1-masalaning bayoni. Ijtimoiy taraqqiyot-g‘oya va mafkuralar tarixidir. Mafkura va g‘oyalar tarixiy taraqqiyotda yetakchi mavqelardan birini egallaydi. Insoniyatning ko‘p yillik o‘tmishi buni yaqqol tasdiqlaydi. Yer yuzida dastlabki odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga ehtiyoj tug‘ilgan. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: “ Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o‘zining milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har Qanday xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo‘lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg‘otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o‘tishda o‘ziga qo‘shimcha kuch-quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bo‘lgan milliy g‘oyani tayanch va suyanch deb biladi”1.
G‘oyalar to‘g‘risidagi bilimlarga insoniyat tarixining eng qadimiy davrlaridan boshlab katta e’tibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati g‘arb mamlakatlarida “ideya” tushunchasi orqali ifojalanadi. “Ideya” grek tilidagi ”idea” so‘zidan olingan bo‘lib, qadimda “obraz”, “tashqi ko‘rinish” degan ma’nolarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o‘zgarib borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma’nolarda ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon “g‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to‘g‘risidagi ta’limotini asoslar ekan, g‘oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni obektiv reallik sifatida talqin qilgan. Yana bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng mayda va bo‘linmas zarra-atomlarni ideyalar deb atagan. Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, ideya-barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir.
Tarixdan ma’lum va mashhur bo‘lgan Spartak boshchiligidagi qullar qo‘zg‘aloni ana shu tartibga qarshi ko‘tarilgan xarakat ekanini yaxshi bilamiz. Qo‘zg‘alonchilar soni 100mingta kishiga qaramasdan, bu xarakatning g‘alaba qozona olmasligi muqarrar bo‘lgan. Chunki o‘sha paytda rimliklar o‘zlari uchun qonunga va yashash mezoniga aylangan g‘oya asosida shakllangan tartibni buzishga yo‘l qo‘ymas edi. Bu g‘oya rimliklarning hayot-mamoti uchun eang borayotgan bir sharoitda ularning orasidan Spartak va uning tarafdorlariga qarshi bir necha yuz ming askarni saralab olish imkonini bergan.
Qadimgi sivilizatsiyalar tarixidan ma’lumki, o‘sha davrlarda odamlarning dunyoqarashi, qabila va elatlarning mafkurasi afsona va rivoyatlar vositasida ifoda etilgan mifologik qarashlar sifatida mavjud bo‘lgan. Jumladan, totemizm, anamizm, fetishizam kabi ibtidoiy dinlar jonning abadiyligi, tabiatdaginarsa va xodisalarning ilohiy quvvatga ega ekani to‘g‘risidagi xilma-xil g‘oya va qarashlarga asoslangan. Bu to‘g‘rida “Dinshunoslik” fanidan kengroq ma’lumotlar berilgan.
Taraqqiyotning keyingi bosqichlarda milliy asosdagi xinduizm, iudaizm, kofusiylik singari diniy mafkurala shakllangan. Yaponlar va o‘zlarining milliy dini-sintoizmani yaratgan. Ularda diniy tamoyillar bilan birga, muayyan milltaning o‘ziga xosligi, qadriyatlari, mentaliteti o‘z aksini topganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu dinlar millat tarixining muayyan davrida davlat dini va mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan. Masalan, konfusiylik bir necha yuz yillar davomida Xitoyda ana shunday mavqega ega bo‘lgan.
Taraqqiyot jarayonida falsafiy g‘oyalar ham muayyan tizim shaklini topgan. Masalan, olamning vujudga kelishi, mavjudlik qonuniyatlari, uning asosini nima tashkil etishi kabi masalalarni qadimgi odamlar xilma-xil hal qilganlar. Ularni falsafiy talqin etish natijasida monizm va dualizm kabi, idealizm va materializm singari oqimlar vujudga kelgan. Ularning har biri o‘z mag‘no-mazmuniga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Xususan. monizm-olamning asosini bitta mohiyat tashkil etadi deb ta’lim beruvchi yo‘nalish bo‘lsa, dualizm-olamning ibtidosi ham ruhiy-ilohiy, ham moddiy asosga ega ekani e’tirof etuvchi oqimdir.
Olam va odamning yaralishi, boliqning yashashi va rivojlanish qonuniyatlari, borliq hamda yo‘qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyilalarini ustivor deb bilish, mutlaqlashtirish idealizmning asosini tashkil qiladi.
Undan farq qiladigan materializm aynan ana shu masalalarda modda (materiya) va uning xossalarini ustivor deb bilish, mutlaqlashtirish asosida shakllangan.
Muayyan tarixiy davrlarda ba’zi mafkuralar davlat ideologiyasidarajasiga ko‘tarilgan. Zamonlar o‘tishi bilan ularning ayrimlari o‘z mavqeini yo‘qotgan, lekin milllat ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida saqlanib qolgan. Xalq ulardan quvvat olgan, ma’navi oziqlangan, ular orqali o‘z qadriyatlarini saqlagan.
Shu bilan birga, bir-biridan farq qiladigan mafkuralar o‘rtasida bahs-munozara hamda ularni murosaga keltirishga intiluvchan g‘oyalar mavjudligi ham qadim zamonlardan buyon davom etib kelmoqda Huddi shunday, bir-biridan farq qiladigan, ya’ni xudo va olihiy qadriyatlarni tamomila rad etuvchi ateizm va aynan shu xaqiqatlarni mutlaqlashtiruvchi teizhm o‘rtasidagi bahs-munozara ham uzoq tarixga ega. Bu bahs-munozara hozir ham davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |