1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


 Bozor infratuzilmasini davlat tamonidan qo„llab-quvvatlash tizimi



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   119
Bog'liq
alishrr

3. Bozor infratuzilmasini davlat tamonidan qo„llab-quvvatlash tizimi. 
 
Davlat tomonidan tartibga solish vositalarini kuyidagi 4 guruxga ajratadilar: 
a) ma‘muriy. 
b) iqtisodiy. 
d) psixologik. 
e) huquqiy. 
  Ma‘muriy  vositalar  davlat  kuchiga  tayanib  ruxsat  berish,  ta‘kiklash,  majbur  qilish 
choralaridan  iboratdir.  Eng  rivojlangan  davlatlarda  ham  bu  vositalar  qo‗llaniladi.  Masalan,  
Fransiyada  hukumat  Parij  aglomeratsiyasida  yangi  yirik  korxonalarni  qurishni  ta‘qiqlab  kuygan, 
ya‘ni litsenziya umuman bermaydi. Bunday qilinishga Parijning haddan tashqari o‗sib ketganligi 


sabab  bo‗lgan  (shaharda  10  milliondan  ortiq  aholi  yashaydi).  1970-yillarda  Parij  Fransiyaning 
qariyb  uchdan  bir  qism    sanoatini  berar  edi.    Shahar  ancha  ifloslangan  edi.  Shuning  uchun  bu 
qaror  qabul  qilingan.  Ma‘muriy  choralar  ilg‗or  davlatlarda  kamdan  -  kam  (odatda  ekstremal)  
xolatda  qo‗llaniladi.  Masalan,  Yaponiyada  ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  katta  konsernlarni 
majburan maydalashtirish chorasi amalga oshirilgan. 
   Mamlakatda  huquqiy  normalarini  belgilash  va  bozor  subyektlarining  faoliyat  qilishlari 
uchun tartib - qoidalarni ishlab  chiqish hukumatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
   Hozirgi  zamonda  iqtisodiyotni  tartibga  solishda  psixologik  vositalarning  ham  roli  katta. 
Televideniye,  matbuot,  radio  va  boshka  yullar  bilan  hukumat  aholining  psixologiyasiga,  uning 
qaror  qabul  qilishiga,  uni    o‗zgartirishga  va  shu  yo‗l  bilan  iqtisodiyotga    ta‘sir  qilishga    harakat 
qiladi.  
   Albatta  iqtisodiyotga  ta‘sir  qilishning  asosiy    vositasi  -  bu  iqtisodiy  vositalardir.  Ularni 
quyida kengroq ko‗ramiz. 
   Davlatning  iqtisodiy  siyosati  iqtisodiyotni  tartibga  solishga  karatilgan  bulishi  kerak. 
Davlat  tomonidan  iqtisodiyotni  tartibga  solish  xilma  -  xil  siyosat  va  ta‘sir  shakllaridan 
foydalanadi:  davlat  tadbirkorligi,  davlat  xaridlari,  soliq  siyosati,  moliya  siyosati,  pul-kredit 
siyosati,  investitsiya  siyosati,  struktura  siyosati,  antimonopol  siyosat,  ilmiy-texnik  siyosat, 
programmalashtirish, baho belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish. 
Davlat  tadbirkorlik  bilan  shug‗ullanishi  uchun  davlat  o‗z  mulki  va  korxonalariga  ega. 
Odatda davlat mulki (o‗rmonlar, yer, suv, qo‗riqxonalar, tarixiy obidalar) milliy ahamiyatiga ega 
bo‗lib, oldi-sotdi  obyekti bo‗lmaydi. 
  Davlat  qo‗lida  mamlakat  uchun  juda  muhim  ahamiyat  kasb  etuvchi  iqtisodiy  obyektlar 
(aloqa,  enegetika,  transport  va  hokazo  tarmoqlar)  yoki  tadbirkorlar  investitsiya  ajratishni  va  shu 
sohada  faoliyat  yuritishni  xohlamaydigan  sohalar  (gidrotexnika  inshootlarini  qurish,  yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash, shahar kanalizatsiyasi va hokazo)  yoki juda ko‗p fan xarajatlarini 
talab qiladigan sohalar bo‗lishi mumkin. 
    Davlat  sektorini  rivojlantirish  davlatning  iqtisodiyotni  tartibga  solish,  shu  jumladan, 
xususiy  sektorga  ta‘sir  qilishning  muhim  vositasidir.  Davlat  sektori  tarkibiy  siyosatini  olib 
borishda  ham  katta  rol  o‗ynaydi.  Davlat  mulki  davlat  byudjeti  mablag‗lari  hisobiga  yoki 
natsionalizatsiya hisobiga o‗sadi.  
      Davlat  xarid  qilish  orqali  ham  iqtisodiyotga  juda  kuchli  ta‘sir  qiladi:  u  xususiy  sektor 
uchun ish ko‗lamini kengaytiradi. Davlat xaridlari rivojlangan mamlakatlarda, avvalombor, milliy 
armiyani  qo‗llab-quvvatlash  uchun  kerak.  Bundan  tashqari,  fermerlarni  qo‗llash  uchun  qishloq 
xo‗jaligi  tovarlarini  davlat  tomonidan  xarid  qilish  ham  keng  tarqalgan.  Ammo  davlat  mulki  va 
davlat  xaridi  tizimi  rivojlangan  mamlakatlarda  qisqarib  bormoqda.  Davlatning    kuchli  bo‗lishi 
uchun o‗zida katta mulkni olishi shart emas. Masalan, Shvetsiyada davlat qo‗lida ishlab chiqarish 
fondlarining 5 foizi mujassamlashgan, ammo u o‘z kanallari orqali milliy daromadning 80 foizini 
qayta taqsimlaydi, shuning teng yarmi (40 foizi)  ijtimoiy maqsadlarga sarflanadi. 
Byudjet-soliq  siyosati  ham  tartibga  solishning  juda  kuchli  quroli,  u  siyosat  daromadlar 
siyosati, xarajatlar siyosati va tarkibiy siyosatlar bilan chambarchas bog‗langan. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish - bu eksportni, importni, kapital oqimini, ish kuchi 
migratsiyasini, texnologiya oqimini,  valyuta munosabatlarini o‗z ichiga oladi. 
Davlat  iqtisodiyotni  tartibga  solishda  solikning  aksincha  yunalishdagi  (davlatdan 
korxonaga)  xarakati  bulgan  dotatsiya  va  subsidiyalar  xam  iqtisodiyotni  tartibga  solishning 
kurollaridir.  Ammo  buni  juda  ehtiyotkorlik  bilan  ishlatgan  ma‘qul.  Chunki  u    boqimandalik 
kayfiyatini  rivojlantiradi.  Sobiq  ittifoq  tajribasi  buni  yaqqol  ko‗rsatib  berdi.  O‗n  yilliklar 
davomida berilgan dotatsiyalar korxonalarning raqobatbardoshligini pasaytirib yubordi, mahsulot 
sifatini tushirib yubordi, texnika va texnologiyani esa konservatsiya qilib tashladi. 
Iqtisodiyotga  davlat  tomonidan  ta‘sir  etishning  kiska  muddatli  usullaridan  tashkari  uzok 
muddatga muljallangan tartibga solish usullari xam ishlatiladi. Bunda struktura, ilmiy - texnikaviy 
siyosat  olib  boriladi.  Bu  siyosatlar  ilmiy  texnika  tarakkieti  talablariga  javob  beradigan 
infrastrukturani  yaratish,  kolok  regionlarni  rivojlantirish,  samaradorlikni  oshirish,  milliy 


kapitalning  raqobatbardoshligi  oshirish,  ITR  talabiga  javob  beradigan  kadrlarni  tayyorlash  kabi 
vazifalarga  qaratiladi.  Bu  avvalo  rejalashtirishdir.  Bunda  tarixga  qisqacha  to‗xtalsak,  u    uch 
bosqichdan iborat: 
a)    direktiv  rejalashtirish  (Sobiq  ittifoqda  1928-1990  yil,  Fransiya  1945-1956  yil).  Bunda 
reja majburiy bo‗lib, asosan ishlab chiqarish hajmiga taalluqli bo‗lgan.  
b) indikativ rejalashtirish, bunda reja tavsiya xarakteriga ega bo‗lib, ya‘ni ixtiyoriy bo‗ladi. 
Shu  bilan  davlat  va  xususiy  korxonalar  o‗z  pozitsiyalarini  koordinatsiya  qilganlar  (bu  ayrim 
davlatlarda hozir ham bor, ammo asosan 80 yillargacha bo‗lgan).   
d) hozirgi bosqich, strategik rejalashtirish yoki programmalashtirishdir. Bunda reja oriyentir 
xarakterga  ega.  Rivojlangan  mamlakatlarning  iqtisodiyotining  ochiqlik  darajasi  juda  yuqori, 
shuning uchun davlatning manyovr qilish imkoniyati chegaralangan.                
Programmalashtirish  davlat  tomonidan  iqtisodiyotni  tartibga  solishning  eng  oliy  shaklidir. 
Uning vazifasi davlat tomonidan tartibga solishning butun elementlarini global maqsadlar uchun 
kompleks ishlatishdan iborat. 
Masalan,  Fransiyada  1993-1997  yillar  uchun    ishlab  chikarilgan  programmada  asosiy 
maksadlar  -  maorif,  ilmiy  tadkikotlar,  axolining  ijtimoiy  ximoyalash,  mamlakat  hududini 
obodonlashtirish  va  ma‘muriy  xizmatlarni  yangilash.  Hamma  narsa  birinchi  navbatda  shunga 
bo‗ysundirilgan. 
Biror sohani rivojlantirish uchun qabul qilinadigan dasturlar muddati nuqtai nazaridan qisqa 
muddatli  (1  yilgacha),  o‗rta  muddatli  (5  yilgacha)  va  uzoq  muddatali  dasturlarga  bo‗linadi. 
Dasturlar  obyekti  tarmoq  (masalan,  qishloq  xo‗jaligi,  turizm),  mintaqa  (masalan,  Alyaskani 
rivojlantirish  dasturi),  ijtimoiy  soha  (masalan,  Yaponiyadagi  oliy  ta‘limni  rivojlantrish  dasturi), 
ilmiy tadqiqot yo‗nalishi (masalan, yadroenergetika) bo‗lishi mumkin.  
Davlat  tomonidan  tartibga  solishning  chegarasi  bor,  u  xususiy  mulk  egasining  mafaatiga 
mos tushsa, bu faoliyat samara beradi.   

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish