to‘g‘ri — ikki va undan ortiq davlatlar temir yo‘llari chegarasida;
mahalliy— bitta davlat temir yo‘l stansiyalari chegarasida;
Shaxar atrofi — yirik axoli yashash punktlariga birikkan Shaxar atrof uchstkalari chegarasida.
Vazifasiga ko‘ra yo‘lovchi poezdlari quyidagilarga bo‘linadi:
- yo‘lovchi parki vagonlaridan tashkil topgan yo‘lovchilar, bagaj va pochtani tashish uchun mo‘ljallangan yo‘lovchi poezdlari;
- yo‘lovchi va yuk vagonlar parkidan tashkil topgan pochta, bagaj, yuk-bagajlarni tashishga mo‘ljallangan pochta-bagaj poezdlari. Bunday poezdlar asosan yo‘lovchi poezdlarining xarakati ko‘zda tutilmagan uchastkalarda xarakatlanadi va bu poezdlar tarkibiga aloxida yo‘lovchi tashish vagonlari yo‘lovchilarni tashish uchun ulanishi mumkin; yuk va yo‘lovchi vagonlar parkidan tashkil topgan va faoliyati kichik bo‘lgan uchastkalarda yuk va yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk-yo‘lovchi poezdlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |