Ikkinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar.
Jahon iqtisodiy inqirozi yillari Versal-Vashington tizimining parchalanish holati yanada tezlashdi. Yevropa qittasida kuchlar nisbati va taqsimoti o‘zgarib ketdi. Yirik kapitalistik mamlakatlar o‘rtasida raqobat kuchayib ketdi va bu holat qurollanish poygasida yaqqol ko‘zga tashlanar edi. Germaniya “havfsizlik tizimi doirasida teng huquqlik”ni qo‘lga kiritdi, bu esa Germaniyaga harbiy potensialini qayta tiklash huquqi berilganligidan dalolat edi. Germaniya reparatsiya to`lovlarida ozod etildi. Versal tizimi shartnomalarini reviziya qilinishi sobik g‘alaba qilgan va mag‘lubiyatga uchragan mamlakatlarning holatini o‘zgartirib yubordi.
Ayniqsa Fransiyani pozitsiyasi yomonlashdi. 30- yillarni boshidayoq Fransiyaga Germaniya tomonidan havf holati sezila boshladi. Fransuzlar SSSR bilan muzokiralar olib bordi va hujum boshlamaslik to‘g‘risidagi fransuz-sovet pakti 1932 yil imzolandi.
Jahon iqtisodiy inqiroz yillari Uzoq Sharqdagi vaziyat ham keskinlashdi. Bu yerda Xitoy Buyuk Britaniya, AQSH va Yaponiya o‘rtasidagi o‘z ta`sirini kuchaytirish bo‘yicha to‘qknashuv maydoniga aylanib qoldi. Yaponiya o‘zining yakka hukumronligiga intilib, “Buyuk Osiyo”ni yuzaga keltirish rejasini ishlab chiqa boshladi. Ushbu reja 1931 yil Yaponiya tomonidan Manchjuriyani bosib olinishi bilan boshlandi. Aynan shu yerda urushning dastlabki uchog‘i yuzaga keldi.
Shimoliy-Sharqiy Xitoyda sobik Xitoy imperatori Pu I boshchiligidagi marionetka (qo‘g‘irchok) hukumat va davlat vujudga keldi. Millatlar Ligasi Xitoyga mahsus komissiyani yubordi va o‘z hisobotida Manchjou-Go qo‘g‘irchok davlat mustakilligini tan olmadi. Shunga binan Xitoydan Yapon qo‘shinlarini olib chikib ketilishini taklif etdi. Ammo Yaponiya bu takliflarni inkor etdi va Millatlar Ligasini tark etdi.
1933 yil yanvar oyida Germaniyada hokimiyat tepasiga natsional-sotsialistik ishchilar partiyasi keldi. 1933-1935 yillarda, Versal shartnomasiga kura mamlakatning harbiy cheklanishlarini bekor qilinishi va dunyoni kuch yo`li bilan qayta taqsimlashga tayyorgarlik kurish Germaniyaning asosiy masalasi etib belgilandi.
1935 yil Germaniya ommaviy harbiy xizmatni joriy etdi. Versal shartnomasining navbatdagi buzilishi Angliya va Fransiya hukumati tomonidan noroziliksiz qabul qilindi. Shuningdek, 1935 yil plebissit natijalariga ko‘ra Saar viloyati Germaniya tarkibiga kiritildi. 1936 yilning martida Germaniya harbiylari Reyn hududiga kirdi. Vaholanki Versal shartnomasiga ko‘ra Reyn hududi millitarizmdan, ya`ni harbiylar va qurollardan holis bo‘lishi kerak edi. Shunday qilib 1933-1935 yillar Germaniyani qayta qurollanishiga qaratilgan barcha cheklovlarni bartaraf qilish davri bo‘ldi.
Xalqaro munosabatlarda Italiya ham o‘z manfaatlari yo`lida bosqinchilik siyosatini olib bordi. 30 yillarni o‘rtalariga kelib Afrikadagi mustamlakalarni qayta ko‘rib chiqishni talab etdi. 1935 yil oktabrida fashistik Italiya Efiopiyaga bostirib kirdi. 1936 yil bahorida Italiya-Efiopiya urushi yakunlandi. Bu urush Yevropadagi fashistik davlatlar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy agressiya yo`liga o`tishning boshlanishi bo‘ldi. 1936 yil iyul oyida Ispaniyada general Frankoning g‘alayoni boshlandi. Germaniya bilan Italiya Ispaniya fashistlarini qo‘llab quvvatladi va yordam tariqasida ularga samolyotlar, tanklar va boshqa harbiy qurollarini hamda askarlarini jo`natdilar. Angli bilan Fransiya esa Ispaniya ishiga “aralashmaslik” siyosatini e’lon qildilar va shu bilan Ispaniya respublikasini mag‘lubiyatga uchrashiga sababchi bo‘ldilar. Natijada 1939 yilning martida Ispaniyadagi fuqarolar urushi respublikaning ag‘darilishi va fashistik rejim o‘rnatilishi bilan yakunlandi.
Millitarizm yo‘lga o`tgan va dunyoni qayta taqsimlash g‘oyasini ilgari surgan uchta davlat o‘zaro kelishgan holda agressiv blokni yuzaga kelitirishdi. 1936 yil oktabrida Italiya va Germaniya hamkorlik to‘g‘risidagi protokolni (“Berlin – Rim o‘qi”) imzoladilar. O‘sha yilning noyabr oyida Germaniya va Yaponiya Kommunistik Internatsionalga qarshi kurash to‘g‘risidagi shartnomani (“Antikomintern pakti”) imzoladilar. Ushbu shartnomaga 1937 yil Italiya qo‘shildi, va Berlin – Rim – Tokio uch burchagi – uch davlatning agressiv bloki tashkil topdi.
1937 yilda Yaponiya Xitoyga qarshi hujum boshladi. Pekinni qo‘lga kiritgach, Yaponiya harbiylari Xitoyning markaziy provinsiyalariga hujum boshladi. 1937 yil Germaniya Avstriyani o‘ziga qo‘shib olish (anshlyuz) harakatini boshladi. 1938 yil mart oyida nemis qo‘shinlari Avstriyaga bostirib kirib uni Germaniyaga qo‘shib olidilar.
Agressiv davlatlarga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmaslik Millatlar Ligasining obro`si tushib ketishiga olib keldi va uning ichida kuchlar taqsimoti ro‘y berdi. Yaponiya va Germaniya Millatlar Ligasidan chiqib ketdi. Ammo 1934 yilda Millatlar Ligasiga Sovet Ittifoqi qo‘shildi va buning natijasida Yevropa havfsizlik muammosi geografik jihatdan keng maydonni qamrab oldi.
1934 yil SSSR va Fransiya o‘rtasidagi muzokaralar natijasida Sharq pakti nomidagi loyiha ishlab chiqildi va uning tarkibiga Germaniya, SSSR, Chexoslovakiya, Polsha, Litva, Latviya, Estoniya, Finlyandiya kirishi kerak edi. Fransiya Sharqiy paktga kafolat beruvchi sifatida qo‘shilishni va’da qildi. Sovet Ittifoqi esa Reyn kafolat paktiga kafil sifatida qo‘shilishini ko‘zda tutdi. Shu yul bilan kollektiv xavfsizlik tizimi shakllanishi mumkin edi. Ammo Angliya va Germaniya, hamda bir necha Sharqiy Yevropa mamlakatlari Sharq paktini tuzish bo‘yicha takliflarni rad etdilar. Shunday qilib, Yevropada kollektiv xavsizlik tizimini yuzaga keltirish imkoniyatini qo‘ldan boy berdilar.
Ammo xavfsizlik tizimini shakllantirishning yana bir yo`li bor edi. Ya`ni Yevropa davlatlarining ikki tomonlama xavfsizlik tizimini tashkil etuvchi shartnoma orqali yagona tizimni vujudga keltirish yo`li edi. Fransiya va SSSR 1935 yil o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzdilar. Shu kabi shartnoma SSSR va Chexoslovakiya o‘rtasida imzolandi. Agar Chexoslovakiyaga hujum uyushtirilgan holda Fransiya unga yordam ko‘rsatsa, bu holatda SSSR ham Chexoslovakiyaga yordam ko‘rsatish va’dasini berdi. Hatto Chexoslovakiya va Fransiya o‘rtasida tegishli pak imzolanganedi. Ammo Fransiyaning pozitsiyasi qaddiy emas edi. Xalqaro munosabatlarning ko‘p masalalari bo‘yicha Fransiya Buyuk Britaniya siyosatini qo‘llardi va agressorlarga yon bosish yo‘li bilan Yevropada tinchlik holatini saqlab qolmoqchi edi. Bu fashistik Germaniyani “tinchlashtirish” siyosati edi.
Germaniya Avstiryani bosib olganidan so‘ng Chexoslovakiyaga hujum harakatlarini boshlashga tayorgarlik ko‘rdi. Chexoslovakiyaning Sudet viloyatidagi vaziyatdan gitlerchilar bahona sifatida foydalanmoqchi bo‘ldi. Bu yerda aholini ko‘pchiligini nemislar tashkil etardi va sudet-nemis partiyasi nomi ostida gitlerchilar agenturasi faoliyat olib borar edi. Sudet viloyatini Chexoslovakiyadan ajratib va so‘ng uni Germaniyaga qo‘shilishini Gitler talab etardi.
Angliya va Fransiya Chexoslovakiya hukumatiga Germaniya qo‘ygan takliflarga yon berishni taklif etardilar. Germaniyani “tinchlashtirish” siyosatining mohiyati ham ana shundaedi. Uning o‘zoqni ko‘zlagan maqsadi – Germaniya ekspansiyasini Sharqqa yo‘naltirish edi. Chexoslovakiyaning kapitulyatsiya masalasi 1938 yil 29 sentabrda Myunxen shahrida bo‘lgan uchrashuvda hal qilindi. Ushbu uchrashuvda Angliya hukumat boshlig‘i Chemberlen, Fransiya hukumat boshlig‘i Dalade, va fashistitik diktatorlar Mussolini bilan Gitler ishtirok etdilar. Bu uchrashuvga Chexoslovakiya vakillari taklif etilmadi. Myunxen uchrashuvi jarayonida imzolangan shartnomaga ko‘ra Chexoslovakiya o‘n yil maboynida Sudet viloyatini butun u yerda mavjud bo‘lgan inshootlar bilan birga Germaniya tasarufiga o‘tkazishi majbur edi. Bu o‘z novbatida Chexoslovakiyani o‘zining beshtan bir qisim hududidan, aholini to`rtdan bir qismidan, og‘ir va harbiy sanoatni asosiy qismidan ajralish degan edi. Germaniya Angliya va Fransiya oldida bundan keyin muammoliy masalalar faqat o‘zaro kelushuvlar orqali hal etilishshiga v’ada berdi. Ammo bu va’dasi ko`p o‘tmay buzildi.
1939 yil bahoriga kelib Yevropadagi vaziyat keskinlashdi. “Tinchlashtirish” siyosati butunlay bankrotga uchradi. 1939 yil martida Germaniya Myunxen shartnomasini buzgan ravishda Chexoslovakiyani bosib oldi. Bir xafta o‘tgach Germaniya Polshadan Gdansk (Dansig) shahrini talab etdi va Litvada Klayped viloyatini bosib oldi. Shu yilning aprel oyida Italiya Albaniyani bosib oldi. Bunday agressiv harakatlar dunyoni urush yoqasiga olib keldi va Angliya, Fransiya hamda Sovet Ittifoqining xalqaro maydondagi pozitsiyasini zayiflashtirib qo‘ydi. Qiyin axvolga Fransiya tushib qoldi, chunki Ispaniyada Frankoning fashiltik rejimi o‘rnatilganidan so‘ng Fransiya fashistik davlatlar qurshovida qoldi.
1939 yil aprel-may oylarida Sovet hukumati va Angliya hamda Fransiya hukumatlari bir biriga yordam ko‘rsatish va SSSRga chegaradosh Sharqiy Yevropa mamlakatlariga yordam qo‘lini cho‘zish to‘g‘risidagi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar boshlashdi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida harbiy konvensiya imzolash ko‘zda tutilgan edi. Muzokaralar bir necha oyga cho‘zildi va oxir oqibat boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Shundan so‘ng 1939 yil 12 avgustda Angliya, Fransiya va Sovet Ittifoqi harbiy masala bo‘yicha muzokaralarni olib borishga ahd qilishdi, chunki Germaniya agressiyasiga qarshi bo‘lgan har qanday siyosiy kelishuv befoyda edi. Ammo harbiy kelishuvlar ham natijasiz yakunlandi. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud edi. Bir tomondan, Polsha, Ruminiya va Boltiq bo‘yi respublikalari G‘arbdagi Germaniyadan ko‘ra Sharqdagi qo‘shnisidan ko‘proq qo`rqar edi, SSSR bilan hamkorlik qilishga hoxish bildirmas edilar va o‘z hududlaridan Qizil Armiya o‘tishiga qarshi edilar. Ikkinchi tomondan esa, Angliya-Fransiya-SSSR o‘rtasidagi muzokaralar ishtirokchilari bir birlariga nisbatan ishonchsizlik namoyish etdilar. Natijada, Buyuk Britaniya va SSSR har biri yashirin holda natsistik Germaniya bilan muzokara olib bordi. Vujudga kelgan bunday holatdan Germaniya o‘z manfatida foydalandi.
1939 yil iyun-avgust oylarida Germaniya va Buyuk Britavniya o‘rtasida turli iqtisodiy va siyosiy masalalar, va jumladan bir biriga hujum qilmaslik haqidagi paktni imzolash bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bir vaqtning o‘zida SSSR va Germaniya o‘rtasida maxfiy kelishuvlar faollasha bordi.
Germaniya Polshaga hujum boshlashdan avval, Angliya-Fransiya-SSSR kelishuvlarini puchga chiqarishdan va Sovet Ittifoqi neytralitetini ta’minlashdan manfaatdor edi. O‘z navbatida kelishuvlar jarayonida Angliya va Fransiya tomonidan ko‘rilayotgan masalalarni cho‘zishlari hamda G‘arb demokratiyasiga nisbatan Stalinda ishonchsizlikning yuzaga kelishi, Sovet Ittifoqining tashqi siyosiy kursining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
SSSR va Germaniya o‘rtasida oshkora qilinmagan uchrashuvlar jarayonida ikki mamlakatning yaqinlashuv shartlari kelishib olinganedi. Jumladan, bir biriga hujum qilmaslik va Sharqiy hamda Janubiy-Sharqiy Yevropada ikki mamlakatning ta’sir doirasini ajratib olish to‘g‘risida pakt ishlab chiqilganedi. Natijada. 1939 yil 23 avgustda SSSR va Germaniya o‘rtasida hujum qilmaslik to‘g‘risidagi pakt imzolandi. Shartnomaga ko‘ra agar ushbu shartnomani imzolagan davlatlardan biri boshqa mamlakatlar bilan urush holatida bo‘lsa, bu holda SSSR va Germaniya neytralitetni saqlab qolishi ko‘zda tutilgan edi. Germaniya va SSSR o‘rtasida ta’sir doirasini ajratib olish to‘g‘risidagi mahfiy protokol, Boltiqbo‘yi mamlakatlarida va Finlyandiyada Sovet Ittifoqiga erkin harakatlar uchun imkon yaratdi va shu bilan birga Polshani bo‘lib olishda ishtirok etishligini ko‘zda tutdi.
Xalqaro munosabatlarda yuzaga kelgan vaziyat Germaniya fashizmi uchun ko‘l keldi. Natijada, 1939 yil 1 sentabrda Germaniyaning Polshaga hujumi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: 1929-1933 yy boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi xalqaro munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatdi ?
Totalitar davlatlarning tashqi siyosatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bering ?
Qachon va qaerda agressiya uchog‘lari yuzaga keldi ?
Nima uchun Germaniya, Italiya va Yaponiyaning agressiv harakatlarini oldini olishda Millatlar Ligasi kuchsizlik qildi?
“Myunxen bitimi” va uning mohiyati nimada ?
Nima uchun Ikkinchi jahon urushining oldini olish imkoni bo‘lmadi ?