4-masalaning bayoni. Hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi (1869-1948) o‘z ma’naviyati, g‘oyalari va ilg‘or qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan biriga aylangan. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindalar bilan musulmonlarning o‘zaro do‘stligini mustahkamlashga intildi. Unga xalq “Mahatma”-”Buyuk qalb” deb nom bergani ham shundan bo‘lsa, ajab emas. R.Tagor fikriga ko‘ra: “Gandi muvaffaqiyatining siri uning jo‘shqin ma’naviy kuchida va behat darajada o‘z manfaatlaridan voz kechishidadir. U o‘zining oliyhimmatligi bilan noyobdir. Gandi hayotining o‘zi fidoiylik timsolidir”.
XVII-XIX asrlarda umummilliy manfaatlar urniga tor va cheklangan, shaxsiy va sulolaviy manfaatlarning ustun kuyilishi, jamiyat xayotida ma’naviy - axlokiy kadryatlarni mustaxkamlash va ilm - ma’rifatni rifojlantirishga yetarlicha e’tibor berilmagani uzbek davlatchiligining tanazzulga yuz tutishiga, mustakillikning kuldan berilishiga, Turkistonda mustamlakachilik tizimi urnatilib, provardida milliy davlatchilikning yana bir bor tugatilishiga olib keldi. Shunga karamasdan, chukur tarixiy ildizlarga ega bulgan milliy goyalar tamomila yuk bulib ketmadi. Aksincha, mustamlakachilik sharoitiga ular milliy davlatchilikni tiklash, millat tarakkiyoti va istikboli uchun kurash bayrogi sifatida yana ilgari surila boshladi.
Bu intilishlar XIX asrda ma’rifatparvarlik goyalari bilan chikkan Axmad Donishning ilgor karashlarida, XX asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik xarakatining tarakkiyparvar namoyondalari - Bexbudiy, Fitrat, Chulpon, Munavvar Kori, Abdulla Avloniy ijodi va faoliyatida yana xam kuchaydi. Jadidlar Turkistondagi xalklarni birlashtirish va butun ulkaning milliy mustakillikgi uchun kurash goyasini ilgari surdilar. Turkistonda boskinchi kizil armi va sovet tuzimiga karshi. ko‘tarilgan istiqlolchilik xarakatining mafkurachilari ham aynanjadidlar bo‘ldilar. Biroq, mustabid sovet tuzumi bu g‘oyalarga qarshi g‘ayriinsoniy mafkurani ilgari surib, xalq manfaatlarini inkor etdi. Bu utopik xayolik g‘oyalar real hayot talablariga javob bermas, xalqning ma’naviy turmush tarziga, jamiyat taraqqiyoti qonunlariga mutlaqo zid edi. Ular milliy istiqlolni tan olmas, milliy qadriyatlarni toptar, diniy e’tiqodga qarshi kurash asosiga qurilgan edi. Lekin, mustabid ularni xalqqa tan oldirish uchun jon-jahd bilan kurashdi. Bu siyosat ayovsiz kurashlar, ta’qib, tazyiq va zo‘ravonliklardan iborat bo‘lib, o‘sha yillardagi mash’um qatag‘onlar bu kurashning fojeali ifodasi edi.
Bu tuzum o‘lkamizda zo‘rlik bilan o‘rnatilgach, xalqimiz uning siyosati va mafkurasiga qarshi kurash olib bordi. Bu kurash shafqatsizlik bilan bostirilgach esa, yashirin tarzda davom etdi. Va nihoyat, 1937 yildagi ommaviy qatag‘on bu tuzum va uning mafkurasiga, g‘oyalariga qarshi chiqqan, umummilliy manfaatlarni himoya qilgan, har qanday “o‘zgacha fikrlaydigan” kishini “xalq dushmani” deb e’lok qildi. Ba’zi milliy g‘oyalarni ilgari surib, xalqimiz manfaatlarin himoya qilganliklari uchun bundaylarni yo‘q qilib yubordi.
Bolshevizm va fashizm mafkuralari o‘rtasida ko‘plab o‘hshash jihatlar mavjud. Ayni paytda jiddiy tafovutlar ham ko‘zga tashlanadi. Asosiy farqlardan biri bu millat omilini turlicha baholanishidir. Agar kommunistik ta’minot, xalqlarning milliy etnik o‘ziga xosliklarining yo‘qotish, “proletar baynalminalligi” shiori bilan maydonga chiqqan bo‘lsa, fashizm bir xukmron millatning “irqiy etnik sofligi”ni mutlaqlashtirishni targ‘ib-tashriq etadi. U irqchilikning homiysi hisoblanadi.
XX asrning 30-yillarda Italiya va Germaniyada fashizmning g‘alaba qozonishi nafaqat italyan va nemis xvalqining, balki dunyodagi millionlab insonlarning boshiga cheksiz kulfat solgani tarixining achchiq saboqlaridan biridir. Holbuki bu g‘oyalar mazkur davlatlarda asr boshidanoq namoyon bo‘la boshlagan edi. Masalan, Italiyada 1910 yilda “Milliy g‘oya” nomli jurnal chiqa bshlagan, unda ko‘proq agressiv millatchilik targ‘ib qilinar edi. Afsuski, o‘z davrida bunga beporvo qaraldi va u oxir-oqibat hukmron g‘oyaga aynalandi. Ana shu sabadan ham bugungi kunda butun dunyodagi taraqqiyparvar gumanistik kuchlar bunday fojiali va noxush xolatlar takrorlanmasligi uchun hamjixatlik bilan kurash olib borishi ijtimoiy zarurat bo‘lib qoldi.
Rossizm so‘zi “Rassa” (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Yevropada “Insoniyat nasli”ni turli irqiy guruhlar, jamladan, “oq”, “qora” va “sariq” irqqa ajratish uchun qo‘llana boshladi. Irqchilik ta’limoti “ok tanli” larning afzalligi, ularning azaldan “oliy irq ” etib tanlangani, boshqa irqlarning esa “oq” larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pog‘onalarida turishini “asoslab” beradi. Uning asosiy g‘oyasi o‘zining “ilohiy tabiatiga” ko‘ra “oq” irqlarni “quyi” irqlar ustidan hukmron qilishga da’vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining rangiga ko‘ra ajralib turuvchi kishilarga tazyiq o‘tkazish, ularni xaqoratlash, urush va o‘ldirish kabi xarakat xodisalarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Ijtimoiy hukmronlikshakllaridan birining mafkurasi bo‘lar ekan, u buyuk davlatchilik, ashaddiy shovinizm, “tanlangan” xalqlarning milliy afzalligi g‘oyalari bilan chambar-chas bog‘lanib ketdi.
Irqchilik - ko‘p qiyofali. Masalan, o‘zini oliy irq hisoblagan ingliz, ispan, fransuz bosqinchilari o‘rta asrlar va ayniqsa, XVIII-XIX asrlarada Amerika, Avstraliya, Afrika va Osiyoda yerli xalqlarni ko‘plab qirib tashladilar. Janubiy Afrika respublikasi tomonidan XX asrda uzoq yillar mobaynida o‘tkazib kelingan irqiy ayirmachilik siyosati-shafqatsiz irqiy taxqirlash va kamsitishda o‘z ifodasini topdi. 1865 yilda AQShda tuzulgan “Ku-kuluks-klan” terroristik tashkiloti ham o‘zining oshkora irqchilik yo‘nalishidagi faoliyati bilan ajralib turadi. Negrlarning fuqarolik huquqlarigi qarshi kurash va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish uning asosiy g‘oyasi hisoblanadi.
Yana bir yozuv g‘oya-terrorizm bugungi kunda ham insoniyatga katta tahdid sola boshladi. Jamiyatga doimiy qo‘rquv, fitna-g‘alamislik muhitini vujudga keltirish, zo‘ravonlik yo‘li bilan jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok bo‘lishiga siyosiy maqsaddagi o‘ldirish va portlashlar bu mudhish g‘oyaning asl mohiyatini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |