiy shartidir.  
Boj tarifi – bojxona chegarasini kesib o‗tuvchi tovarlarga nisbatan qo‗llaniladigan bojxona 
to‗lovlari stavkalaridir. 1995-yil 3-noyabrda Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligida tashqi iqtisodiy 
faoliyat  tovarlarining  yagona  tovarlar  nomenklaturasi  (TN)  bo‗yicha  Kelishuv  imzolangan. 
Bundan tashqari 1983-yil 14-iyunda tovarlarni kodlashtirish bo‗yicha xalqaro Konvensiya qabul 
qilingan. Boj tariflarini belgilashda tovarlar nomenklaturasi ushbu xalqaro me‘yoriy hujjatlarga 
mos bo‗lishiga e‘tibor beriladi.  
Boj tarifi funksiyalari ichida proteksionistik va fiskal funksiyalari alohida ahamiyatga ega. 
Boj  tarifining  proteksionistik  funksiyasi  milliy  tovar  ishlab  chiqaruvchilarni  himoyalash  bilan 
bog‗liq. Mamlakatga import qilinayotgan tovarlarga turli boj to‗lovlarining joriy etilishi ularning 
ichki  bozorda  sotilish  narxini  oshiradi  va  buning  natijasida  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilar 
tovarlarining raqobatbardoshliligi oshadi.  
Boj  tarifining  fiskal  funksiyasi  boj  to‗lovlarini  joriy  etish  orqali  mamlakat  byudjetining 
daromad qismiga mablag‗larning tushishini ta‘minlaydi.    
 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish