Har qanday milliy g‘oya quyidagi asosiy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi:
-muayyan g‘oyaga ishontirish;
-uyushtirish;
-safarbarlik;
-ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish;
-g‘oyaviy tarbiyalash;
-g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
-harakat dasturi bo‘lish.
Har qanday milliy g‘oyada, bir tomondan, odamlarning o‘zlarini o‘rab turgan voqelik, ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlar jamlansa, boshqa tomondan, shu bilimlar asosida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan, bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarayonlarga baho beriladi. Shuningdek, har ikki holatni umumlashtirish orqali mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab qolish, rivojlantirish yoki o‘zgartirishga qaratilgan maqsadlarni o‘z ichiga olgan fikrlar namoyon bo‘ladi.
[1] “Ma’rifat” gazetasi, 2001 yil, 20 yanvar’.
[2] Ислом Каримов. Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, миллатни миллат қилишга хизмат этсин. «Ўзбекистон», 7-жилд, 89-бет.
Do'stlaringiz bilan baham: |