Ikkinchi jahon urushi arafasidagi AQSH tashqi siyosatidan ko‘zlangan maqsad nima edi?
13-mavzu: 1918-1939 yillarda Lotin Amerikasi davlatlari. REJA : XX asr 20- yillarida mintaqadagi vaziyat.
XX asr 30- yillardagi iqtisodiy inqiroz va siyosiy tuturiqsizlik.
Davlat boshqaruvining xususiyatlari.
XX asr 20- yillarida mintaqadagi vaziyat.
Birinchi jahon urushi Lotin Amerika mamlakatlarida kapitalistik rivojlanishning yanada jallashtirib yubordi. Yevropadan mahsulotlarning va kapitalning kirib kelishi vaqtincha kamaydi. Jahon bozorida mintaqa mamlakatlarining xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj va narx-navo oshib bordi. Misol uchun, Kuba shakariga narx 11 martaga ko‘tarildi. Bu o‘z navbatida kapitalning jamg‘arishga, mahalliy ishlab chiqarishning o‘sishiga, iqtisodning rivojlanish tezlik darajasini barqarorlashuviga yordam berdi. Masalan, urush yillarida Braziliyada 6 ming yangi sanoat korxonalari vujudga keldi – o‘tmishdagi 25 yilga qaraganda, ko`proq.
XX asrning 20- yillarida jahon bozorida Lotin Amerika mamlakatlari maxsulotlari uchun qulay kon’yunktura (vaziyat) saqlanib turdi. Ammo iqtisodiy o‘sish avvalgidek ko‘proq ekstensiv faktorlarga asoslangan holda amalga oshirilardi. Shu bilan birga, xali ham qishloqda latifndiyani hukumronlk, ishlab chiqarishni tashqi bozorga mo‘ljanlanganlik, chet el kapitaliga muhtojlik harakterlari saqlanib qolgan edi.
Siyosiy jihatdan esa 20- yillari Lotin Amerika mamlakatlari asosan nomi jihatidan respublika edilar. Mintaqada savodsiz va chala savodli aholi ayniqsa iqtisodiy va madaniy markazlardan tashqari joylarda ko‘pchilikni tashkil etardi. Ular saylovda ishtirok etimaganligi tufayli demokratya vakillari uchun “fuqaroli jamitni” hamda ijtimoiy bazani tashkil etolmasdilar.
Mintaqaning nisbatan qoloq mamlakatlarida respublika niqobi ostida konservativ ma’nodagi avtoritar va diktatorlik rejimlari mavjud edi. U yerlarda bir necha yillar davomida “kaudilo” (dohi) diktatorlar hukumronlik qilgan.
Boshqa mamlakatlarda rasmiy jihatdan konstitutsion vakilliy idoralar mavjud edi. Ammo aslida siyosiy jarayon pomeshik-burjua oligarxiyasi yuqori vakillari qo‘lida mujasamlashgan edi. Masalan, Braziliyada markazdagi real siyosiy hokimilik “kofe” oligarxisi – tor doiradagi imtiyozli elita qo‘lida mujasamlashgan edi. Savlovlarda bor yo‘g‘i bir qisim fuqarolar qatnashardi (Braziliyada taxminan 30 %).
Nisbatan rivojlangan kapitalistik respublikalarda – Argentina, Chili va Urugvayda – urushdan keyin konservativ oligarxiya rejimi o‘rniga hokimiyat tepasiga konstitutsion liberal-demokratik hukumat keldi. Bu mamlakatlarda ijtimoiy-siyosiy xayotga aholining ko‘pchilik qismi jalb etilganedi va deyarli keng siyosiy erkinliklar mavjudedi. Bunday hukumatlar tomonidan (shuningdek 1910 – 1917 yillar Meksika inqilobidan so‘ng) islohotlar o‘tkazish harakatlari mintaqa tarixida yangi holat bo‘ldi.
XX asr boshlarida Lotin Amerikadagi liberal-reformizm, kuchaygan milliy burjuaziyaning va shuningdek aholini ko‘pchilik qismini – mayda burjuaziya, o‘rta tabaqa va ma’lum darajada mehnatkashlarning ma’nfatlarini ifodalardi. Bunday holat, XX asr boshlaridagi G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika burjua reformizmi ta’siri ostida rivojlanganedi. Lotin Amerika mamlakatlarida XX asr 20- yillarida boshlangan reformizm, asosan sanoat kapitalining tasdiq topish davridagi Yevropa liberalizmiga yaqin edi.
Reformistik hokimiyatlar katta e’tiborni ijtimoiy siyosatga qaratardi. Ularning bu yo‘nalishdagi faoliyati 1917 – 1921 yillar Argentina, Chili, Urugvay, Braziliya va bir qator boshqa mamlakatlardagi ishchilar harakatining ko‘tarilishi bilan rahbatlantirilardi.
Liberal-reformistik siyosatning namunasi sifatida Argentinadag (1916 – 1922, 1928 – 1930 yillar) Ipolito Irigoyen hukumatining faoliyatini keltirish mumkin. U ikki marta prezident saylovlarida g‘olib chiqqan. Uning hukumati milliy iqtisodiyotni rahbatlantirardi, davlat neft sanoatini yuzaga keltirdi. Qishloqda fermerlik tabaqasi kuchaytirildi, ijorachilar sharoiti yaxshilandi. Irigoyen qattiy turib, 8-soatli ish kunini haqidagi qonunni qabul qilidirdi. Ish haqi oshirildi, ishchi va mehnatkashlarga nafaqa to‘lash joriy etildi, ayollar va o‘spirinlar mehnati cheklandi. Kasaba uyushma faoliyati erkinlikka ega bo‘ldi.
Hokimiyat, ishchilar noroziligini susaytirishga va ularda orasida davlatning vositachiligida sinfiy hamkorlik mumkunlik umidini yuzaga kelishiga erisha oldi. Alohida e’tibor ta’lim tizimiga qaratildi.
Irigoyen Argentinaning milliy suverenitetini yoqlab chiqqan edi.