1. Material-texnik ta`minotini asosiy vazifalari



Download 197,5 Kb.
bet3/9
Sana18.04.2022
Hajmi197,5 Kb.
#561006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1474959134 65190

Avtomobillar yonilg`i sarfining me`yoriy koprsatkichlari. Ma`lum ishni bajarish uchun yoki ma`lum masofani yurish uchun belgilangan yonilg`ining sarfi avtomobil transportida yonilg`ining me`yoriy sarfi deyiladi. Ular transport jarayonini amalga oshirish uchun kerak bo`lgan yonilg`i sarfi me`yorini o`z ichiga oladi. Avtomobillarni ta`mirlash va har xil xo`jalik ishlari uchun ketgan yonilg`i sarfi bu me`yorlarga kirmaydi va alohida hisobga olinadi. Avtomobillar uchun yonilg`i sarfi benzin, dizel yonilg`isi, suyultirilgan va siqilgan gazlar uchun alohida me`yorlanadi hamda ular ATK da bu mahsulotlarni me`yorlashda qo`llaniladi. Me`yorlar yakka va guruhiy turlarga bo`linadi.
YOnilg`ining yakka sarf me`yori alohida avtomobil rusumlari uchun, guruhiysi esa to`liq avtokorxona uchun rejalashtiriladi.
YAkka me`yor — bu ma`lum bir rusumdagi avtomobilning 100 km masofaga mo`ljallangan yo`l-Ekspluatatsiya, iqlim va yuklanish sharoitlari hisobga olingan yonilg`ining me`yoriy sarfi hisoblanadi. Bu me`yorlar ATK sharoitida haydovchilar bilan hisoblash ishlarini bajarish va yonilg`ini sarfini hisobga olish uchun ishlatilib, ular o`z navbatida chiziqli sarf deb nomianadi.
Guruhiy me`yor — bu ko’zda tutilgan iqtisodiy ob`ektlar bo`yicha transport ishlarini bajarish uchun yonilg`i sarfining me`yori hisoblanadi. Bajariladigan ishlar tonna-kilometr, yo`lovchi-kilometr va to`lov-kilometrda rejalashtirilgan avtomobilar uchun quyidagi guruhiy me`yorlarning o`lchamlari qabul qilingan: g/(t km), g/(yo`lov. km), g/to`l. km.
YUqorida keltirilgan me`yorlarning barchasi yonilg`ining chiziqli sarfiga asosan aniqlanadi va ular vazirlik, birlashma, korxonalarning rejaviy ehtiyojini qondirish va yonilg`idan samarali foydalanish uchun xizmat qiladi.
ATK da yonilg`i sarfini me`yorlash. ATK da benzin, dizel yonilg`isi, suyultirilgan va siqilgan gazlarning me`yoriy sarfini aniqlash chiziqli sarf bo`yicha olib boriladi va me`yoriy koeffitsientlar bilan to`g`rilanadi. CHiziqli sarfni bir necha omillari hisobga olgan holda to`g`rilash zarur:

  • avtomobillar qish vaqtida ishlashida, janubda - 5 % gacha, shimolda -15 % gacha, uzoq shimolda - 20 % gacha, boshqa joylarda - 10 % gacha yonilg`i sarfi oshadi.

  • avtomobil shahardan tashqarida yaxshi yo`l qoplamasida ish bajarganda yonilg`i sarfi 15 % gacha kamayadi.

  • yuk avtomobillari, maxsus avtomobillar, yarim tirkama bilan ishlovchi avtomobillar, avto’oezdlarning bajargan ishi tonna-kilometrda hisoblanganda har 100 tkm ga benzin 21, dizel yonilg`isi 1.31, suyultirilgan gaz 2,51, siqilgan gaz 2 m3 qo`shimcha belgilanadi. O`ziog`dargich avtomobil va avto’oezdlar uchun qo`shimcha har bir yuk bilan borib kelishi uchun benzin - 0.251, dizel yonilg`isi - 0.251, suyultirilgan gaz 0.31, siqilgan gaz - 0.25m3 belgilanadi.

Me`yoriy sarf (Qn) benzin, dizel yonilg`isi, gaz uchun ATK da quyidagicha aniqlanadi:
,
bu yerda Hs - har bir avtomobil uchun chiziqli sarf, 1/100km; S- avtomobil yurgan yo`li, km; D - tuzatish koeffitsienti; B - ish bajarishdagi yonilg`ining rejaviy sarfi; VV - ish hqjmi; Q- har bir yuk bilan borib kelish uchun qo`shimcha sarf; ne - yuk bilan borib kelishlar soni.
Tonna-kilometrda ishni bajaruvchi yuk avtomobillari va yarim tirkamali shataklagichlar uchun me`yoriy yonilg`i Sarfi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

Tonna-kilometrda ish bajaruvchi tirkamali yuk avtomobillari uchun me`yoriy yonilg`i sarfi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
,
bu yerda: G’r-tirkamaning yuksiz og`irligi, t.
Maxsus va maxsuslashtirilgan avtomobillar uchun me`yoriy yonilg`i sarfiquyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
,
bu yerda: Ns-andozaviy avtomobilning me`yoriy yonig`i sarfi, l/100km; -jihoz o`rnatish hisobiga avtomobilning o`z og`irligini ko’payishi yoki kamayishi, t.
Avtomobillar uchun me`yoriy yonilg`i sarfi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

bu yerda: Ns- o`ziog`dargich avtomobillarning me`yoriy yonilg`i sarfi, l/100 km. Soatbay ishlovchi avtobus, yengil va yuk avtomobillar uchun me`yoriy yonilg`i sarfi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

YUqorida koprsatilgan hisob-kitoblar orqali aniqlangan me`yoriy sarf yo`l varaqasining «YOnilg`ining me`yoriy sarfi» katakchasiga yozib qo`yiladi.

Download 197,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish