2. Mamlakatda sotsializmning ijtimoiy-iqtisodiy asosini qurish jarayoni.
Fuqarorolar urushi yakunlangandan so‘ng mamlakat og‘ir iqtisodiy vaziyatda edi. Shuning uchun ham 1920-1922 yillarda Rossiya oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu sanoat salohiyatini yaratish edi. Bu masalani hal etilishi nafaqat mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi va qishloq xo`jaligini qayta qurilishi, balki mamlakatning mudofaa tizimini shakllantirish bilan ham bo‘g‘liq edi.
1925 yil bolsheviklar partiyasining XIV s’yezdi mo‘ljallangan xalq xo`jaligini rivojlantirish bo‘yicha birinchi besh yillik (1928/1929 – 1932/1933 yy) rejasini ishlab chiqish haqidagi qarorni qabul qildi. Rejadagi ko‘rsaqichlar bajarilishi majburiy harakterga ega edi. Bolsheviklarning navbatdagi 1930 yil bo‘lib o‘tgan s’yezdida industrlashtirishning jadallashtirish haqidagi qaror qabul qilindi. Unga binoan sanoat mahsulotlarining o`sishi har yili 30 % tashkil qilishi kerak edi. Ammo uni bajarish uchun real imkoniyatlar yo‘q edi. Natijada birinchi besh yillikning ko‘p ko‘rsaqichlari bajarilmay qoldi. Ammo shu yillarda 1500 sanoat korxonalari qurildi, yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi, yangi shaharlar va qishloqlar paydo bo‘ldi.
Ikkinchi besh yillik (1933-1937 yy) rejalarini bajarish jarayonida mamlakatning sanoat salohiyati bir muncha ko‘tarildi. Ikkinchi besh yillik ichida 4,5 ming yirik zavodlar qurildi. 1928-1937 yitllarda po‘lat ishlab chiqarish uch martaga, elektroenergshiya – 2,5 martaga, ko‘mir ishlab chiqarish – 3,6 martaga, neft – 2,5 martaga o`sdi. Aynan ushbu beshyilliklar ichida SSSR sanoatida - Dneprogres, Turksib, Magnitogorsk metallurgiya kombinati, Azovstal, Rosselmash, Stalingrad va Chelyabinsk traktor zavodi, Gorkiy avtomobil zavodi, Kuznetskdagi ko‘mir havzasi, Belomor-Boltiq kanali vujudga keldi.
30- yillarning oxiriga kelib SSR o`ziga xos yo‘l bilan sanoatning birmuncha ko‘rsatkichlari bo‘yicha g‘arb mamlakatlari bilan tenglashib oldi.
Yirik sanoat davlatini yaratish masalasi mamlakatning qishloq xo‘jaligida katta o‘zgarishlarni talab etar edi. Bu masalada xal etishda bolsheviklar faqat bir yo‘lni ko‘rdilar. Bu ham bo‘lsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqirishda kooperatsiyalash, ya’niy kollektivlashtirish yo‘li edi. Bu yo‘lning mohiyati dehqonlar xo‘jaligini jamoa mulki bilan birlashtirib kolxozlarning tashkil etish edi.
Kollektivlashtirishga qaratilgan siyosat 1927 yil VKP(b)ning XIV s’yezdida e’lon qilinda, 1929 yil esa amalda boshlab yuborildi. Rasman kolxozlarga kirish o‘z xohishiga ko`ra bo‘ldi, amalda esa mahalliy partiya va sovet organlarining taz`yiqi ostida majburiy ravishda kollektivlashtirish siyosati olib borildi. Ma’muriy-buyruqvozlik siyosati ostida olib borilgan kollektivlashtirish siyosati yakka holdagi qishloq xo`jaliklarining vayron bo‘lishiga olib keldi. Rasmiy holda mamlakatdagi barcha dehqonlar quloq va kambag‘allarga bo‘lindi. Mamlakatning ayrim hududlarida dehqonlar kollektivlashtirish siyosatiga qarshi ham chiqdilar. Quloqlarning bunday harakatini hukumat sovetlarga qarshi chiqish deb boholadi va partiya tomonidan quloqlarni siyosiy sinif sifatida yo‘q qilish haqidagi qaror qabul qildi. Natijada quloqlarni uch guruhga bo‘ldilar. Birinchi guruhga kiruvchilar - quloqlikdan chiqarilishi, hibsga olinishi va lagerlarga jo‘natilishi, ayrim hollarda esa o‘lim jazosiga hukm qilinishi kerak edi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar - quloqlikdan chiqarilgandan so‘ng uzoq rayonlarga, uchunchi guruhdagilar esa kolxoz yerlaridan tashqariga surgun qilingan edilar. Mamlakatda jami bo‘lib 12-15 % xo‘jaliklar quloqlikdan chiqarildi.
Ma’muriy-buyruqvozlik siyosati natijasida 1937 yilga kelib mamlakat bo‘yicha 93 % dehqonlar kolxozlarga kirdi. Shunday qilib kollektivlashtirish siyosati qishloq xo‘jaligiga juda katta talofatlar keltirdi. Dehqonlar repressiya qilindi, ocharchilik avj oldi, yerga bo‘lgan ananaviy yondashuv yo‘q qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |