1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   119
Bog'liq
alishrr

 
 
 
 
 
 
 
 


12-Mavzu: Bozor infratuzilmasida marketing faoliyati. 
                            Reja: 
1. Marketingning mohiyati va ahamiyati. 
2. Korxona marketing xizmati va uning  tashkil qilinishi. 
3. Reklamaning ahamiyati va turlari.  
 
 
1. Marketingning mohiyati va ahamiyati. 
 
Korxonalar  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  raqobat  muhitiga  duch  keladilar.  Bunda 
boshqaruvning  samarali  usullarini,  shu  jumladan  marketingni  qo‗llab  muvaffaqiyatli  faoliyat 
yuritishi  mumkin.  Marketing  deganda  ma‘lum  darajada  foyda  olishni  ta‘minlash  maqsadida 
tashkil  etiladigan  korxonaning  ichki  tizimi  bo‗lib,  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  chiqarishga 
ilmiy  tadqiqot  va  ishlab  chiqarish  faoliyatini  yo‗naltirish  uchun  bozordagi  holatni  va 
iste‘molchilarning  mahsulotga  qo‗yadigan  talablarini  o‗rganish  hamda  hisobga  olishga 
qaratilgan faoliyatdir. Qisqa qilib aytganda, marketing  –  bozorni  o‗rganish va ishlab chiqarish 
jarayonini  unga  moslashtirish  bilan  bog‗liq  faoliyatdir.  Marketing  so‗zi  inglizcha  «market» 
so‗zidan  olingan  bo‗lib,  bozor  degan  ma‘noni  anglatadi.  Marketingning  ahamiyati  shundaki, 
korxonaning butun faoliyati xaridorlar talabining hozirgo holati va uning kelgusidagi o‗zgarish 
tendensiyasiga qaratilgan bo‗ladi. 
  Marketingning  negizi  –  bozorni  tadqiq  qilish  bo‗lib,  unda  tovarni  muvaffaqiyatli 
sotishning barcha shart-sharoitlari tahlili amalga oshiriladi. Bozorni tadqiq qilishning quyidagi 
tarkibiy qismlari mavjud: 
 a) talabni o‗rganish. Talabni o‗rganishda quyidagilarga e‘tibor beriladi: 
 - bozor sig‗imini o‗rganish; 
 - xaridorlarning tovarga qo‗yadigan talablari
 - xaridorlarning sotib olish quvvati
 - bozor talabining rivojlanish istiqbolini o‗rganish. 
 b) taklifni o‗rganish. Taklifni o‗rganishda quyidagilarga e‘tibor beriladi: 
 - bozordagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni o‗rganish; 
 - import hisobidan taklifning o‗sish o‗sish imkoniyatlarini o‗rganish; 
 - ishlab chiqarishning rivojlanish imkoniyatlarini o‗rganish; 
 - bozordagi raqobatchi korxonalar faoliyatini o‗rganish. 
 d) bozorda faoliyat yuritish shart-sharoitlarini o‗rganish. Bunda quyidagilarga e‘tibor beriladi: 
 - savdo faoliyatini tashkil etishning shakl va usullarini o‗rganish; 
 - tovar harakati sharoitlarini o‗rganish; 
 - tovarni taqsimlash mumkin bo‗lgan kanallarni o‗rganish; 
 - bozordagi huquqiy shart-sharoitlarni o‗rganish. 
 e) korxonaning potensial imkoniyatlarini o‗rganish. Bunda quyidagilarga e‘tibor beriladi: 
 - korxonaning xo‗jalik faoliyatini tahlil qilish
 - mahsulotning raqobatbardoshliligini tahlil qilish; 
 - korxonaning raqobatbardoshliligini tahlil qilish.    
Marketing  xizmati  vazifalarining  asosiy  maqsadi  korxona  to‗la  xo‗jalik,  sport  va  tijorat 
faoliyatini rivojlanish qonunlariga bo‗ysunishdir. Bundan ishlab chiqaruvchilar ham, mahsulot 
iste‘molchilar  ham  manfaatdordirlar.  Marketing  xizmati  bo‗limlari  o‗zaro  jips  bog‗langan. 
Ularning  har  biri  o‗z  masalalarini  yechadi,  bu  esa  bozor  so‗rovini  aniqlashdan  iste‘molchilar 
talablarini qoniqtirish, sotishni ta‘minlash, servis xizmatini yo‗lga qo‗yishdan iboratdir.  
Hozirgi  davr  marketing  konsepsiyasi  iste‘molchini  talabini  o‗rganishga  yo‗naltirilgan. 
Ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  assortimentini  belgilash  ma‘lum  maqsadni  bozor  va 
raqobatchilar faoliyatini o‗rgangandan so‗ng belgilash mumkin. Yuqoridagi shuni ko‗rsatadiki, 
marketing  konsepsiyasi  faqat  bozor  xususiyatinigina  emas,  balki  mahsulotlar  yangi  bozorini 
tashkil etish va xizmatini aniqlash, hosil qilish va talabini boshqarishdan iborat.  


Marketing  hozirgi  davr  konsepsiyasi  yordamida  mutaxassisning  ijodiy  faoliyatining 
boshlanishini  birlashtiradi.  O‗z  navbatida  marketing  ishlab  chiqarish  imkoniyatlarini 
mahsulotlarni  sotish  va  xizmat  qilishni  birlashtiradi,  to‗la  ishni  rejalashtirishga  asoslanib 
xaridorlar  foydasini  ham  e‘tiborga  oladi,  mahsulotni  tez  harakatiga  va  xizmat  qilishni  o‗z 
o‗rniga qo‗yadi, buning natijasida narxning o‗sishini ta‘minlaydi. Agar ishlab chiqarish jarayoni 
o‗z  vaqtida  mahsulotni  taklif  etsa  nafaqat  talab  etilgan  joyga  yetkazishini  ta‘minlaydi,  balki 
iste‘molchining  olgan  mahsulotini  foydaliligini  belgilaydi.  Shunday  qilib  marketing  hozirgi 
davr konsepsiyasida zamonaviy turmushga mos iste‘molni hosil qilishdir.  
Marketingni  boshqarish  - marketing hamma elementlariga ta‘sir etish  jarayonidir, bu o‗z 
navbatida xaridorlar bilan o‗zaro bog‗liq aloqalar o‗rnatish va mustahkamlashdan iboratdir. 
Marketing  faoliyatida  samarali  natijalarni  ro‗yobga  chiqarish,  asosan,  mahsulot,  uning 
narxi  va  bozorda  qay  darajada  siljishi  hamda  joylashishidan  iborat.  Marketing  boshqaruvi 
tashkiliy tizimi - butun organlar tizimi xo‗jalik subyekti oldiga qo‗ygan maqsadga erishishdagi 
unumli  ishidan  iborat.  Marketingni  boshqarish  tashkiliy  tizimi,  ma‘lum  faoliyat  turini  alohida 
ishbilarmon  menejer  yoki  alohida  tizimli  qismlar orasida  taqsimlashni  belgilaydi.  Marketingni 
boshqarish  funktsional  tashkiliy  tizimi  tizim  bo‗g‗inlarining  mas‘uliyatini  ta‘minlashni 
belgilaydi va ularni marketing funksiyasiga bog‗liq ravishda ixtisoslaydi: assortimentni rejalash 
va  yangi  mahsulotlar  ishlab  chiqarish,  sport  sohasida  yutuqlarga  erishish,  marketing  izlanishi, 
mahsulotning bozordagi  harakati, reklama va sotishni rag‗batlantirish, savdo xizmatini  tashkil 
qilish va xizmat ko‗rsatish.  Marketingning asosiy maqsadi - bozorni har tomonlama o‗rganish, 
tahlil  qilish  va  konyunktura  o‗zgarishini  oldindan  bilish  asosida  yuqori  foyda  olishdir. 
Marketing  -  bu  xaridorning  mahsulot  yoki  xizmatga  bo‗lgan  talabini  aniqlash  va  uni  so‗nggi 
iste‘molchiga daromad olish maqsadida sotishni izohlash va tarqatish jarayonidir. Marketing  bu 
sotish bozorlarini yoki talabni bunyod etishdir.  

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish