1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Saudiya Arabistoni davlatining vujudga kelishi



Download 152,09 Kb.
bet32/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

Saudiya Arabistoni davlatining vujudga kelishi.

Birinchi jahon urushi voqealari va urushdan keyin Osiyo va Afrikamamlakatlaridagi mustamlakachilikka qarshi harakatlarning o‘sib borishi Arabiston yarim oroli mamlakatlari tarixida ham yangi davrni boshlanishiga asos soldi.Arablarning mustaqillik uchun kurashidan ingliz mustamlakachilari bu mintaqadan turk raqobatchilarini chetlashtirishda foydalandilar va Arabiston yarim orolida o‘z ekspansiyalarini sezilarli darajada faollashtirdilar. Yarim oroldagi feodal tarqoqlik inglizlar siyosatini amalga oshirishni engillashtirdi. Hozirgi Saudiya Arabistoni hududida birinchi jahon urushi oxiriga kelganda turk hukmronligini uloqtirib tashlagan, biroq Angliyaning kuchli ta’siriga tushib qolgan Hijoz qirolligi va Asir amirligi hamda urush davrida Usmoniylar imperiyasining ittifoqchilari bo‘lib kengan Nejd amirligi va Shammar knyazligi mavjud edi.
Angliya yarim orol tarqoqligini saqlab qolish yo‘li bilan butun Arabistonda o‘zining hukmronlik mavqeyini ta’minlashga umid qilib, bu davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni avj oldirdi va zilddiyatlardan ustalik bilan foydvalandi. Feodal tarqoqlik yarim orolning iqtisodiy taraqqiyotiga ham to‘siq bo‘lib qolgan edi. Knyazliklar o‘rtasidagi uzluksiz to‘qnashuvlar aholining anchagina qismini tinch mehnat qilish imkoniyatidan mahrum etar, sug‘orish inshootlarini vayron bo‘lishiga olib kelar, Arabistonning alohida rayonlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini va tashqi savdo munosabatlarini izdan chiqarayotgan edi.
Shunday qilib, Arabistonda tarqoqlikni tugatish masalasi birinchi navbatdagi vazifa bo‘lib qolgan edi. Shimoliy Arabiston knyazliklarini birlashtirish markazi bo‘lib – vahhobiylar davlati-Nejd maydonga chiqadi. Amirlikdagi qabilalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga barham berishga va shu yo‘l bilan o‘z hokimiyatini mustahkamlashga intilgan Nejd amiri Ibn Saud vahhobiylar ruhoniyati va feodal- savdo tabaqasining qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, ko‘chmanchi qabilalarni o‘troq hayotga o‘tkazish yo‘lini tuta bordi. Yangi aholi manzilohlari –“hujralar” ayni vaqtda qishloq xo‘jalik jamoasi markazlari va gornizonlar hamda vahhobiylikni yoyishning tayanch punktlari bo‘lib hisoblanardi. Hujralar aholisi-“ixvanlar”(birodarlar) odatda turli qabilalarga mansub kishilar bo‘lib, ularni diniy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot birligi birlashtirib turardi. Bu bilan turli nejd qabilalari o‘rtasidagi tarqoqlikka chek qo‘yildi. Bundan tashqari har bir hujra yarim muntazam armiyaning yacheykasini tashkil etardi.
Ixvanlardan iborat xalq lashkarlariga tayanib Ibn Saud 1918-1921 yillar davomida nisbatan osonlik bilan Shammar amirlarini tor-mor keltiradi va Neajd sultoni deb e’lon qilinadi. Uning muvaffaqiyatlarga erishishida Angliyaning bu vaqtda Iroq, Misr, Falastin va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlaridagi ozodlik harakatlariga qarshi kurash bilan band bo‘lganligi ham ta’sir ko‘rsatdi. Nejd bilan qo‘shni bo‘lgan knyazliklarning aholisi birlashtirish siyosatini sezilarli darajada qo‘llab-quvvatladi.
Ammo ko‘p o‘tmay Angliya Nejdga nisbatan ochiq tarzda qarshi chiqa boradi. 1922 yil ingliz aviatsiyasi Angliya tomonidan boshqarilayotgan Iroq qo‘shinlari bilan Saudiya xalq lashkarlariga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. Bu voqeadan bir yil o‘tib Transiordaniyaning Arab legioni qismlari ingliz zobitlari qo‘mondonligi ostida shimoldagi Vadi Sirxan vodiysidagi bir qator tayanch rayonlarini egalladilar. Angliya tazyiqi ostida Nejd mamlakatning shimoli-sharqida betaaf zonalar tashkil qilinishiga rozilik bildirishga majbur bo‘ldi.
Nihoyat, ingliz hukumati boshlanib ketgan Nejd-Xijoz to‘qnashuvida o‘zining satelliti (ittifoqchisi) bo‘lgan Xijoz qiroli Xusaynga madad berishga intilib, 1924 yili Ibn Saudga 1915 ylgi ingliz-nejd kelishuvida ko‘zda tutilgan pul subsidiyalari berishni to‘xtatib qo‘ydi. Bu esa Angliya va Nejd o‘rtasidagi munosabatlar uzilganligini bildirib, xijoz-nejd to‘qnashuvini keskinlashuviga olib keladi. 1924 yilning bahorida Ibn Saud qo‘shinlari Xijoz chegaralaridan o‘tib, avgust oyida Xijoz armiyasini tor-mor keltiradi. Bu vaqtda Nejd g‘alabasini inglizlarga moliyaviy jihatdan to‘liq qaram bo‘lib qolgan Xusaynning mutlaqo obro‘-e’tiborini yo‘qligi va Xijoz hukmron yuqori tabaqasi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ham tezlashtirgan edi.
Xijozdagi ahvol qirol Xusaynning taxtdan tushirilishi va uning o‘g‘li Alining taxtga chiqqanidan keyin ham o‘zgarmadi. Natijada 1925 yilning 17 dekabrida Xijozning so‘nggi qal’asi – Jidda porti ham taslim bo‘ldi va shundan keyin xoshimiylar Xijozdan haydab chiqarildilar. 1926 yilning iyunida Ibn Saud Xijoz qiroli deb e’lon qilinadi. Shu yili uning protektoratini Asir amiri e’tirof etadi. 1930 yili esa, Asir amiri taxtdan tushirilib, uning mulklari Ibn Saud mulklari tarkibiga qo‘shib olindi. Yangi birlashgan davlat 1927 yili “Xijoz, Nejd qirolligi va qo‘shib olingan viloyatlar” degan rasmiy nom oladi, 1932 yildan esa, bu davlat Saudiya Arabistoni deb atala boshladi.


  1. Download 152,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish