1.2 YO‘LOVCHILAR TASHISHNI TASHKIL ETISHNING CHET EL TAJRIBALARI
Evropa davlatlarida temir yo‘l transportiga bo‘lgan talab tinimsiz ortib bormoqda va Transport White Paper ning 2011 yilgi siyosatiga ko‘ra u yana xam o‘sishi kutilmoqda. White Paper komisiyasining baxolashiga mos ravishda yo‘lovchi xamda yuk tashishga bo‘lgan talablar 2050 yilga kelib ikki barobarga ortadi. Bir nechta analitiklarning ta’kidlashlaricha , agar temir yo‘l transporti uzoq masofalarga katta miqdordagi yuklarni tashib berish uchun qabul qilib olishni to‘xtatmasa temir yo‘l transporitga bo‘lgan talab oshib boraveradi. Maxalliy aloqalardagi yo‘lovchilarni tashishga bo‘lgan talabning ortib borishiga esa iqtisodiy o‘sish orqali erishiladi va uning natijasida Evropa ichki bozorining globallashuvi va integratsiyasi davom etaveradi
Yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan talab shaxar ichkarisidagi, katta shaxarlar orasidagi va uning tashqarisidagi yo‘lovchilar oqimining o‘sishi bilan ifodalanadi. Integrallashtirilgan jamoat transporti shu jumladan, temir yo‘l transporti, metro, tramvay va avtobuslar (xattoki shaxsiy transport xisoblangan velosiped yoki elektromobilllar)shaxar xamda mintaqaviy bozorlarda nafaqat jamoat maqsadlari uchun foydalaniladi, balki ulardan dam olish va xordiq chiqarish sifatida xam foydalaniladi va bu o‘z navbatida transport bozorida yo‘lovchilar tashish ulushini oshishiga olib keladi.Bu nomutanosiblik urbonizatsiya tufayli vujudga kelishi mumkin.
Uzoq masofalarga temir yo‘l transportida tashib berishlarga bo‘lgan talab ko‘pgina davlatlarda ortib bormoqda va bu o‘sish 2030 yilgacha evropa yuqori tezlik temir yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish xisobiga ortib borishi kutilmoqda. Ushbu tarmoqdagi tijoriy tezlik o‘rtacha soatiga 300 kilometr va undan ortiq bo‘lishi xamda 1000 kilometrdan ortiq masofaga xarakatlanishi kutilmoqda. Ushbu safa chog‘ida mijozlar eshikdan-eshikgacha bo‘lgan yo‘l davomida o‘z vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari xam rejalashtirilgan. Bulardan tashqari yuqori darajadagi pochta-bagaj xizmatlari ko‘ratilishi xam yo‘lga qo‘yilgan. Analitiklar ushbu infratuzilmalar davlat byudjetlariga bo‘lgan bosimlarni kamaytirgan xolda xususiy invistitsiyalardan yaxshigina mablag‘larni olib kelishini bashorat qilmoqdalar.
Demografik inqilob va axoli turmush va xayot tarzi darajasining o‘zgarishi tashishlarga bo‘lgan talablarni oshiradi. 2050 yilga kelib sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat investitsiyalarning ortishi bilan keksa yoshdagi insonlarning soni (ayniqsa 80 yoshdan oshganlar) sezilarli darajada ortadi. Keksa yoshdagi insonlar poezdlar xizmaidan nafaqat shaxar ichidagi xarakatlarida balki uzoq masofalarga sayyoxat qilish vaqtlarida xam ko‘proq foydalanadilar.
O‘z avtomobiliga ega bo‘lmagan kichik yosh guruxiga kiruvchilarning xayot tarzi multimodal sayoxat modellarining yutuqlari bo‘ladi, ya’ni shaxarlarda piyoda yoki velosipedlardagi sayrlarning ortishi xisobiga.
xarakat tarkiblari va Jamoat transporti va temir yo‘l kompaniyalari kutilayotganidek uzoq va maxalliy masofalarga sayoxatlarning eshikdan eshikkacha etkazishning boshidan oxirigacha qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadilar.
Texnologik nuqtai nazardan, innovatsiya soxasida infratuzilmalar uchun samarali tizimlarning energiya va resurslarini ko‘plab ishlab chiqarish kutilmoqda. 2050 yilga kelib Evropada chiptalarni sotish va yo‘lovchilarga ma’lumotlar berish bo‘yicha va shu bilan birga nosozliklar yuzaga kelganda ularni xal etish bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatish o‘ta yuqori sifat darajasiga ko‘tarilish kutilmoqda.Xavsizlik sifati va tizimi xamda boshqaruvning muxofazasi butun Evropa bo‘yicha Evropa temir yo‘l tarmog‘iga mos ravishda ko‘zda tuilgan.
Temir yo‘llar sektoridagi asosiy innovatsion tendensiyalar, texnologiyalarning integratsiyasiga asoslangan, masalan raqamli komponentlarga mos keluvchi analogli komponentlar. Temir yo‘llar xodimlari o‘z faoliyatlarini faqat raqamli aloqa turi bo‘yicha amalga oshiradilar. Mahalliy poezdlar maxalliy xamda uzoq masofaga qatnovchi poezdlar bilan ayniqsa shaxarlarda birlashtiriladi, ya’ni tramvay-poezd yoki metro-poezd tushunchasi bo‘yicha.Uzoq masofalarga qatnovchi tezyurar poezdlar dimiy tarzda dam olish kunlari yoki xaftasiga bir necha kun yo‘lga qo‘yiladi.
Natijada transport xizmatlaridan foydalanuvchi xisoblangan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatining oshishi va shu bilan birga mijozlar uchun keng doiradagi tanlash imkoniyatlari yaratiladi va bu bilan 2035 yilga kelib 40 milliard evro miqdoridagi mablag‘larni iqtisod qilinishi kutilmoqda.
Avvalom bor birinchi navbatda ma’muriy xarajatlarni qisqartirish ko‘zda tutilgan, ya’ni temir yo‘l transporti xizmatidagi bozorlarga yangi operatorlarni kiritilishini qisqartirish. Evropa temir yo‘l agentligi tomonidan beriladigan operatorlar uchun umum evropa sertifikatlari va shu bilan birga lokomotiv va xarakat tarkiblaridan foydalanishga imkon beruvchi umumevropa ruxsatnomalari milliy tizimlarini almashtirish nazarda tutilgan.
Mutaxxassislarning fikricha mazkur tadbir operatorlarning temir yo‘l bozoriga chiqish vaqtini 20 % qisqarishiga imkon beribgina qolmay, xarakat tarkiblaridan foydalanishga bo‘lgan ruxsatnomalarning narxini 20% pasayishiga imkon yaratadi. Xisoblar natijalari bo‘yicha ushbu iqtisoddan kutilayotgan samara kompaniyalar tomonidan 2025 yilga kelib 500 million evroni tashkil etadi. 1
Do'stlaringiz bilan baham: |