Institutsional infratuzilma subyektlari iqtisodiyotni yuritish va faoliyatini tashkil etish,
davlat tomonidan boshqarishni amalga oshirish bilan bog‗liq tashkiliy jarayonlarni o‗z ichiga
oladi. Institutsional infratuzilma subyektlari boshqaruvchi rolida xizmat ko‗rsatadi va
boshqaruvchilik vazifalari darajasida iqtisodiyotning hududiy, tarmoq va alohida ishlab chiqarish
qismlariga bo‗linadi.
Bozor infratuzilmasi – jamiyatda bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va uning
rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi sohalar majmuidir. Bozor aloqalari faol bo‗lishi
uchun bozor infratuzilmasi yaxshi ishlashi lozim. Bozor infratuzilmasini birjalar, savdo uylari,
savdo kompaniyalari, konsalting firmalari, auditorlik firmalari, yarmarkalar, bojxona idoralari,
banklar, sug‗urta kompaniyalari, kredit uyushmalari kabilar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |