1-MA’RUZA.
TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI TASHKIL ETISHNING ASOSLARI
REJA
1.1 Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashishni tashkil etish masalalarining asoslari.
1.2 Yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning chet el tajribalari.
1.3 Yo‘lovchilar tashishga qo‘yiladigan talablar.
1.4 Yo‘lovchilar tashishdagi texnik vositalar.
Tayanch iboralar
Yo‘lovchi transporti, yo‘lovchilarni tashish, yo‘lovchilar tashish bozori, temir yo‘llarda yo‘lovchilarni tashishni tashkil etishning Evropa modeli.
1.1. TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY MASALALARI
Yo‘lovchi transporti jamiyatda xayotiy ta’minot uchun muxim o‘ringa ega bo‘lganligi uchun katta ijtimoiy-iqtisodiy axamiyatga ega xisoblanadi. Ko‘plab transport turlari yo‘lovchilar tashish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda ishtirok etadilar, ya’ni: temir yo‘l, avtomobil, xavo, dengiz, daryo, va boshqalar. Ularning xar birining xizmat ko‘rsatish rasiusining optimal masofalari bir necha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu tashishlarning asosiy maqsadlaridan biri texnik vositalardan samarali xamda kam xarajatlar bilan foydalangan xolda axolining tashishlarga bo‘lgan talabini maksimal tarzda qondirish xisoblanadi.
Yo‘lovchilar o‘zlarining shaxsiy fikrlariga suyangan xolda u yoki bu turdagi transport vositalarining imkoniyatlariga turlicha baxo beradilar, ya’ni xavfsizliligi, aniqliligi, doimiyligi, yurish xarajatlari narxlari, yurish sharoitlari (qulaylik, komfort), belgilangan manzilga etib borish tezligi va boshqa xususiyatlar. Transport xizmatlari bozoridagi raqobat, tashuvchilarga yuqoridagilarni xisobga olgan xolda o‘z transport vositalarining imkoniyatlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishlari lozimligini talab etadi.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda temir yo‘l transporti asosiy transport turi yoki yo‘lovchilar tashish bo‘yicha asosiy etakchi transport turlaridan biri xisoblanadi. Uning axamiyatliligi yoki ustunligi quyidagi omillar orqali aniqlanadi:
harakatning xavfsizliligi xamda ishonchliligi (qalin qor yog‘ishi, bo‘ron turishi, tuman tushishi va boshqa tabbiy yomon tabbiy sharoitlarga qaramay poezdlar qat’iy belgilangan grafik bo‘yicha xarakatlanishi);
nisbatan katta miqdordagi tashuvchanlik qobiliyati (ikki yo‘lli temir yo‘l liniyalaridan katta xududni egallamagan xolda sutkasiga 300mingdan 500 mingacha yo‘lovchi tashish imkoniyatiga egadir);
temir yo‘llarda yo‘lovchilarni tashishdagi nisbatan past bo‘lgan tannarx;
700 kilometrgacha bo‘lgan masofalarga yo‘lovchilarni etkazib borishdagi eng tez etkazib berish muddatlari, (xozirgi vaqtdagi poezdlarning real xarakat tezliklari soatiga 120-160 km/soatdan oshib ketdi);
atrof muxit uchun zarar darajasi juda past xisoblanadi (bunda atrof muxit uchun axlatlar chiqarib tashlanmay maxsus qutilarga qayta ishlov uchun to‘planib boriladi);
tashishlarni to‘liq avtomatlashtirish uchun eng yaxshi sharoitlar (poezdlar xarakatini tartibga solish bitta o‘lchamda amalga oshiriladi, boshqa er usti transport vositalari ikkita o‘lchamda, xavor transportida esa xarakatni boshqarish uchun uch o‘lchamdan foydalanish lozim bo‘ladi).
tortuv turida xar qanday quvvat turini qo‘llash imkoniyati mavjud, chunki poezdlarni tortuv turi avtonom;
komfort xamda servis xizmat ko‘rsatish diapazoni keng (majlislar uchun maxsus salonlar, videobarlar, telefon aloqasining doimiy mavjudligi va boshqalar).
YUqorida keltirilgan temir yo‘llarning ustunlik jixatlari va shu bilan birga ularda amalga oshiriladigan tashishlar xajmining ko‘pligi va doimiyligi barcha transport turlarining xamjixatligini koordinatsiya qilishda tashish jarayonlarini barcha tashkil etuvchilarining optimallashtirish uchun baza xisoblanadi. Ushbu maqsadda poezdlar, avtobuslar, samalyotlar va boshqalarni xarakat jadvallarini kelishtirib olish ta’minlanmog‘i lozim. Temir yo‘l vokzallari yaqinida doimiy va sutka davomida ishlab turuvchi avtovokzallar, mexmonxonalar, savdo korxonalari, aloqa uzellari, restoranlar, banklar, biznes markazlar ishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular yo‘lovchilar uchun ortiqcha vaqt sarfini kamaytirishgaxamda poezddan boshqa transport turlariga o‘tishlarida qulayliklar yaratib beradi.
Temir yo‘l yo‘lovchi tashish transportining rivojlanishi xalqning turmush tarzini ko‘rsatib berish bilan bir qatorda ushbu x’alqdagi fan va texnika yutuqlarini xam ko‘rsatib turadi. Xozirgi vaqtda g‘arbiy Evropa mamlakatlari temir yo‘llari kiruvchi yagona evropa yuqori tezlikdagi temir yo‘l tarmog‘i rivojlanib bormoqda.
Amerika qo‘shma shtatlari, Avstraliya, Janubiy Koreya va boshqa bir qator davlatlar temir yo‘l magistrallarida yuqori tezlik magistrallarini rivojlantirish bo‘yicha loyixalar ishlab chiqilmoqda. O‘zbekistontTemir yo‘llari Aksionerlik jamiyatidagi Toshkent-Samarqand, Toshkent – Qarshi temir yo‘l liniyalarida xam yuqori tezlik magistrallari tashkil etildi. Xozirgi davrda Toshkent- Buxoro magistrali bo‘yicha xam yuqori tezlik liniyasini ishga tushirish jarayonlari boshlab yuborilgan. Bu esa o‘z navbatida Respublikamizning barcha qadamjolari va e’tiborli maskanlarini birlashtirishda va xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlardan biri xisoblanadi.
Temir yo‘l mutaxassislari va transport bo‘yicha eksportlarning ta’kidlashlaricha, kelajakda yuqori tezlikka mo‘ljallangan temir yo‘llar yo‘lovchilar tashish tizimining asosini tashkil etadi. SHu bilan birga, kelajakda temir yo‘llardan jaxon xo‘jalik tizimini transport ta’minoti sifatida qo‘llanilishiga erishiladi. YA’ni Evropa, SHimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo, Afrika va Avstraliyadan o‘tib boruvchi transkontinental va mejkontinental temir yo‘l liniyalari bazasidagi yagona planetar temir yo‘l tizimini barpo etish nazarda tutilgan.
Xozirgi davrda temir yo‘l transporti barcha transport turlari bilan bajariladigan yo‘lovchilar aylanmasining 40% bajarib kelmoqda. 2015 yilda temir yo‘l transportining yo‘lovchi aylanmasi 157,6 milliard yo‘lovchi kilometrni tashkil etgan bo‘lib, undan 1303,5 millionta odam tashilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |