1-masalaning bayoni



Download 133,38 Kb.
bet19/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
milliy goya

1-masalaning bayoni: XXI asrda mafkuraviy munosabatlar  keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sabablari mavjud.  Mafkuraviy tahdidlar, ularning mazmun-mohiyati va asosiy yo‘nalishlari  Prezident Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan, “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari”  hamda “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida atroflicha yoritib berilgan.

Insoniyat yangi yuz yillikka – XXI asrga va uchinchi ming yillikka qadam bosdi. Yangi asr axborot asri, yuqori texnologiya va avtomatlashtirish asri, kibernetika asri deb atalmoqda. XXI asrni inson salohiyati va aqliy qobiliyatlarining cheksiz imkoniyatlarini ochish va yanada oshirish asri deb atash bilan birga jahon ijtimoiy taraqqiyotida yangi davr – demokratik jarayonlarda keskin burilish davri desak ham to‘g‘ri bo‘ladi.

XX asr oxirida ro‘y bergan «jahon sotsializm sistemasining» inqirozi natijasida Sharqiy Yevropada va Osiyo qit’asidagi bir qancha mamlakatlarda, Sobiq SSSR o‘rnida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanlab oldilar.

Bugunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida qaror topganligi e’tirof etilmoqdaki, bular fikrimizning yorqin dalilidir.

Hozirgi davrning yana bir xususiyati shundan iboratki, yer yuzida, insoniyat taqdiriga va kelajak istiqboliga jiddiy xavf solayotgan, huruj qilayotgan xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm o‘zining manfur basharasini jahon afkor ommasiga tobora yaqqol ko‘rsatmoqda, ular taraqqiyotning kushandasi bo‘lgan jaholatning eng tuban ko‘rinishlari sifatida begunoh kishilarning qonini to‘kmoqda. Har yili xalqaro terrorizm huruji oqibatida yuz minglab kishilar qurbon bo‘lmoqda. Moddiy boyliklar vayron qilinmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik masalasi hozirgi davrda umumbashariy xavfsizlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib turibdi.

Mintaqada aholining nolegal migratsiyasi, yashirin va noqonuniy qurol savdosi, narkotik moddalarni yashirin olib o‘tish, etnik – milliy nizolar diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmni vujudga kelishi va faoliyat yuritishiga sharoit yaratmoqda. Ular xalqaro terroristik va diniy                                                                                             ekstremistik tashkilotlar ko‘magida faoliyat yuritmoqdalar.

Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan «Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat» mavzusidagi ma’ruzasida demokratik jamiyat qurish, oldimizga qo‘ygan marralarga erishish yo‘lidagi muammolarni ko‘rsatib, ularni bartaraf etish sohasida quyidagi vazifalarni ilgari surdi:

-          Hayotimizda uchrayotgan loqaydlik va beparvolik asoratlaridan xalos bo‘lish.

-          Mamlakatimiz va uning atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga doimiy dahldorlik hissa bilan yashash.

-          Rivojlanish yo‘limizda g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlarga qarshi qat’iy kurash olib borish.

Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti o‘z ma’ruzalarida, inson jamiyatni yangilik va demokratlashtirish natijalarini belgilab beradigan asosiy omil ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Haqiqatan ham, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ham inson omili tufayli bajarilmoqda. Aksincha, har qanday g‘alamislik terrorizm, diniy ekstremizm, jinoyatchilik kabi manfur ishlar ham inson qiyofasidagi yovuz kuchlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda terrorizm Yer yuzida insoniyatga, uning taraqqiyotiga dahshat solayotgan siyosiy  voqealikka aylanib qoldi. Bu ijtimoiy-siyosiy ofatni shunchaki qoralash bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Shu bois, bashariyat istiqboliga tahdid solayotgan terrorizmning asl tub mohiyatini o‘rganish, uni yuzaga keltirib chiqarayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy omillarni chuqur tadqiq etib aniqlash, siyosiy-falsafiy jihatdan tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Terrorizm – o‘zi nima? Uning siyosiy-falsafiy mohiyati nimadan iborat? Qanday ko‘rinishlarga ega? Qanday ijtimoiy omillar uni yuzaga keltiradi? Undan batamom xalos bo‘lish mumkinmi? Shu kabi savollarga javob topish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Terror (lot. Terror – qo‘rqitish, dahshat solish ma’nosini anglatadi) – zo‘ravonlik va kuch ishlatish yo‘li bilan siyosiy muholifatni bostirish demakdir. Terrorizm odamlarning hayotiga chang solish, suiqasd qilish, ularni qo‘rqitish, dahshat solish, tazyiq o‘tkazish demakdir.

Terrorizm aslida kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgan ijtimoiy ofat emas. U insoniyat tarixida azaldan bor bo‘lgan, bugungi kunda ham sodir bo‘layotgan, jaholatga, buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan siyosiy faoliyat usuli, vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Insoniyatning Qanday bir tarixiy rivojlanish bosqichini olib qaramaylik, barchasida jamiyat hayoti u yoki bu tarzda sodir bo‘lgan bir guruh kishilarning boshqa bir guruhga nisbatan olib borgan zo‘ravonligini ko‘rishimiz mumkin. Tabiatda «terror», ya’ni zo‘ravonlik qonuniyat tarzida amal qiladi. Nisbatan kuchsiz, zaif bo‘lgan jonzodlar, ularga nisbatan kuchli bo‘lgan yirtqichlar uchun yemish bo‘lib xizmat qiladi.

Qur’oni Karimning «Moida» surasida, jamiyat hayotida sodir bo‘ladigan zo‘ravonlik va bo‘zg‘unchilik jinoyatlari va ularning jazolari to‘g‘risida aytilgan bo‘lib, quyidagicha bayon qilingan: Odam (alayhissalom) ning ikki farzandi – Qobil va Hobil o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mujodala – Qobil o‘z birodari Hobilni nohaq o‘ldirgani to‘g‘risida xabar berilib, bu qissa orqali yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi doimiy kurash tasvirlangan. Bu fojea Yer yuzidagi nohaq qon to‘kilish fojealarining birinchisi edi. Suraning 30-oyatida Qobil o‘z birodari Hobilni nohaq o‘ldirgini to‘g‘risida aytilib, 32-oyatda shunday deyiladi: «Ana o‘sha ( fojea) sababli bani Isroil zimmasiga (shunday farmonni) yozib qo‘ydik: kimki biron jonni o‘ldirmagan va yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan odamni o‘ldirsa, demak, go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (ya’ni o‘ldirishdan bosh tortsa), demak: go‘yo barcha odamlarga hayot beribdi. Ularga (bani Isroilga) payg‘ambarlarimiz menga shunday hujjatlar keltirdi. Shundan keyin ham ulardan ko‘plari yer yuzida (qon to‘kish bilan) haddan oshib yurguvchidirlar…». Mazkur oyatdan shuni anglash mumkinki, bir kishini halokatdan saqlab qolish esa butun jamiyatni asrab qolishdir.

Insoniyat jamiyati tabiatdan ajralib chiqqandan buyon son-sanoqsiz terrorlarni boshidan kechirgan.

Terrorizmning asl mohiyatini siyosat falsafasi, siyosatshunoslik nuqtai nazaridan olib qarash, uni chuqur ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, jamiyat hayotida yuzaga kelish xususiyatlarini tadqiq etish va uni bartaraf etish usullari, vositalarini ishlab chiqishni talab etadi. Zero, terrorizm bugunda insoniyat ravnaqiga eng katta xavf solayotgan tahdid bo‘lib qolmoqda. Xalqaro miqyosda faoliyat ko‘rsatayotgan terrorizmga qarshi dunyo progressiv kuchlari birlashib kurash olib bormasa, bu ofat Yer yuzida insoniyat boshiga ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan kulfatlarni keltirishi mumkin. Hayot shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday ijtimoiy-siyosiy balodan hech bir davlat, jumladan, O‘zbekiston ham chetda emas.

Terrorizm qanday ko‘rinishlarga ega? Terrorizm tushunchasi falsafiy, ijtimoiy va siyosiy mazmunga ega bo‘lib, birinchisi – eng umumiy, ikkinchisi –kengroq ma’noda, uchinchisi esa nibatan torroq ma’noga ega.

            Falsafiy ma’noda terror – tabiat, jamiyat va inson hayotida amal qiluvchi zo‘ravonlik, buzg‘unchilikka asoslangan faoliyatni anglatadi. Terrorizm insoniyat tarixida sodir bo‘lgan qonli urushlar, xalq isyonlari, harbiy fitnalar, g‘alayonlar ko‘rinishida ham amal qilib kelgan.

            Hozirda, terrorizm quyidagi: milliy ayirmachilik, etnik, diniy ekstremistik, siyosiy, iqtisodiy terrorizm, axborot terrorizmi kabi shakllarda namoyon bo‘lmoqda.

            Milliy ayirmachilik, etnik xarakterdagi terrorizm nisbatan oz sonli etnik guruhlarning o‘z manfaatlarini himoya qilish, o‘zga millat hukmronligiga qarshi kurash usuli, vositasi sifatida qo‘llanmoqda. Terrorizmning bunday ko‘rinishi dunyoning juda ko‘p mintaqalarida, mamlakatlarida avj olgan, azaliy davom etib kelayotgan ijtimoiy-siyosiy ofatdir. Qadimdan bir hududda yashab kelayotgan turli etnik guruhlarning o‘zaro murosa qilib yashay olmayotganligi va geosiyosiy, diniy e’tiqod jihatdan farqi kabi omillar oqibatida yuzaga kelayotgan bunday terroristik hurujlardan tinch aholi jabr ko‘rmoqda va qurbon bo‘lmoqda.

            Etnik xarakterdagi terrorizm diniy ekstremistik mazmundagi buzg‘unchi g‘oyalar bilan qorishib ketgan. Kichik Osiyoda Isroil va Falastin davlatlari o‘rtasidagi, Hindistonda, Pokistonda, Turkiyada, Rossiyada, Buyuk Britaniyada, Bolqonda, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlarida sodir qilinayotgan terroristik hurujlar shular jumlasidandir.

            Xalqaro terrorizmning yana bir ko‘rinishi diniy ekstremistik mazmundagi buzg‘unchi g‘oyalar asosida sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa, islom dini bayrog‘i ostida uyushgan al-Qoida, vahhobiylik, «Hizbut-tahrir», «Hizbulloh», «Musulmon birodarlari», «Islom ozodlik partiyasi», «At-takfir val-Hijra», «Junud Alloh», «Jihod», «Turkiston islom harakati», kabi diniy – ekstremistik ruhdagi oqim va terroristik tashkilotlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qo‘poruvchilik hurujlarini amalga oshirmoqdalar.

            Terrorizmning yana bir ko‘rinishi siyosiy xarakterda bo‘lib, bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy hokimiyatni egallashga qaratilgan bo‘ladi. O‘zlarining terroristik hurujlari bilan mavjud siyosiy hokimiyatga, tartibotga va alohida siyosiy yetakchi hamda siyosiy elita faoliyatiga qarshi qaratilgan bo‘ladi.

            So‘nggi  yillarda, butun dunyoda, xususan, mintaqamizda ham ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, zamonaviy taraqqiyotga, demokratik rivojlanishga qarshi radikal muholifat sifatida shakllangan diniy ekstremizm huruji kuchaymoqda.

            Ekstremizm keskin fikr va choralarni yoqlash, keskin choralar tarafdori, ma’nolarni anglatadi. Bunga siyosiy-ijtimoiy hayot tarzi mohiyatan qo‘shilganda juda dahshatli tus oluvchi oqim vujudga kelar ekan. Ekstremizm lug‘aviy ma’nosiga nisbatan juda keng tushuncha bo‘lib, yuqorida keltirilgan ma’naviy talqinlar uni toraytirib qo‘yadi, shuning uchun uning nafaqat mazmuni balki mohiyatiga muayyan tarzda yondashish kerak. Brinchidan, ekstremizm tarafdorlarining dunyoqarashlari, o‘z davri va jamiyati qabul qilgan yashash qoidalariga, qadriyatlariga keskin qarshi chiqishdir. Masalan, bugungi islom ekstremizmi mohiyatan islomiylashishi fundamentalizm asoslariga qaratilgan. Ikkinchidan, ekstremizmning fe’l-atvorida olamga «oq-qora nigoh» bilan qarash, hammani ikkiga bo‘lish, ya’ni «yaxshi va yomon», «ezgulik va razolat», «Kim biz bilan bo‘lmasa, u bizga qarshidir» degan qat’iy xulosalarga itoat etish mavjud. Natijada u jamiyatning past savodli, kambag‘al, qoloq qismiga qattiq ta’sir etadi. Shuningdek, uning yana bir atvoriga e’tibor berish zarurki, bu faol harakat ko‘p jihatdan tajovuzkorlikka asoslanadi.

            Yuqoridagi fikrlarni amaliy xolatga ko‘rish uchun Prezident I.A.Karimovning quyidagi so‘zlariga e’tibor berish kifoya deb bilamiz: «Avvalambor, ular yoshlarni o‘z ta’siriga oladi, ongini zaharlaydi. Aql-hushuni yo‘qotgan mana shunday odamlarni tayyorlab, keyin qo‘liga qurol beradi. Ularni o‘z Vataniga, o‘zini odam qilib voyaga  yetkazgan el-yurtiga qarshi qo‘yadi».

            Diniy ekstremizmning bugungi kunda vujudga kelishi va o‘sishining asosiy obektiv va subektiv omillari mavjud. Bular diniy va milliy o‘zlikning  keskin o‘sishi, ma’lum qatlamlar va guruhlarning kuch bilan siyosiy hokimiyatni ag‘darib, davlat va jamiyatni islomiylashtirishga intilishiga borib taqaladi. Diniy ekstremizmning eng dahshatli xolati shundaki, u davlat, xalq chegarasini bilmaydi, g‘araz niyatlarga to‘siq bo‘lmaganidek, bular ham o‘rmalab tarqab boradi. «Ming afsuski, - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - biz bunday urinishlarning zararli afsona ekanini tushuntirib berishga ikkinchi darajali masala, deb qaraymiz»1.

            Markaziy Osiyo Mintaqasi strategik ahamiyatga ega bo‘lib ko‘plab: Rossiya, Xitoy, AQSH, Pokiston, Hindiston, Eron kabi mamlakatlar va BMT, NATO kabi xalqaro tashkilotlarning munosabatlarida, manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi 55 mln aholi, 4 mln kv. km hududga ega bo‘lgan, 130 dan ortiq turli xalqlar va etnik guruhlar yashovchi hamda dunyodagi 4 ta asosiy dunyo dinlariga e’tiqod qiluvchi aholi yashaydigan yagona mintaqadir.

            Ko‘pgina radikal kuchlar Markaziy Osiyo hududida, kelajakda vujudga keladigan arab xalifaligining tarkibiy qismi sifatida «FANO» islom davlatini tashkil etishni maqsad qilib faoliyat yuritmoqdalar. (FANO – Farg‘ona, Andijon, Namangan, Osh viloyatlarini qisqartirilgan nomlari).

            Mintaqada faoliyat olib borayotgan asosiy diniy ekstremistik kuchlar – Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekistonda faoliyatda yuritayotgan «Turkiston islom xarakati» hamda «Hizbut-Tahrir al-Islomi» (Islom ozodlik partiyasi) hisoblanadi. Shuningdek «Musulmon birodarlar» Qozog‘istonda Osh shahrida «Islom taraqqiyot markazi», Farg‘ona vodiysida «Akromiylar» islom diniy harakati tarafdorlari faoliyat yuritmoqdalar.

            Markaziy Osiyoda faoliyat olib borayotgan barcha diniy ekstremistik va terroristik harakatlar o‘z faoliyatlarida nafaqat g‘oyaviy tajovuz, balki faol amaliy harakat ham olib bormoqdalar.

            2005 yil 12-13 may kunlari Andijonda «Akromiylik» diniy ekstremistik tashkiloti qatnashchilari tashqi kuchlar yordamida Andijon shahrida Xarbiy qismga va ichki ishlar qismiga xujum qildilar. Andijon turmasini egalladilar. Viloyat hokimligi binosini ham egallab oldilar. Jangarilar o‘z harakatlariga qamoqxonadan chiqarilgan ashaddiy jinoyatchilar va Qirg‘iziston hududidan suqilib kirgan 70-80 nafar jangarilar bilan harakat qildilar. Ular oddiy xalqni ham o‘zlarining saflariga qo‘shishga harakat qildilar. Ammo xalqimiz ularning aldovlariga uchmadilar va aksincha ularning harakatlarini qoraladilar.

            Andijonda sodir etilgan qonli voqealarning mantiqiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, uning ijrochilari xalqaro diniy ekstremistik oqim «Hizbut-Tahrir» ning Andijondagi ko‘rinishi – «Akromiylar» guruhi vakillari bo‘lsa-da, fojealar ssenariysi aslida mamlakatimizdan tashqarida ishlab chiqilgan. Uning «dirijyorlari» ham, g‘oyaviy ilhomchilari ham, moliyaviy homiylari ham yurtimizdan ancha olisda bo‘lgan siyosiy doiralar, xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlardir. Bu terroristik aktga hozirda xorijda «Turkiston islom harakati» nomi bilan faoliyat yuritayotgan vatangado kimsalar ham o‘z «hissalarini» qo‘shganlari turgan gap.

            «Andijon voqeasi» o‘zining miqyosi va xunrezliklariga ko‘ra terrorizm va diniy ekstremizm mintaqa tashqarisidan  berilayotgan madadga tayanib mintaqada faollashayotganini ko‘rsatmoqda.

            Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm Markaziy Osiyoda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy  vaziyatdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinib, faoliyatini yanada oshirishga intilmoqdalar.

            Hozirgi davrning eng dolzarb muammosi, bizningcha mintaqadagi diniy ekstremistik tashkilotlarning asl mohiyatini hamda maqsadlarini keng aholi ommasiga, ayniqsa, yoshlarga tushuntirib borish va bu boradagi mafkuraviy ishlarni jonlantirish maqsadga muvofiq.

            2-masalaning bayoni: Jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga hamisha e’tibor bilan qarab kelinmoqda. Jamiyat hayotini o‘zgartirishga urinayotgan shaxslarning yoshlar ongini zaharlashiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning oldini olish ham siyosiy-mafkuraviy vazifalar sirasiga kiradi.

Turli mafkuraviy tahdidlar: vahhobiylik, hizbut-tahrir kabi diniy ekstremistik oqimlarning zararli g‘oyalarini yoshlar ongiga suqilib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik, ulardan ogoh bo‘lishlik mamlakatimizda tinchlikni saqlashning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Bu vazifalarning bajarilishi o‘z navbatida jamiyat yaxlitligini, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi. Ta’kidlash lozimki, qo‘shni mamlakatlarda xalqaro miqyosda sodir bo‘layotgan siyosiy voqealardan, turli mafkuraviy tahdidlardan o‘z vaqtida ogoh bo‘lishlik, yoshlarni salbiy mohiyatga ega bo‘lgan mafkuraviy ta’sirlarga berilishining oldini olish o‘ta muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifadir. Mavjud mavkuraviy tahdid ko‘rsatayotgan turli ekstremistik guruhlarning asl maqsadi tinch hayotimizni buzish, jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy hayotida tarkib topgan munosabatlarni izdan chiqarish va shu orqali o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishishdan iboratdir. 1999 yil 16 fevral voqealari, 2000 yil yoz oylarida mamlakatimizning janubiy sarhadlariga suqilib kirishga urinishlar, 2000 yilning sentabr oyida Andijon viloyati Izboskan tumanida sodir bo‘lgan nohush voqealar, 2005 yil 12-13 may Andijonda sodir etilgan hunrezliklar fikrimizga misol bo‘la oladi.

O‘zbekistonga huruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning asosiy turlari to‘g‘risida Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida keng to‘xtalib o‘tgan. Ularning ayrimlari xususida yuqorida to‘xtalib o‘tdik.

Shuningdek, Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti o‘z asarida buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik mafkuraviy tahdidi to‘g‘risida shunday fikr bildirdi: «tarixiy tajribaga asoslanib, bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo‘ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik, deb yoki  millatlararo va davlatlararo, mintakaviy munosabatlarda  unga intilish deb ta’riflash mumkin».1

Uning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida, quyidagilarni ko‘rsatib berdi:

1.Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib  chiqarish.

2.Xalqaro-huquqiy ichki davlat suverenitetimizni ro‘yobga chiqarishga     

qarshilik ko‘rsatish.

3.O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni teng huquqli bo‘lmagan sharoitga solib qo‘yishga urinish.

4.Mafkuraviy tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston   

 haqida  noto‘g‘ri tasavvurlar tug‘dirishga intilish.

5.Millatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish,

 millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish.

6.Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuv, hamma

 sohalardagi o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni    

 sekinlashtirish xavfi.2

    Yoshlarning g‘oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashi qanchalik yuksak bo‘lsa, milliy g‘oya kishilar dunyoqarashida qanchalik keng o‘rin egallab borsa, jamiyatimizda ijtimoiy g‘oyaviy muhit shunchalik musaffo bo‘ladi.

   Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash yo‘li, Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ko‘rsatib berganlaridek: «Odamlarimiz, avvalam bor yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tayyorlash, ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish, ularning men o‘zbek farzandiman, deb, g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir».3

            Buyuk alloma, mutafakkir Abu Nasr Forobiy ko‘rsatib o‘tganidek: «Insonlik mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirib, bu yo‘lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi»1. Milliy istiqlol g‘oyasi birlashtirishga, jipslashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘zida ko‘p qirrali siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, milliy va boshqa manfaatlarni ifodalaydi hamda ularni umumdavlat, millat maqsadlari yo‘lida yagona ijtimoiy-ma’naviy oqimga birlashtiradi.

            «O‘zingni va o‘z uyingni asra» shiori jamiyatimizdagi barcha fuqarolarni ogohlikka da’vat qilar ekan, turli mazmundagi mafkuraviy, ayniqsa, diniy-ekstremistik ruhdagi tahdidlarni o‘z vaqtida payqash va ularga qarshi kurashish g‘oyasini o‘zida mujassamlashtirgandir. Millat, jamiyat va davlat bor ekan, uning mustaqilligiga tahdid soladigan harakatlar bo‘lishi tabiiy. Mamlakatimizga kirib kelgan vahhobiylik, hizb-ut-tahrir va shu kabi zararli oqimlar oddiy insonlarni, ayniqsa, g‘o‘r yoshlarni yo‘ldan ozdira boshladi. Ahloqsizlik g‘oyalarini yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga intilishlar hamda tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinni soxtalashtirishga urinishlar kabi tahdidlar insonlar ongini zabt etish va yurtimizni qaram qilib olishga qaratilgandir. Ana shunday tahdidlarning oldini olish uchun nima qilmog‘imiz darkor?

O‘zbekiston xalqining, ayniqsa yoshlar ongi, dunyoqarashi, xatti-harakatlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish bugungi kundagi muhim vazifadir.

Darhaqiqat, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona  Vatanga muhabbat, sadoqat, yurt ravnaqi va osoyishtaligini qaror toptirishda mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashamog‘i darkor. Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, yuksak fazilati, komil insonlarni voyaga yetkazish, har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash, hozirda dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan milliy  istiqlol g‘oyasining bosh maqsadidir. Xulosa qilib aytganda, milliy istiqlol g‘oyasi va ogohlik – jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga suqilib kirayotgan salbiy mohiyatga ega bo‘lgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning eng kuchli va samarali vositalaridan, omillaridan hisoblanadi.



1Каримов И.А.  Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга, халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букулмас иродасига боғлиқ. Тошкент, Ўзбекистон, 2004. 11б

 

1 Ўша жойда.  52 бет.

2  Каримов И.А. . Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1997. 66- бет.

3 Каримов И.А.. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк кележакка ишончдир. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2000 й. 11-бет.

1 Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри.- Т.: Абдулла Кодирий номидаги  халк мероси нашриёти.

 1993 йил, 188-бет.

 Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, muayyan jamiyat taraqqiyoti jarayonida, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tishida turmushning barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyot, ijtimoiyot va siyosatida bo’lgani kabi, g’oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal qilishi zarurati paydo bo’ladi. CHunki o’ziga xos yangi davr, sharoit, vaziyat an’anaga aylanib qolgan g’oyalar, qarashlar, munosabatlarni o’zgartirmasdan, ma’lum mafkuraga asoslanmasdan yangi maqsadlar sari qadam tashlay olmaydi. Bu esa yangi g’oya, qarash, munosabat, mafkurani ishlab chiqishni talab etadi.

Dunyo siyosatida ro’y berayotgan ulkan yangilanishlar ta’sirida olamni tushunish, idrok etish va unga munosabat ham o’zgarganligining guvohi bo’lib turibmiz. Mamlakatimizda ham inson haqidagi tasavvurlar o’zgarib bormoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bugungi kun kishilari kechagi kun odamlaridan tubdan farq qiladi. Milliy ma’naviyat va qadriyatlarimizning qayta tiklanishi, o’zligimizni anglay boshlaganimiz tufayli bugun har birimizning ongimizda, tafakkur tarzimizda muhim ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Har bir fuqoroning o’ziga, ertangi kunga ishonchi ortib bormoqda.

Taraqqiyot jarayonida ijtimoiy munosabatlar chuqurlashib, davlatimiz murakkab umumbashariy muloqot tizimiga uyg’unlashib borayotgan pallada rahbar kadrlar mas’uliyati kuchayib boradi. Mas’uliyatni his qilish esa, birinchi navbatda, davlat va umummilliy manfaatlar darajasida fikr qilish bilan uzviy bog’liqdir. Ona zaminga muhabbat, vatanparvarlik tuyg’usi elu yurtga tahdid solishi mumkin bo’lgan har qanday xavf-xatarni yengishning asosiy manbaidir. Shunday ekan, Vatan xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda, uning kuch-qudratini yanada oshirishda inson salohiyati, ya’ni inson omilining o’rni beqiyosdir. Davr inson dunyoqarashi va faoliyatida sifat jihatdan o’zgarish ro’y berishini, o’zligini anglab yetishini taqozo etmoqda. Darhaqiqat, inson aql-idroki, zakovati va salohiyati ijtimoiy taraqqiyot, olam yaxlitligining birdan-bir omiliga aylanishiga ehtiyoj kuchaymoqda. Turli-tuman tahdidlarni bartaraf etish faqat va faqat inson zimmasiga tushmoqda. Shu bois jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin tutadigan bunyodkorlik ruhi bilan yo’g’rilgan, hayotimizni obod va farovon bo’lishiga xizmat qiladigan yangi ishlanmalar, taklif va tavsiyalar bugun har qachongidan ham zarurdir.

O’tgan asrning so’nggi o’n yilligida insoniyat hayotida ro’y bergan muhim o’zgarishlarni quyidagicha tavsiflash mumkin:




Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish