1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR



Download 152,09 Kb.
bet64/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Birinchi jahon urushidan so‘ng Lotin Amerika mamlakatlarida qanday tipdagi siyosiy rejimlar mavjud edi ?

  2. XX asr 20- yillar Lotin Amerika mamlakatlarida liberal islohotlar siyosati deganda nimani tushunasiz ?

  3. 1929 – 1933 yillar jahon iqtisodiy inqirozLotin Amerika mamlakatlariga qanday ta’sir ko‘rsatdi ?

  4. Lotin Amerikasida iqtisodiyotga davlat boshqaruv siyosatini qanday boholaysiz



14-mavzu: 1918-1939 yillarda Xalqaro munosabatlar.

REJA :

  1. XX asr 20- yillarida xalqaro munosabatlar.

  2. Ikkinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar.




  1. XX asr 20- yillarida xalqaro munosabatlar.

Ikki jahon urushi oralig‘idagi xalqaro munosabatlar ikki davrga bo‘linadi. Biri o‘z ichiga 20-yillarni, ikkinchisi esa 30- yillarni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro munosabatlarning 20- yillari asosan Versal-Vashington shartnomalari asosida davlatlararo munosadatlarda tinch usulida rivoj­lanib nisbatan stabil holat hukm surdi. Shuningdek, 20- yillarni “patsifistlar erasi” deb nomlashdi. Chunki aynan shu davrda Yevropa va AQSH davlatlarining siyosatchilari mavjud bo‘lgan muammolarni tinch yo`li bilan hal etishni udasidan chiqa oldilar.
30- yillarda esa dunyodagi vaziyat keskin o`zgara boshladi. Versal-Vashington tizimi o‘z kuchini yokatdi. G‘arb va Sharqda urush uchoqlari yuzaga keldi. Dunyo esa asta sekin yangi urush holatiga siljib bordi.
Versal-Vashington tizimi birinchi jahon urushida g‘alaba qozongan mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning yuzaga kelishi hamda g‘alaba qilgan va mag‘lubiyatga uchragan davlatlar o‘rtasidagi keskinlashuvlar natijasida zayiflashib bordi. XX asr boshida Yevropa mamlakatlaridan qarzdor va bo‘ysunuvchi AQSH, 20- yillarga kelib kuchli va qudratli davlatga aylandi.
20- yillar oxiriga kelib Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiyani birga hisoblaganda, ularga nisbatan AQSH sanoat mahsulotlarini ko`proq ishlab chiqara boshladi. AQSH kredit beruvchi mamlakatga, Yevropa mamlakatlari esa uning qarzdorlariga aylanib qoldi. Chet elga kapital chiqarish hajmi bo‘yicha (16,5 mlrd. doll.) AQSH Angliyaga etib oldi va u bilan na faqat Lotin Amerikasidagi raqobatdosh davlatga aylandi. Angliya, AQSH va Yaponiya o‘rtasidagi o‘zaro imperialistik raqobat maydoni Xitoy bo‘lib koldi. Yetakchi imperialistik mamlakaktlarning manfaatlari quruqlik va dengizda to‘qnash keldi.
Xalqaro maydonda kapitalistik mamlakatlarning pozitsiyasi va olib borgan siyosati asosa harbiy kuchga asoslangan holda belgilanardi. Ammo ayrim hollarda Yevropada hukm surgan patsifistik kayfiyat bilan hamda urushga qarshi harakatlar bilan hisoblashishga va kelishishga to‘g‘ri kelar edi.
G‘arbiy Yevropada Fransiya eng katta kurug‘likdagi armiyaga ega edi. Harbiy kuchga tayangan holda Fransiya Yevropada yetakchilik qilishni mo‘ljallaganedi. 1923 yil fransuzlar belgiyaliklar bilan birga Germaniyaning Rur viloyatiga bostirib kirdilar. Bundan maqsad, Versal shartnomasiga ko‘ra Fransiyaga ko‘mir yetkazib berish buyicha reparatsiya shartlarini buzilganligi uchun Germaniya hukumatini adabini berib qo‘yish edi. Ammo Fransiya hukumron doiralarining Yevropada yetakchilik qilish rejasi uning xalqaro munosabatlardagi real iqtisodiy va siyosiy mavqeyiga mutlaqo to‘g‘ri kelmas edi. Germaniyaning reparatsiya to`lovi masalasini hal qilishni, xalqaro kapital va birinchi navbatda AQSH o‘z qo‘liga oldi.
Reparatsiya va Yevropa qarzlarini hal qilish masalasida Daues rejasi muhim rol o‘ynadi. Ushbu rejaga binoan, Germaniya uchun dastlabki yillarda reparatsiya to`lovini kam miqdorda (1 mlrd. marka) amalga oshirish belgilandi va mamlakat iqtisodining tiklanishi natijasida reparatsiya miqdorini yildan yil 3 mlrd. markagacha oshirib borish ko‘zda tutildi. 1929 yilning avgust oyida Gaagadagi xalqaro konferensiyada Yung rejasi qabul qilindi (amerika vakili O.Yung nomi bilan bog‘liq). Ushbu rejaga binoan Germaniyaning yillik reparatsiya to`lovlari 2 mlrd. marka miqdorida cheklab qo‘yildi va umumiy qarzi ham kamaytirildi. 1931 yilda esa jahon iqtisodiy inqirozi boshlangaligi sababli g‘alaba qozongan mamlakatlarning taklifiga binoan Germaniyaning reparatsiya to`lovlari to‘xtatildi.
Yevropadagi patsifistik kayfitni maqullagan va o‘zining tinchlik sevar rolini oqlash maqsadida 1925 yildan boshlab Millatlar Ligasi qurolsizlanish va dengiz harbilari masalasi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Ammo Millatlar Ligasining bu tashabbusi olib borilgan tayyorgarlik jarayoni bilangina cheklanib qoldi.
Shu davrning o‘zida xalqaro munosabatlar tizimida kuchlarning yangi nisbati shaklana bordi va yangi to‘qnashuvlar chigili yuzaga kela boshladi. Fransiya Germaniyaning sanoat sohasidagi qudrati tiklanishidan va uning savdo ekspansiyasidan xavfsirar edi. Shuning uchun ham 1927 yilning aprel oyida Fransiyaning tashqi ishlar vaziri A.Brian, urushni milliy siyosat qo‘roli sifatida ko‘rilib, uni taqiqlab qo‘yish haqidagi paktni imzolash taklifi bilan AQSHga murojat etdi. Natijada, 1928 yil Brian va AQSH davlat kotibi F.Kellog, hamda 10 dan ortiq boshqa davlat vakillari Brian – Kellog paktini imzoladilar. Bu muhim hujjat edi. Ammo o‘zining mazmun jihatidan u tinchlik sevar ruhidagi kayfiyatni namoyish qilaredi xalos. Ushbu paktga SSSR ham qo‘shildi va 1929 yil uni ratifikatsiya etdi.
20- yillar xalqaro munosabatlarida SSSRning o‘rni ham mavjud edi. 1922 yilga kelib Rossiyadagi fuqarolar urushi va kapitalistik mamlakat­lar­ning intervensiyasi yakunlangan edi. Rossiyada kapitalistik mamlakatlardan farqli ravishda yangicha mavkura asosida shakllangan davlat va hukumatni xalqaro huquqiy jihatdan tan olinishi uchun kulay imkoniyat yuzaga keldi. Ammo mafkuraviy jihatdan mavjud bo‘lgan fark, Sovet Rossiyasining boshka mamlakatlar bilan o‘rnatiladigan munosabatlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Jahondagi ko‘p mamlakatlar Savet Rossiyasiga ishonchsizlik ko‘zi bilan qarashar edi. Keyichalik Sovet Ittifoqi o‘zining tashqi siyosatida ikki tizimning tinch totuv munosabatda bo‘lishiga qaratilgan konsepsiyasi ilgari surildi. Ushbu konsepsiyada mamlakatga nisbatan kapitalistik dunyo tomonidan intervensiya xavfi mavjud ekanligi o‘z aksini topganedi. Shu bilan birga unda dunyo va avvalo G‘arbdagi va Sharqdagi qo‘shni mamlakatlar bilan dustona va hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga qaratilgan pozitsiyasi o‘z aksini topgan edi. Shu asosda xalqaro munasabatlar tizimiga Rossiyani qaytish jarayoni boshlandi.
1921 yil yangi mustaqil davlatlar – Polsha, Latviya, Litva, Estoniya va Finlyandiya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Shu davrning o‘zida Eron, Turkiya, Afgoniston va Mongoliya bilan dustona shartnoma munosabatlari o‘rnatildi. 1921 yildan Sovet Rossiyasining Angliya, Germaniya, Italiya, Norvegiya va shu kabi boshqa Yevropa mamlakatlari bilan savdo munosabatlari boshlandi.
1922 yil Genuya shahrida Yevropada iqtisodiy tiklanish muammolarini muhokama etish maqsadida xalqaro konfernsiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada sovet delegatsiyasi ishtirok etdi. Iqtisodiy hamkorlik haqidagi munozaralar natijasiz yakunlandi. Ammo Rossiyani diplomatik izolyasiyasida siljish ro‘y berdi.1922 yil aprel oyida Rapalda SSSR va Germaniya o‘rtasida bir biriga nisbatan bo‘lgan barcha davolardan (shu jumladan qarzlar va reparatsiyalarbo‘yicha) voz kechish haqidagi shartnoma imzolandi.
Sovet-german shartnomasi ikki mamlakatning o‘n yil mobaynida faol iqtisodiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikga yo‘l ochib berdi. 1924 yil esa Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Norvegiya, Shvetsiya, Avstriya, Daniya, Gretsiya, Meksika, Xitoy va Yaponiya mamlakatlari tomonidan Sovet Ittifoqini tan olish yili bo‘ldi. Yirik davlatlardan faqat AQSH (1933 yilgacha) SSSRning tan olinishini cho‘zdi.
Sovet Ittifoqini G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlari og‘ir kechdi. SSSR rahbar doiralari tomonidan tinchlik muhitida birga yashash konsepsiyasi, 20- va 30- yillarda jahon maydonida sinfiy kurash davom etayotganligi, kapitalistik mamlakatlar bilan o‘rnatilgan munosabat­larni vaqtinchali va yangi intervensiya havfi mavjudligi sifatida ko‘rilaredi. Shu bilan birga Sovet Ittifoqi va Komunistik Internatsional tomonidan inqilobni eksport qilish havfi G‘arb davlatlarini jiddiy tashvishga solardi.
Shunday qilib, Sovet Ittifoqi va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarda ikki oradagi ishonchsizlik holati mavjud edi. Xalqaro maydonda ikki tizim o‘rtasidagi ziddiyat mavjudligi yaqqol ko‘zga tashlanar edi. Ammo G‘arb mamlakatlari bilan mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, SSSR xalqaro huquqiy munosabatlar tizimiga asta sekin kamayib kelda boshladi. 1934 yil urush xavfi yuzaga kelishi natijasida davlatlarning katta guruhi SSSRni Millatlar Ligasiga kirshni taklif etdi. Natijada SSSR xalqaro tashkilotning a’zosiga aylandi.



  1. Download 152,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish