1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119
Bog'liq
alishrr

 
 
 
2. Korxona marketing xizmati va uning  tashkil qilinishi. 
 
 Marketingni  tashkil  qilish  deganda  uning  vazifalarini  bajaruvchi  tarkibiy  bo‗limlarning 
tuzilishi va ularning o‗zaro mas‘uliyatlarini hamda bog‗liqliklarini ifodalovchi tizimni yaratish 
tushuniladi. Bunday tizim, oddiy firma (korxona) dan tortib bozorda ishtirok etayotgan barcha 
subyektlar,  davlat  yoki  nodavlat,  tijorat  yoki  notijorat,  tuman,  shahar,  viloyat  va  respublika 
miqiyosida  faoliyat  ko‗rsatayotgan  tashkilotlar  va  sport  muassasalarida  tuzilgan  marketing 
xizmatlarini o‗z ichiga oladi. 
Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‗lishi mumkin: 
-  marketing  xizmatining  maxsus  vazifalari  -  bozorni  o‗rganish,  tovar  harakati,  baho, 
talabning  shakllanishi,  sotishni  rag‗batlantirish  va  boshqalarning  bajarilishini  uyushtirish 
shaklida; 
- marketing vazifalarini firma (korxona) tovarlari yoki guruhlari bo‗yicha bajarish tarzida; 
-  marketing  vazifalarini  bozorlar  (mahalliy,  mintaqaviy,  tashqi)  bo‗yicha  ijro  etish 
shaklida. 
Kompaniyalar ushbu marketing xizmatlari shaklini bir-biriga qo‗shib yoki moslab tashkil 
etishlari mumkin. Ammo marketing tarkibini tanlash har bir firma (korxona, sport muassasalari) 
ning o‗z oldiga qo‗ygan maqsadiga bog‗liq. 
Mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  va  sotuvchi  korxonalar  marketingga  har  bir  ma‘lum  bozor 
segmentlari  bo‗yicha  muayyan  bir  davrga  belgilangan,  eng  yuksak  iqtisodiy  samaraga 
yo‗nalgan maqsadlarga erishish vositasi sifatida qaraydi. Bunday sharoitda marketing korxona 
ishlab  chiqarish  tijorat  faoliyatini  uzoq  muddatli  va  operativ  rejalashtirish  uchun,  ishlab 
chiqarishning  eksport  dasturini  tuzish,  korxona  jamoasining  ilmiy-texnikaviy,  texnologik, 
investitsiya va ishlab chiqarish-sotish ishlari uchun poydevor bo‗lib xizmat qiladi. Marketingni 
boshqarish esa korxona boshqarish tizimining muhim elementi bo‗ladi. 


Marketingni  tashkil  etishda  ikki  jihat  muhim:  maqsadlar  va  marketing  xizmati  maqomi 
e‘tiborga olinadi. Marketingi tashkil etishga kirishgan korxonaning maqsadlari qanday bo‗lishi 
kerak?  Marketingning  tan  olingan  peshqadamlari  bo‗lmish  yaponlar  tajribasidan  kelib 
chiqadigan bo‗lsak, asosiy maqsadlar (afzalligi tartibiga qarab) quyidagilardan iborat:  
- sotish hajmi; 
- o‗sish sur‘atlari (sotuv yoki foyda hajmi); 
- bozordagi hissasi; 
-  rejalangan  foyda,  bu  foydaning  hajmi,  foydaning  sotuv  hajmiga  nisbati,  barcha 
sarmoyadagi  foyda  me‘yori,  foydaning  hissadorlar  sarmoyasiga  nisbati  va  boshqalarda  aks 
etishi mumkin; 
-  sarmoyaning  tarkibi,  ya‘ni  faollarning  umumiy  summasiga  yordam  shaklidagi 
sarmoyaning nisbati. 
Bu ro‗yxatni boshqa turlicha maqsadlar bilan ham to‗ldirish mumkin. Masalan, mahsulot 
sifatini  oshirish,  harajatlarni  kamaytirish  va  shu  kabilar.  Maqsadlarni  ishlab  chiqishda  ular 
korxona  xodimlarining  niyatlarini  aks  ettirishi  zarurligiga  alohida  e‘tibor  berish  kerak.  Aks 
holda ishlovchilarning ishlab chiqarish jarayonidan «ichki uzilishi» ro‗y beradi. Shuni anglash 
muhimki,  korxonada  marketingning  chinakamiga  joriy  qilinishi  uchun  unda  tegishli  xizmatni 
tuzishning  o‗zi  yetarli  emas.  Gap    ana  shu  xizmatga  qanday  maqom  berilganida.  Marketing 
bo‗limi  diqqat  markaziga  mahsulotning  pirovard  iste‘molchilari  bilan  bog‗liq  barcha 
muammolar  tushadi,  bu  paytda  boshqa  bo‗linmalar  o‗z  e‘tiborini  turli  juz‘iy  vazifalarga 
qaratgan  bo‗ladi.  Shuning  uchun  ham  marketing  bo‗limi  butun  faoliyatni  muvofiqlashtirib 
turishini  tan  olish  mutloqo  tabiiydir.  U  ishlab  chiqarish  jarayonida  yetakchi  bo‗lishi  uchun 
uning maqomini boshqa bo‗linmalar ichida eng yuqori qilib belgilash lozim. Korxonaning aniq 
marketing mo‗ljalining garovi ham ana shunda! 
Marketingi boshqarish - uni tashkil qilishda firma (korxona, tashkilot, muassasalar) oldiga 
qo‗yilgan  maqsadlarga  erishish,  tahlil,  rejalashtirish,  hayotga  tadbiq  etish  va  nazorat  qilish 
bosqichlarini o‗z ichiga oladi. Marketingi boshqarish jarayoni bir-biridan ajralmas uch qismdan 
iborat:  
a) tashkiliy - firma bo‗limlarini kerakli bozor axborotlari bilan ta‘minlovchi;  
b)  izlanishlar  olib  boruvchi  -  firma  marketing  faoliyatidagi  -  bozor,  assortiment,  baho, 
reklama doiralarida uslubiy va tadqiqot ishlarini bajarish;  
d) dasturiy  -  nazorat  ishlarini maqsadli dasturlar, strategiya va taktikani shakllantirish  va 
bozor faoliyatini joriy nazoratini olib boradi. Marketingni boshqarish funksiyasi uning maxsus 
xizmati  orqali  olib  boriladi.  Marketing  xizmati  har  bir  korxonada  bajarilishi  ko‗zda  tutilgan 
o‗ziga xos aniq vazifalar, ishchilarning huquq va burchlari,  korxonaning boshqa bo‗limlar bilan 
o‗zaro  munosabati  va  boshqalar  Nizom  asosida  tashkil  etiladi.  Marketing  xizmati  vazifalari 
uning o‗ziga xos tamoyillari asosida kelib chiqadi. Bunga quyidagilar kiradi:  
-  korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va  bozor haqidagi  axborotlarni  to‗plash  va 
tahlil qilish; 
- korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, savdo va xo‗jalik faoliyati, reklama qilish, sport, 
moliyaviy va boshqa jihatlar bo‗yicha manfaatlariga mos qaror qabul qilish uchun zarur hisob-
kitob ko‗rsatkichlarini tayyorlash; 
- talab shakllanishini faollashtirish va sotishni tezlashtirish. 
 Xizmatlar  marketingi  xususiyatlari  -  marketing  xizmat  ko‗rsatish  doirasida,  o‗z  ichiga 
tovarlar  ijarasi,  ularning  ta‘mirlash  yoki  o‗zgartirish  va  shaxsiy  xizmatlarni  oladi.  Ba‘zida 
tovarlar  va  xizmatlar  farqlanishi  qiyin  bo‗ladi.  Umuman,  xizmatlarning  to‗rt  xil  tavsifi  bor: 
payqay olmaslik; saqlashga qobiliyatsizligi; xizmat ko‗rsatuvchidan ajratib bo‗lmasligi va sifati 
jihatidan o‗zgaruvchanligi. Xizmatlarni payqay olmasligimiz - ularni namoyish qilish, tashish, 
saqlash, o‗rash (qadoqlash) yoki sotib olingandan keyin o‗rganishning iloji yo‗qligini bildiradi. 
Marketing xizmati korxonada quyidagi funksiyalarni bajaradi:   
- korxona mahsulotini sotish, savdo talab va konyunkturasi, raqobatchilar siyosati hamda 
bahoni, bozor taraqqiyotini oldindan o‗rganish va tadqiq qilish; 


-  korxonada  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  raqobatbardoshliligi  bahosi,  uning 
assortimentini  shakllantirishga  oid  takliflar  berish,  kelgusida  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlar 
haqidagi yangi g‗oyalarni topish; 
-  bozorga  chiqarilgan  mahsulotlarni  tez  sotish  yo‗llarini  belgilash,  sotish  va  saqlashni 
tashkil etish, turib qolganlik haqidagi shikoyatlarni o‗rganish; 
-  reklama  tadbirini  yo‗lga  qo‗yish  orqali  mahsulot  sotilishini  mahsulot  sotilishini 
tezlashtirish va aholi talabini shakllantirish. 
Tashkilotlarda  marketing  xizmatini  yo‗lga  qo‗yish.  Marketing  xizmati  korxonalarda 
iqtisodiy  ahvol  (foyda,  baho  va  konyunktura)  o‗zgarib  borayotganda  bozordagi 
iste‘molchilarning  talabi  bilan  korxona  ishlab  chiqarishi,  savdo  va  xo‗jalik  faoliyati 
munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun tashkil qilinadi. 
Marketing  xizmati  -  bu  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  sharoitida  korxona  boshqaruvi  uchun 
etishmay  turgan  shunday  bir  faoliyat  turiki,  u  ishlab  chiqarish,  moliya,  savdo-xo‗jalik, 
texnologik, kadrlar  masalasi va boshqa sohalarda bozor zahiralarini qondirish va foyda olishga 
asoslangan  yo‗nalishlar  jarayonini  yaratadi.  Marketing  xizmati  rahbari  korxonada  marketing 
tadqiqotlari tashkil etish, reja va takliflarni ishlab chiqish, belgilangan maqsadga erishish uchun 
nazorat va rejalarning bajarilishi uchun mas‘uldir. Barcha vazifa va majburiyatlar barcha bo‗lim 
xodimlari  o‗rtasida  qamrab  olinishi  kerak.  Marketing  xizmati  bo‗limi  guruhi  tarkibiga  bozor 
munosabatlarini  o‗rganuvchi  mahsulot  turlarini  shakllantiruvchi,  baho  beruvchi,  savdo  va 
reklama  sohalarining  mutaxassislari  kiritilishi  kerak.  Shuning  bilan  birga  tashkiliy  tartib 
boshqaruvni  yengillashtiradigan,  yuqori  natijalarga  yetkazadigan  qonun-qoidalar  mavjud.  Ular 
quyidagilardan iborat: 
- boshqaruvning tashkiliy shakli oxirigacha oddiy bo‗lishi kerak; 
- boshqaruv tashkiliy strukturasining tarxi oddiy, tushunarli bo‗lishi kerak; 
-  har  bir  ishchiga  yozma  ish  instruktsiyasi  berilgan  bo‗lishi  kerak.  Instruktsiyalar 
yangilanib turish maqsadida bir yilda ikki martadan tekshirib turilishi zarur; 
- aloqalar tizimi samarali bo‗lishini  va aniq axborotlar almashinuvini ta‘minlash; 
- ijrochilik va mas‘ullik chegarasi aniq, ko‗zga tashlanib turadigan bo‗lishini ta‘minlash.  

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish