1-masalaning bayoni



Download 133,38 Kb.
bet15/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
milliy goya

1–masalaning bayoni: Ijtimoiy taraqqiyot va tarixiy jarayonlar milliy g‘oyalarning   shakllanishi hamda amal qilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi haqida  tarix guvohlik beradi.  Zero, insoniyat tarixi xilma-xil g‘oya   va mafkuralarning vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz  jarayondir. Bu jarayonda turli g‘oyalar u yoki bu kuchlarga xizmat qilishi, o‘ziga ishongan kishilarni qanday maqsadlar tomon etaklashiga qarab bir-biridan farqlanadi.

Mafkura va g‘oyalar tarixiy taraqqiyotda etakchi mavqelardan birini egallaydi. Insoniyatning ko‘p ming yillik o‘tmishi buni yaqqol tasdiqlaydi. Er yuzida dastlabki odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga ehtiyoj tug‘ildi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Chunki, mafkura – jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi»

Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan nazariy ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste’dod va teran tafakkur sohiblari mislsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Suqrot va Platon, Konfutsiy va Zardusht, Amir Temur, Alisher Navoiy, Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlarning faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir.

Hayotning, borliqning - mohiyatini anglash to‘g‘risidagi buddizm dinining asoschisi Siddhartxa Gautama qarashlari muhim o‘rin tutadi. Har qanday insoniy tuyg‘u, hissiyot, ehtiros va istak azob uqubatlarni chuqurlashtiradi. Hayot azob, tug‘ilish, sevish, o‘lim, azobdan iborat. «Borliq girdobi»dan chiqib olish uchun g‘aflatdan uyg‘onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan, ko‘ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlardan voz kechish lozim. Faqat shundagina «najot topish yo‘li»ga kirish mumkin. Inson beshta axloqiy talabga amal qilishi talab qilinadi. Bu axloqiy  talabga ko‘ra, har bir kishi yomonlik qilishdan, yolg‘on gapirishdan, o‘g‘rilik qilishdan, his-tuyg‘ularga ortiqcha berilishdan, ichkilikdan o‘zini tiyish lozim.

            Siddhartxa Gautama insonni hayotda azob-uqubatlardan qutqarishning yo‘llarini topish haqidagi ta’limotida, uning echimi insoning o‘ziga bog‘liqligini asoslashga urinib, inson faqat o‘z kuchiga tayangan holda «najotning olijanob quyidagi sakkizlik yo‘lidan» ongli harakat    qilib sobitqadam borishi orqali o‘z maqsadiga erishishi mumkin degan g‘oyani ilgari suradi.

Milliy g‘oya xalqning tarixiy taraqqiyoti asosi hamda  insoniyatning o‘z- o‘zini anglashi mahsulidir.  Aslida milliy g‘oya mohiyatida xalq manfaati ifodalanadi.

Ma’lumki, milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlari xalqimizning ko‘p ming yillik o‘tmishi davrida rivojlanib keldi. Qadimgi Xorazm, Sug‘diyona va Baqtriyada ilk bor shakllangan, ajdodlarimiz tomonidan bundan 2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manba – «Avesto» kitobida ham ezgulik g‘oyalari ilgari surilgan. Yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi azaliy kurash aks ettirilgan. Zardo‘shtiylikning ezgulik va insonparvarlik haqidagi qarashlari mintaqamizga islom dini kirib kelgunga qadar asosiy g‘oyalar edi. Shuningdek, turkiy xalqlar o‘rtasidagi Ko‘k tangrisiga (osmon va quyoshga) sig‘inish (shamanizm) va buddizm (buddaviylik) ham diniy e’tiqod sifatida zardo‘shtiylik bilan yonma-yon yashab keldi.

Zardo‘shtiylik mintaqada ilk bor shakllangan dastlabki davlat birlashmalari: Xorazm, Sug‘diyona va Baqtriyada davlat dini darajasiga ko‘tarildi va rasmiy mafkura vazifasini ham bajardi. Kushon davlati davriga kelib zardo‘shtiylik bilan bir qatorda, buddaviylik ham davlat dini vazifasini o‘tay boshladi.

Ammo, Turonning vaqti-vaqti bilan bosqinchilar hujumiga uchrab turishi jamiyatdagi barqarorlikni izdan chiqarar edi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ahmoniy shohlari, 329-327 yillarda Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari mintaqada mavjud bo‘lgan mustaqil davlatchilikka ma’lum muddatga chek qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Xalqimiz o‘z mustaqilligini qayta tiklash uchun dushmanga qarshi yillar davomida kurash olib bordi. Mustaqillik g‘oyalari, o‘z milliy davlatchiligini tiklash uchun kurash xalqimizning o‘sha paytdagi orzu-umidlari, ta’bir joiz bo‘lsa, uning g‘oya va mafkurasini tashkil qiladi. Ularga asoslangan xalqimiz Kushon podsholigi va Buyuk Turk Xoqonligi kabi ulkan saltanatlarga asos soldilar.

Biroq, tarixiy jarayon o‘zgarishi bilan mintaqada mustaqil davlatchilikka yana vaqtincha chek qo‘yishga to‘g‘ri keldi. VII asrning oxiri - VIII asrning boshlarida arab bosqinchilari Turonni bosib oldilar. Bunda istilo va istibdodga qarshi kurash g‘oyalari yagona maqsad yo‘lida, masalan, Turon zaminni arab istilochilaridan ozod qilish uchun janglarda birlashtiruvchi g‘oya bo‘ldi. Muqanna qo‘zg‘oloni va uning ozodlik uchun kurash g‘oyalari istiqlolchilariga qarshi kurashda mafkura vazifasini bajardi.

Movarounnahrda (hozirgi O‘zbekiston hududida) islom dinining tarqalishi xalqning yagona maslakka birlashtirishdek tarixiy vazifani bajardi. IX-XII asrlarda somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshoxlar sulolari tomonidan mintaqada asos solingan davlatlar nafaqat o‘zbek xalqi, balki jahon xalqlari tarixida ham chuqur iz qoldirdi. Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi allomalarning o‘lmas asarlari jahon fanini boyitdi. Mutasavvuflar: Xoja Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, BahouddinNaqshband, Najmiddin Kubro; muhaddislar: Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotida aks etgan komil inson g‘oyalari, adolat haqidagi qarashlar jamiyatning sog‘lom ma’naviy-axloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qildi. Bu g‘oyalar Vatan va xalq manfaati yo‘lida fidoyilik va insonparvarlikni ulug‘ladi. Ular milliy-ma’naviy qadriyatlar sifatida xalqimiz madaniyati, adabiyoti va san’atida, jumladan, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Mirzo Abdulqodir Bedillar ijodida chuqur o‘rin egalladi.

Bu g‘oyalar o‘zbek davlatchiligining rivojlanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizom-ul-mulkning «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari surildi. Bu g‘oyalar Temuriylar davlati g‘oyaviy tamoyillarining ustuvor yo‘nalishi edi.




Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish