1.3 YO‘LOVCHILAR TASHISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish, umumiy tashishlar jarayoning asosiy tarkibiy qismi xisoblanadi va umumiy tashishlar xajmining 40-60 foyizni tashkil etadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashishning axamiyatli jixatlaridan biri – uning ijtimoiy xarakteri bo‘lib, temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish axolining qiziqishlariga ta’sir ko‘rsatadi.
YUqorida keltirilganiga ko‘ra yo‘lovchilar majmuasini tashkil etish va boshqarishning asosiy vazifasi bu – axolini manzillarga etkazishda kam xarajatlar bilan servis xizmatlar ko‘rsatish orqali va minimal turib qolishlar orqali axolining tashishlarga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘lib, bu esa zamonaviy sharoitlarda unchalik katta foyda keltirmaydi.
Temir yo‘lllarda yo‘lovchi tashishning asosiy maqsadlaridan biri bu, mamlakat axolisini yo‘lovchi tashishga bo‘lgan talabini maksimal darajada qondirishdir. Bunda mexnat ishlab chiqarilishining oshishi va tashish tannarxini tushirish orqali, yo‘lovchilarga servis xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va shu bilan birga temir yo‘llarga keladigan foyda xajmini oshirish evaziga erishish ta’minlanadi. Bu esa o‘z navbatida katta miqdordagi yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti xizmatidan foydalanishlarini ta’minlaydi.
Evropa ittifoqi davlatlari a’zolari tomonidan mazkur transport turi bo‘yicha yo‘lovchilar tashishning ichki bozorini ochish taklifi 2019 yilning dekabridan boshlab kuchga kirishini ko‘zda tutadi, va shu bilan birga o‘zining maqsadi qilib temir yo‘l transporti va uning innovatsion rivojlanishining samaradorligini oshirish deb belgilagan. Temir yo‘l transporti tomonidan amalga oshirilayotgan yo‘lovchilar tashishning ichki bozori SHvetsiya va Buyukbritaniyada to‘liq tadbiq etilgan bo‘lsa, Germaniya, Avstriya,Italiya, CHexiya va Niderlandiyada qisman tadbiq etilgan.
Evropa komissiyasining tavsiyasiga ko‘ra temir yo‘l transportini dinamik jixatdan rivojlantirish uchun temir yo‘l transporti infratuzilmalari mustaqil operatorlarini birlashtiruvchievropa tarmog‘ini tashkil etish lozim. Bunda temir yo‘l infratuzilmasi va xar qanday transport operatorlarining mustaqilligining ta’minlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
Temir yo‘l transporti rivojini taxlil etishda, shimoliy amerika, evropa va aralash temir yo‘l bozorini tashkil etish modelini ta’kidlab o‘tish lozim. SHimoliy amerika modeli faoliyatining asosiy prinsipi bu – infratuzilmaning yo‘llari va ob’ektlari, yuk vagonlar parki va lokomotivlari, yuk stansiyalari tarmog‘i va depolar, ya’ni barcha asosiy aktivlari tegishli bo‘lgan xususiy integrallashtirilgan kompaniyalarni birlashtirishdir.
Temir yo‘llarda tashishning amerika modeliga mos ravishda raqobat jangi kamida ikkita mustaqil eng sifatli alternativ xizmatlar ko‘rsata oladigan infratuzilmalar o‘rtasida amalga oshiriladi.
Mazkur maqolaning mavzusiga mos ravishda xamda rossiya temir yo‘llarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular bo‘yicha e’tiborni tortuvchi jixat bu temir yo‘l bozorini tashkil etishning evropa modeli xisoblanadi. Mazkur modelning eng kerakli g‘oyasi sifatida infratuzilma va xarakatni boshqarish ob’ektlariga nisbatan davlatning monopoliyaviy yondoshuvidir. Bunda davlat monopoliyasi temir yo‘l davlat xolding kompaniyalari orqali namoyon bo‘ladi.
Evro Ittifoq davlatlaridagi temir yo‘llardagi yuklarni tashish bozori, tartibga solingan shartlarga rioya qiluvchi, infratuzilmaga kirish imkoniyati bo‘lgan kompaniya-operatorlar o‘rtasidagi raqobatlar asosida faoliyat yuritadi. Evropa Ittifoqidagi davlatlardagi temir yo‘llarda yo‘lovchilarni tashish bozori esa infratuzilmaning aniq bir uchastkalari bo‘yicha amalga oshirish xuquqi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.
Evropada temir yo‘l transporti bozorini reformalashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash doirasida faol muxokama qilingan masalalardan yana biri, bu lokomotivlar xizmati bo‘yicha raqobatlarni kuchaytirishni rivojlantirishdir. Ko‘pgina Evropa davlatlari lokomotiv xizmatlarini tashuvchining faoliyatidan ajratib qo‘yishni, ya’ni tashuvchi mustaqil ravishda lokomotivlardan foydalanishni amalga oshirishi mumkin.
Umuman olganda Evro Ittifokda temir yщl transportini isloxotlashning asrsiy omillari sifatida kuyidagilar belgilangan: tarmokning faoliyatini nazorat kilishni davlat tomonidan amalga oshirilishi, faoliyatning ba’zi turlari buyicha bokaruvni nomarkazlashtirilishi – infratuzilma va tashishlarni ajratib kuyish; maxalliy xamda mintakaviy yulovchilar tashishlardan yuzaga keluvchi zararlarni tashib beruvchi kompaniyalar orkali byudjet mablaglarni mintakaviy darajaga chikarish orkali kompensatsiya kilish; milliy bozorlarni ochilishi munosabati bilan universal texnik standartlarni joriy etish.
Evropa mamlakatlarida davlat tomonidan temir yul tarmogini rivojlantirishni kullab kuvvatlash vositasi davlat xamda temir yul kompaniyalari orasidagi kelishuvlar xisoblanadi. Mazkur tizim konunchilik tomonidan mustaxkamlab kuyilgan bulishi lozim. Germaniya temir yullarida davlat tomonidan kunlik subsidiyaning mikdori kamida 2 evrotsent/t-kmni tashkil etsa, Buyukbritaniyada ushbu kursatkich kupi bilan 22 evrotsent/t-kmni tashkil etadi.
Temir yullarda tashishlarning evropv modeli bozorini tashkil etilishiga mos ravishda narxlarni belgilash infratuzilmaning xizmatlar uchun tartibga solingan tariflari asosida amalga oshiriladi (lokomotivlar xizmatidan foydalanish va vagonlarni takdim etish).
Infratuzilmaga kirish bщyicha tariflar bir kator xolatlardan kelib chikib belgilanishi lozim. CHunki bizga ma’lumki, temir yul infratuzilmasi yuыori xarajatli va kapital kuyilmalarni talab etuvchi tuzilma xisoblanadi va shu bilan birga temir yщllarda tashish eng xavfsiz bщgin xisoblanadi.
Evropa Ittifokiga a’zo bulgan davlatlarning temir yul transportini rivojlantirishning eng yaxshi kursatkichlaridan biri bu uta tezyurar poezdlar xarakati xisoblanadi. Garbiy Evropaning kupgina mamlakatlarida tezyurar temir yul liniyachlari favoliyat yuritadi. Mutaxassislarning fikricha tezyurar poezdlar xarakatini rivojlantirish yangi, maxsuslashtirilgan tezyurar temir yul magistrallarini barpo etishni talab etadi. Italiya xamda Germaniya davldatlarida bunday liniyalarni kurish bilan bir katorda, amalda bulgan liniyalarni xam modernizatsiya kilish amalga oshirilmokda.2
Buning uchun tashish vositalaridan samarali foydalanish, yo‘lovchilarning va temir yo‘l transporti ishchi xodimlarining shaxsiy xavfsizligini xamda poezdlar xarakat xavfsizligini ta’minlanishi xisobiga erish lozim bo‘ladi. Ushbu masalalarning temir yo‘l transportida xal etilishining asosiy yo‘nalishlariga uyidagilar kiradi:
xarakat tezliklarini oshirish; texnik zaruratlar tufayli poezdlarning turish vaqtlarini qisqartirish (bagaj xamda pochtalarni ortish va tushirish, yo‘lovchilarni poezdlarga chiqarish va tushirish; poezddan poezdga qayta o‘tirish amallari sonini kamaytirish (yo‘lovchilar tushadigan yoki qayta o‘tirishlari lozim bo‘lgan punktlardagi poezdlar xarakat grafigi bilan boshqa transport turlarining xarakat jadvallarini kelishtirib olish) va nixoyat yo‘lovchilarni yo‘lda yurishga ketadigan vaqtlarini kamaytirish;
vokzallarda xamda yo‘lda poezdlarda yo‘lovchilarga servis xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash (poezdlarda yurish xujjatlarini rasmiylashtirish, ma’lumotlar olish, ko‘rpa yostiqlar olish, gazeta, choy va ovqat va boshqalarni olishga ketadigan vaqt me’yorlarini minimallashtirish);
xarakat tarkiblaridan (yo‘lovchi poezdlari lokomotiv va vagonlaridan) ,stansiya xamda vokzal qurilmalaridan samarali foydalanish. Bunga esa o‘z navbatida yo‘lovchi poezdlari lokomotivlarining asosiy va aylanish depo stansiyalaridagi aylanish grafiklarini samarali tuzish xamda stansiya xamda vokzallari ishining samarali texnologik jarayonlarini ishlab chiqish xisobiga erishish mumkin bo‘ladi;
Yo‘lovchi va yuk tashish xarakatlarini to‘g‘ri taqsimlash (poezdlar xarakat grafigida yo‘lovchi poezdlarni joylashtirilishi yuk poezdlarining bir tekisda joylashtirilishiga ayniqsa yuk poezdlar xarakati yo‘lovchi poezdlar xarakatidan yuqori bo‘lgan uchastkalarda salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi ta’minlanishi lozim; yuk va yo‘lovchi poezdlar xarakat tezliklari bir xil bo‘lgan uchastkalar uchun parallel liniyalarni ixtisoslashtirish;
yo‘lovchilar tashish xarakatlarini maxsus yuqori tezlik magistrallarida tashkil etish;
barcha turdagi transport vositalari ishini bir biri bilan kelishilgan xolda tashkil etish uchun koordinatsiya qilish, aralash tashishlarni (temir yo‘l, daryo, dengiz, avtomobil va xavo transportlari) tashkil etish;
tashishlarni kam xarajatligini ta’minlash, ularning tannarxini kamaytirish va yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq ishdagi temir yo‘l xodimlarining mexnat unumdorligini oshirish;
yo‘lovchilar tashish jarayonidagi barcha bo‘g‘inlarning texnik vositalari va ish texnodlogiyalarini doimiy tarzda takomillashtirib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |