Axborot xurujiga qarshi axborot



Download 59,5 Kb.
bet1/3
Sana06.07.2022
Hajmi59,5 Kb.
#748429
  1   2   3
Bog'liq
AXBOROT XURUJIGA QARSHI AXBOROT


AXBOROT XURUJIGA QARSHI AXBOROT
XAVFSIZLIGINI TAMINLASH ZARURIYATI

Mamlakat rahbari shu yurtdagi tinchlik, barqarorlikning kafili hisoblanadi. Yurtboshimiz I.Karimovning olamdan o`tishi respublikamiz aholisi-yoshu-qarini chuqur qayg`uga soldi, xalqimiz uchun katta, o`rnini to`ldirib bo`lmas yo`qotish bo`ldi. Bu kutilmagan holat edi. O`z navbatida bu biz uchun katta sinov bo`ldi va u davom etmoqda. Shunday vaziyatda ham g`alamislar, mamlakatimizga o`z ta`sirini o`tkazishni istayotgan kuchlar tomonidan g`arazli harakatlar nafaqat davom ettirildi, balki kuchaytirildi ham. Davlatimizga nisbatan ta`sir o`tkazishni reja qilgan kuchlarning malaylari hisoblangan ayrim axborot vositalari, “jurnalistlar”, “huquq himoyachilari”, davlatimizdan xafa bo`lgan shaxslar tomonidan parlamentimiz 8 sentyabrda qabul qilgan Prezident vazifasini yuklash haqidagi qarorga nisbatan axborot xuruji tashkil qilindi.
Axborot xurujiga berilgan turlicha ta`riflar mavjud.Rossiyalik ayrim mutaxassislarning fikricha axborot xurujibu - raqib ustidan axborot hukmronligiga erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshqacha zarar etkazish uchun davlatning harbiy kuchlari, hukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va operasiyalar majmuasidir.
Mamalakatimizga nisbatan amalga oshirilgan va oshirilayotgan axborot xurujlarining asosiy maqsadi – davlat va xalq o`rtasida ishonchsizlikni, aholida shubha, ikkilanish, parokandalik, tartibsizlikni keltirib chiqarishdir.
Shuni ta`kidlash kerakki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz davlat apparatiga nisbatan turli kuchlar tomonidan ta`sir qilish, muayyan talablarini bajartirish maqsadida axborot xurujlari tashkil qilib kelinayotganligi ma`lum. Bu ayni paytda yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik, milliy taraqqiyot yo`lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshi qaratilgan harakatlardir.
XXI asrda axborot urushinig o`ziga xos jihati urush vositalari, uslublarining ko`paygani, takomillashganida ko`rinadi. Bugungi kunda bunday urush internetda, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali ham olib borilmoqda.
Ayrim mutaxassislar tomonidan psixoterapiya metodlari yakka shaxsga qanday ta`sir etsa axborot urushining metodlari ommaviy ongga shunday ta`sir qilishini ta`kidlashadi.
Axborot urushiga yaqqol misol sifatida “Sovuq urush” davrida ikkita blok o`rtasida kechgan kurashni keltirish mumkin. O`sha davrda faol axborot va psixologik urush olib borish uchun bir qator OAVlar (“Ozodlik”, “Amerika ovozi”, “Nemis to`lqini”, BBC radiostansiyalari va h.k.) tashkil etiladi yoki bu jarayonga jalb etiladi.
Misol uchun “Ozodlik” radiosi haqida internetda vikipediyada keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra radio dastlab “Ozod Evropa/”Ozodlik” radiosi nomi bilan sosialistik davlatlarga qarshi kurash uchun AQSh Davlat departamenti va Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ko`p sonli tuzilmalardan biri bo`lgan. 1951 yilda tashkilot siyosiy maslahatchisi O. Djekson radiostansiya xodimlariga qarata “Bu (radio) psixologik urush xizmati. Bizning tashkilot biz eshittirish olib borayotgan mamlakatlarda ichki tartibsizliklarni keltirib chiqarish uchun tashkil qilingan” degan edi.
Radiostansiya dastlabki yillarda Markaziy razvedka boshqarmasi, 1972 yildan esa AQSh Kongressi tomonidan moliyalashtiriladi.1953 yilda radio o`zbek tilida, 1960 yildan qoraqalpoq tilida ham eshittirish berib kelmoqda. Yuqoridagilar radioning axborot urushi olib borish bo`yicha uzoq yillik tajribaga ega ekanligini ko`rsatadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, AQShning Smit-Mund qonuniga muvofiq “Ozodlik” radiosiga amerika fuqarolari uchun eshittirishlar olib borish taqiqlangan. Mutaxassislar buni AQSh hukumatining mamlakat fuqarolarini o`zining tashviqotlaridan asrash uchun qilingan, deb baholashadi.
Faoliyatining salbiy jihatlarini hisobga olib bir qator davlatlarda, jumladan Belorussiya, Eron, Tojikiston, Turkmaniston davlatlarida bu radiostansiyaning eshittirishlari taqiqlangan[2]. Bunga qaramasdan radio o`z dasturlari, eshittirishilarini turli yo`llar, xususan internet orqali bu mintqalarga etkazishga harakat qilmoqda.
Sovuq urush tugagan bo`lsada, ushbu OAVlar faoliyati tugatilmadi, balki ularning tashkilotchilari, ularni moliyalashtirib turgan davlatlar, xizmatlarning boshqa geosiyosiy maqsadlariga yo`naltirildi. Ular bugungi kunda ma`lum bir davlatlarga ta`sir qilish uchun bir taraflama, noxolis axborot tarqatishda, o`z usullarini takomillashtirishda davom etmoqda.
Hozirda Rossiya federasiyasi va ayrim g`arb davlatlari o`rtasida “sovuq urush” davridagidan qolishmaydigan darajada gibrid urushning tarkibiy qismi sifatida axborot urushi ketmoqda.
Tahlillar shuni ko`rsatadiki, yaqin va uzoq davlatlarda sodir etilgan davlat to`ntarishlari (“rangli inqiloblar”, “arab bahori”) bu eng avvalo manfaatdor kuchlar tomonidan g`arazli maqsadga yo`naltirilgan tarzda aholiga nisbatan amalga oshirilgan axborot ta`sirining oqibatidir.
Respublikamizning geosiyosiy, geojug`rofiy mavqei yaqin va uzoq kelajakda mamlakatimizga nisbatan axborot urushi susaytirilmaydi, aksincha faollashadi, degan xulosa chiqarishga olib kelmoqda.
Mamlakatimizmuhimsiyosiytadbir- Prezidentlikka saylov arafasidaturibdi. Bu jarayonda ayrim kuchlar tomonidan axborot xuruji kuchaytiriladi, chunki saylov jarayoni vaziyatni beqarorlashtirish uchun, aholini turli guruhlarga bo`lib tashlab, o`ziga xos “boshqariladigan tartibsizlik” tashkil qilish uchun qulay fursat hisoblanadi. Bashoratchilikka da`vo qilish emas bu, biroq shuni aytish mumkinki, saylov natijalari bo`yicha turli shubha, mish-mishlarni tarqatish, saylov jarayonining qonuniy, demokratik tarzda o`tganligini shubha ostiga olish ko`payadi. Basharti shunday bo`lsa bu haqiqiy xalq tanlovi amalga oshganidan, axborot xuruji tashkilotchilari xohlagan narsa ro`y bermaganidan dalolat beradi. Yaqin tarixda buni ko`p guvohi bo`lganmiz.
Axborot xurujlari ta`siriga eng ko`p beriladigan aholi qatlami bu yoshlardir. Afsuski, axborot-kommunikasiya texnologiyalarining jadal sur`atlar bilan rivojlanishi axborot tahdidlarining ham kuchayishiga olib kelmoqda. Internet vositasida ishlaydigan dasturlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali juda katta oqimda ma`lumotlar almashishi ro`y bermoqda. Ular asosan qiziqarli voqealar, gap-so`zlar, shou-biznes, sport xabarlari, yangiliklardan iborat. Biroq hech kim tashqi kuchlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlardan o`z maqsadi yo`lida foydalanmaydi, deb kafolat bera olmaydi. Misol uchun, Telegram messendjerida ba`zi bir guruhlarning ishtirokchilari soni 50 000 dan oshadi. Shunday guruhlar borki, unda asosan fahsh fotorasmlar, video lavhalar joylashtirilmoqda. Bu ma`naviyati, madaniyatida qusr bo`lgan shaxslarni o`ziga jalb qilish uchundir. Aynan shunday toifa kishilar o`zlariga javob berisha olmaydi. Keyinchalik bunday kanallarda siyosiy mavzuga taalluqli ma`lumotlar tarqatilishi va guruh a`zolarining fikrini o`zgartirishga, ma`lum bir yo`nalishga solishga harakat qilinishi mumkin.
Respublikamizning birinchi prezidenti muhtaram Islom Karimov “...bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega” ekanligini ta`kidlagan edi. Mafkura poligonlarida kuchlar nisbati esa axborot, axborot xuruji vositasida hal etilmoqda.
Mamlakatimizga nisbatan qilinayotgan axborot xurujlariga qarshi kurashda ba`zan “It huradi, karvon o`tadi” qabilida ishlash o`rinlidek ko`rinadi. Biroq, fikrimcha axborot xurujlari kimlar, qaysi tuzilmalar tomonidan, nima maqsadda tashkil qilinayotganligi ma`lum bo`lganda, ularga qarshi kurashda eng yaxshi himoya hujum ekanligidan kelib chiqishimiz kerak.
Axborot xurujlariga qarshi kurashda kurashning tizimli bo`lishligi, uning zarur huquqiy bazasi shakllantirilganligi o`ta muhim. Shu bois axborot xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan alohida qonun hujjati qabul qilish masalasi ko`rib chiqilishi kerak.
Shu bilan birga, bunday xurujlarga qarshi kurashda quyidagilar muhim:
1. Axborot makonini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, o`zgarishlar, aholining qiziqishi yuqori bo`lgan masalalar haqidagi ob`ektiv va pozitiv axborot bilan doimiy ravishda to`ldirib borish.
2. Fuqarolarimizda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan kompleks choralar ko`rilishi kerak. Xususan yoshlarimizni tafakkur qilishga, har qanday axborotni tahlil qilib so`ng xulosa chiqarishga o`rgatishimiz zarur.
3. Mamlakatimiz, davlat apparati, rahbarlar haqida noto`g`ri ma`lumotlar, tuhmat, uydirmalar, buzilgan axborot tarqatuvchi har qanday axborot vositalari faoliyatiga qonun doirasida chek qo`yish.
4. Aholiga chet ellarda turib mamlakatimiz to`g`risida noto`g`ri, bir taraflama axborot tarqatuvchi axborot vositalari, shaxslarning asl qiyofasini ochib beruvchi axborotni etkazish.
5. Milliy g`oya, mafkura, ma`naviyat tushunchalari, shu jumladan fuqarolarimizning vatanparvarligi axborot xurujlariga qarshi muhim omillardir. Bu yo`nalishda amalga oshirayotgan ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish
6. “Beshinchi kolonna”ni aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralarni ko`rish tizimli tarzda davom ettirilishi kerak. Chunki aynan “beshinchi kolonna” tashqi kuchlarning buzg`unchi g`oya, axborotlarini tarqatishda vositachi vazifasini bajaradi.
Bir so`z bilan aytganda, biz axborot xurujlariga qarshi yangicha fikrlashimiz, ishlashimiz darkor. Bunda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash,o`z xalqining xotirjam va farovon hayoti uchun yonib yashagan muhtaram I.Karimovning quyidagi so`zlarini yodda tutishimiz kerak: “Hammamizga ayon bo`lishi kerakki, “axborot asri” deb nom olgan XXI asrda hech qaysi davlat yoki jamiyat o`zini temir devor bilan o`rab yashay olmaydi. Ayni paytda, ahvol shunday ekan, deb qo`l qovushtirib o`tirish ham to`g`ri kelmaydi, bunday tahdidlarga javoban, biz ham, sodda bo`lmasdan, zarur chora-tadbirlarni ko`rishimiz kerak”.


Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish