6-mavzu: 1918-1939 YILLARDA AFRIKA XALQLARI
REJA:
XXasrning birinchi yarmida rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
G‘arbiy Afrika mintaqasida Fransuz mustamlakalari.
Eng yangi davr boshlarida mustamlakachilikka qarshi xalq harakatlari.
XXasrning birinchi yarmida rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
Tropik va Janubiy Afrikada mustamlakachilikning o‘ziga xos xususiyatlari. Buyuk davlatlar o‘rtasida shafqatsiz raqobat ob’yekti bo‘lib qolgan, Tropik va Janubiy Afrika bir necha o‘nglab mustamlakalarga bo‘lingan edi. Birinchi jahon urushi oxirida bu mintaqaning 90,4 % maydoni Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Portugaliya, Ispaniyaga o‘tgan edi. Eng katta hududlar va unda yashayotgan xalqlar Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan bosib olingan edi. Angliyaga 77 mln. Aholisi bilan 38 foiz yerlar tegishli bo‘lsa, Fransiyaga 51 mln. aholisi bo‘lgan 43 foiz hududlar to‘g‘ri kelar edi.
Afrika mamlakatlarini anneksiya qilishga intilish, iqtisodiy (mahsulotlar sotiladigan bozorlar va xom-ashyo manbalarini izlash) sabablar bilan ham va siyosiy (harbiy strategik, nufuzlilik va boshqa) sabablar bilan ham belgilanadi. Mustamlakachilar Tropik va Janubiy Afrika zonasida bepoyon mustamlaka mulklarini yaratishga intildilar, Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadan Shimoliy Afrikaga bo‘lgan hududda Keyptaun – Qohira yo‘nalishida mulklarning uzluksiz zanjirini tashkil qilish loyihasini rejalashtirdi. Fransiya o‘z navbatida o‘zining mulklarini Senegaldan to Somaligacha yaxlit massivini yaratishga intildi.
Birinchi jahon urushi arafalaridayoq alohida mustamlakalarni o‘zining qonunchilik va ma’muriy markazi bo‘lgan mintaqaviy mulklarga birlashtirish jarayoni boshlandi. Shu asnoda Afrika xaritasida 1904 yili Fransiya G‘arbiy Afrikasi (FG‘A) vujudga keldi. FG‘A 8 mustamlakani: Fransuz Gvineyasi (hozirgi Gvineya Respublikasi), Fil suyagi Qirg‘og‘i (Kotd Ivuar), Yuqori Volta (Burkina-Faso), Dagomeyani (Benin), Mavritaniyani, Niger, Senegal va Fransuz Sudanini o‘z ichiga olardi. Fransuz G‘arbiy Afrikasining ma’muriy markazi Dakar shahri (Senegal) bo‘lib qoldi. 1910 yili Fransuz Ekvatorial Afrikasi (FEA) tuzildi. Uning tarkibiga to‘rt mustamlaka ya`ni Gabon, Chad, Fransuz Kongosi (Kongo) va Ubangi Shari (Markaziy Afrika Respublikasi)lar kiradilar.
Brazdavil shahri (Kongo) Fransuz Ekvatorial Afrikasining ma’muriy markazi bo‘lib qoldi. Fransiya Sharqiy Afrikada ham Somali Fransuz qirg‘og‘i (Djibuti), Komor orollari (Komor orollari Federal Islom Respublikasi) va Madagaskardan iborat mustamlakalarga egalik qilardi.
Zambezi daryosidan janubdagi barcha Afrika yerlari ingliz mulklarining yaxlit hududi bo‘lib qoldi. Britaniya Janubiy Afrikasi tarkibiga Janubiy Afrika ittifoqi (JAI), Basutolend (Lesoto) Bechuanalend (Botsvana), Svazilend, Janubiy va Shimoliy Rodeziya (Zimbabve va Zambiya)lar kirardi. Angliya Janubiy Afrika mulklarining yuridik holati bir xil emasdi. Basutolend, Bechuanalend, Svazilend va Shimoliy Rodeziya protektorat hisoblansa, Janubiy Rodeziya o‘z-o‘zini boshqaruvchi ingliz mustamlakasi maqomiga ega, Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) esa, Britaniya imperiyasi tarkibiga dominion huquqida kirar edi.
Sharqiy Afrikada Buyuk Britaniyaning mulklari Nyasalend (Malavi) protektorati, Britaniya Somalisi (Somalilend) va hozirgi Keniya va Uganda hududlari kirgan Britaniya Sharqiy Afrikasidan iborat edi.
Buyuk Britaniya mulklari G‘arbiy Afrikada Nigeriya mustamlakasi va protektorati, Oltin qirg‘oq mustamlakasi (Gana), Serra – Leone mustamlaka va protektoratidan tarkib topgan edi.
Belgiya birgina, ammo hudud jihatidan Afrikadagi barcha mustamlakalardan eng kattasi bo‘lgan Belgiya Kongosiga (Kongo), Portugaliya esa Angola, Mozambik, Portugaliya Gvineyasiga (Gvineya-Bissau) egalik qilardilar.
Italiyada ikkita mustamlaka – Eritreya va Somaliyya (Italiya Somalisi) bor edi. Barcha ispan mustamlakalari uncha katta bo‘lmay, G‘arbiy Afrikada joylashgan bo‘lib, ular Rio-Muni, Fernando Po orollari va shuningdek kam aholisi bo‘lgan cho‘l ispan Saxarasidan iborat edi.
Germaniya Afrikada o‘zining Togo va Kamerun, Germaniya Janubi-G‘arbiy Afrikasi (Namibiya) va shuningdek Ruanda – Urundi (Burundi) mustamlaka mulklariga egalik qilardi.
Mustamlaka boshqaruv tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Tropik va Janubiy Afrika bo‘lib olingandan keyin metropoliya ma’muriyatidan iborat boshqaruvning mustamlaka organlari shakllana boshlaydi. Ilgarigi doimiy harbiy boshqaruv usuli juda ham serharajat va kam samarali bo‘lib, shu bois mustamlakalarda hokimiyatni harbiy- yevropaliklar qo‘lidan amaldor-yevropaliklar qo‘liga o‘tkazila boshladi. Bunda mahalliy aholi ayrim vakillari boshqaruvga jalb qilindi, bu avvaliga faqat huja ko‘rsinga amalga oshiriladi. Biroq ma’lum vaqt o‘tishi bilan Afrika aholisi orasidan loaqal minimal miqdordagi ijtimoiy tayanchsiz mustamlaka aholisini samarali ekspluatsiya qilinishini ta’minlash mumkin emasligi ayon bo‘lib qoldi. Yevropa ma’muriyatiga yordamga qabila sardorlari va boshqa mahalliy hukmdorlar jalb qilindi, mahalliy aholi orasidan amaldor kadrlar tayyorlandi. Bu bilan avvalo missionerlik maktablari shug‘ullandilar.
Mustamlakachilik boshqaruvining shakllanayotgan tizimini harakteri konkret shart-sharoitlar bilan: bir tomondan bosib olingan mamlakatning taraqqiyot darajasi, mustamlakachilik tartiblariga mahalliy aholining qarshilik ko‘rsatish kuchi bilan, boshqa tomondan u mustamlakalarda Yevropadan ko‘chib kelganlarning manzilgohlari, jamoalarining mavjudligi va ko‘lami bilan belgilanar edi. Boshqaruvga afrikaliklarning jalb qilishning turli-tuman usullari ikki shaklga: to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita boshqaruvga olib borardi. Bevosita boshqaruv tizimi ko‘proq fransuz mustamlakalarida, bilvosita boshqaruv esa ingliz protektoratlarida foydalanilgan. Bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv usulini o‘zining mustamlakalarida shuningdek portugaliyaliklar, belgiyaliklar, germaniyaliklar ham afzal deb bilganlar. Biroq ba’zi bir mustamlakalarda (manzilgohli mustamlakalar) inglizlar ham (Keniya, Janubiy Rodeziya va boshqa) inglizlar ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv variantidan foydalandilar. Biroq tashqi tomondan farqlariga qaramay, ikkala tizim ham yevropaliklar hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan mustamlaka xalqlarini siyosiy asoratga solish shakli ekanligini namoyon qilar edi.
Bevosita boshqaruv sharoitida odatda hokimiyatning mahalliy an’anaviy institutlari mustamlaka ma’muriy tizimining quyi zvenosiga aylantirilgan holda qayta shakllantirilardi. Bu tizimning barcha bo‘g‘inlarida yevropacha ish yuritish va huquq tizimi joriy qilindi. Afrika qabilalari sardorlari va boshqa mahalliy hukmdorlar amalda o‘zlarining pul okladlari va ular uchun ajratib berilgan qaromog‘idagi kishilar bilan mustamlakachilik apparatining amaldorlari bo‘lib qoldilar. Ularni almashtirish, bir ma’muriy rayondan ikkinchisiga o‘tkazish tez-tez uchrab turadigan hodisa bo‘lib, bunday mahalliy amaldorlar o‘zining ma’lumoti va mustamlakachilar oldidagi xizmatlari darajasiga qarab toifalarga bo‘linar edi. Mustamlaka boshqaruvining to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklini boshqa bir harakterli jihati Yevropa ma’muriyati tomonidan o‘tkazilayotgan assimlyasiya yoki noturilyasiya siyosati bo‘lib, u asosan Fransiya va Portugaliya tomonidan amalga oshirilgan. Uning birinchisi irqlarning tengligini e’lon qilgan Buyuk Fransuz inqilobi tamoyillaridan kelib chiqsa, ikkinchisi portugal ko‘p irqli jamoasini tashkil qilish g‘oyasidan kelib chiqar edi. Ba’zi afrikaliklarga metrapoliyaning to‘la qonli fuqarolari bo‘lib etishish sharoiti berildi. Biroq bunday fuqarolikning olishga har kimning ham qurbi yetmas edi albatta. Masalan, “Naturalizatsiya haqida”gi 1912 yilgi qonunni oladigan bo‘lsak, bu qonun fransuz G‘arbiy Afrikasida tug‘ilgan har qanday inson agar u fransuz manfaatlariga o‘z sadoqatini isbotlagan, kamida 10 yil davlat yoki xususiy fransuz xizmatida bo‘lgan bo‘lsa, fransuzcha o‘qish va yozishni bilsa, o‘ziga to‘q va yaxshi harakterga ega bo‘lsa fransuz fuqaroligini olish mumkinligini ko‘zda tutadi. Kimki bu talablarga javob bera olmaydigan bo‘lsa, ularga fransuz imperiyasi qaromog‘idagi kishilar sifatida qaralar edi. Sivilizatsiyalashmagan xalqlar qatoridan sivilizatsiyalashgan xalqlar toifasiga o‘tishni xohlovchilar uchun ana shunday talablarni portugal mustamlakachi ma’muriyati ham ilgari surdi. Natijada fransuz mustamlakalarida 1930-yillarning oxiriga kelib “Qora tanli yevropaliklar” 80 ming kishini, portugal mustamlakalarida esa ular qariyb 26 ming kishini tashkil etar edi.
Bevosita boshqaruvdan farqli tarzda, bilvosita boshqaruvning mohiyati shundan iboratki, unda odatda tuzilgan mustamlakalar doirasida mustamlakaga qadar mavjud bo‘lgan an’anaviy davlat va ularning hokimiyat institutlari bilan qabila birlashmalari saqlanib qolardi. Biroq bunda mahalliy hokimiyat faoliyati mazmunining o‘zi butunlay o‘zgaradi. U oliy mustamlakachi ma’muriyatga xizmat qilishga va u tomondan kelib tushayotgan ko‘rsatmalarni bajarishga qayta yo‘naltiriladi. Mahalliy hokimiyat rahbarlari, ular lavozimining barcha tashqi alomatlari saqlab qolinadi. Bunday hukmdorlar agarda o‘zlarini mustamlaka ma’muriyati oldida obro‘sizlantirib qo‘ymasalar, o‘z lavozimlarida butun umrga qolishlari ham mumkin edi. Afrika hukmdorlarining faoliyati ingliz toji nomidan chiqarilgan uchta asosiy qonun–mahalliy hokimiyat, mahalliy sudlar va mahalliy daromadlar to‘g‘risidagi qonun bilan tartibga solingan.
Inglizlar tomonidan tan olingan hukmdorlarning hokimiyati ularga ijrochilik funksiyalarini mustahkamlab qo‘yilishiga tayanadi. Mahalliy ma’muriyat xavfsizlik va ular nazoratiga ishonilgan hududlardagi jamoat tartibini ta’minlashga majbur edi. Unga shuningdek yo‘llar, bozorlar, jamoat binolari, shu jumladan mehmonxonalar va Yevropa amaldorlarining turar joylari holati ustidan nazorat qilish ham yuklanadi.
Sudlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiq Afrika sud institutlari faoliyati ingliz amaldorlari tomonidan qattiq nazorat qilingan,sudlar cheklangan vakolatlarga ega edilar. Ingliz rezidentlari mahalliy sud raisini, uning o‘rinbosarini, sudning istagan a’zosini tayinlash, shuningdek ularni almashtirish huquqlariga ega edilar.
Ingliz mustamlakachi ma’muriyati afrikalik aholidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadigan soliqlarni og‘ishmay yig‘ib olishga alohida manfaatdorligini namoyon qildi. Soliqlarni yig‘ish ham mahalliy hokimiyat zimmasiga yuklandi. Mahalliy daromadlar haqidagi qonunga muvofiq, ingliz mustamlakalarida mahalliy g‘aznachilik tuzildiki, ularda yig‘ilgan soliqlarni bir qismi qoldirilib, bu mablag‘lar hisobidan Afrika ma’muriyati saqlab turilar edi. Tropik Afrikadagi britan mulklarida oliy hokimiyat gubernatorlar, ingliz toji-taxti vakillari qo‘lida to‘plangan edi. Asosiy ma’muriy ishni ular qoshida ta’sis etilgan markaziy kotibiyatlar bajarib,ularga moliya,temir yo‘l qurilishi, telegraf xizmati ustidan nazorat qilish, shuningdek qurolli va mineral xom-ashyo manbalarini qidirib topish ishiga rahbarlik qilish ishi biriktirib qo‘yilgan edi.
Bilvosita boshqaruv tizimidan foydalanish, umuman unda mahalliy hokimiyatni mavjudligi, xususan ingliz mustamlakachilik siyosati nazariyotchilariga qoloq xalqlarda demokratik o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirishgainglizlarning moyilligi, shuningdek bu xalqlar uchun bunday tizim davlatchilik maktabi ekanligi haqida gapirish imkonini beradi. Amalda esa o‘zining asosiy ijtimoiy tayanchi sifatida feodal va yarim feodal yuqori tabaqasini saqlab qolib inglizlar Afrika jamiyatida an’anaviy tartiblarni, ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalangan holda saqlab, kishi ko‘ziga mahalliy aholini mustamlakalarni boshqarish ishiga jalb qilish manzarasi mustamlakachilar qo‘lida yanada real siyosiy va ma’muriy hokimiyatni to‘laligicha saqlagan holatda hosil qilinadi.
Mustamlakachilikkacha bo‘lgan siyosiy birlashmalar va hokimiyatning an’anaviy institutlarini uzil-kesil buzib tashlash Belgiya mulklarida amlga oshirildi. Belgiya mustamlakachilari kongoliklarga nafaqat huquqda, balki o‘z taqdirlarini amalda ham o‘zlari hal etishlari uchun imkoniyat berishdan bosh tortadilar. Shu asosda ular tomonidan paternalizm deb atalgan konsepsiya, ya`ni Afrika xalqlari ustidan “otalik vasiyligi” ni o‘rnatish yuzaga keltirildi.
G‘arbiy va Sharqiy Afrikada ingliz mustamlaka mulklari Birinchi jahon urushi arafasida Angliya o‘zining chet ellardagi sarmoya kiritmalari yarmini Afrikadagi mustamlakalariga yo‘naltirdi. Investitsiyalar ko‘lami bo‘yicha G‘arbiy Afrikadagi mustamlakalar (avvalo Nigeriya Nigeriya) 3-o‘rini egalladi (Janubiy va Sharqiy Afrikadan keyin). 1890-1913 yillarda investitsiyalar hajmi G‘arbiy Afrika hududiga 29 mln.dan 260 mln.funt sterlingga o‘sdi.
Sarmoya kiritishning eng asosiy sohasi metropoliyaga xom ashyo olib chiqib ketishga yo‘naltirilgan tashqi savdo edi. G‘arbiy Afrikadagi ingliz mustamlakalarida yirik plantatsiya xo‘jaligi bo‘lmaganligi uchun ingliz saromoyadorlari mahalliy dehqonlardan o‘simlik xom-ashyosini sotib olish bilan cheklanadilar. Eksportbop qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirish masalasi Afrika dehqon xo‘jaliklarini zarur ekinlar ishlab chiqarishga majburiy tarzda tortish yo‘li balan hal qilindi. 1930-yillarning oxirlarigacha o‘simlik xom-ashyosi hissasiga (palma yog‘i, araxis, kakao) G‘arbiy Afrikadan bo‘lgan eksportning 85 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keldi.
Bu mustamlakalarda foydali qazilmalarni qazib chiqarish Angliyaga o‘zining qalayi, marganetsga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplash, oltin zahiralarini sezilarli darajada to‘ldirish imkonini berardi. Birinchi jahon urushi arafasida konsessiyalar to‘g‘risida qonunlar qfabul qilindiki, ularning shartlariga ko‘ra mahalliy aholi foydali qazilma boyliklari topilgan yerlarni 99 yil muddatga ijaraga Yevropa kompaniyalariga bo‘shatib berishga majbur edi.
Mineral xom-ashyolarni qazib chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar kiritilishi Nigeriya, Serra-Leone, Oltin Qirg‘oqda sanoat kapitalistik ishlab chiqarishining birinchi o‘choqlarini paydo bo‘lishiga olib keldi. Biroq bu investitsiyalar mutlaqo metropoliyalar ehtiyojlariga xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, amalda G‘arbiy Afrika mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmadi.
Ayni vaqtda shakllanib borayotgan xo‘jalikning mustamlaka-kapitalistik sektori yirik Yevropa kompaniyalari va ular bilan aloqada bo‘lgan mahalliy savdo vositachilari bilan cheklanib qolmadi. Eksport ishlab chiqarishning o‘sishi bilan yaqin aloqada transport infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish sohasi, shuningdek boshqaruv sohalari rivojlandi. 1913 yilga kelib Angliyaning G‘arbiy Afrika mustamlakalarida temir yo‘llarning umumiy uzunligi 2300 km.ni tashkil qildi.
Urbanizatsiya jarayoni mustamlakalarda ijtimoiy rivojlanishning muhim omili bo‘lib qoldi. Qishloq manzilgohlari o‘rnida aholisi tobora o‘sib borayotgan shaharlar paydo bo‘ldi. Unugu posyolkasi (Nigeriya) 1921 yili 10 ming aholisi bo‘lgan shaharga aylandi. Shaharlarning iqtisodiyoti va madaniyati xo‘jalikning zamonaviy (Yevropa) sektori ehtiyojlariga yo‘naltirildi. Bu yerda banklar, Yevropa kompaniyalarining filiallari, ma’muriy muassasalar mujassam bo‘lib, bu esa hunarmandlarga, ishchi xodimlar, devonxona va ma’muriy apparat xodimlariga talab paydo bo‘ldi. Afrika ishchilari metropoliya ishchilariga nisbatan arzimas miqdorda maosh olar va ular odatda o‘z huquqlari uchun kurashning oshkora imkoniyatlaridan mahrum edilar. Biroq 1912 yildayoq Oltin Qirg‘oq mustamlakasida Afrika xaydovchilari Assotsiatsiyasi tuzildi, unga 1915 yilga keliboq qariyb 8 ming nafar xaydovchi a’zo bo‘lib kirgan edi.
Qishloq xo`jalik xom-ashyosini ishlab chiqarish uchun mintaqada Sharqiy Afrikaning sharoitlari eng qulayligi bois, ingliz mustamlakachi ma’muriyati tomonidan eksportbop ekinlarni joriy qilish va yetishtirish yo‘li tutildi. Bunda oq kolonistlarning plantatsiya xo‘jaliklarini rivojlantirishga (1920 yilga kelib Keniyada ularning soni 5570 kishiga yetgan), shuningdek Afrika dehqon xo‘jaliklariga urg‘u beriladi. Biroq bu holatda yevropalik plantatorlar yuqori baholi ekinlarni ishlab chiqarish huquqini oldilar (kakao, kofe, geveya), dehqonlarga esa ancha kam daromad keltiradigan paxta yetishtirish vazifasi yuklandi.
Mustamlakachi ma’muriyat kolonistlar uchun bir qator rag‘batlantiruvchi qonunlarni qabul qildi. Keniya protektoratida yer mulklari ingliz toju-taxti mulki deb e’lon qilindi. Yevropalik kolonist yerni muayyan muddatga sotib olishi yoki ijaraga olishi ham mumkin edi. Ijara muddati 99 yil bo‘lib, 1915 yilgi qonun esa bu muddatni 999 yilga uzaytirdi. 1927 yilga kelib bu yerda oq fermer va plantatorlar 1880 ming gektar yerga ega edilar.
Ko‘plab Afrika dehqonlari o‘z yerlaridan ular uchun alohida ajratilgan rayonlar – rezervatlarga quvg‘in qilindilar. Birinchi rezervat 1904 yili tuzilib, bunda rezervatlar yerlari afrikaliklarga foydalanishga berilgan Britaniya toju-taxti mulki hisoblanar edi.
1910 yili Keniyadagi qonun gubernatorga istagan miqdordagi afrikaliklarni cheklanmagan muddatlarga yo‘llar qurilishi va boshqa ob’yektlar qurilishiga safarbar qilish imkoniyatini berdi. Ishdan ketib qolish qonunga ko‘ra jinoyat hisoblanar edi. Ana shunday siyosatni Germaniya Tanganikada o‘tkazgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |