Bugungi kunda axborot olishning eng oson, tez va samarli usuli bu internetdir. Internet insoniyatning aqliy faoliyati mahsuli hisoblanadi. Internet tarmog`ini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet electron pochta, chat hamda o`zaro bog`langan sahifalar va boshqa butunjahon o`rgimchalk to`ri servislaridan tashkil topgan. Quyidagi diagrammada internetning ijtimoiy tarmoqlaridan faoydalanuvchilari erkak va ayol va yoshi bo`yicha salmog`i ko`rsatilgan (1-diagramma).
1-diagramma. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar ulushi.
O‘zbekistonlik internet-foydalanuvchilar orasida «Odnoklassniki», «Facebook» hamda «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlari juda ommalashgan. Misol uchun, ikki million foydalanuvchi «Odnoklassniki»ga muntazam kirib turadi, «Facebook» auditoriyasi esa «Instagram» bilan birgalikda 1 mln. 600 mingdan oshadi.
Diagramma ma’lumotlaridan ko`rinib turibdiki, eng ko`p internet tarmoqlaridan foydalanuvchi yosh toifasi bular 25-34 yoshni tashkil etadi. Bundan ko`rinib turibdiki, eng inetrnetga mukkasidan ketganlar aynan o`rta yoshli qatlam ekanligini ko`rishimiz mumkin. Bundan tashqari 18- 24 yoshli aholi qatlamini ham internet gtarmoqlaridan foydalanish salmog’i yuqoriligini ko`rishmiz mumkin.
Bu ko`rsatkichlkarni tahlil qiladigan bo`lsak, aholini ndeyarli barcha qatlami internetdan foydalanishi bir tomondan yaxshi ko`rsatkich bo`lsa, boshqa tomondan salbiy hisoblanadi. Negaki, hozirgi kunda ko`p yoshlarni vaqti m,ana shu interga sarf bo`lmoqda. Bundan tashqari erkakalarning ulushu ayollarning ulushiga nisbatan anchayin yuqori.
Axborotlardan foydalanishda ularni tahlil qila bilish nihoyuatda muhim. Negaki, axborotlat urush qurollaridan , yadroviy qurollardanda xavfli qurol hisoblanadi. Ko`pchilik kishilar o`zlari bilmagan holda turli xil noqonuniy saytlarga kirib qoluvchilar hali ham uchrab turibdi. Bundan holatlar yuz bermasligi uchun et’tiborni ayniqsa yoshlarga bolgan etiborni yanada oshirishimiz zarur.
2-diagramma. Internetdan 5, 10 hamda 16 va undan kata yoshlilar o`rtasida foydalanish salmog`i.
2020- yilgi hisobotga ko’ra Internetdan foydalanuvchilar soni 600 mln. kishidan ortiq edi. Internet deyarli ta`lim jarayoni uchun ideal muhit vazihfasini o’taydi. Bunga Internet foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko’rsatilmoqda.(2-diagramma)
Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o’sib borib, ko’pchlik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSH da o’tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko’ra Oliy o’quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari talabalarining 100% i Internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o’rtacha 11 soatni online ga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochatasidan foydalanadilar. Internetdan yangilik, axborot va ish qidiradilar. Amerikalik 5 dan 17 yoshgacha bo’lgan bolalarning deyarli 90 % i kompyuterdan foydalanadilar , bu foydalanuvchilarning 59 % i Internetdan foydalanuvchilardir. 15 yoshli amerikaliklarning har to’rtinchisi Internetdan foydalanadilar, 10 yoshlilar guruhida bo’lsa 60 % ni, 16 va undan kattalarida bu ko’rsatkichlar 80 % ni tashkil etadi (bu ko’rsatkichlar ham vaqt o’tishi bilan ortib bormoqda).
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida ko`rishimiz mukunki, internet foydalanuvchilari soni tobara ortib bormoqda. Ulardagi axborotlardan foydalanishda judayam sergak bo`lishimiz lozim. Negaki, axborot omili globallashuv jarayonlarining rivojlanishiuada eng muhim omillardan biri bo`lar ekan, axborot xurujlari ham globallashuv jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Yakka tartibdagi axborot xuruji- har bir fuqaro, har bir inson ongiga kuchli ta’sir o`tkazilayotgan axborot xuruji hisoblanadi. Keng miqyosdagi axborot xuruji esa jamiyat taraqqiyoti va millat taqdirini hal qilisgada qodir boi`lgan axborot xurujidir. Vanihoyat global miqyosdagi axborot xuruji esa butun insoniyat hayotini kafolatlaydigan, uning taraqqiyoti yoki tznazulini belgilashga qodir bo`lgan axborot xuruji hisoblanadi. Shunday ekan, axborotlar jamiyatimizning tanazzuliga sabab bo`lishiga yo`l qo`ymasligimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |