1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR



Download 152,09 Kb.
bet38/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. XX asr birinchi yarmida Tropik va Janubiy Afrika rivojlanishining umumiy qonuniyatlari mohiyati, mustamlaka boshqaruvi tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.

  2. Janubiy Afrika Respublikasida aparteid siyosati mohiyati nimalardan iborat?

  3. Tropik Afrikada mustamlakachilik tizimi qay tariqa barham topdi ?

Afrikada mustamlakachilik zulmidan ozod bo‘lgan rivojlanayotgan Afrika mamlakatlari duch kelgan qiyinchiliklarni tavsiflab bering.
7-mavzu: Sovet davlatining tashkil topishi va rivoji.

REJA:
1. 1918 yil to‘ntarishdan so‘ng Rossiya.
2. Mamlakatda sotsializmning ijtimoiy-iqtisodiy asosini qurish jarayoni.
3. Ma’muriy-buyruqvozlik tizimining shakllanishi.
4. Tashqi siyosat.

1. 1918 yil to‘ntarishdan so‘ng Rossiya.
Rossiyada 1917 yil oktabr to‘ntarishidan so‘ng ishchi va dehqonlar, ya`ni proletarlar davlatini qurish jarayoni boshlanib ketdi. 1918 yil yanvar oyida Sovetlarning III s’yezdi Rossiyani Sovet Respublikasi deb e’lon qildi.
Ishchi va dehqonlar davlatining iqtisodiy siyosati ishlab chiqarishda xususiy mulkchilikni yoqatib uning o‘rnida jamoa mulkchiligini barpo etishga asoslangan edi.
Ijtimoiy sohada esa bolsheviklarning asosiy harakatlari tabaqalanishning yoqatilishiga, bepul ta’lim va shifokorlikni joriy etishga, sakkiz soatlik ish kunini, bolalar mehnatini ekspluatatsiyasini taqiqlashga qaratilgang edi. 1917 yil noyabr oyida qabul qilingan Rossiya xalqlarining huquq deklaratsiyasiga muvofiq barcha xalqlarning tengligi va mustaqilligi bayon qilingan edi.
Tashqi siyosatda esa davom etayotgan birinchi jahon urushini tezroq yakunlash yo‘li tutilgan edi. Bunga binoan 1918 yil mart oyida Rossiya bilan Germaniya o‘rtasida Brest shartnomasi imzolandi.
Ammo Rossiyani birinchi jahon urishidan chiqishi mamlakat uchun tinchlik holatini tug‘dirmadi. Hokimiyat tepasiga bolsheviklarning kelishi mamlakat ichida turli siyosiy siniflar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Ishchi va dehqonlar manfaatini yoqlab chiquvchi bolsheviklarga qarshi eng avvalo xususiy mulk egalarini manfaatini yoqlovchi dvoryan va burjuaziya vakillari qarshi chiqdilar. 1918 yil boshlangan fuqarolar urushi chet el intervensiyasi bilan birga qo‘shilib ketdi. Rosiyadagi bolsheviklar boshchiligidagi yangi hokimiyatga qarshi kurash olib borayotgan kuchlar tomonida asosiy kapitalistik mamlakatlarning harbiylari urush harakatlarini olib bordilar. Bundaylar qatoriga Angliya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Polsha va boshqa mamlakatlar kirdi. Ammo shunga qaramay Qizil armiya nafaqat ichki kontrrevolyutsion kuchlarni – Kolchak, Dinikin, Yudenich va Vrangel armiyasini, balki tashqi interventlar armiyasini ham tormor etdi. Urush davomida bolsheviklar nafaqat ishchi va dehqonlarning keng ommasini, balki chor Rossiyasining bir qisim general va ofitsyerlarini ham o‘z tomoniga og‘dira oldilar. 1920 yillarning oxiriga kelib Rossiyada fuqarolar urushi yakuniga yetdi.
Fuqarolar urushi mamlakatga katta talofatlar keltirdi. Mamlakat xalq xo‘jaligi butunlay vayron bo‘lgan edi. Sanoat ishlab chiqarishi etti mataga, qishloq xo‘jaligi esa ikki martaga qisqarib ketdi. 1921 yil mamlakat ocharchilikka duch keldi. Mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz yuz berdi va Sovet hokimiyatidan noroziliklar kuchayib bordi.
1921 yil mart oyida RKP(b)ning X s’yezdi harbiy kommunizm siyosati o‘rniga yangi iqtisodiy siyosat yo‘lini qabul qildi. Bu esa o‘z navbatida ko‘p ukladli iqtisodiyotni, iqtisodiy sohada xusuiy kapitalni joriy etilishini, tashqi savdo monopoliyasini esa davlat qo‘lida mujasamlanishini taqqozo etdi. Bunday siyosat natijasida 1925 yilga kelib sanoat va qishloq xo`jaligida ishlab chiqorish holati urushdan oldingi darajadan oshib ketdi va shu bilan birga mamlakat ichida ijtimoiy holat ancha yaxshilandi.
Yuzdan ortiq millat va xalqlar yashayotgan mamlakatda doimiy ravishda eng keskin muammo sifatida milliy masala turar edi.
Sovet hukumati 1918 yil dekabr oyida – Finlyandiyani, 1918 yil avgust oyida – Polshani davlat mustaqilligini tan oldi. Sobiq Rossiya imperiyasining hududida RSFSRdan tashqari – Ukraina, Belorusiya hamda Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyalardan iborat Kavkaz orti federatsiyasi mavjud edi.
1922 yil 30 dekabrda Sovetlarning 1- s’yezdi Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi (SSSR) tashkil topkanligi haqidagi Bitim va Deklaratsiyani tasdiqladi. 1924 yilda esa SSSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
O`sha davirda Sovet hukumati oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu jahon mamlakatlari tomonidan tan olinishi edi. Shunga binoan 1920-1921 yillar RSFSR Estoniya, Latviya, Litva, Finlyandiya va Polsha tomonidan tan olindi. 1922 yil 16 aprelda Genuya konferensiyasi vaqtida Sovet Rossiyasi va Germaniya o‘rtasida Rapallo shartnomasi imzolandi. Shundan so‘ng 20-yillar o‘rtasida Avstriya, Daniya, Italiya, Norvegiya, Angliya va boshqa mamlakatlar RSFSRning tan olishdi. RSFSR bilan Turkiya, Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning o‘rnatilishi ushbu va boshqa mamlakatlarda antiimperialistik harakatlarning ko‘tarilishiga ko‘mak berdi.


Download 152,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish