3-masalaning bayoni. Jamiyat tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk moddiy va ma’naviy madaniy maskanlarning ko‘pchiligi dastlab Sharqda shakllangan va bu insoniyatning keyingi taraqqiyoti uchun zamin bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, qadimgi Misr, Vavilon, Turon, Eron, Xindiston va Xitoyda vujudga kelgan sivilizatsiyalar tarixda muhim o‘rin tutadi. Qadimgi Sharq zamini xalqlari dunyoda birinchilardan bo‘lib yerga ishlov berdilar, tabiatdan tanlab olish yo‘li bilan madaniy o‘simliklarning ko‘plab navlarini yetishtirdilar. Ular murakkab sug‘orish inshoatlari va moslamalarini yaratdilar, tarixga ma’lum bo‘lgan birinchi suv tegirmonlari va abjuvozlarini qurdilar, dastlabki uy hayvonlarini qo‘lga o‘rgatdilar, ipak qurtlari boqib undan tabiiy ipak olishni kashf etidilar, nihoyatda murakab me’morchilik san’atiga asos soldilar , tabiat kuchlari qarshisida qanchalik sabr toqatli, irodali, o‘tkir fikrli, jismonan baquvvat va ruhan yengilmas bo‘lishni jahona namoyon etdilar. Shu asnoda xilma-xil g‘oyalarni yaratdilar, ularni amalga oshirdilar.
Mafkuraviy jarayonlar tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit bilan uzviy aloqador bo‘lib, davrlar almashinuvi bilan yangilik tomon o‘zgaradi. Buni qadimdan Turon va Turkiston mintaqasi deb nomlangan, bugungi kunda uning markazi hisoblangan hozirgi O‘zbekiston hududida yuz bergan jarayonlar bilan ham isbotlash mumkin.
Ma’lumki, milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlari xalqimizning ko‘p ming yillik o‘tmishi davrida rivojlanib keldi. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida hamda Qadimgi Xorazm. So‘g‘diyona va Buktriyada ilk bor shakllangan, ajdodlarimiz tomonidan bundan 2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manbaa-”Avesto” kitobidan ham ezgulik g‘oyalari ilgari surilgan. Yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi azaliy kurash aks ettirilgan. Zardushtiylikning ezgulik va insonparvarlik xaqidagi qarashlari mintaqamizga islom dini kirib kelgunga qadar asosiy g‘oyalar edi. Shuningdek, turkiy xalqlar o‘rtasidagi Ko‘k tangrisiga (osmon va quyoshga) sig‘inish (shamanizm) va buddizm (buddaviylik) ham diniy e’tiqod sifatida Zardushtiylik bilan yonma-yon yashab keldi.
Zardushtiylik mintaqada ilk bor shakllangan dastlabki davlat birlashmalari: Xorazm, So‘g‘diyona va Baktriyada davlat dini darajasiga ko‘tarildi va rasmiy mafkura vazifasini ham bajardi. Kushon davlati davriga kelib Zardushtiylik bilan bir qatorda buddaviylik ham davlat dini vazifasini o‘tay boshladi.
Ammo, Turonning vaqti-vaqti bilan bosqinchilar xujumiga uchrab turishi, jamiyatdagi barqarorlikni izidan chiqara edi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ahmoniy shohlari, 329-327 yillarda Aleksanr Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari mintaqada mavjud bo‘lgan mustaqil davlatchilikka ma’lum muddatga chek qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Xalqimiz o‘z mutaqilligini qayta tiklash uchun dushmanga qarshi yillar davomida kurash olib bordi. Mustaqillik g‘oyalari, o‘z milliy davlatchiligini tiklash uchun kurash xalqimizning o‘ha paytdagi orzu-umidlari, ta’bir joiz bo‘lsa, uning g‘oya va mafkurasini tashkil qiladi. Ularga asoslangan halqimiz Kushon podsholigi va Buyuk Turk Xoqonligi kabi ulkan saltanatlarga asos soldilar. Biroq, tarixiy jarayon o‘zgarishi bilan mintaqada mustaqil davlatchilikka yana vaqtincha chek qo‘yishga to‘g‘ri keldi. VII asrning oxiri-VIII asrning boshlarida arab bosqinchilari Turonni bosib oldilar. Bunda istilo va istibdodga qarshi kurash g‘oyalari yagona maqsad yo‘lida, maslan, Turon zaminniarab istilochilaridan ozod qilish uchun janglarda birishtiruvchi g‘oya bo‘ldi. Muqanna qo‘zg‘aloni va uning ozodlik uchunkurash g‘oyalari istibdodchilarga qarshi kurashda mafkura vazifasini bajardi.
Mavorounnahrda (hozirgi O‘zbekiston hududida) islom dinining tarqalishi xalqning yanoga maslakka birlashtirishdek tarixiy vazifani bajardi. IX-XII asrlarda somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar sulolalari tomonidan mintaqada asos solingan davlatlar nafaqat o‘zbek xalqi, balki jahon xalqlari tarixida ham chuqur iz qoldirdi. Muhammad Horazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy kabi allomalarining o‘lmas asarlari jahon fanini boyitdi. Mutasavvuflar: Hoja Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq g‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro; muhaddislar: Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotida aks etgan komil inson g‘oyalari, adolat xaqidagi kurashlar jamiyatning ma’naviy-ahloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu g‘oyalar Vatan va xalq manfaati yo‘lida fidoiylik va insonparvarlik ulug‘ladi. Ular milliy-ma’naviy qadriyatlar sifatida xalqimiz madaniyati, adabiyoti va san’atida, jumladan, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Mirzo Abdulqodir Bedilar ijodida chuqur o‘rin egalladi.
Sharqda, ya’ni Turon zaminida esa jamiyat rivoji va bunyodkorlik g‘oyalarining rivojida Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy qarashlari o‘ziga xos o‘rin tutadi. “Al-muallim as-Soniy” (“Ikkin chi-muallim”), Sharq Aristoteli deb nom olgan Abu Nasr Farobiy (873-99 yy.) o‘zining “Fozil odamlar shahri”, “Fuqarolik siyosati”, “Baxt saodatiga erishuv xaqida” kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolat tuzum xaqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilib, o‘z davri uchun izchil ta’limot yaratdi. U har tomonlama yetuk, barcha aholini baxt saodatga, ilm-ma’rifatga olib boruvchi ideal jamoa haqidagi g‘oyalarni ilgari surdi.
O‘z davrining buyuk mutafakkirlari Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning bu boradagi qarashlari ham o‘ziga xosdir. Ular xar bir narsani kuzatish va tajriba asosida o‘rganishga, keyin xulosa chiqarishga intilganlar, barcha bunyodkorlik insonning mehnatiga bog‘liqligini ta’kidlanganlar. Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Alisher Navoiy esa o‘z asarlari bilan jamiyat taraqqiyotining zamonasiga xos fazilatlarini yoritishga xarakat qilgan. U she’rlari va dostonlarida razolatga, beqarorlikka, urushu janjallarga, ma’rifatsizlikka qarshi kurash g‘oyalarini ulug‘laydi. Insonlarni mehnatga, yaratuvchanlikka, adolatga chaqiradi. Uning orzulari “Farqod va shirin”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlarida o‘z ifodasini topgan. Shoirning bevosita o‘zi ham qator bunyodkorlik ishlariga bosh-qosh bo‘lgan.
Xitoy va hind mutafakkirlarining jamiyat rivoji haqidagi qarashlari va bunyodkorlik g‘oyalar ham Osiyoning “sharqona” ma’naviyatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Jumladan, buyuk Xitoy mutafakkiri Konfusiy (mil.av. 551-479 yy.) g‘oyalari hanuzgacha Xitoy xalqi mafkurasida yetakchilik qilib kelmoqda. Bu g‘oyaning asosi jamavqe orqali miyatning xar qanday ijtimoiy larzalardan asrab qolish va insonlar manfaatini yuqori qo‘yishga qaratilgan. Allomaning maqsadi xalqni mavjud tartib qoidalarini xurmat qilish ruhida tarbiyalash bo‘lgan. Bu g‘oyaga ko‘ra, insonlar jamiyatning tabiiy taraqqiyotiga qarshi chiqmasligi, ya’ni inqilobiy yo‘lni tanlamasligi kerak. Konfusiy insoniyat xaqida fikr yuritar ekan, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi emas, balki odamiylik, adolatparvarlik, xaqgo‘ylik, samimiyat, farzandlik izzat-xurmati kabi yuksak ma’naviy fazilatlarga erishish tufayli kamolatga yetishuvi mumkin deb, xisoblaydi. Bunday “sharqona demokratiya”ning tamoyillarini o‘zda aks ettirgan g‘oyalar butun-butun davlatlarning uzoq yillar davomida barqaror yashab qolishiga sabab bo‘lgani, Sharq xalqlarining tarixiy, ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotiga o‘z ijobiy ta’siri ko‘rsatgani shubxasiz.
Hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi (1869-1948) o‘z ma’naviyati, g‘oyalari va ilg‘or qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan biriga aylangan. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindlar bilan musulmonlarning o‘zaro do‘stligini mustahkamlashga intildi. Unga xalq “Mahatma”-”Buyuk qalb” deb nom bergani ham shundan bo‘lsa, ajab emas. R.Tagor fikriga ko‘ra: “Gandi muvaffaqiyatining siri uning jo‘shqin ma’navi ykuchida va behat darajada o‘z manfaatlaridan voz kechishidadir. U o‘zining oliyhimmatligi bilan noyobdir. Gandi hayotining o‘zi fidoiylik timsolidir”.
Bu g‘oyalar o‘zbek davlatchiligining rivojlanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Nizom-ul-mulkning “Siyosatnoma” kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari surildi. Bu g‘oyalar Temuriylar davlati g‘oyaviy tamoyillarning ustivor yo‘nalishi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |