7-mavzu. Innovatsion biznes



Download 30,13 Kb.
bet1/2
Sana21.11.2022
Hajmi30,13 Kb.
#869734
  1   2
Bog'liq
7-mavzu


7-MAVZU. INNOVATSION BIZNES
7.1. Kichik biznesda innovatsiyalar.
7.2. Korxonalarning innovatsion biznes faoliyati.
7.1. Kichik biznesda innovatsiyalar.
Bugungi kunda kichik biznes jahonning rivojlangan mamlakatlari iqtisodiyotida, ayniqsa uning innovatsion rivojlanishda muhim о‘rin tutadi. Kichik biznesning kо‘plab vazifalari qatorida uning innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishga moyilligini alohida kо‘rsatish mumkin. Ma’lumki, innovatsiya (ingl. “innovation” - yangilik, novatorlik) – faoliyatda yangi texnologiya, mahsulot va xizmatlar turlari, ishlab chiqarish, mehnat, xizmat kо‘rsatish va boshqaruv kо‘rinishidagi yangiliklarning qо‘llanilishini anglatadi. Kichik biznesda innovatsiyalarning nisbatan oson joriy etilishini, jumladan quyidagilar bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, kichik biznesda iqtisodiy faoliyat kо‘lamining ixchamligi unda innovatsion yondoshuvlarni amalga oshirishning nisbatan qulayligi va kam xarajat talab etishiga imkon yaratadi.
Ikkinchidan, kichik biznes korxonalari tashkiliy va boshqaruv tuzilmasining soddaligi innovatsiyalarni joriy etish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish jarayonlarining nisbatan qisqaligini ta’minlaydi.
Uchinchidan, mazkur sohada mulkchilik yakka shakllarining ustuvorligi innovatsiyalarni joriy etishdan manfaatdorlikning kuchli bо‘lishiga olib keladi.
Masalan, ishlovchilar soni 1000 kishidan kam bо‘lgan AQSH kompaniyalarida 10 ming kishi band bо‘lgan firmalarga qaraganda yirik texnik yangiliklarni 17 marta kо‘proq ishlab chiqiladi.AQSH kichik innovatsion firmalarida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga xarajatlarning samaradorligi yirik korporatsiyalarga nisbatan 4 baravar yuqori. Bundan tashqari, kichik innovatsion biznes 1 nafar ishchiga tо‘g‘ri keluvchi innovatsiyani yirik biznesga nisbatan 2,5 baravar kо‘proq yaratib, bir yil muddatga tezroq amalga oshiradi. Ayni paytda buning uchun mablag‘larni 75% ga kamroq sarflaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizdagi ahamiyatiga alohida e’tibor berilmoqda. “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yо‘liga о‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bо‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini 2018 yilga mо‘ljallangan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish uchun venchur fondlarning huquqiy maqomi va ularni tashkil etish tartibi, venchur kompaniyalar va fondlar, venchur fondlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar hamda innovatsion korxonalar faoliyatini tartibga solish, venchur kompaniyalar va fondlar uchun malakali boshqaruv va ekspert kadrlarni tayyorlash, venchur loyihalarni sug‘urtalash bо‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish belgilangan.
Venchur atamasi ingliz tilidagi venture sо‘zidan olingan bо‘lib, xatar ma’nosini anglatadi. Bunda iqtisodiy faoliyatning turli-tuman kо‘rinishlarini amalga oshirishda vujudga keluvchi xatarlar nazarda tutiladi.
Masalan, biron-bir yangi, innovatsion ishlab chiqarishni amalga oshirishda moliyaviy, bozor, texnik, narx bilan bog‘liq xatarlar kelib chiqishi mumkin. Darhaqiqat, mohiyatan yangi, hali tajribadan о‘tmagan va keng ommalashmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmat kо‘rsatishni yо‘lga qо‘yishda moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi, mahsulot yoki xizmatga bozor talabining yetarli bо‘lmasligi, texnik ta’minotda nomuvofiqliklarning vujudga kelishi, belgilangan narxlarning о‘z sarf-xarajatlarini qoplay olmasligi kabi xatarlar yuzaga kelish ehtimoli nisbatan yuqori bо‘ladi. Natijada, bunday faoliyat bilan barcha tadbirkorlar ham birdek shug‘ullanishni istamaydilar. Biroq, venchur biznesning о‘ziga xos tomoni shundaki, u juda katta xatar bilan bog‘liq bо‘lsada, muvaffaqiyatli amalga oshgan chog‘da boshqa biznes faoliyatlariga nisbatan juda katta foyda keltirishi mumkin. Bu esa xavfxatarga borishga tayyor bо‘lgan venchur tadbirkorlar hamda ularni moliyalashtiruvchi venchur fondlarning paydo bо‘lishiga imkon yaratadi.
Venchur fond asosiy faoliyati bevosita innovatsion korxonalar va loyihalar bilan ishlashga yо‘naltirilgan kompaniya hisoblanar ekan, jahon amaliyotida innovatsion faoliyatni investitsiyalashning asosiy manbalaridan biri sifatida venchur kapitali maydonga chiqadi. Venchur kapitalining shakllanishi serqirra va murakkab jarayon bо‘lib, uni “rasmiy va norasmiy sohalarga ajratish mumkin. Venchur kapital firmasi, venchur fondlar, moliyasanoat guruhlari, ilmiy-texnika sohasida ishlovchilarni, kichik kompaniyalarni qо‘llab-quvvatlovchi maxsus fondlar, pensiya jamg‘armasi, sug‘urta kompaniyalari, milliy va tijorat banklari, transmilliy venchur fondlar kabilar venchur kapitalning rasmiy sohasiga tegishlidir. Venchur kapitalining norasmiy a’zolari esa о‘z jamg‘armalarini sarflovchi jismoniy shaxslar, biznes-angellar, biznes-inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar kabilardir”. Hozirda muhokamada bо‘lgan «Innovatsion faoliyat tо‘g‘risida»gi Qonun loyihasida innovatsion siyosat 5 yil muddatga tasdiqlanuvchi Milliy innovatsion tizimni rivojlantirish davlat dasturi orqali amalga oshirilishi kо‘zda tutilmoqda (1-rasm). Mazkur dastur doirasida hududiy miqyosda tasdiqlanadigan mintaqaviy innovatsion rivojlanish dasturlari shakllantiriladi. Hududiy innovatsion dasturlarni joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirishda tashkiliy, moliyaviy va boshqa qо‘llab-quvvatlashni ta’minlash, shuningdek innovatsion faoliyat subyektlarini tashkil qilishda ishtirok etish lozim bо‘ladi. Ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyaviy ta’minlash maqsadida quyidagilar tashkil etiladi: - innovatsion faoliyatni qо‘llab-quvvatlash fondlari; - innovatsion va/yoki venchur fondlar. Innovatsion fondlar innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni qaytarish sharti bilan yoki beg‘araz asosda taqdim etadilar, shuningdek innovatsion faoliyat subyektlarining majburiyatlari bо‘yicha kafil vazifasini bajarishlari mumkin.
Bu keyingi yillarda soha vakillari tomonidan innovatsiyaga bо‘lgan e’tiborning kuchayib borayotganligidan darak beradi. Texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarga qilingan xarajatlarning yildan-yilga о‘sishi kuzatilsada, bu kо‘rsatkichda ham 2016 yilga kelib pasayish rо‘y bergan. Mazkur xarajatlarning asosiy manbalari bо‘yicha solishtirma salmog‘i shuni kо‘rsatadiki, eng avvalo, innovatsiyalarga xarajatlar korxonalarning о‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda. О‘rta hisobda mazkur xarajatlarning 85-95 foizining korxona mablag‘i hisobiga amalga oshirilishini bir qator sabablar bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, innovatsion ishlab chiqarish о‘z tavsifiga kо‘ra yuqori risk darajasini namoyon etadi. Shunga kо‘ra, bunday tavsifdagi ishlab chiqarishni moliyalashtirishga har qanday investor ham bir xilda ijobiy yondashmaydi.
Ikkinchidan, aksariyat hollarda kichik biznes korxonalarida amalga oshirilayotgan innovatsion ishlab chiqarishning miqyosi va ahamiyati ular faoliyat kо‘lamiga bog‘liq ravishda u qadar katta bо‘lmasligi va, buning natijasida, loyiha sifatida yirik investorlarni о‘ziga jalb etmasligi mumkin.
Uchinchidan, joriy etilayotgan innovatsiyalar amaldagi korxona egalari tomonidan ilgari surilgan bо‘lib, ularda ushbu jarayon natijasida olinadigan moliyaviy natijani tо‘liq о‘zlashtirishga intilish hissini hosil qilishi mumkin. Ma’lumki, yangilikni namoyon etuvchi va risk darajasi yuqori bо‘lgan ishlab chiqarishning о‘ziga xususiyati foyda darajasining nisbatan yuqoriligi hisoblanadi. Shu bilan birga, kichik biznes korxonalari tomonidan texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarga qilingan xarajatlarning tijorat bank kreditlari orqali moliyalashtirish ulushining oshib borayotganligini ham kuzatish mumkin. Bu, bir tomondan, umumiy tarzda tijorat banklarining kichik biznes subyektlari faoliyatini kreditlashga e’tiborni kuchaytirayotganligi bilan izohlansa, boshqa tomondan, innovatsion jarayonlarni qо‘llab-quvvatlash tijorat banklari kredit siyosatining alohida yо‘nalishlaridan biriga aylanib borayotganligini kо‘rsatadi. Xulosa sifatida ta’kidlash mumkinki, hozirda mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirishda kichik tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanish hududlardagi iqtisodiy siyosatning muhim yо‘nalishlaridan biriga aylangan.



Download 30,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish