1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


 Davlatning iqtisodiyotga ta‟sir qilish usullari va vositalari



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119
Bog'liq
alishrr

2. Davlatning iqtisodiyotga ta‟sir qilish usullari va vositalari. 
 
 
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solib borish maqsadida uning faoliyatiga aralashishi ma‘lum 
me‘yorda  bo‘lishi  lozim.  Hozirgi  vaqtda  bozor  munosabatlariga  asoslangan  iqtisodiyot  uchun 
«samarali davlat» kerak. Bu shunday davlatki, bozor iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga sharoit 
yaratib beradi, xalqning esa farovon yashashiga imkoniyat yaratib beradi.  
 
Bozor iqtisodiyoti va fuqarolarning ixtiyoriy uyushmalari hal qila olmaydigan vazifalarga 
davlat  o‗z  e‘tiborini  qaratib,  faoliyatini  shunga  yo‗naltirsa,  davlat  ishida  yuqori  samaradorlikka 
erishish mumkin. 
     Jahon bankining bosh iqtisodchisi vazifasida ishlagan Yozef E. Shtiglis aytganidek, davlat 
va bozor iqtisodiyoti bir-birini to‗ldiradi. Davlat bozor mexanizmlari ishlashi uchun institutsional 
asoslarini yaratish uchun zarur. Bozor qila oladigan ishni davlat qilishiga hojat yo‗q. 
 
 Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki,  davlat quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: 
-  huquqiy  asoslarni yaratish; 
-  barqaror makroiqtisodiy vaziyatni saqlash uchun siyosat yurgizish; 
-  infratuzilma va ijtimoiy xarakterdagi bazaviy xizmatlar uchun kapital mablag‗larni amalga 
oshirish ; 
-  ijtimoiy jihatdan himoya qilinmagan jamiyat a‘zolarini kompleks tarzda himoya qilish; 


-   atrof-muhitni muhofaza qilish. 
    Tajriba  shuni  ko‗rsatadiki,  mulkchilik  huquqi  qattiq  himoya  qilinmaydigan  sharoitda  bozor 
samarali ishlay olmaydi. Buning uchun:            
             a) talon-taroj,  zo‗ravonlik va boshqa jinoyatlardan kishilarni himoya qila bilish;  
             b) davlat apparatining o‗zboshimchaligidan himoya qilish (korrupsiya, nohaq soliq solish 
va hokazo);  
             d) adolatli va aniq ishlovchi sud tizimini ta‘minlashdir. 
    Davlat monopolizmga  qarshi kurashibgina  qolmay,  balki o‗zi ham    monopolist  bo‗lishi  kerak 
emas.  Kim  bo‗lishidan  qat‘i  nazar,  hatto  davlat  ham  monopolist  bo‗lsa,    u  taraqqiyotga  oxir-
oqibat to‗siq bo‗ladi. 
 
Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir etish usullari: 
-  huquqiy normalar (ularni joriy qilish, o‗zgartirish); 
-  dasturlar ishlab chiqish (ilmiy, texnikaviy, ijtimoiy, ekologik va boshqalar); 
-  informatsiya bilan ta‘minlash; 
-  iqtisodiy dastaklar orqali ta‘sir etish (soliqlar, baholar, foiz stavkalari); 
-  davlat xaridlari qilish; 
-  limitlar, kvotalar, dotatsiya, subsidiyalar, investitsiyalar va boshqalar.  
Har qanday  iqtisodiy tizimda davlat  iqtisodiyotni  tartibga  solishga  intiladi,  ammo xar  bir 
tizimda va davrda buning uziga xos uslublari, mexanizmlari, obyektlari bor. 
 
Bozor iqtisodiyotida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish konunchilik, ijrochilik 
va  nazorat  kilish  choralarining  yigindisidan  iborat  bulib,  bundan  maksad  sistemaning 
barkarorligini ta‘minlash, shu bilan birga o‗zgarib borayotgan sharoitga moslashtirishdan iborat.  
         Xozirgi  zamonda  davlat  tomonidan  iqtisodiyotni  tartibga  solishning  asosiy  obyektlari 
quyidagilardir: 
-  iqtisodiy sikl; 
-  xo‗jalikning sektorli, tarmoqli va mintaqaviy tarkibi; 
-  kapitalni jamg‗arish sharoiti; 
-  ish bilan ta‘minlanganlik; 
-  pul muomalasi; 
-  to‗lov muvozanati; 
-  ilmiy-tadqiqot ishlari; 
-  baholar; 
-  raqobat sharoiti; 
-  ijtimoiy munosabatlar; 
-  mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash; 
-  atrof-muhitni muhofaza qilish; 
-  tashqi iqtisodiy aloqalar. 
Albatta har bir davrda va davlatda o‗ziga xos obyektlar bo‗lishi mumkin. Lekin, umuman 
olganda rivojlangan mamlakatlarda bu obyektlar soni kamayib bormoqda. 
 
 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish