2-masalaning bayoni. G‘oya va mafkuraning rivojlanishidagi muhim omillardan yana biri tarixiy xotiradir. Ayni paytda tarixiy xotira eng muhim ijtimoiy ma’naviy omillar biri hisoblanadi. YA’ni, millat o‘zini xalq sifatida, el sifatida anglamaguncha, tarixiy xotirasi uyg‘onmagunicha u o‘zining obrusi, qadr-qimmati, or-nomusi xaqida qayg‘ura olmaydi, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini xis eta olmaydi. o‘zlikni anglash – xalqni uyg‘otuvchi, faol xarakatga keltiruvchi, ijtimoiy uyushtiruvchi kuch bo‘lib, uning negizida “bu — bizniki” degan egalik xissiyoti yotadi. Albatta, bu xissiyot muayyan meyorda bo‘lganda ijobiy xususiyat kasb etadi.
Meyoridan oshganda esa u xalqni manmanlikka, tajovuzkorlikka undaydi, meyoriga yetmaganda esa, milliy nigilizmga, tushkunlikka, xor-zorlikka olib keladi. Sharq va g‘arbda, Osiyo va Yevropa xalqlari xayotida xam o‘zlikni anglash tuyg‘usining uyg‘onishi, pirovard natijada, ularning yuksalishiga, birlashishiga, boshqa xalqlar bilan ijobiy musobaqaga kirishuviga turtki bo‘lgan.
Shu ma’noda, bizda xam “O‘zbekiston – yagona Vatan” degan tuyg‘u yuksak ijtimoiy darajada shakllanmoqda. O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, madaniy qatlamlar, xilma-xil e’tiqod va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan. Bu yerda yashovchi xalq, yurtboshimiz Karimov I.A. ta’kidlaganidek, boshqa joydan ko‘chib kelib, o‘rnashib qolgan emas. Bu zamin ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makondir. Bu zamin Sharq va g‘arbning, Shimol va Janubning, qadim o‘tmish va Buyuk kelajakning tutashgan joyi, Markaziy Osiyoning yuragi, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatining eng kadimgi o‘choo‘laridan biridir. Bu tuproqda jaxonni xayratga solgan sivilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga mansub diniy va falsafiy an’analar shakllangan. qadimgi Yunon faylasufi Geraklit bu yurtni “falsafiy tafakkurning beshigidir”, deb bekorga ta’riflamagan.
Shuni ta’kidlash joizki, bizning sivilizatsiya o‘ziga xos tafakkur uslubiga tayanadi. Bunday tafakkur uslubi ko‘p o‘lchovli (ya’ni bir vaqtning o‘zida bir masalaning ko‘p jixatlarini qamray olish), tolerant (ya’ni turlicha nuqtai nazarlar va mafkuralarning bir-biriga daxl etmasdan yashay olishi, o‘zgacha qarashlarga nisbatan toqatlilik va bag‘rikenglik) va ochiq tizimga ega bo‘lgani (ya’ni turlicha fikrlarga, nuqtai nazarlarga chegara qo‘ymaslik, o‘zgacha qarashlarning kirib kelishiga to‘sqinlik qilmaslik, yangicha qarashlarga nisbatan toqatlilik) sababli yurtimizda turlicha qarashlar va turlicha diniy e’tiqodlar yonma-yon yashay olgan. Bunga bizning zaminimizda uzoq vaqt xam otashparastlik, xam buddaviylik, xam yaxudiylik, xam xristianlik, xam islom dinlari bo‘lganini misol keltirish mumkin.
Bu zaminda bir ibodatxona ichida turib turli din vakillari o‘zaro munozaralar olib borgan, lekin bir-birining insoniy sha’niga til tekkizmagan. Bunday munozaralarda turli din va mazxab vakillari bir-biridan xayrli odatlarni o‘rganib olishgan, xamda dinlariga tadbiq etishgan. Shu tariqa turli dinlarning moxiyatidagi eng ilg‘or insoniy an’ana va odatlar xalqimiz qalbidan joy olgan. Shu sababli xam saxovatli zaminimizda yashab o‘tgan buyuk mutafakkirlarning falsafiy qarashlarida insoniy g‘oyalar ustuvorlik qilgan va ularning ta’limotlarida voqelik keng ko‘lamda, teran va mukammal ifodalangan. Bu donishmandlarning falsafiy g‘oyalarida sinkretik (ya’ni turlicha g‘oyalarning bir butunlikda jamlashuvi) va sinergetik (o‘z-o‘zini takomillashtiruvchi, keng, ko‘p o‘lchovli va ochiq sistemali) tafakkur uslubining ustuvorligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Buning zamirida xalqimizning turmush tarzida bir tomondan turg‘un (xunarmandchilik, bog‘dorchilik va dexqonchilik), ikkinchi tomondan esa ko‘chmanchi (chorvachilik) kasblarining azaldan uyg‘unlashib kelganligi yotadi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Karimov I.A. bu xaqda fikr yuritar ekan, ana shu xolat o‘zimizning xududimizdagi yaylovlardan-yaylovlarga, qishlik va yozlik makonlarga ko‘chib o‘tish tom ma’nodagi saroyi xalqlarga xos ko‘chmanchilikdan tubdan farq qilishini mantiqiy asosda ko‘rsatib bergan. “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon” kabi xalqimizning milliy dostonlari xam bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Yuqorida aytilganlar tarixiy jixatdan o‘zlikni anglashga misol bo‘lsa, davrlar o‘zgarishi bilan bu tushuncha yangicha ma’no-mazmun kasb etib, yangicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy, axloqiy, xuquqiy o‘zlikni anglash uning turli shakllaridir. Bundan tashqari, muayyan mamlakatning muayyan ishlab-chiqarish yoki fan soxasidagi yetakchi kuch sifatida o‘zligini anglash xollari xam uchrab turadi. Misol uchun Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmida jaxonda elektronika sohasidagi yetakchi (lider) sifatida o‘zligini angladi va bu sifatini saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rib kelmoqda. Bugungi kunda biz uchun O‘zbekiston istiqlolini asrab-avaylash, uni saqlab qolish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga asoslanadigan milliy g‘oyaga asoslangan o‘zlikni anglash tuyg‘usi nixoyatda zarur. “Milliy g‘oya – deb ta’kidlaydi Prezident Karimov I.A., — birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruxida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur”.1
O‘zlikni anglashning muxim jixatlari nimada? Bu shundaki, mazkur ijtimoiy tuyg‘u tufayli millat o‘zining kimligini, nimalarga qodiru nimalarga qodir emasligini, qanday yutuqlari boru qanday kamchiliklarga ega ekanligini, Qanday yo‘ldan, qayoqqa borishi lozimligini anglaydi. Ana shu asosdan kelib chiqqan xolda xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning bunyodkorlik saloxiyati va tanlangan yo‘limizning to‘g‘riligini anglash omilidir. U o‘tmishni kelajak bilan bog‘laydigan ma’naviy ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. YA’ni xalqimizning o‘tmishda erishgan ma’naviy boyliklariga egalik qilishiga, ongimizga, shuurimizga singib ketgan o‘zbekona tafakkur tarzi orqali bugungi voqeligimizni aks ettirishda, uni boshqarishda va boy tarixiy tajribalarimizga tayangan xolda kelajagimizni bunyod etishda g‘oyaviy tayanch bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |