O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
“Tavsiya etilgan”
Iqtisodiyot fakulteti Ilmiy Kengashi raisi
___________ dots. Gadayshayev M.A.
Iqtisodiyot kafedrasi mudiri
____________ dots. Avazov E.X.
Iqtisodiyot fakulteti Ilmiy Kengashining 2013-
yil 27-avgustdagi №1-sonli majlisida
takomillashtirilgan variantda qayta muhokama
qilingan va uning qarori bilan tasdiqlangan
Iqtisodiyot kafedrasining 2013-yil avgustdagi
№ 1-sonli majlisida takomillashtirilgan
variantda qayta muhokama qilinib, uning qarori
bilan tasdiqlangan va tavsiya etilgan
―IQTISODIYOT‖ FAKULTETI
―IQTISODIYOT‖ KAFEDRASI
―BOZOR INFRATUZILMASI IQTISODIYOTI‖
fanidan
MA‘RUZALAR MATNI
Bakalavriatning 5230100–Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‗yicha) ta‘lim yo‗nalishi 1-kurs
talabalari uchun
Tuzuvchi: Nurmatov N.J.
Termiz-2013
KIRISH
Infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish munosabatlari вa iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosi hisoblanib, xizmat ko‗rsatish va ta‘minot tizimidagi korxonalar faoliyati
rivojlantirilmasdan iqtisodiyotning yirik tarmoqlari barqaror o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash
mumkin emas.
Infratuzilma subyektlari respublikamizdagi ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy
jarayonlarni to‗la qamrab olib, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot, ekologiya,
boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko‗rsatish faoliyatini o‗z ichiga oladi, eng asosiysi ishlab
chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta‘sir ko‗rsatmoqda.
Infratuzilma subyektlari o‗zining vazifasi, yo‗nalishi va xizmat ko‗rsatish darajasiga
qarab ayrim tadbirkor shaxslar yoki guruhlar tomonidan, ba‘zi holatlarda esa davlat tomonidan
yoki bevosita uning ishtirokida tashkil etilmoqda. Chunki qishloq xo‗jaligi tovar mahsuloti
ishlab chiqarishni yuqori sur‘atlarda o‗sishiga erishish uchun infratuzilma subyektlarini tashkil
etish va rivojlantirishga boshlang‗ich bosqichda yirik miqdorda sarmoya kiritilishini talab etadi.
Infratuzilma subyektlariga sarflangan sarmoya bosqichma-bosqich olinib, sarflangan sarmoya
nafaqat bevosita tadbirkorlar hisobiga, balki barcha ishtirokchilarga (tadbirkor, korxona egasi
yoki homiy tashkilot va mahalliy davlat organi) qaytadi.
Infratuzilma majmuasiga kiruvchi subyektlar (sohalar) kichik va xususiy tadbirkorlarning
ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlariga bevosita ijobiy ta‘sir ko‗rsatib, takror ishlab chiqarish
jarayonini ta‘minlashda ijobiy rol o‗ynaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi bozor infratuzilmasi sohalarining faoliyat yuritish qonun-
qoidalarini, barcha munosabatlarning mohiyatini, tushunchalarini, ularning iqtisodiyotda qay
darajada, qanday shaklda amal qilayotganligini, kelajakda takomillashtirish yo‗llarini «Bozor
infratuzilmasi iqtisodiyoti» fani o‗rganadi.
«Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fanining maqsadi - bozor iqtisodiyotiga o‗tishda
mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish va uning rivojlanishi uchun shart-sharoit
yaratib berish, tadbirkorlik shakllari, ularni rivojlantirish, mavjud bo‗lgan ishlab chiqarish
resurslari, ulardan samarali foydalanish, mahsulotlar hajmi hamda iqtisodiy samaradorligini
oshirish, investitsiya loyihalari, tarmoqlarni joylashtirish va boshqa iqtisodiy munosabatlar
tizimining nazariy asoslarini hal etish, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‗llarini o‗rganish, bozor
subyektlari uchun xizmat ko‗rsatuvchi sohalarni rivojlantirishning nazariy asoslarini o‗rganish
hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yo‗llarini izlashdan iboratdir.
Yuqorida ta‘kidlanganlarni e‘tiborga olgan holda «Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti»
fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- respublikamiz iqtisodiyotida bozor infratuzilmasining o‗rni, xususiyatlari va rivojlanish
qonuniyatlarini o‗rganish;
- bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish bo‗yicha amalga oshirilayotgan
islohotlar va ularni chuqurlashtirish yo‗nalishlarini izlash;
- bozor infratuzilmasining rivojlanishi, ularning faoliyati samaradorligiga iqtisodiy baho
berish hamda yuksaltirish yo‗nalishlarini topish;
- bozor subyektlariga xizmat ko‗rsatuvchi sohalar samaradorligini o‗rganish;
- bozor infratuzilmasini investitsiyalash masalalarini o‗rganish;
- tarmoqdagi fan-texnika taraqqiyoti yo‗nalishlari va uning samaradorligini o‗rganish;
- ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanishi, ularning faoliyati samaradorligiga
iqtisodiy baho berish hamda yuksaltirish yo‗nalishlarini topish;
- ijtimoiy infratuzilmasining rivojlanishi, ularning faoliyati samaradorligiga iqtisodiy
baho berish hamda yuksaltirish yo‗nalishlarini topish;
- jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda bozor infratuzilmasini
yanada rivojlantirish yo‗llarini o‗rganish.
Mamlakatimizdagi bozor infratuzilmasi sohasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning yo‗nalishlari, ahamiyati hamda mazmunini yoritishda Respublika Parlamentida
qabul qilingan qonunlarga, Prezident farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga hamda
Prezidentimiz I.A.Karimov asarlariga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari
mazkur ma‘ruza matnida infratuzilma sohasida amalga oshirilayotgan asosiy iqtisodiy
munosabatlarning, tushunchalarning mazmun va mohiyatini Respublika ma‘lumotlari, viloyat
statistika boshqarmasi va infratuzilma tarmoqlarida faoliyat yurituvchi alohida korxonalar
ma‘lumotlaridan foydalanib, jadvallar, diagrammalar, grafiklar yordamida yoritishga e‘tibor
berildi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi talablari va Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tayyorlangan mazkur ma‘ruza matnida
o‗qitishning yangi, zamonaviy texnologik xususiyatlarini hisobga olib, har bir mavzuga oid
tayanch iboralar, nazorat va muhokama uchun savollar hamda asosiy adabiyotlar ro‗yxati
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |