b) deduksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‗g‗risidagi nazariy g‗oyalarga asoslangan holda
ularni amaliyotga tatbiq qilish mexanizmini o‗rganish deduksiya usuli deyiladi.
d) induksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗rganib, shular
asosida nazariy g‗oyalarni yaratish jarayoni induksiya usuli deb nomlanadi.
Demak, bozor infratuzilmasi sohasida har qanday iqtisodiy muammoni avval uning
nazariyasidan, ya‘ni g‗oyasidan amal qilishiga qarab o‗rganish yoki bu muammoning amaliyotga
joriy etilishidan, ya‘ni amaliyotdagi holatiga asoslangan holda g‗oya yoki nazariyasini yaratishga
qarab tadqiqot olib borish mumkin. Ikkala holatda ham iqtisodiy prinsiplarning,
mexanizmlarning, muammolarning yechimi samarali aniqlanishi kerak. siyosatni joriy etish
mexanizmlari va ularni
amalga oshirish usullarini
e) analiz usuli. Ko‗zlangan maqsadga erishish maqsadida biror iqtisodiy jarayon
to‗g‗risidagi ma‘lumotni qismlarga ajratib o‗rganish usulidir.
f) sintez usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni umumlashtirib, tegishli
xulosalar chiqarish usulidir.
g) iqtisodiy-statistik usul. Ushbu usul bozor infratuzilmasi sohasida keng ko‗lamli
iqtisodiy jarayonlarni o‗rganishda qo‗llaniladi. Iqtisodiy-statistik usul tegishli xulosalar chiqarish
maqsadida ma‘lum yo‗nalishdagi ma‘lumotlarni to‗plash va ulardan foydalanishni anglatadi.
h) monografik usul. O‗rganilayotgan mavzu bo‗yicha umumiy xulosalar chiqarish
maqsadida mazkur yo‗nalishdagi ilg‗or mintaqalar va korxonalar faoliyatini chuqur o‗rganish va
taqqoslash mazkur usulning mohiyatidir.
i) iqtisodiy-matematik usul. Mazkur usul bir qancha omillar ta‘sir etuvchi murakkab
iqtisodiy jarayonlarni o‗rganishda qo‗llaniladi. Ma‘lum ishlab chiqarish omillari mavjud
bo‗lganda biror natijaga erishish uchun turli muqobil variantlarni o‗zaro taqqoslab, ular orasidan
eng ma‘qulini tanlab olishda iqtisodiy-matematik usullarning ahamiyati kattadir. Bunda
kompyuterlardan ham keng foydalaniladi.
«Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fani sohada amalga oshirilayotgan tashkiliy,
iqtisodiy,
ijtimoiy
munosabatlar
majmuasining
nazariy
asoslarini,
yo‗nalishlarini,
samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o‗rgatish orqali talabalarda bozor
infratuzilmasi iqtisodiyoti bo‗yicha iqtisodiy mushohada qilish, uni rivojlantirishga oid
muammolarni qo‗yish va uni hal etish, samaradorligini oshirish yo‗nalishlarini belgilab berish
qobiliyatini shakllantirib, bozor iqtisodi talablariga javob bera oladigan mutaxassislar
tayyorlashga ko‗maklashadi.
«Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fanining predmetini o‗rganishda «Iqtisodiyot
nazariyasi», «Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi»,
«Statistika», «Marketing», «Menejment», «Iqtisodiy tahlil» va boshqa shu kabi fanlardan
olingan nazariy va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: