1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


G‘arbiy Afrika mintaqasida Fransuz mustamlakalari



Download 152,09 Kb.
bet36/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

G‘arbiy Afrika mintaqasida Fransuz mustamlakalari.

G‘arbiy Afrikadagi fransuz mulklarida mustamlaka iqtisodiyoti qo‘shni Britan mustamlakalaridagiga qaraganda sust rivojlandi. Bu fransuz kapitalizmining o‘ziga xos xususiyati – uning sudxo‘rlik harakteri bilan yuzaga kelgan edi. Fransuz sarmoyasining oqib kelishi mustamlakalarda davlat zaymlari shaklida ta’minlanar edi. Zaymlarni qoplashgina emas balki zaym bo‘yicha foizlar mustamlakalarni ya`ni afrikaliklarni eksplutatsiya qilish hisobidan to‘lanar edi. Bu eksplutatsiya avvalo savdo sohasi orqali, qishloq xo‘jalik xom-ashyosiga fransuz savdo kompaniyalari tomonidan o‘rnatilgan past sotib olish baholar yordamida amalga oshirilar edi. Ular bu yerdan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini (araxis, palma yog‘i, kauchuk) olib chiqib ketar va bu yerga sanoat mollari va tayyor oziq-ovqat mahsulotlari keltirishar edi. Kompaniyalar hamma yerda o‘zlarining do‘konlariga, sotib olish punktlari, savdo agentlarining keng tarmog‘iga ega edilar.
Fransuz mustamlakalariga oziq-ovqat mahsulotlari keltirishning kengayishi mahalliy aholi uchun oziq-ovqat ishlab chiqarishning zarariga eksportbop ekinlarni ishlab chiqarishni o‘sishi bilan izohlanadi. Mustamlakachi ma’muriyat eksport xom-ashyosini bozor bahosi mexanizmidan foydalanib ko‘paytirishga intildi. Afrikalik ishlab chiqaruvchilarga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlash usullari qo‘llanilib, ularni mahsulot ekinlari plantatsiyalarini tuzishga majbur qilishardi. Bu yo‘lda fransuz ma’muriyati afrikaliklarning zo‘ravonlikga bo‘ysunishni istamaslik qarshiligiga duch keldi. Shavqatsiz eksplutatsiya fransuz mustamlakalarida ko‘plab o‘lim hodisalarini keltirib chiqardi. Agar 1900 yilda Fransiya Kongosida 12 mln. kishi yashagan bo‘lsa, 1921 yilga kelib u yerda faqatgina 3 mln. kishi qolganligi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Infrastruktura – temir yo‘llar, bandargohlar, kommunal inshoatlar qurilishi fransuz davlat mablag‘lari hisobiga, ammo qisman majburiy tartibda safarbar etilgan afrikaliklarning qo‘l kuchi bilan amalga oshirildi. Majburiy mehnat Fransiya Prezidenti dekretlari bilan rasman qonuniylashtirilgan edi. 1918 yilga kelib Fransiya G‘arbiy Afrikasida afrikaliklar qo‘li bilan 2652 km. uzunlikda temir yo‘l qurilgan edi.
Markaziy Afrikada Belgiya va portugal mustamlakachiligining o‘ziga xos xususiyatlari.
Belgiyaning mustamlakasi – Kongo mustaqil davlati (KMD) – 1885 yilda tashkil qilingan edi. Belgiya qiroli Leopold II o‘zini KMDning suvereni deb e’lon qiladi. KMD hududining o‘ndan bir qismi qirolning shaxsiy domeni deb e’lon qilindi. Mustamlaka umumiy maydonining qariyb 50 foizini u xususiy kompaniyalarga mulk qilib yoki konsessiyaga berdi. Kongo mustaqil davlatida faoliyat ko‘rsatgan ko‘p sonli kompaniyalar o‘z daromadlarining anchagina qismini davlat hisobiga o‘tkazar edilar.
Chet el xususiy kompaniyalari kauchukli o‘simliklar 30 foiz hududini ekspluatatsiya qilish monopol huquqini oladilar. Majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Afrika aholisi turli jazolarga tortilar edi. Konsessionyerlarning suiste’molchiligi shunday ko‘lam kasb etdiki, natijada u Yevropa ilg‘or matbuotining muhokama mavzusi bo‘lib qoldi. Qirol Leopold avj olib borayotgan halqaro janjalni to‘xtatish uchun 1908 yili Kongo mustaqil davlatini Belgiya Kongosi deb nomlangan mustamlaka etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi. Biroq nomni o‘zgartirilishi bilan amalda hech narsa, ayniqsa afrikaliklarga munosabat o‘zgarmadi.
Kongoliklar qatag‘onlar natijasida ham, og‘ir mehnat va turmush sharoitlaridan ham qirilib bormoqda edi. Mahalliy aholini himoya qilish Belgiya jamiyatining 1919 yil uchun hisobotida aholi soni bu yerda 1900 yil bilan taqqoslaganda ikki marta qisqargani va 10 mln. kishini tashkil etgani ta’kidlanadi.
Portugal mustamlakalarining aholisi ham og‘ir soliqlarga tortilgan edi. Ularda 1908 yili mahalliy soliq o‘rnatilib, uning joriy qilinishi ikki maqsadni ko‘zlagan edi: hokimiyat daromadini ko‘paytirish va afrikaliklarni natural xo‘jalikdan mahsulot xo‘jaligiga o‘tishga majbur qilish. Tuzem solig‘i pul shaklida olinardi. Kimki soliq to‘lay olmasa, u majburiy mehnatlarga yuborishlar vaqtida birinchi nomzod bo‘lardi.
1910 yili inqilobi natijasida Portugaliyadagi monarxiya tuzumi Respublika bilan almashdi. Biroq bu o‘zgarish mustamlakalardagi mahalliy aholining ahvolini hech bir o‘zgartirmadi. Yagona yangilik assimlyatsiya siyosati deb atalgan narsa bo‘ldiki, uning maqsadi Afrika jamiyatida imtiyozli elita qatlamini yaratib, uni mustamlaka ma’muriyati xizmatiga qo‘yish edi, biroq assimlyasiyalashgan afrikaliklarga hokimiyat tomonidan ikkinchi navli fuqarolar sifatida qaraldi.
Afrika mustamlaka jamiyati. Vaqtlar o‘tishi bilan qaram Afrika mamlakatlarida mustamlaka jamiyatining alohida tipi yuzaga keldi. U o‘zining ko‘p ukladliligi, qaramligi bo‘ysundirilgan holati bilan farq qilar, odatda mustamlakalar hayotining turli sohalarida yuz bergan o‘zgarishlar tugallanmagan, oraliq harakter kasb yetardi.
Mustamlaka jamiyatida uning mavjudligini butun bir davomida natural ukladlar ustuvorlik qilgan edi. Kapitalistik sektor yevropalik ko‘chib kelgan aholi yashagan hududlarda, shuningdek (qisman) eksport qilinadigan ekinlar ekiladigan rayonlar va tog‘-kon qazilma ishlari yo‘lga qo‘yilgan hududlarda rivojlandi. Mustamlaka jamiyatining asosiy ishlab chiqaruvchilari dehqon jamoachilari pul solig‘iga tortildilarki, bu muammoni hal qilish uchun ular eksportga mo‘ljallangan xom-ashyoni etishtirishga yoki boshqalarga avvalo, chet ellik mustamlakachilarga xodim bo‘lib yollanishga majbur edilar. Shakllanib borayotgan ishchilar qatlami qishloq xo‘jaligi bilan ham o‘z aloqalarini saqlab qolgan edi. Shaharliklarning anchagina qismi an’anaviy va yarim an’anaviy xizmat ko‘rsatish, mayda hunarmandchilik va savdo hisobiga kun kechirardi. Jamiyatda mayda feodallar, qabila sardorlari o‘zlarining an’naviy holatlarini saqlab qoldilar. Mustamlakachi – ma’muriy tizimlar vaqt o‘tishi bilan mayda va o‘rta byurokratik burjuaziyaga aylanadigan mahalliy byurokratiya sonini oshib borishi manbai edi.
Mustamlaka jamiyatiga xo‘jalik yuritishning monokultura tizimi xos edi (Sudanda paxta etishtirish, Senegalda araxis, Nigeriyada palma yog‘i, Keniyada kofe va choy va b.). Shunday plantatsiyalar egallagan yerlar Afrika xo‘jalik sektoridan olindi, bu bilan mahalliy aholini asrlar davomida boqib, ta’minlab kelgan an’anaviy ishlab chiqarishga shikast yetkazildi. Efropa savdo va sanoat kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan mineral resurslarni yirtqichlarcha ekspluatatsiyasi ekologiyaga ham tiklab bo‘lmaydigan zarar keltirdi. O‘z navbatida mustamlakalarni Yevropadan keltirilgan arzon sanoat mollari bilan to‘ldirilishi mahalliy hunarmandchilik va ishlab chiqarish asoslarini bayram qildi. Kapitalistik Yevropa Afrikani rivojlanishning o‘z bazasidan mahrum qildi, uning iqtisodiy va ijtimoiy qoloqligini sun’iy ravishda kuchaytirdi.


  1. Download 152,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish