1. Material-texnik ta`minotini asosiy vazifalari


YOnilg`i-moylash materiallarini tejash yo`llari



Download 197,5 Kb.
bet9/9
Sana18.04.2022
Hajmi197,5 Kb.
#561006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1474959134 65190

YOnilg`i-moylash materiallarini tejash yo`llari


Respublikamizda qayta ishlanayotgan neft mahsulotlarining yarmidan ko’prog`i, shu jumladan benzinning 65% i, dizel yonilg`isini 35% i avtomobil transporti ehtiyoji uchun ishlatiladi. YUk tashish tannarxining 15-20% i yonilg`i-moy mahsulotlari uchun sarflanadi. SHu sababli, yonilg`i va moy mahsulotlarini tejash yuk tashish tannarxini kamaytiribgina qolmay, balki mamlakatimiz energetik zahiralarini asrashga ham imkon beradi. Bundan yonilg`i-moy mahsulotlarini omborlardan tashib kelishda, saqlashda va avtomobillarga tarqatishda ularni tejashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish kerakligi namoyon bo`ladi.
Mamlakatimizda avtomobillar sonining ko’payish sur`ati, asosiy yonilg`i xomashyosi bo`lgan neft qazib olish sur`atidan ancha yuqori. SHu sababli, yonilg`ini tejab sarflaydigan tadbirlar qo`llanilishi kerak. Hozirgi paytda bu muammo quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
1. YOnilg`ini sarfini kamaytirish. Bunga:

  • dvigatel konstruksiyalarini takomillashtirish;

  • avtomobil konstruksiyasidagi metall qismlar hajmini kamaytirish;

  • dizel yonilg`isi bilan ishlaydigan dvigatellarga o`tish;

  • avtomobillarni Ekspluatatsiya qilishda yonilg`i sarfini kamaytirish bilan erishiladi.

Avtomobillarni Ekspluatatsiya qilishda yonilg`i sarfiga quyidagi omillar ta`sir koprsatadi:
- transport ‘rotsessini tashkil qilish;

  • ishlatiladigan yonilg`i navlarining texnik hujjat va ishlash sharoitlariga to`g`ri kelishi;

  • avtomobillami boshqarish mahorati;

- yonilg`i yetkazib berish jihozlarining holati;

  • yondirish tizimining to`g`ri qo`yilishi; :
    - dvigatelning texnik holati;

-yonilg`ini tashib kclish, saqlash va tarqatish qoidalariga rioya qilish kabi omillarga bog`liqdir.
2. YOnilg`ining boshqa turlaridan foydalanish. Keyingi yillarda dunyo mamlakatlarida yonilg`ining boshqa turlarida ishlaydigan avtomobillarning soni kun sayin ko’payib bormoqda.
Bu yonilg`ilarga quyidagilar kiradi:
•siqilgan gaz, tarkibi metan 82-98%, etan, ‘ro’an 1,5% gacha, butan 1%;
■suyultirilgan gaz (tarkibi: ‘ro’an, butan, ‘ro’ilin);
•YOg`och s’irti;
■gazokondensatorlar aralashmasi;

  • Benzin va suv aralashmalari;

  • Benzin va vodorod aralashmalari.

Avtomobillarni Ekspluatatsiya qilish jarayonida sarflashni tejash uchun yonilg`i sarfi nimalarga bog`liqligini bilishimiz kerak. U shu avtomobilning texnik holatiga juda bog`liqdir. YOnilg`ini saqlashdagi yo`qotish zichsizlashgan birikmalar orqali sizib chiqish, sig`imlarni to`ldirish paytidagi to`kilish va shamollatish natijasida hamda qo`yosh nuri ta`sirida nafas olish klapanlari orqali bug`lanish oqibatlarida sodir bo`ladi. YUqoridagilardan koprinib turibdiki, yo`qotish miqdoriy yoki sifat bo`yicha bo`lishi mumkin. YOnilg`ining miqdoriy yo`qolishini kamaytirish uchun zichligi ta`minlangan soz idishlarda tashish va to`kilishning oldini olish kerak. Sifat bo`yicha yo`qotishni kamaytirish uchun yonilg`i saqlanadigan idishlar quyosh nurini qaytaruvchi yorqin rangga bo`yalishi kerak. Sig`imdagi zang qoldiqlari, chang va suv yonilg`ini ifloslantirishi oqibatida sifat yo`qotishi ko’payadi. Idishlar qo’qoqlari to`liq yo’ilmasligi yonilg`ining 3-5% i bug`lanib ketishiga olib keladi. Nafas olish klapani orqali 1% yonilg`i yo`qotiladi.
quyish vaqtidagi yo`qotish yonilg`ining yerga to`kilishi va quyilayotgan yonilg`ini noto`g`ri hisoblash evaziga sodir bo`ladi.
YOnilg`i sarfini kamaytirishning me`yoriy shartlaridan biri ratsional me`yorlash va hisobga olish tizimini qo`llash hamda ishchilarni yonilg`i-moy materiallarini tejashga qiziqtirish hisoblanadi.
Download 197,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish