laboratoriyalari, hisob markazlari. Bunday xizmatlarga o‗simlik muhofazasi, agrotexnika,
veterinariya, texnik ta‘mir, yuridik va boshqa xizmatlar kiradi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko‗pgina omillar ta‘sir etadi. Ularning
ichida tuproq-iqlim sharoiti, hudud relyefi, suv bilan ta‘minlanishi, yer hududi konfiguratsiyasi,
yo‗l holati, korxonaning joylashishi, ishlab chiqarish obyektlarining joylashishi, qo‗llanilayotgan
texnologiyalar, ishlab chiqarish ixtisoslashishi va konsentratsiyalashish darajasiga alohida e‘tibor
beriladi.
Korxonalar faoliyatida aloqaning o‗rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, ular o‗zi
yetishtirgan mahsulotlarni hohlagan bozorda sotishi mumkin. Shu bois ularning bozor
kon‘yunkturasini o‗rganishi yoki baho tizimi o‗zgarib turishidan xabardor bo‗lishida, aloqa
tizimining eng zamonaviy uskunalaridan foydalanishda xo‗jaliklar yetishtirgan mahsulotlarni
sotish bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni imkon darajasida hal qilishga ko‗maklashadi.
Aloqa tizimining yana bir muhim xususiyati shundaki, bunda xo‗jalikning ichki tizimida
bo‗layotgan barcha jarayonlardan xabardorlik hamda ularning muammolarini hal etish imkoni
yaratiladi. Xo‗jalik ichida faoliyat ko‗rsatayotgan barcha uskunalar va mexanizmlarga zarur
holatda texnik yoki boshqa xizmatlarni ko‗rsatishda, aloqa tizimining o‗rni va vazifasi qanchalik
darajada ahamiyatli ekanligini ko‗rish mumkin.
Xo‗jaliklarning sifatli mahsulot yetishtirishi va nasldor chorva mollari bilan
ta‘minlanishida bozordagi holatni o‗rganish va boshqa jarayonlarda ilmiy va axborot ta‘minoti
o‗ziga xos o‗rin tutadi. Bu ta‘minot orqali yangiliklar qancha tez tarqatilsa, qishloq xo‗jaligi
ishlab chiqaruvchilari bu yangiliklarni shuncha tez o‗zlashtirishi va joriy etishlari, ikkinchidan,
ulardan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishlari mumkin. Asosiy yirik xizmat
ko‗rsatuvchi tarmoqlardan biri yo‗l xo‗jaligidir. Qishloq xo‗jaligida eng ko‗p tarqalgan va asosiy
tarmoq avtomobil yo‗llari hisoblanadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo‗lgan yo‗llar qishloq
xo‗jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste‘molchilargacha yetkazish kabi keng ko‗lamli va
salmoqli vazifalarni bajarishadi, ichki tarmoq xarakteridagi yo‗llar esa xo‗jalik ichidagi barcha
ichki muammolarni hal etishda o‗ziga xos o‗rin tutadi. Xo‗jalik ichidagi yo‗llar mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha faoliyatlarga xizmat qiladi. Qishloq xo‗jaligida
yo‗llarning joylashishi, asosiy obyektlarga qulay turishi, asfaltlanganlik darajasi va tekisliligi
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Ma‘lumki, infratuzilmaning eng yirik tarmoqlaridan biri transport xo‗jaligi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish harakati jarayonini transportsiz tasavvur qilish qiyin. Bu borada qishloq
xo‗jaligiga xizmat ko‗rsatayotgan transportlar faoliyati uzoq davrni o‗z ichiga oladi. Dastavval
qishloq xo‗jaligida transport vazifasini o‗tab kelgan ish hayvonlaridan foydalanilgan.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarida xizmat ko‗rsatuvchi texnikalarning holati ishlab chiqarish
samaradorligini ko‗p jihatdan belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: