1-masalaning bayoni


B. Sub’yektiv (bevosita) sabablar



Download 133,38 Kb.
bet23/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
Bog'liq
milliy goya

B. Sub’yektiv (bevosita) sabablar:

·         O’zaro ijtimoiy munosabatlar mukammal tizimining (insonlararo, millatlararo, davlatlararo, sivilizatsiyalararo va h.k) zamon talabi darajasiga mos kelmayotgani.

·         Bir millatning boshqa millatlarga nisbatan ustunlikka intilishi.

·         Mavjud ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari uning sub’yektlari tomonidan to’laqonli anglab yetilmagani.

·         O’z manfaatlarini amalga oshirish maqsadida millionlab insonlarning xohish-irodasini, ularning yashash huquqini paymol etish va bu yovuz maqsad yo’lida har qanday g’ayriinsoniy vositalardan foydalanishga urinishlarning namoyon bo’layotgani.

Ma’lum bo’ladiki, dunyo taraqqiyotiga xavf-xatar hamda tahdidlar doimiy ravishda saqlangan holda, ayni paytda, jahon hamjamiyati diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda.

Hozirgi davrda jamiyat  taraqqiyotiga xavf-xatar hamda tahdidlar kuchatyishini quyidagilarda kuzatish mumkin:

·         1Dunyo miqyosida ijtimoiy-siyosiy tengsizlikning chuqurlashuvi.

·         Amaldagi xalqaro huquq tizimining davr talabidan ortda qolayotgani.

·         Siyosat va ilm o’rtasidagi tafovutning kengayishi.

·         Bir guruh davlatlar va transmilliy tashkilotlar tomonidan manfaatlar tamoyiliga rioya qilmaslik, jahon iqtisodiyotida manfaatlar muvozanatining izdan chiqarilayotganligi.

·         Dunyo siyosatida ro’y berayotgan o’zgarishlarni anglash darajasining pastligi.

·         Yo’l qo’yilgan va qo’yilayotgan siyosiy xatolarni tan olmaslik.

·         Ijtimoiy-siyosiy muammolar yechimida kuch ishlatishga moyillikning kuchayishi.

·         Dunyoni “ma’rifiy” hamda “noma’rifiy” makon va davlatlarga ajratish amaliyotining saqlanib qolayotgani.

·         Vujudga kelayotgan yangi ijtimoiy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashda bir tomonlama yondoshuv va andozalarning saqlanib qolayotgani.

·         Jahondagi yetakchi davlatlarning dunyo zahiralarini to’liq egallash va nazorat qilishga intilishlarning namoyon bo’layotgani.

·         Iqtisodiy yordam berish bahonasida siyosiy shartlarni bajarishga majbur qilish.

·         Dunyoning turli mintaqalarida geosiyosiy intilishlarning kuchayishi. Iqtisodiy jihatdan zaif davlatlarni o’z siyosiy ta’sir doirasiga o’tkazishga majburlash.

·         Azaldan mavjud bo’lgan dinlararo baxs-munozaralarni bugungi kunda sun’iy ravishda siyosiylashtirish amaliyoti.

·         Inson ma’naviyatida, ruhiyatida diniy omilning kuch-qudratini hisobga olgan holda musulmon aholisi ongi va dunyoqarashiga ta’sir o’tkazish.

·         Narkobiznesning hozirgi zamon xalqaro terrorizmini moliyaviy ta’minlash manbaiga aylantirilgani.

·         Azaldan insonlar ongida ustuvor bo’lib kelgan etnik va milliy turfa xillik kabi jihatlarni ataylab siyosiylashtirish amaliyoti.

Bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotining yangi ufqlari ochilmoqda. Adolatli, huquqiy demokratik jamiyat qurishdek ulug’vor maqsadlarga erishish yo’lida sobitqadam bo’lish, bu borada oldimizda turgan muammo hamda kamchiliklarni anglash va bartaraf etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, ijtimoiy tahdidlarning nazariy jihatlariga alohida e’tibor qaratishga zarurat tug’iladi.

Hozirgi sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta’minlash va muvozanatga erishish manfaatlari nuqtai nazaridan, yangi mustaqil davlatlarning xavfsizligi va barqaror rivojlanish muammolari ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzida vaziyat va kuchlar nisbati shiddatli o’zgarib bormoqda. Yangi mustaqil davlatlar maydonga chiqmoqda. Bu esa davlatlar va xalqlarning barqarorligini ta’minlash uchun yangicha yondoshuvlarni izlab topishni, xavfsizlikning yangicha modellarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

Mamlakatimizda butun insoniyatni tashvishlantirayotgan muammolarga javob izlash borasida to’plangan muayyan tajriba ma’lum ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Bu xulosalar Birinchi Prezidentimizning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” fundamental asarida atroflicha tahlil etilgan, mazkur kitobda o’z taqdirimizni o’zimiz belgilashimiz, istiqlol bergan imkoniyat – erk va ozodlikni murakkab va shafqatsiz dunyoda sodir bo’layotgan turli xavf-xatarlardan omon saqlash har birimizga bog’liqdir, degan g’oyani ilgari suradi. Agar buni tahlil qiladigan bo’lsak, birinchidan, biz yashab turgan dunyo mustaqilligimiz va taraqqiyotimizga qarshi turli tahdidlarga to’la ekanini anglab yetish qiyin emas. Ikkinchidan, bizning xohish-irodamizga bo’ysunmaydigan ijtimoiy, umumjahoniy rivojlanish jarayonlari fuqorolar oldiga o’ta mas’uliyatli talablar qo’yayotgani bois, tahdidlarning oldini olish va barqarorlikka erishishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish har birimizning siyosiy ongimiz, vatanparvarligimizga bog’liq ekani to’g’risida tasavvurga ega bo’lamiz.

Mamlakatimiz xavfsizligi, yurtimizda hukm surayotgan barqarorlik va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash, kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirishdek ezgu maqsadlar yo’lida har bir fuqoroning mas’uliyati haqida fikr yuritar ekanmiz, erkinlikning qadriga yetishda inson omilining o’rni va mavqeini baholash muhim ahamiyat kasb etadi.

Keyingi vaqtda ko’pgina demokratik mamlakatlarda insonning ma’naviy dunyosi bilan bog’liq omillarni o’rganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, olam barqarorligi va yaxlitligi belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, texnologik omillar bilan bir qatorda, ijtimoiy jarayonlarda inson xohish-irodasi, xatti-harakati, ongi, hayotiy faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlanmoqda.

Turli xavfli jarayonlarni bartaraf etishda insonning o’rni va ishtiroki haqida so’z yuritganda, ijtimoiy faol shaxsning qiyofasi, ichki dunyosi, umuman, ma’naviy-ruhiy xislatlari to’g’risida turli fikrlar mavjudligini e’tiborga olish zarur. Insonning shakllanishi va ijtimoiy mavjudot sifatidagi ma’naviy rivojlanishi ijtimoiy taraqqiyot bosqichlari, ularning mohiyati va xususiyatlari bilan uzviy bog’liqdir. Bu haqiqatni hech kim inkor eta olamaydi. Lekin mustaqillikka erishib, tafakkur xilma-xilligi tamoyili qaror topgunga qadar bu muammo bir yoqlama talqin qilib kelindi. Ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari bilan inson salohiyati o’rtasidagi o’zaro munosabat borasida g’ayriilmiy tasavvurlar hukmron bo’lib, insonga ko’r-ko’rona bo’ysunuvchi omil sifatida qaralgan. U cheksiz imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishdan mahrum etilgan edi. Ilg’or dunyoqarashga ega, ma’naviyati boy shaxslarga esa “idealist” tamg’asi yopishtirilardi.

Turli mintaqalarda sodir bo’layotgan va insoniyatga xavf solib turgan noxush hodisalarni tahlil qilib, ularning barchasida inson omili bosh sababchi ekanini sezish qiyin emas. Birgina misol. Germaniya olimlari amalga oshirgan tadqiqot natijalariga ko’ra 1945-1995 yillar oralig’ida, ya’ni ikkinchi jahon urushidan keyingi 50 yillik “tinchlik hukm surgan davr”da insoniyat atigi 26 kun tinchlik nashidasidan bahramand bo’lgan ekan. Shu yillar mobaynida yuz bergan turli mojarolar oqibatida 25-35 million begunoh inson halok bo’lgan. Nemis olimlarining g’ayrimantiqiy xulosasiga ko’ra millatchilik, zo’ravonlik, tajovuzkorlik va mutaassiblik kabi illatlar odamzotga xos aql-zakovat, madaniyat va ma’rifat tufayli sodir etilar emish.

Hozirgi shiddatli davrda insondan keskin sifat o’zgarishlari talab etilmoqda. Inson, uning aql-idroki, zakovati va salohiyati ijtimoiy taraqqiyot, olam yaxlitligining asosiy omiliga aylanishiga ehtiyoj kuchaymoqda. Zamon bugun insondan o’z-o’zini anglab olishni taqozo etmoqda. Tahdidlarni bartaraf etish faqatgina insoniyat zimmasiga tushmoqda. Bu o’rinda Birinchi Prezidentimizning “xavfsizlik, barqarorlik va tanlagan yo’ldan og’ishmay borish” degan so’zlarida teran ma’no mujassamlashgan. Bu ibora bugun har bir inson uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, mamlakatimizga xavf solayotgan jiddiy tahdidlar yutuqlarimizni ko’ra olmayotgan, hamon g’arazli niyatidan qaytmagan yovuz kuchlar g’ayriinsoniy uslublarni qo’llayotgani mustaqillik, demokratiya, qolaversa, mamlakat kelajagiga nisbatan xavf-xatarlarni bartaraf qilishga yuqoridagi omil yetarli emasligini yaqqolroq namoyon etmoqda.

Xavf-xatar mohiyati va funksional jihatdan 2 toifaga bo’linadi: iqlimiy-ekologik tabiiy xavf-xatarlar va ijtimoiy xavf-xatarlar.

O’z navbatida, ijtimoiy xavf-xatar vaqt jihatidan olganda 2 turga bo’linadi: an’anaviy va muayyan tarixiy davr bilan bog’liq xavf-xatarlar.

An’anaviy deganda, uzoq vaqtdan bo’yon davol etib kelayotgan, ammo davr o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan muammolar tushuniladi. Masalan, ba’zan davlatlararo munosabatlarda o’zaro ishonchsizlik kabi xolatlar yuzaga keladi. Aniq, tarixiy davr bilan bog’liq xavf-xatarlar esa muayyan tuzumda yuzaga keladi. Masalan, tuzum, jamiyat taraqqiyot yo’nalishining noto’g’ri belgilanishi ana shunday holatdir.

Ijtimoiy xavf-xatarni bilvosita (ob’yektiv, ya’ni diniy radikalizm, terrorizm, milliy ayirmachilik kabi) va bevosita (sub’yektiv, ya’ni siyosiy loqaydlik, beparvolik kabi) omillar tashkil etadi.

Ayni paytda bu omillar jamiyat hayotining barcha sohalarida namoyon bo’lishi mumkin. Bunday nomutanosiblikning yechimini tizimlararo, manfaatlararo muloqot, o’z-o’zini asrashga bo’lgan moyillikdan foydalanish asosida yechimini izlash lozim, degan xulosaga kelish mumkin.

Xavf-xatar holatiga inson zarurat tug’ilgan paytda yetarlicha ta’sir ko’rsata olmasa, u maqbul doiradan chiqib, zo’rayib ketish ehtimolligi ortadi. Buni shartli ravishda “vaziyat” deb atab, undan qutilish yo’li sifatida davr, taraqqiyot va xavfsizlikning o’zaro bog’liqligini anglashdir, degan xulosaga kelish mumkin.

Sivilizatsion rivojlanishning zamonaviy bosqichida axborot davlat, jamiyat institutlari hamda shaxs hayoti faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.

            Keng ma’noda xavfsizlik – xavfning yo’qligi, ya’ni shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining xavf – xatardan himoyalanganlik holatidir. Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, axborotning xavfsizligi – bu ma’lumot joylashtirilgan axborot tashuvchi moddiy vositalarning qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida yo’q qilish yoki o’zgartirish  kiritishdan himoyalanganlik holatidir. Axborotning xavfsizligi tashkiliy, me’yoriy-huquqiy, qo’riqlash tizimi va boshqa tadbirlarni qo’llash jarayonida amalga oshiriladi.

            O’z  navbatida information xavfsizlik tushunchasi shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari yo’lida information borliqning shakllanishi, rivojlanishi hamda undan foydalanish imkoniyatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi.

            Informatika va informatsiyalashtirish jarayoni shu qadar shiddat bilan rivojlanib bormoqdaki, insoniyat nafaqat uning oqibatlarini bashorat qilish, balki uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va harbiy sohalardagi salbiy oqibatlarini anglashga ham ulgurmay qolmoqda. Shuning uchun information xavfsizlik milliy xavfsizlik tizimining tarkibiy elementi bo’lishi bilan birga ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganlik holatiga u yoki bu tarzda ta’sir ko’rsatib, milliy xavfsizlikning barcha sohalarida mavjud bo’ladi.

            Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jarayonida informatsiya va information texnologiyalar asosiy milliy resurslardan biriga aylanmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy jarayonlarning information ta’sirlardan zarar ko’rish holatlari ham kuchayib bormoqdaki, bu esa o’z navbatida , davlat milliy xavfsizligiga real tahdid solishi mumkin.

            Bugungi kunda information sohadagi tahdidlardan yanada himoyalanish maqsadida information xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi asosiy tushunchalarni aniqlash va o’rganish, uning mohiyati, tuzilishi va xususiyatlarini tahlil qilish zaruriyati tug’ilganini ta’kidlash lozim.

            Rossiya olimlaridan A.V.Fyodrov information xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi informatsiya tushunchasiga quyidagi ta’riflarni beradi: informatsiya bu –

1.       manbalari va namoyon bo’lishidan qat’i nazar, shaxs, buyum, faktlar, voqealar, qarashlar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar;

2.       insonlar tomonidan biror ishning borishi yoki biror narsa to’g’risida beriladigan xabar;

3.       boshqaruv bilan uzviy bog’liq bo’lgan ma’lumotlar;

4.       turli xil ob’yekt va jarayonlardagi o’tish holatlari;

5.       ma’lumot olish natijasida noaniqlikning kamayishi va yechilish holati.

1993 yilda AQSH xavfsizligi bo’yicha uyushgan komissiya Kongressda qilgan ma’ruzasida, kelgusida ma’lumotlar tarqatish tarmog’i asosiy kurash maydoniga aylanishini ta’kidlagan edi.

Information texnologiyalarda mudofaa va hujum qilishda elektron tezliklar hech qanday qon to’kishlarsiz iqtisodiy-siyosiy inqirozlarning oldini olishni ta’minlash imkoniyatlarini yaratmoqda.

Shunday ekan, jamiyatning barcha sohalarida informatsion xavfsizlikni ta’minlash har bir davlatning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.

Information xavfsizlikning global kommunikatsion borliqning tarkibiga kirishi hozirgi davrning muhim masalalaridan biriga aylandi. U o’zining imkoniyatlari va cheksizligi bilan milliy xavfsizlik tizimidagi barcha information qarashlarning tahdidlarini o’ziga tortadi.

Demak, information xavfsizlik – shaxs, jamiyat, davlat hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi information tahdidlardan himoyalanganlik holati, ularning oldini olish va neytrallash tadbirlari majmuidir; bu fuqarolar, tashkilotlar va davlatlar manfaatlarining rivojlanishi va shakllanishini ta’minlab beruvchi information borliqning himoyalanganlik holati.

Siyosatshunos R.Alimov information xavfsizlik borasida quyidagicha fikr bildirgan: information xavfsizlik – fuqarolar, tashkilotlar va davlatlarning manfaatlari yo’lida information borliqning shakllanishi va rivojlanishining himoyalanganlik holati; tizimning informatsiyadan foydalanishida uning o’ziga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan infratuzilmaviy holati; informatsiyaning manfiylik, butun

1-masalaning bayoni: G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarga sistemali yondoshish, birinchidan, shu sohadagi muammolarni ilmiy tahlil qilishning zaruriy sharti bo‘lsa, ikkinchidan, bu - milliy mafkuraning nazariy-metodologik xarakteriga mos keladi. Boshqacha aytganda, milliy mafkuraning o‘zi, jamiyatimiz taraqqiyoti va manfaatlarini ifoda qiluvchi yaxlit sistemalashgan g‘oyalar, nazariyalar tizimidan iborat bo‘lib, uni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq amaliy ishlar ham shunga muvofiq bo‘lishi lozim.

Mafkuraviy ishlarni milliy taraqqiyot tamoyillari va manfaatlari asosida (g‘oyaviy-nazariy darajada) sistemali tashkil qilish deganda, jamiyatdagi hayotiy talab, ehtiyoj, maqsad-intilishlarga muvofiq rivojlanib boruvchi g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlardan iborat o‘ziga xos ijtimoiy-ma’naviy tartib - tizim yaratish tushuniladi. Zero, voqelikdagi o‘z shakl-ko‘rinish va mazmuniga, ma’lum o‘zgarishlar xarakteriga, aniq makon va zamonda alohida o‘rniga ega bo‘lgan har qanday narsa, hodisa, jarayonlarni muayyan sistemaga solish mumkin.

Bu sistemaning mohiyati shundaki, uning makrostrukturasini tashkil qilgan asosiy qism-elementlar (milliy taraqqiyot qonunlari, “O‘zbek modeli”, milliy istiqlol mafkurasi asosiy kontsepsiyasi, milliy mafkura va uning asosiy g‘oyalari) va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar  hamda o‘zgarishlar xarakteri turlicha va ko‘p tomonlama bo‘lib (jamiyatdagi turli kishilar, guruhlar, toifalar, etnik va diniy birliklarning g‘oyalari), mazkur sistemadagi barcha jarayonlarning qanday kechishini shu sistemani sistema sifatida rivojlanishini ta’minlovchi omillar (milliy taraqqiyot manfaatlari va shart-sharoitlari) belgilab beradi.

Ushu sistemaning mavjudlik sharti, shakllanib, rivojlanish manbai, undagi jarayonlarni harakatlantiruvchi kuch – milliy taraqqiyot qonunlariga muvofiq amalga oshiriladigan g‘oyaviy-mafkuraviy faoliyatlardir. Bu faoliyatlar nazariy va amaliy yo’nalishlarga bo‘linadi.

Mazkur sistema milliy mafkura kontsepsiyasiga muvofiq aniq tavsiflanadigan turli shakl-ko‘rinishlarga, har xil daraja va ko‘lamlarga ega bo‘lgan o‘ziga xos qism, element, bosqich, soha, yo’nalishlardan iborat mikrosistemalarni o‘z ichiga oladi. Bu sistemalarning har biri shakli, mazmuni va maqsad-vazifalariga ko‘ra, o‘ziga xos bo‘lib, sistema ichidagi va undan tashqaridagi tizimlar, masalan, jamiyat ijtimoiy hayotidagi boshqa jarayonlar, tuzulmalar bilan uzviy aloqadorlikda bo‘ladi. Chunonchi, g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiya tizimi (sistemasi) jamiyatdagi huquqiy, axloqiy, estetik, diniy, jismoniy va boshqa tarbiya sohalari – tizimlari bilan, yoki: har qanday g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa omillar bilan uzviy bog‘liqdir.

«Mening fikrimcha, mafkuraning hayotiyligi uning xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog‘li mos bo‘lishi, eng muhimi, jamiyatning milliy manfaatlarini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettirishi bilan o‘lchanadi. Faqat shunday mafkuragina hayot va davr sinovlariga bardosh beradi, odamlar unga ishonib, o‘zining iymon-e’tiqodi sifatida qabul qiladi. Shundagina u eng zamonaviy quroldan ham kuchli ruhiy-ma’naviy qudrat kasb etadi». Islom Karimov. («Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» asaridan).

Jamiyatdagi g‘oyaviy ta’lim-tarbiya tizimi, tasvirlanayotgan makrosistemadagi muhim yo’nalish bo‘lib, butun sistema faoliyatida katta o‘rin tutadi. Milliy g‘oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirib, xalqchillashtirish va ishonch-e’tiqodga aylantirishda asosiy o‘rin tutuvchi bu tizimning o‘zi va undagi mikrosistemalar faoliyati ta’lim-tarbiya uzluksizligi bilan milliy g‘oyani shakllantirishning izchilligi (doimiyligi) o‘rtasida uzviy bog‘lanishni vujudga keltiradi.

Demak, g‘oya va mafkuraning mazmuni davlat va jamiyat qurilishiga doir sistemali bilimlar (nazariya va metodologiya) bilan bog‘liq: madaniy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy saviya; ong, tafakkur, dunyoqarash tamoyili; ruhiy-ma’naviy ishonch-e’tiqod; ijtimoiy norma, meyor, mezon va ayni paytda, inson hamda jamiyat hayotini harakatlantiruvchi mexanizm - usul-vositalardan iborat tizim sifatida tushuNilsa, milliy g‘oya va mafkuraning xalqchilligi ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining "Jamoat birlashmalari" to‘g‘risidagi bobining 60-moddasida siyosiy partiyalar faoliyatining qonuniy asoslari: "Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatiii tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar"‘, deb belgilangan. Konstitusiyaning bu moddasi bilan siyosiy partiyalar mafkuraviy faoliyati umumxalq nazoratiga olinganligi ko‘zga tashlanadi va demokratiya tamoyillariga to‘liq mos keladi.

2-masalaning bayoni: Har qanday jamiyat muayyan ijtimoiy tarkibga ega bo‘lib, u turli ijtimoiy qatlamlarni, sinflarni, guruhlarni, ijtimoiy institutlarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy tarkibning xilma-xilligi uni tashkil qilgan unsurlar manfaatlarining, intilishlarining rang-barangligiga asos bo‘ladi. G‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar bu manfaatlar va intilishlarning o‘ziga xos ifodasi bo‘lib, turli kuchlarning maqsadlari, faoliyat yo’nalishlarini ko‘rsatuvchi mantiqiy asoslangan qarashlar tizimiga aylana boradi. Shunga ko‘ra, har qanday davlatda bunyodkor g‘oyalar, mafkuraviy faoliyat ustuvor bo‘lganda, milliy taraqqiyot imkoniyatlari kengayadi. «Er planetasi» deb atalgan ijtimoiy-siyosiy makonda: huquqiy tenglik, iroda erkinligi, xalqaro miqyosda tinchlik qaror topadi, millatlararo, dinlararo do‘stona munosabatlar mustaxkamlanadi.

Milliy taraqqiyot g‘oyalari muayyan davlatning istiqbolini ta’minlash uchun jamiyatning obektiv rivojlanish qonuniyatlarini, ularning amal qilinishida subektiv omillarning rolini, konkret tarixiy shart-sharoitlarni inobatga olib, o‘z potensial imkoniyatlarini safarbar qilishdir. Boshqacha aytganda, mamlakat ichidagi ijtimoiy-siyosiy kuchlarning g‘oyaviy-mafkuraviy murosasi - barqaror milliy taraqqiyotning asosiy shartidir.

Mafkuraviy faoliyatni tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:

keng qamrovlilik, bunda jamiyatning barcha a’zolariga g‘oyalar xilma-xilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi. Natijada, jamiyatning barcha bo‘g‘inlari mafkuraviy ta’sir doirasida qamrab olinadi; - umumiy maqsadga yo’naltirilganlik; - faol insonni tarbiyalash va inson salohiyatini yuzaga chiqarish mafkuraning bosh maqsadi qilib olinadi;

uzluksizlik - milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotining makonda va zamonda doimiyligini, uning yaxlit tizim shakliga keltirilishini anglatadi. Uzluksizlik tamoyili milliy  g‘oyani xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu maydondagi har bir holat va harakat, jumladan, ta’lim tizimidagi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, sinf va auditoriyalar, ko‘rgazmali qurollar milliy g‘oyaga uyg‘un bo‘lishini taqozo etadi.

ketma-ketlik - har bir bosqich uchun istalgan qadriyatlarni singdirish maqsadida mafkuraviy tashviqot rejalashtiriladi;

bosqichma-bosqichlik - milliy mafkurani targ‘ib qilishning ruhiy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ham targ‘ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan o‘tishini taqozo qiladi. Aytaylik, boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga milliy mafkuraning falsafiy va etnik ildizlari to‘g‘risida gapirish noo‘rin bo‘lishdan tashqari mutlaqo samarasiz hamdir. Shuning uchun bog‘chada, boshlang‘ich sinflarda, to‘liqsiz o‘rta maktabda, yuqori sinflar, litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlari va mehnat jamoalarida mafkuraviy ish  tinglovchi va o‘quvchilarning yoshi, bilimi, ma’lumoti kabi jihatlarini hisobga olib aniq belgilangan reja asosida olib borilishi kerak;

meyoriylik - aksiltarg‘ibotni keltirib chiqaradigan, hayotdan uzilib qolishga olib keladigan balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yo’l qo‘ymaydi;

shaxsiy ibrat - mafkuramizni targ‘ib qilishda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan muhim omillardan biri. Maktab muallimi darsda o‘quvchilarga millat manfaatlari, orzu-umidlari, intilishlari to‘g‘risida balandparvoz gaplarni gapirsa-yu, o‘zi hayotda shu manfaatlarga zid ishlarni qilsa, bu targ‘ibotning samarasi nol’ga teng bo‘ladi. Mamlakat va millat ravnaqi to‘g‘risida og‘iz ko‘pirtirib gapiradigan boshliq bo‘shab qolgan lavozimga layoqatli va munosib xodim qolib, o‘ziga qarashli, Lekin, bu o‘ringa nomunosib odamni tiqishtirsa, u millatning yuziga oyoq qo‘ygan bo‘ladi va uning milliy mafkurani aksiltarg‘ibot qilgan bo‘ladi. Shuning uchun, milliy g‘oyani aholi ongiga singdirishda targ‘ibotchilar faoliyatida ish bilan so‘z birligini ta’minlash, ayniqsa, rahbar xodimlarning shaxsiy ibrat ko‘rsatish tamoyiliga amal qilishi muvaffaqiyatni ta’minlaydigan eng muhim omillardan biridir. Korxona, tashkilot, muassasa rahbari, ular davlat sektori yoki xususiy sektorga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z jamoasidagi ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarga mas’ul bo‘lishi kerak;

ilg‘or targ‘ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish - bunda mafkuraviy targ‘ibotga insonlarni mohirona boshqarish usuli sifatida qaraladi. Milliy  g‘oyaning targ‘iboti qotib qolgan narsa emas, faol jarayondir. Shuning uchun uni qadimdan qolgan va’z aytish va ma’ruza o‘qish kabi targ‘ibot shakllari yordami bilangina keng xalq ommasi ongiga singdirib bo‘lmaydi. Maqsadga erishish uchun targ‘ibotning faol shakllaridan, zamonaviy texnologiyalardan ham foydalanish maqsadga muvofiq. Yoshlar orasida targ‘ibot olib borilganda munozara, bahs, davra suhbati kabi shakllardan oqilona foydalaNilsa maqsadga tezroq va to‘laroq erishish mumkin. Yoshlarning fiziologik va ruxiy xususiyatlari va’z va ma’ruzalarni emas, ko‘proq interfaol usullar va sanab o‘tilgan targ‘ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi.

Mazkur targ‘ibot tamoyillari milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirishning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bo‘lib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma’lumoti kabi nima uchun milliy  g‘oyani inson ongi  va qalbiga singdirish zarur va muhim? Milliy  g‘oyaning targ‘iboti nimaga xizmat qiladi va bu jarayon qanday tashkil qilinishi kirak? Umuman, milliy g‘oyaning targ‘iboti bilan kimlar va qanday tuzilmalar shug‘ullanishi kerak? Mazkur mavzuni o‘rganish shu kabi savollarga javob topish imkonini beradi.

3-masalaning bayoni: XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash tobora rusum bo‘lmoqda. Chunki asrimizda keng qamrovda va jadal sur’atlarda tarqalayotgan informatsiyalar insonning istaklarini, didini o‘zgartirishga, fikriga ta’sir qilishi mumkin. Tan olish kerak, tomosha qilinayotgan seriallardan tortib bolakaylarga aytib beriladigan ertakkacha, boringki, o‘qiyotgan kitoblarimiz ham qandaydir mafkuraviy ta’sir samarasiga ega - ularda muayyan g‘oyalar targ‘ib qilinadi. Bu holat «Eng asosiy narsani ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi» digan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Bunday ko‘zga ko‘rinmas qudratli targ‘ibot kuchlari kishini hamma erda va har kuni qurshab turadi. Bu kuchlarning maqsadi – insonni nimagadir ishontirish, nimagadir undash, nimagadir og‘dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o‘z diniga e’tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba’zi davlatlar o‘zining «katta og‘a» ekanini uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni ham bo‘ladi-ku. Agar o‘sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo‘lsa-chi? Uning zarari haqida odamlarni kim ogohlantiradi? Agar o‘sha dindor, haqiqiy din chetda qolib, davlat tuzumini ag‘darishga chaqirayotgan bo‘lsa-chi? Bunday buzg‘unchiliklardan xalqni kim qaytaradi? Yoki jahonda «katta og‘a»larning qo‘lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntiradi? Bu kabi targ‘ibotni yoki aksiltarg‘ibotni kim tashkil qilishi kerak?

Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qudratli targ‘ibot tizimiga ega bo‘lishga intilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan, o‘z faoliyatining targ‘ibotiga AQSH hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflashi bejiz bo‘lmasa kerak. Fransiya ham o‘z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frankni bekorga sarflamayotgandir? Bu ma’lumotlar targ‘ibot nafaqat dinda, biznesda muhimligini, balki siyosatda ham, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Demak, rivojlangan demokratik davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan sira voz kechmagan.

Puxta ishlab chiqilgan strategik yo’nalish davlatning istiqbolini belgilaydi. O‘zbekistonning strategik maqsadlari Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan,  «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» hamda «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish ularni g‘oyalar shaklida singdirish zaruratini keltirib chiqaradi.

4-masalaning bayoni: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning taqdiri, so‘zsiz, har bir fuqaro, aniqrog‘i insonning faolligiga bog‘liqdir. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirishni talab qiladi. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ‘iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» ko‘rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O‘zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ‘ib qilishni talab etadi.  Bunday targ‘ibot islohotlarning «mafkuraviy asosda ta’minlash»ga xizmat qiladi.

O‘zbekiston hayotidagi o‘zgarishlar insonlar ongida ham katta o‘zgarishlar qilishni talab etadi. O‘tish davrida har qanday davlat yangi zamon kishisini tarbiyalash haqida jiddiy qayg‘urishi tabiiy. Demak, O‘zbekistonda ham «komil inson» g‘oyasida e’tirof etilgan shaxs mos sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish  vazifasi ko‘ndalang turibdi. «Fuqarolik ahloqi»ni bunday tarbiyalash  mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi.

O‘zbekistonda yosh avlodni yangicha fikrlashga va tafakkurini rivojlantirishga, siyosiy faolligini yo’naltirishga, ularni mustaqillik g‘oyalariga sodiq qilib tarbiyalash vazifalari bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda. Globallashuv jarayonida siyosiy va psixologik ko‘rsatmalarning butunlay o‘zgarishi yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarbligini ko‘rsatadi.

Xavfni sezish va unga qarshi kurashish tuzilmalari - shaxsning o‘zini-o‘zi anglash jarayonida shakllanadi. Yoshlarda shaxsiy fikr, mulohaza, dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tahliliy va tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi.

Yoshlar o‘ziiing siyosiy kontsepsiyasini mustaqil ravishda to‘g‘ri shakllantirishda, siyosiy jarayonlarni aniq qamray olishida va tahlil qila olishida, mohiyatini tushunishida - harakatlanish kontsepsiyasi shakllanadi.

5-masalaning bayoni: Hozirgi vaqtda xavfsizlikni ta’mishlashni texnologik va texnokratik uslubiyot asosida tashkil etish -davr talabidir. Yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlash vazifasi, o‘z navbatida jarayonni tizimlashni, natijani avvaldan kafolatlashni, jarayonga istalgai paytda tuzatishlar kiritish imkoniyati bo‘lishini taqozo etadi.

Yoshlarning informatsion-psixologik immunitetini shakllantirish jarayonni texnologiyalar asosida tizimlashtirish, o‘z navbatida bir qancha ishlarni ixchamlashtirish, umumlashtirish va muvofiqlashtirish kabi qo‘yida keltirilgan tashkiliy ishlarni bajarishni talab qiladi:

• Mavjud siyosiy jarayonlarning mohiyatini anglash, immunitetni shakllantirishda foydalanish;

• Immunitetni shakllantirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni qidirish, yig‘ish va qayta ishlash;

• Informatsion-psixologik immunitetni shakllantirishga tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

• Muammolarni sezish, aniqlash, dolzarbligi bo‘yicha differensiallash;

• Immunitetning rivojlanish tamoyillarini anglash, qabul qilish;

• Tashqi va ichki vaziyatni strategik ko‘p faktorli analiz qilish;

• Axborot, moliyaviy, tashkiliy-texnik resurslarning chegaralanishini aniqlash, resurslarni boyitish ishlarini amalga oshirish;

• Xalqaro maydondagi voqealarning rivojlanishini kuzatish, tahlil va siyosiy bashorat qilish;

• Geopolitik manfaatga erishishning strategiya va taktikasini shakllanti-rish, tashqaridan kirib kelayotgan xavf-xatarlarni klassifikatsiyalash, ularni neytrallashtirish hamda dezinfeksiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish;

• Ichki axborot muhitining informatsion-psixologik immunitetni shakllantirishniig texnologiyalarini, metodlari va usullarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish;

• Immunitetni ta’minlash ishlarini amalga oshirishning al’ternativ variantlarini ishlab chiqish;

• U yoki bu al’ternativ variantlarni tadbiq etishda yuzaga keladigan holatlar hamda vaziyatlarni bashorat qilish;

• Amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik mezonlarini ishlab chiqish, bajarilayotgan har bir ishni baholash;

• Davlatning ichki axborot muhitini kuchaytirish, tashqi xavflarga qarshi kurashish qobiliyatini oshirish, axborot tahdidlari va xavf-xatarlariga qarshi kurashuvchanlikni ta’minlash;

• Immunitetni shakllantirishning eng maqbul  variantlarini ishlab chiqish va tadbiq etish;

• Yoshlarda qaror qabul qilishga ko‘rsatiladigan ta’sirni tahlil qilish;

• Yoshlarning o‘zi qabul qilgan qarorlarini o‘zi korreksiya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

• Yoshlarniig o‘zini-o‘zi nazorat va tahlil qilishlarini shakllantirish.

Shuningdek, yoshlarga ta’sir ko‘rsatuvchi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik omillarni to‘liq ishlab chiqish ham zarurdir. Bu esa yuzaga keladigan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berishi lozim.

Hozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yo’l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday sharoitda begona mafkuralarning qo‘poruvchi ta’siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksiltarg‘ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Chunki bunday nosog‘lom mafkuraga nisbatan kurashni olib  borish talab etiladi.

O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushunchalari va tamoyillari (Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T, «O‘zbekiston», 2000 yil.) ishlab chiqildi. O‘zbekistonda milliy istiqlol g‘oyasining targ‘ibot-tashviqoti ana shu asosiy g‘oyalar, tushunchalar va tamoyillarga tayangan holda amalga oshirilmoqda.  

Mazkur targ‘ibot tamoyillari milliy istiqlol g‘oyasini inson ongi va qalbiga singdirishning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bo‘lib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma’lumoti kabi xususiyatlari xisobga olinadi. Targ‘ibot olib borishda sanab o‘tilgan tamoyillarning muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini ta’minlash targ‘ibot samaradorligini ta’minlaydigan eng muhim omildir.

G‘oyaning insoniyat evolyusiyasidagi o‘rni va ahamiyati doimiy ravishda jamiyatning intellektual salohiyatli a’zolari diqqat-e’tiborida bo‘lgan: Buni dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan nazariy ta’limot va mafkuralar asoschisi bo‘lgan, tarixning turli davrlarida yashagan Suqrot, Konfutsiy; Alisher Navoiy, Maxatma Gandi kabi mutafakkirlar ilmiy asarlaridagi ilmiy nazariyalar misolida ko‘rish mumkin.

Targ‘ib qilinayotgan g‘oyalarning inson ongida axborot, ma’lumot tarzida o‘rnashishi kifoya qilmaydi, ular insonning yurak-yuragiga etib borganidagina ular inson qalbiga chuqur o‘rnashadi. Buning uchun esa auditoriya targ‘ibotchining milliy g‘oyaga chuqur ishonchi va qat’iyatini xis qilishi kirak. Lekin targ‘ibotda g‘oyalarga e’tiborni tortish bilan ham qanoatlanish mumkin emas. Chunki, e’tiborni jalb qilish - targ‘ibotning birinchi bosqichi, xolos.

Targ‘ibotning keyingi bosqichi g‘oyani to‘g‘ri va atroflicha tushuntirishni, mafkura bilan bog‘liq barcha savollarga javob topib berishni talab qiladi. Chunki milliy g‘oyani tushunish - unga ishonish demakdir. Ana shu erda bir savolga duch kelamiz: nima ko‘proq ishonch uyg‘otadi: jiddiy dalillar bilan asoslangan axborotmi yoki hissiyotlarni uyg‘otuvchi ma’ruzami? Targ‘ibot davomida insonning xislariga, qalbiga murojaat qilish katta samara beradi, albatta. Lekin xolislik,  ishonchli dalillar, e’tiroz uyg‘otmaydigan hayotiy ma’lumotlarning keltirilishi bu g‘oyalarni xayotga tatbiq qilishdan hammamiz manfaatdor ekanligimiz haqidagi fikrni uyg‘otadi.

Targ‘ibot jarayoni shu erda tugaydi, deb o‘ylaydiganlar katta xato qiladilar. Zero, mafkura yangi ishlarga ilhomlantiradi, harakatga undaydi. Harakatsiz mafkura esa safsatabozlikdan bo‘lak narsa emas. Demak, insonlar milliy mafkuradan o‘rin olgan g‘oyalarga mos harakat qila boshlaganlaridagina milliy g‘oya xalqning e’tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin.

Muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini ta’minlash targ‘ibot samaradorligini ta’minlaydigan eng muxim omildir


Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish