Dunyoqarash -
Insonning tevarak atrofin qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimi
Bashorat -
Kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim
Etika -
Axloq haqidagi ta'limot
Falsafa -
Tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari to‘g‘risida bilim beradi
MIF (afsona) –
Bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |