4-masalaning bayoni. Milliy g‘oyada mentalitet namoyon bo‘ladi. Mentalitetning fikrlash uslubi va qadriyatlar bilan bog‘liq elementlari mavjud.
Mentalitet (lotincha «ichki tuyg‘u, aql-idrok») gumanitar yo‘nalishdagi umumlashtiruvchi, xususan turli psixik va boshqa sifatlardan iborat alohidaliklar, o‘ziga xosliklar majmuasini va ularning ifodalanish holatlarini anglatuvchi ijtimoiy-siyosiy, publitsistik va metaforik tushuncha. Asosan tafakkurdagi, o‘ylash va fikr yuritishdagi o‘ziga xoslikni aks ettirish uchun qo‘llanadi. Ilgarilari nisbatan kam ishlatilgan mentalitet keyingi paytlarda jamoaviy tafakkur shaklini, asosan milliy xarakterning jihatlarini anglatuvchi deyarli umumiste’mol so‘zlardan biriga aylangan. Birinchi marta 1691 yilda ingliz lug‘atlarida paydo bo‘lgan mentalitet so‘zi XIX asr o‘rtalariga kelib boshqa G‘arbiy Yevropa tillarida ham tarqala boshladi. O‘sha asrning oxirlarida ilmiy adabiyotlarda ham qo‘llana boshlaydi: fransuz sotsiologiya maktabining asoschisi Emil Dyurgheym uni individdan yuqori turuvchi (jamoaviy) ma’naviy o‘ziga xosliklarni ifodalovchi sinonim sifatida ilmiy amaliyotga olib kiradi. Mentalitet o‘z tabiyatiga ko‘ra serqirra va bir-biriga zid voqe’liklardan xoli bo‘lmagan o‘ta murakkab ijtimoiy tushuncha. Ushbu tushunchaning mazmunida uning bir tomondan tafakkur, dunyoqarash va tasavvur, ikkinchi tomondan, xulq va harakatdan iborat ikki muhim jihati ko‘zga tashlanadi.
Mentalitet va uning mohiyatini bilish jamiyatdagi mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ziddiyat va mojarolarning mohiyati va sababini anglab yetish, ularni bartaraf qilishda yosh avlodni tarbiyalashga to‘g‘ri strategiyani tanlashda, shuningdek, xalqning milliy o‘zligini anglash, shakllantirish va mustahkamlash kabi aniq maqsad va vazifalarni amalga oshirishda qo‘l kelishi mamkin.
Shu ma’noda, «O‘zbekiston jamiyatining milliy g‘oya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir». Milliy istiqlol g‘oyasi tushunchasini uning mohiyati va mazmunini chuqur o‘rganish muhim masaladir.
Xalqimiz asrlar mobaynida ezgu niyat qilib kelgan mustaqillikni saqlash va mustahkamlash O‘zbekistonlik har bir fuqaronint muqaddas burchidir. Buning uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, muqaddas ona-Vatanning hayotiy manfaatlarni yurakdan his etgan holda ularni ruyobga chiqarish uchun faol harakat qilishimiz, kurashishimiz zarur. Bu jarayon xalqimiz manfaatlarini, ularni o‘zida mujassam etadigan milliy g‘oyani anglash bilan bog‘liq holda kechadi. Vatan manfaatlari har bir fuqaro manfaatlari bilan uzviy bog‘langandir. Zero, Vatanning obodligi xalqning farovonligi bilan bog‘liq. Fuqarolari badavlat mamlakatgina moddiy va ma’naviy to‘kis bo‘ladi. Shunday ekan, milliy istiqlol g‘oyasining muhim tamoyillaridan biri inson kadr-qimmatini har tomonlama yuksaltirish, xalq farovonligipi oshirishdan iborat. Bunga erishish uchun xalqimiz, yurtimiz fuqarolarining hamjihatligi va birdamligini yanada mustahkamlash talab etiladi. Bu vazifa milliy g‘oyaning mohiyatini - mag‘zini tashkil etadi.
Istiqlol mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada xis etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma’naviy mezon hamdir.
Milliy g‘oyaning yurtimizda yashovchi har bir fuqaro uchui qadrliligi shundaki, uning mohiyatida quyidagi umuminsoniy tamoyillar yotadi:
«Milliy g‘oya:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, millmy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi».
Binobarin u konuniylikka, umume’tirof etilgan talablarga, umuminsoniy tamoyillarga zid kelmaydi;
- xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning ulmas merosidan oziqlanadi. Bu milliy mafkuramizniig tarixiy va ma’naviy asosga ega ekanidan dalolat beradi;
- adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalari hamda xalqimizning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi. Bilamizki, bu ulug‘ g‘oyalar istiqlol sari intilgan har bir xalqning ezgu maqsadi, ishonch va e’tiqodi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi;
- yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu tamoyil uning jamiyat a’zolarini aniq maqsad sari yunaltiruvchi. uyushtiruvchi mohiyatga ega ekanini ifodalaydi.
- jamiyat a’zolarini, axolining barcha qatlamlarini O‘zbekistoning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi. Bu olijanob maqsadlarga erishish fuqarolarnimg hamjihatligiga, o‘zimizning burchimizni qay darajada amalashimizga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
- millati va dinidan qat’i nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona-Vatanga muxabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg‘usini qaror toptiradi. Bu qoida Vatanning muqaddasligini har bir fukaro ongiga singdirishga xizmat qiladi.
- jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yo‘l bilan singdiriladi. Bu milliy istiqlol g‘oyasining fikrlar rang-barangligi, e’tiqod erkinligi kabi demokratik tamoyillariga amal qilgan holda hayotga joriy etilishidan dalolat beradi.
Qadimgi xoqonlardan birining yurtiga qushni podshodan elchi kelibdi. U shunday debdi: «Shoximizning amri shuki, agar xokon o‘zining eng sevimli tulporini bizga in’om qilmasa, yurtingizga urush e’lon qilamiz». Elchining bu gaplarini vazir xokonga etkazibdi. Xoqon mayli yurtimning tinchligi uchui sevimli tulpormdan voz kecha qolay, deb tulporni berib yuboringlar, deya buyruk qilibdi. Shu tariqa yurtning tinchligi va osoyishtaligi bir oz vaqt saqlanib qolibdi. Birmuncha vaqtdan so‘ng o‘sha podshodan yana elchi kelibdi va bu safar xoqonning sevimli kanizagini talab qilibdi. Xoqon yurt tinchligi yo‘lida kanizagini ham xadya qilib yuboribdi. Uchinchi safar yana elchi kelibdi. Uning muddaosini vazir xoqonga shunday baen qilibdi: «Shoxim, yurtimizning qarovsiz burchagida ozgina toshlok joy bor edi, bu safar kushni podsho o‘sha erni berishimizni talab qilmoqda. Keling shu tashlandik joyni berib yuboraylik, shu bilan xalqimizning tinchligini yana saqlab qolamiz». Bu gapni eshitgan xoqon: «Yo‘q» - debdi keskin. «Endi urush qilmasak bo‘lmaydi. Tulpor va kanizak shaxsan menga tegishli edi, shu sababli ularni osongina berib yubordim. Ammo Vatanimiz sarxadlarining har bir qarichida shu choqqacha utgan ota-bobolarimizning, biz bilan xozir birga yashayotgan vatandoshlarimizning va kelgusida tug‘ilajak farzandlarimiz, nevara-chevaralarimizning xaqqi bor.
Ularning xaqqini o‘zgaga berib yuborishga hech birimizning xaqqimiz yo‘q. Vatanning har bir qarich erini saqlab qolish uchun endi urushga borishimizga to‘g‘ri keladi. Xalqni safarbarlikka otlantirk». Ko‘rinib turibdiki, bu rivoyatda Vatan tuprog‘ining har bir qarichini e’zozlash falsafasining ildizi mujassamdir.
Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to‘g‘risidagi g‘oyalari, bu borada nixoyatda muhim ahamiyatga molik. Ayniqsa, uilik sanok sistemasini butun insoniyat uchun eng kulay bo‘lgan hisoblash tizimiga aylantirgan.ipsoniyatga «Algebra»fanini xadya etgan, algoritmik ketma-ketlik uslubi haqidagi ilk g‘oyani kashf qilgan hamda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari tabiatshunoslikka oid bir kator fanlarni kashf etib, tom ma’noda Shark iaturfalsafasining otasi bo‘lgan, Abu RaYxon Beruniyning ijtimoiy-axlokiy qarashlari bugungi kun uchun ham muhim. Falsafa tarixi,maptik,musikashunoslik,axlok singari sohalardan tashqari, sotsiologiyaga oid ilk falsafiy sistemani ishlab chikqan Abu Nasr Forobiyning adolatli jamiyat haqidagi qarashlarining uz o‘rni bor. Nafakat meditsina faiinivg asoschilaridan, balki mantik ilmida ham mutafakkirlardan biri bo‘lgan ratsionalizm va irratsionalizmni sintez qilish asosida inson ruhiyatini nigilistik inkirozdan asrab qolgan, XX asr garb faylasuflari.ekzisteptsialistlari tomonidan garbiy Evropani ma’naviy tushkunlikdap kutqarilishida asos bo‘lgan ana shu g‘oya asoschnsi - Abu Ali ibn Sinoning dualizm ta’limoti ham bunda o‘z o‘rniga ega. Mutafakkir shoir Alisher Navoiyning komil inson haqidagi falsafiy mushoxadalari, Bobur va Mashrab, Bedil va Donish hamda asrimiz boshidagi ma’rifatparvar ziyolilarning faoliyati ham milliy g‘oya va istiqlrl mafkurasining teran tomirlaridir.
1 Каримов И. Жамиятимиз мафкураси халқни – халs, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. Т., “Ўзбекистон”, 1998. 15-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |