1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


-Mavzu: Bozor infratuzilmasining rivojlanishida  davlatning roli



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119
Bog'liq
alishrr

2-Mavzu: Bozor infratuzilmasining rivojlanishida  davlatning roli. 
 
Reja: 
1. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va iqtisodiyotga davlatning aralashuvi. 
2. Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari. 
3. Bozor infratuzilmasini davlat tamonidan qo‗llab-quvvatlash tizimi. 
 
 
1. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va iqtisodiyotga davlatning aralashuvi. 
 
Bozor  iqtisodiyotining  o‗ziga  xos  afzalliklari  bilan  bir  qatorda  uning  ayrim  kamchiliklari 
ham mavjud, jumladan: 
- takror hosil qilib bo‗lmaydigan resurslardan samarali foydalanishga e‘tibor berilmaydi; 
- atrof-muhitni himoya qilishning iqtisodiy mexanizmlari mavjud emas; 
- jamiyat ehtiyojlari uchun zarur bo‗lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni qo‗llabga-
quvvatlamaydi; 
- monopoliya paydo bo‗lishi muammosini hal qila olmaydi; 
- fanda fundamental tadqiqotlarni ta‘minlab bera olmaydi; 
- ishsizlik va inflyatsiya muammolarini hal qila olmaydi; 
- daromadlarning adolatli taqsimlanishini ta‘minlab bera olmaydi; 
- iqtisodiyot siklik rivojlanish tendensiyasiga ega; 
Mana shu kamchiliklarni yumshatish uchun ham davlat iqtisodiyotni tartibga solib borishi 
kerak. Ayniqsa 2008-yilning ikkinchi yarmida boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi buni 
yana  bir  bor  tasdiqladi.  Davlat  bozor  mexanizmlarining  ishlashi  uchun  sharoit  yaratishi  lozim. 
Bozor  iqtisodiyotining  asosi  xususiy  mulk  bo‗lganligi  uchun  davlat,  birinchi  navbatda  xususiy 
mulkning  daxlsizligini  ta‘minlab  berishi  kerak.  Xususiy  mulk  kafolatlanmasa  bozor  samarali 
ishlay  olmaydi.  Davlat  mikro  darajada  bozor  muvozanatiga  soliqlar,  kvotalar,  dotatsiya, 
subsidiyalar bilan ta‘sir qiladi. 
 Davlatning  iqtisodiyotga  mikrodarajada  aralashuvi  odatda  zararga  olib  keladi.  Ammo 
quyidagilar mikrodarajada davlatning iqtisodiyotga aralashuvini talab qiladi.:  
a) ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish zarurati; 
b) vaqt o‗tishi bilan raqobat susayib monopoliyaga olib kelish xavfi; 
Davlat  asosan  makromuammolarni  hal  qilishi  zarur.  Shuning  uchun  asosiy  e‘tiborni 
davlatning makroiqtisodiyotdagi roli va vazifalariga to‗xtalamiz. 
Iqtisodiyotni  tartibga  solishda  hukumatning  uch  tarmog‗i  -  qonun  chiqaruvchi  (Oliy 
Majlis), ijro etuvchi (Vazirlar Mahkamasi) va sud (konstitutsion sud, adliya tizimi) hokimiyatlari 
katta  rol  o‗ynaydi.  Bundan  tashqari,  monetar  siyosatni  yuritish  va    pul  muomalasini  tartibga 
solishda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ham o‗z o‗rni bor.  
Jamiyat  rivojlanishi  bilan  davlatning  iqtisodiyotni  tartibga  solishdagi  roli  va  funksiyalari 
o‗zgarib  boradi.  O‗rta  asrlarda  siyosiy,  diniy,  harbiy  vazifalar  birinchi  darajali  ahamiyat  kasb 
etgan. Sof raqobat  sharoitida davlatning  funksiyasi  faqat  xususiy  mulk  va  bozor mexanizmining 
ishlashiga  sharoit  yaratishdan  iborat  bo‗lgan.  Totalitar  iqtisodiyotda  esa  davlatning  jamiyatdagi 
o‗rni va roli tubdan o‗zgardi. Unda davlat butun iqtisodiyotni o‗z qo‗liga olishga harakat qiladi. U 
korxonaning  ichki  ishlariga  nafaqat  aralashadi,  balki  o‗z  qo‗liga  olib  boshqaradi  va    nazorat 
qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti  sharoitida  esa davlatning  iqtisodiyotni tartibga solishdagi o‘rni  tubdan 
o‗zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning maqsadini uch so‗z bilan ifodalash mumkin: a) 
rag‗batlantirish; b) barqarorlashtirish; d) adolatni ta‘minlash. 
Shu maqsadga erishishda davlatning quyidagi funksiyalari kelib chiqadi:  
a)    qonun  chiqarish.  Bozor  iqtisodiyoti  bir  maromda  rivojlanishi  uchun  avvalo  zarur 
bo‘ladigan  me‘yoriy-huquqiy  bazani  yaratish  zarur.  Buning  uchun  zarur  bo‘lgan  me‘yoriy  


hujjatlar qabul qilinishi kerak. Mazkur me‘yoriy  hujjatlar davlatning tegishli organlari tomonidan 
qabul qilinadi va ularga amal qilinishi nazorat qilinadi.    
-  b)  raqobatni himoya qilish. Agar davlat raqobat sharoitini ta‘minlab turmasa, uni himoya 
qilmasa,  korxonalar  monopol  pozitsiyaga  ega  bo‗lishga  intilib,  monopoliyani  vujudga  keltiradi. 
Shuning uchun davlat raqobat sharoitini himoya qilishi kerak. Bundan tashqari, davlat tomonidan 
yuritiladigan  antimonopol  siyosat  va  uning  asosi  bo‗lgan  antimonopol  qonunchilik  ham  muhim 
ahamiyatga ega.  
d)  tovar  va  xizmatlarni  sotib olish  va sotish. Davlat mudofaa,  maorif,  fan  va  boshqa  sohalar 
uchun tovar va  xizmatlarni oldi-sotdi qiladi. 
e)      ishlab  chiqarish.  Hamma  davlatlarda  ishlab  chiqarishning  anchagina  qismini  (10  -12  % 
eng  rivojlangan davlatlarda,  qoloq  davlatlarda  esa  ancha  ko‗p)  o‗z qo‗liga  olgan.  Masalan, oltin 
qazib  chiqarish,  uran,  ayrim  harbiy  texnikalar,  elektroenergiya  va  hokazolar  davlat 
monopoliyasidadir. 
f)  ijtimoiy  adolatni  ta‘minlash.  Davlat  jamiyatda  bozor  taqsimlagan  daromadning  anchagina 
qismini  qayta  taqsimlashni  o‗z  zimmasiga  oladi.  U  har  xil  transfert  to‗lovlarini    (pensiya, 
stipendiya,  nafaqa)    to‗laydi.  Shu  yo‗l  bilan  kam  daromad  ko‗radiganlarni  bozor  stixiyasidan 
qisman himoya qiladi. 
g)    soliq  solish.  Davlat  transfert  to‗lovlariga  mablag‗  topish  uchun  hamda  o‗zining  boshqa 
funksiyalarini  bajarish  uchun  mablag‗ga  ega  bo‗lishi  kerak.  Bu  mablag‗ni  esa  davlat  aholi  va 
korxonalarga har xil soliqlar solish orqali yig‗adi. Davlatning xarajatlari tez o‗sib bormoqda, buni 
esa asosan soliq bilan qoplashga to‗g‗ri keladi. Masalan, Amerika Qo‗shma Shtatlarida 1929 yilda 
davlat xarajatlarining YaMM dagi hissasi 3% tashkil etgan. 1985 yilda esa 25% ni tashkil etgan, 
ya‘ni davlat xarajatlari YaMM ga nisbatan juda tez o‗smoqda. 
h)  iqtisodiyotni barqarorlashtirish. Bu avvalombor bozor iqtisodiyotining uchta kamchiligiga 
-  ishsizlik,  inflyatsiya,  siklli  rivojlanishga  qarshi  kurashishdir.  Davlat  o‗z  vakolatlarini  bajarib, 
soliqlar  va  davlat  xarajatlari  ustidan  nazorat  o‗rnatib,  iqtisodiyotdagi  pul  hajmini  nazorat  qilib, 
iqtisodiy sikl tebranishlariga, ishsizlikning va inflyatsiyaning pasayishiga harakat qiladi. 
i) iqtisodiyotni tartibga solish. Davlat hozirgi davrda o‗z mamlakati iqtisodiyotini jadal o‗sish, 
boshqa davlatlardan orqada qolib ketmasligi uchun, avvalombor, iqtisodiy rivojlanishning ustuvor 
yo‗nalishlarini  aniqlashi  kerak.  Texnika,  texnologiya  va  fanda  chuqur  siljishlar  sodir  qilish, 
chuqur  tarkibiy  qayta  qurishlar,    fundamental  ilmiy  izlanishlarini  rivojlantirish,  mamlakatning 
milliy manfaatlarini jahon iqtisodiyotining salbiy ta‘sirlaridan himoya qilishi kerak. 
 
 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish