vositalariga, mahsulotni saqlash joylariga talab oshadi. Ta‘mirlash-texnik xizmatiga, moddiy-
texnika ta‘minoti tashkilotlariga, muhandislik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati va boshqa
xizmatlarga bog‗liqlik darajasi o‗sadi. Bu jarayonda samarali foydalanish va iste‘molchiga
etkazib berishni ta‘minlaydigan tashkilot va tarmoqlarning rivojlanishi ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Bunday tarmoqlar va xizmatlarni iqtisodiyotda infratuzilma deyiladi.
Infratuzilma - ijtimoiy va iqtisodiy ishlab chiqarish uchun normal shart-sharoitlarni
ta‘minlovchi tarmoq va sanoat majmuidir. U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashkiliy
aloqalar jarayonida vujudga keladigan realizatsiya orqali ASMning samarali ishlashini
ta‘minlaydi. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining bo‗linmas qismi hisoblanadi. U
korxonaning samarali faoliyatini ta‘minlaydi va ASMning pirovard mahsuloti miqdoran ko‗p va
sifatan yuqori bo‗lishiga yo‗naltirilgan. Qishloq xo‗jaligi mahsulotining yalpi ishlab chiqarilishi
provard natijada tarmoqning ishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag‗lari, mehnat resurslari
bilan ta‘minlanganlik darajasi bilan birga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishning rivojlanganlik
darajasiga bog‗liq. Ular orasida agrokimyo, zooveterinariya, konsultatsiya xizmatlariga katta
e‘tibor beriladi.
Infratuzilma qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligi
o‗sishining muhim omili hisoblanadi. Xomashyo, material va tayyor mahsulotning o‗z vaqtida
olib kelinishi xo‗jalik aylanmasida bo‗lgan resurs hajmini belgilaydi. Sanoatlashtirish,
kimyolashtirish, melioratsiya va ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari tez sur‘atda
o‗sishiga nafaqat qishloq xo‗jaligi uchun ishlab chiqarish mablag‗larining miqdoran o‗sishi
hisobiga, balki mablag‗ resurslaridan samarali foydalanishni ta‘minlaydigan xizmat tizimi tashkil
etilishi
hisobiga
ham
erishiladi.
Bozor
munosabatlari
rivojlangan
shart-sharoitda
infratuzilmaning tarmoq va ishlab chiqarish vazifalari ham o‗zgaradi. Bu erda qishloq
xo‗jaligining material, resurslar, texnika bilan ta‘minoti yo‗q. Mavjud bo‗gan xizmatlar bazasida
ASM korxonalariga moddiy resurslarni realizatsiya qiladigan hissadorlik jamiyatlari va shirkatlar
vujudga kelmoqda.
Moddiy ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy maqsadi qishloq xo‗jaligi korxonalarini
ishlab chiqarishiga xizmat qilish vazifasidan bosqichma-bosqich ozod etishdan iborat.
Infratuzilma ishlab chiqarish hajmini oshirish va qishloq xo‗jaligining asosiy mahsulotlari sifatan
yuqori bo‗lishi uchun shart-sharoitlar yaratishga yo‗naltirilgan. Mustaqil ravishda pirovard
mahsulotni ishlab chiqarmaydigan tarmoq va xizmatlar ma‘lum miqdorda butun ishlab chiqarish
samaradorligiga ta‘sir etadi. Infratuzilma ASM uchun kadrlar tayyorlash, uni ishchi kuchi bilan
ta‘minlashga yordam beradi.
Infratuzilmaga kiradigan tarmoqlar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta‘sir ko‗rsatmaydi
va jamiyat ishlab chiqarishida o‗ziga xos o‗rin egallaydi. Shu tufayli infratuzilma tarmoqlarini
asosiy ko‗rsatkichlari bo‗yicha turkumlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Infratuzilma
turkumlanishi alohida elementlari bilan birga butun tarmoqlarning jamiyat ishlab chiqarish
tizimidagi o‗rinlarini belgilashga yordam beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o‗rganishga va
asosiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko‗rsatish tarmoqlari orasida optimal muvozanatni
belgilashda ko‗maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: