O'zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati reja



Download 112,5 Kb.
bet1/2
Sana06.12.2022
Hajmi112,5 Kb.
#880053
  1   2
Bog'liq
O\'zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqaro


O'ZBEKISTONDA MILLATLARARO VA DINLARARO MUNOSABATLARDAGI BARQARORLIKNI TA’MINLASH BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATI
Reja:
1. Diniy erkinlik va millatlararo totuvlikni taʼminlash — barqaror taraqqiyot kafolati
2. O’zbekistonda dinlararo totuvlik umumbashariy qadriyat sifatida
3. Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi
Barcha zamon va makonlarda turli din va millatlarga mansub aholi orasida mustahkam oʻzaro totuvlikning mavjudligi barqaror rivojlanish omili va kafolatlaridan biri boʻlib kelgan. Bu esa oʻz navbatida jamiyatda hayotiy muhim boʻlgan huquqlarning, xususan diniy erkinliklarning taʼminlanganligiga va milliy oʻziga xos madaniyatlarning himoyalanganligiga asoslangan.
Bugungi Oʻzbekiston uchun ushbu yoʻnalishda mustahkam davlat siyosatini olib borish azaliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oʻzbekiston Oliy Majlis va xalqiga Murojaatnomasida bu borada ilgari surilgan tashabbuslar ham, yaʼni diniy erkinlik masalalari boʻyicha mintaqaviy konferensiya oʻtkazish hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi asosida har yili 30-iyul sanasini Xalqaro doʻstlik kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari aynan shunday dunyoqarashning mamlakatimizda yuqori davlat siyosati darajasiga koʻtarilganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Shubha yoʻqki, bu – butun dunyo xalqlari uchun ham juda muhim va zarur dunyoqarashdir. Zero, diniy erkinlik va millatlararo totuvlikni taʼminlash borasidagi vazifalarning naqadar dolzarbligini dunyoda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatning ogʻirlashuvi sharoitida koʻplab mintaqalarida millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlarning kuchayganida ham koʻrish mumkin.
Oʻzbekistonda millatlararo va dinlararo totuvlikni hamda diniy erkinliklarni taʼminlash borasida chuqur oʻylangan siyosat asosida amalga oshirilayotgan zarur chora-tadbirlar jamiyatimizda, mamlakatimiz fuqarolari orasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Xususan, Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish doirasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar natijasi oʻlaroq mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo muloqotni yana-da rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirildi hamda fuqarolarning diniy erkinliklarini kengaytirishning huquqiy va tashkiliy asoslari mustahkamlanmoqda.
Soʻnggi uch yil davomida millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qatʼiy nazar huquq va erkinliklarini kengaytirish, jumladan, ularning jamiyat va davlat ishlarini boshqarish jarayonida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Xususan, diniy tashkilot faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatlari adliya idoralaridan sudlarga oʻtkazilib, ularning faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi. Diniy tashkilot hisobotlarini taqdim etish davriyligi qisqartirildi. Bundan buyon diniy tashkilotlar faqat yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilandi. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji miqdori besh baravarga kamaytirildi.
Islohotlarning uzviy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri) loyihasining birinchi oʻqishda qabul qilinganligini koʻrsatish joiz. Bu borada huquqiy asoslarni takomillashtirish zarurati 1998-yilda qabul qilingan amaldagi Qonunni mamlakatimizda soʻnggi yillarda kechayotgan islohotlarga hamohang ravishda oʻzgartirish hamda fuqarolarning vijdon erkinliklarini mustahkamlash bilan bogʻliq huquqlarini taʼminlashdan iborat.
Yaʼni, yangi tahrirdagi Qonun loyihasini qabul qilishning asosiy maqsadi vijdon erkinligi kafolatlarini yana-da kuchaytirish, har bir inson uchun xohlagan diniga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqini taʼminlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, davlatning din ishlari boʻyicha siyosatini takomillashtirishdan iborat. Xususan, yangi tahrirdagi Qonun loyihasiga kiritilayotgan oʻzgartishlarga asosan aholimiz orasida ancha yillardan buyon muhokama qilib kelinayotgan muammoli masalalardan biri – “fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari”ga yoʻl qoʻyilmaslik haqidagi cheklov olib tashlanmoqda.
Shuningdek, mamlakatda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining qabul qilinishi ham muhim qadam boʻldi.
Ushbu siyosat doirasida, turli millat va elatlar vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish boʻyicha yangi institutsional tizim joriy etildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashkil etildi.
Eʼtiborli jihati, ushbu islohotlar inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan diniy va millatlararo munosabatlar sohasida umumeʼtirof etilgan huquq va erkinliklarni, yurtimizdagi hozirgi diniy vaziyatning oʻziga xos xususiyatlari va bevosita Oʻzbekiston sharoitida konfessiyalararo va millatlararo munosabatlar shakllanishining tarixiy sharoitlarini ham hisobga olgan holda olib borilmoqda. Ushbu omillarni inobatga olish zarurati mamlakatimizda yashovchi turli millatlar va elatlar vakillari oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamjihatlik munosabatlarining muvozanatini mustahkam saqlash, ularning diniy eʼtiqodlari va milliy his-tuygʻularini hurmat qilishni taʼminlashning muhimligiga asoslanadi.
Shu nuqtai-nazardan qaralganda, Oʻzbekistondagi barqarorlikni hamda davlat va jamiyat taraqqiyotini mamlakatda istiqomat qiladigan 130 dan ortiq millat vakillarining oʻzaro totuvligisiz, rasman roʻyxatdan oʻtgan 16 ta din va konfessiya vakillari oʻrtasida bagʻrikenglik munosabatlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Alohida taʼkidlash lozimki, xalqaro hamjamiyat ham mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va Oʻzbekistonning bu boradagi tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Xususan, Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus Rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi muhim xalqaro qadam sifatida eʼtirof etildi. Mazkur hujjat barchaning taʼlim olish huquqini taʼminlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga koʻmaklashish, eng muhimi, bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlashga qaratilgani bilan eʼtiborga molikdir.
Shuningdek, 2020-yilda, butun dunyoni qamrab olgan ogʻir epidemiologik sharoitga qaramay, mamlakatimizda anʼanaviy va onlayn shaklda tashkil etilgan hamda diniy bagʻrikenglik, millatlararo munosabatlar mavzulariga bagʻishlangan 10 ga yaqin xalqaro konferensiyalarda ham mamlakatimizda shu sohada olib borilayotgan siyosat xorijiy ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi. Bunday anjumanlarning tashkil etilishi Oʻzbekistonda mazkur sohada katta tajriba toʻplanganini koʻrsatadi.
Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekiston xalqaro tashkilotlar hamda shu sohadagi mutaxassislar bilan konstruktiv muloqot va hamkorlik oʻrnatishga ham alohida eʼtibor qaratmoqda. Xususan, BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Xuseynning hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YEXHT) Milliy ozchiliklar boʻyicha Oliy komissari Lamberto Zaniyerning mamlakatimizga tashrifi chogʻida ushbu tashkilotlar mutaxassislari tomonidan Oʻzbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlarni yana-da mustahkamlash sohadagi oʻzgarishlarga yuqori baho berildi.
Shu oʻrinda yana bir muhim hamkorlik – 2017-yilda mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba mamlakatimizga BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining din va eʼtiqod erkinligi boʻyicha maxsus maʼruzachisi – Ahmad Shahidning tashrifi xususida toʻxtalib oʻtish lozim. Ushbu mutaxassisning mamlakatimizdagi mutasaddi davlat idoralari hamda tegishli jamoat tashkilotlari vakillari bilan oʻtkazgan muloqotlari natijasida mamlakatimiz uchun ishlab chiqilgan tavsiyalari asosida 2018-yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi din va eʼtiqod erkinligi taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqladi va amalga oshirildi.
Taʼkidlash lozimki, mazkur yoʻnalishda erishilgan muhim natijalardan biri sifatida, 2020-yilda AQSH davlat departamenti Oʻzbekistonni diniy erkinlik borasida “alohida tashvish uygʻotuvchi mamlakatlar” roʻyxatidan chiqarganini ham koʻrsatish maqsadga muvofiq. Endilikdagi vazifa — ushbu eʼtirofni yana-da mustahkamlashdan iborat.
Bularning barchasi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik va millatlararo munosabatlar sohasida yangicha yondashuv hamda strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanganidan dalolat beradi hamda bu tinchlikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, barqaror rivojlanish uchun zamin yaratishi shubhasiz.

Download 112,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish