Suyultirilgan va siqilgan gazlarni tashib kelish, saqlash va tarqatish
Suyultirilgan neft gazlarining (SNG) o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular oddiy va juda past bosimda gaz holatdan suyuq holatga o`tadi. SHuning uchun ularni 1,6-2,0 MPa bosimga hisoblangan sig`im va ballonlarda tashish, saqlash va tarqatish yoki avtomobil ballonlarini ular bilan suyuq holda to`ldirish mumkin. Avtomobil dvigatellari uchun mo`ljallangan suyultirilgan gaz sifatida yengil uglevodorodlar-’ro’an, butan va ularning aralashmasi ishlatiladi. Juda past haroratda 10 % gacha etan va etilen qo`shilgan ‘ro’an ishlatiladi. Avtomobillarni suyultirilgan gaz bilan ta`minlashda uning ballonlari gaz to`ldirish stantsiyalaridagi yonilg`i saqlash sig`imidagi suyuq gazsimon yonilg`i bilan to`ldiriladi. Bu vaqtda suyuq gazni saqlash sig`imining sathi avtomobil balloni sathidan yuqorida turishi zarur. Bu quyish usulining kamchiligi kichik zichlikdagi gazning juda sekin oqishidir. Bundan tashqari avtomobil ballonlarini inert gazlari bosimi ostida kompressor bilan, shu jumladan, gazni ko’p ‘og`onali markazdan qochma nasos yordamida haydash yo`li bilan to`ldirish mumkin.
Suyultirilgan gaz uchun avtomobilga o`rnatilgan ballonlar 1,6 MPa bosimga hisoblangan. Har ikki yilda ular nazoratdan o`tkazib turiladi. Avtomobil ballonlarini suyultirilgan gaz bilan to`ldirishda quyidagilar taqiqlanadi:
gaz to`ldirish shlangasi yonida turish;
metall asboblar yordamida birikmalar gaykasini mahkamlash;
chekish;
dvigatelni sozlash va ta`mirlash.
Agar to`ldirishdan so`ng dvigatel yaxshi o`t olmasa, uni gaz to`ldirish moslamasidan 15 m masofaga dvigatelni o`t oldirmasdan turib siljitish zarur. Avtomobil kuzovida ‘ortlash havfi bo`lgan yuk bo`lsa, uni to`ldirish taqiqlanadi. Suyultirilgan gaz bilan to`ldirishda, uning tezda bug`lanib ketish va tashqi muhitdan issiqlikni o`ziga yutish xususiyatlarini hisobga olish zarur. qaynash harorati ‘ro’anda -41,5°C, butanda 0,5°C va ‘ro’an-butan aralashmasida -20,5°C ni tashkil qiladi. Xuddi shu haroratlarda bu gazlar tezda bug` lanish xususiyatiga ega. SHuning uchun ballonlarni to`ldirish vaqtida qo`l sovuq urishini inobatga olib, qo`lqoplar kiyish zarur. Gaz to`ldirish stantsiyalarida uglekislotali o`t o`chirgichlar, qumli yashiklar va suv uchun gidrantlari bo`lishi kerak. Avtomobillar ham uglekislotali o`t o`chirgichlar bilan ta`minlanadi.
Siqilgan tabiiy gaz (metan) bosim oshishi bilan gaz holatidan suyuq holatga o`tmaydi. SHuning uchun, ular 20 MPa bosim ostida avtomobilning kuzovi tagiga joylashgan maxsus qalin devorli ballonlarga damlanadi.
Siqilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz ballonli avtomobillarni to`ldirish gaz to`ldirish kompressor stantsiyalarida (GTKS) amalga oshiriladi. GTKS ga gaz past bosimda (0,4-1,2 MPa) keladi. bu yerda mexanik zarrachalardan tozalanadi va kompressor yordamida 26-35 MPa bosim bilan siqiladi. U namajratgich va quritish blokidan o`tib, yuqori bosimli akkumulyatorga keladi, u yerdan quvurli o`tkazgichlar yordamida quyish kolonkalariga yo`naltiriladi. Avtomobillar gaz to`lg`izish uchun maxsus bokslarda joylashgan kolonkalar yoniga haydab kelinadi. Bu kolonkalar avtomobilning gaz to`ldirish jo`mragiga ulanadigan yuqori bosimli shlangalar bilan ta`minlangan bo`lib, bu shlangalarga ballonlardagi gazning boshlang`ich va oxirgi bosimini aniqlash uchun monometr o`rnatilgan. To`ldirilgan gaz hajmi boshlang`ich va oxirgi bosimlarning farqi bo`yicha maxsus nomogramma yordamida aniqlanadi.
Avtomobil ballonlariga haydalgan gaz miqdorini-V (m3) taxminan aniqlash va sarflangan gazni hisobga olish uchun quyidagi ifoda bo`yicha aniqlangan qiymatdan foydalaniladi:
bu yerda: ballon sig`imi, l; n- avtomobildagi ballonlar soni; ‘1 va ‘2-ballondagi gazning boshlang`ich va oxirgi bosimi, kgs/sm3; Z1, Z2, - gaining haroratli rengayishini hisobga oluvchi koeffitsient.
Bosim ostida ishlovchi sig`imlarning xavfsiz ishlashini ta`minlash haqidagi qoidaga asosan siqilgan gazda ishlovchi avtomobil ballonlari davriy ravishda maxsus ‘unktlarda nazoratdan o`tkazilib turilishi zarur. Ligerlangan po`latdan tayyorlangan ballonlar besh yilda, uglerodli po`latdan tayyorlangan ballonlar uch yilda bir marta nazoratdan o`tkaziladi.
Oxirgi vaqtlarda suyultirilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz ballonli avtomobillar sinovdan o`tkazilib, Ekspluatatsiya qilina boshlandi. Gazli avtomobilning maxsus ballonida -1610C haroratda suyuq holda bo`ladi. Tabiiy gaz suyuq holda bo`lganligi uchun uni avtomobil ballonlariga, avtomobil yoki temir yo`l tsistrenalariga quyish mumkin. Suyultirilgan tabiiy gaz bilan to`ldirish suyultirilgan neft gazi bilan to`ldirishdan unchalik farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |