2-masalaning bayoni. Insoniyat doimo yaxshilikni yoqlab, yomonlikka qarshi kurashadi, yaratuvchanlik va bunyodkorlik unga xos bo‘lgan buyuk fazilatdir. Sharq xalqlarining buyuk ijodkorligi, bunyodkorligi va qadriyatlari turli davrlar ta’sirida g‘arbga, xususan, antik Yunon-Rim madaniyatiga ham kuchlik ta’sir ko‘rsatdi.Ana shunday ta’sir ostida Yunon-Rim madaniyati, ilm-fani, falsafiy tafakkur dunyosi shu qadar yuksaldiki, o‘sha davrda yaratilganshoh asarlar va ularning mualliflari merosi hanuz bashariyatning ezgu ishlariga xizmat qilib kelmoqda, Shu ma’noda, komil ishonch bilan aytish mumkinki, insoniyatning haqiqiy umumbashariy madaniyati g‘arb sivilizatsiyasi va Sharq ma’naviyatining qo‘shilishi asosida yaratilgan.
Masalan, A.Makedonskiyning ustozi, o‘zining bu jahongir shogirdi Osiyoni mahv etgach, unga yuborilgan “Avesto” kitobini chuqur o‘rgangan qadimgi Yunon faylasufi vaqomusiy olimi Arastu (Aristotel, mil.av. 384-322 yy.) o‘z g‘oyaviy qarashlarida ustozi Aflotun (Platon mil.av. 427-348 yy.) g‘oyalarni boyitdi va unga muxim o‘zgarishlar kiritdi. U jamiyatda bo‘lib o‘tayotgan barcha voqeliklar tabiatga xos deb biladi. Bu bilan jaiyatni tubdan o‘zgartirish g‘oyalariga qarshi chiqadi va jamiyat rivoji tabiiy jarayonlar tarzida kechishi kerak, deb hisoblaydi.
Aflotun esa g‘oyalar umumiy tushunchalar sifatida odam aqliga bog‘liq emas, balki u ilohiy tushunchalar deb izohlagan edi. Uning asosiy g‘oyasi-ezgulik yoki yagonalik edi. Bunda oliy g‘oya ko‘pincha xudoga tenglashtiriladi. Bu faylasufning ustozi bo‘lgan Suqrot (Sokrat, mil.av. 470-399 yy) esa bahs orqali, ya’ni muayyan masalalarni o‘rtaga qo‘yish va ularga javob topish yo‘li bilan haqiqatni aniqlash mumkin, deb bilgan. U ezgulik-bilim va donishmandlikdir, yaxshilik mohiyatini to‘g‘ri anglagan insongina yaxshilik qiladi deb tushuntiradi. Suqrot adolatga xilof bo‘lgan davlat boshqaruvining hamma shakllarini tanqid qiladi, faqatgina adolatli, demokratik davlat boshqaruvini yoqlab chiqadi.
Qadimiy sivilizatsiyalarda ijobiy g‘oya va qadriyatlar bilan birga, salbiy xarakterdagi mafkuralarning ham unib chiqishi uchun zamin bo‘ladigan tasavvur - tushuncha maydonga kela boshlagan edi. Masalan, qadimiy Rimda bunday qadriyatlar tizimini, bir qarashda umuminsoniy qadriyatlar jumlasidan bo‘lgan, vatanparvarlik tushunchasini belgilar edi. Ammo, bu tushuncha Rim xalqining xudo tomonidan alohida tanlangani, taqdirning o‘zi tomonidan zafarli istilolar va Rim saltanati hududini kengaytirish uchun safarbar qilingani to‘g‘risidagi soxta tasavvurlarga asoslangan edi. Soxtalik esa doimo yovuzlikga yo‘l ochadi. Bunday mafkuraviy asoslar imperiyalik tafakkur tarzining shakllanishiga sabab bo‘ldi.
Tarix shundan dalolat beradiki, markazlashgan yirik davlat va imperiyalarning paydo bo‘lish jarayonida g‘oya va mafkuralarning ahamiyati yanada ortadi. Meloddan oldingi IV-I va melodning boshlarida Rim tarixi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ushbu shahar-davlatda uning fuqarolari xudolar tomonidan eng oliy maqomga ega kishilar sifatida tan olingani to‘g‘risidagi g‘oya ustivor edi. Bu, o‘z navbatida barcha rimliklarning o‘zaro tengligi g‘oyasi keng shakllanishiga va shu asosdagi mafkuraning mustahkamlanishiga sabab bo‘lgan. Ana shu mafkuraga ko‘ra, Rim aholisi rohat-farog‘atda yashashi, asosan mavjud qullar esa mehnat qilishi lozim edi.
O‘rta asrlarga o‘tilishi bilan, asosan Yevropada, din va cherkovning roli misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi. Bu davrda xudoga otashin va jazavali ishonch xukmronlik qildi va bu e’tiqod inson hayotining barcha tomonlarini, tug‘ilishdan o‘lishgacha bo‘lgan har bir qadamini belgilab berdi. Ushbu davrda din mustabid, yagona hukmron mafkura shakli sifatida maydonga chiqdi.
Bu bir tomondan, o‘z diniy uyushmasi ichidagi dahriyga yoki «murtad» ga chiqarilgan shaxslarning turli bahonalar bilan ommaviy ravishda qirg‘in qilinishida, ikkinchi tomondan esa, diniy va hududiy istilolarni maqsad qilib olgan xunrezlik urushlarida o‘zining ayanchli ifodasini topdi. Yevropaning xristian dunyosi tomonidan musulmonlarga qarshi amalga oshirilgan salib yurishlarini bu urushlarga misol qilib keltirishi mumkin. Rim papasi hokimiyati na faqat salbchilarga fatvo berdi, balki XIII asrda g‘oyaviy dushmanlariga qarshi maxsus sud muassasasi - inkivizatsiya(lot. - tekshiruv, qidiruv)ni ham joriy etdi. Inkivizatsiya davrida josuslik, ayg‘oqchilik, ig‘vogarlik, g‘oyaviy sotqinlik g‘oyat avj olib, birgina Ispaniyaning oliy inkivizatori 18 yillik xizmati davrida 10220 kishini gulxanda yondirtirgan. Inkivizatsiyaning G‘arbiy Yevropa va keyinchalik Amerikaga ham yoyilganini hisobga olsak, buzg‘unchi bir g‘oyaning millionlab kishilar umriga zomin bo‘lganini ko‘ramiz.
O‘rta asrlar diniy ekstremizmi, o‘z navbatida, javob reaksiyasi tarzida - antagonizmga asoslangan turli g‘oyalar hamda ateizmning kuchayishiga ham sabab bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan alohida siyosiy kuchlar bunday g‘oyalar va xudoga murosasizlikka asoslangan ateizmdan ham o‘zlarining mafkuraviy maqsadlari yo‘lida foydalandilar.
G‘oyalar va mustabid mafkuralar tarixida bundan foydalangan sobiq kommunistik ta’limot alohida o‘rin tutadi. U tashqi jihatdan adolat idealini o‘zida mujassam etgan olijanob intilishlarni asos qilib olgandek ko‘rinsa-da, oxir - oqibatda mustabid jamiyatni shakllantirish mafkurasiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |