Referat mavzu: Maxsus o’zi yurar harakat tarkibi va yordamchi lokomotivlarning harakati; Bajardi: tvls variant №-16



Download 21,56 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi21,56 Kb.
#648064
TuriReferat
Bog'liq
Nishonov M REFERAT


OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Temir yo'ldan texnik foydalanish qoidalari fanidan

REFERAT
Mavzu: Maxsus o’zi yurar harakat tarkibi va yordamchi lokomotivlarning harakati;


Bajardi: TVLS-2. Variant №-16
M.Nishonov
Tekshirdi: I.S. Kamalov

Toshkent-2022y
MAXSUS O’ZI YURAR HARAKAT TARKIBI VA YORDAMCHI LOKOMOTIVLARNING HARAKATI

1. Yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk, harbiy va odam tashish poezdlari yong’inni o’chirish vositalari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish vositalari bilan ta’minlanadi.


Yo’lovchi poezdlarning tarkiblari poezd mashinisti bilan aloqa qilish uchun UQT-diapazondagi radiostansiyalar bilan jihozlanadi.
Poezdlarni sanab o’tilgan vositalar bilan ta’minlash me’yorlari «O’TY» AO tomonidan tasdiqlanadi.
2. Lokomotivlar «O’TY» AO tasdiqlagan me’yorlar bo’yicha radiostansiya, yong’inni o’chirish va harakat tarkibini yo’lga ko’tarish vositalari, zarur signal asboblari, uskunalari va boshqa anjomlar bilan ta’minlanishi lozim.
Maxsus o’zi yurar harakat tarkibi «O’TY» AO belgilagan ro’yxat va me’yorlar bo’yicha uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishi kerak.
Bundan tashqari, tarkibni peregonda mahkamlash zaruratini ko’zda tutib, lokomotvlar va motorvagon poezdlar to’rtta tormozlash boshmog’i bilan ta’minlanishi lozim.
Avtotormozlar ishdan chiqqan hollarda yuk va yo’lovchi yuk poezdi tarkibini nishab qiyaligi 0,012 dan ortiq uchastkalarda mahkamlash tartibi «O’TY» AO raisi tomonidan belgilanadi.
3. Poezdga lokomotiv brigadasi tomonidan xizmat ko’rsatiladi.
Bundan tashqari, yo’lovchi poezdlarga vagon yo’l kuzatuvchilari hamda «O’TY» AO ko’rsatmalariga muvofiq boshqa xodimlar tomonidan xizmat ko’rsatiladi.
Oraliq stansiyalarda manyovr ishlari olib borayotgan poezdlarga, bu ishga rahbarlik qilish uchun, «O’TY» AO mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining ko’rsatmasi bo’yicha bosh konduktor (poezd tuzuvchi) yoki konduktorlar (tuzuvchilar) brigadasi tayinlanishi mumkin. Peregonda xo’jalik poezdlarning harakatiga ishlar rahbari yoki uning vakolatiga ega shaxs rahbarlik qiladi. Bu xodimlarning vazifalari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada belgilanadi.
Aylantirish punktlarida lokomotiv brigadalari va konduktorlarning dam olishi uchun maxsus xonalar bo’lishi lozim.
4. Harakatdagi elektrovozlar va teplovozlar poezdning bosh tomoniga ulanadi va old kabinadagi mashinist tomonidan boshqariladi. Bitta boshqaruv kabinasiga ega teplovozlar va parovozlar old tomonga harakatlanish uchun poezdning bosh tomoniga ulanadi.
Harakatlanish uchastkasi bo’ylab ikkita yoki uchta harakatdagi lokomotiv bilan yuradigan poezdlarning bosh tomoniga quvvatliroq kompressorlar (bug’-havo nasoslari) ga ega lokomotiv ulanadi. Og’irligi va uzunligi oshirilgan poezdlarga harakatdagi lokomotivlarni qo’yish, shuningdek, poezdlarga uchastkaning bir qismida yuradigan harakatdagi lokomotivlarni ulash tartibi va ularning harakat xavfsizligini ta’minlaydigan shartlar «O’TY» AO raisi tomonidan belgilanadi.
Ikki va undan ortiq boshqaruv kabinasiga ega yoki ko’p birliklar tizimida ishlaydigan lokomotivlarning manyovr harakatlanishi uchun, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, «O’TY» AO raisi harakat va odamlar xavfsizligini ta’minlovchi lokomotivni boshqarish tartibini belgilaydi.
Poezdlar ishida band lokomotivlardan harakatlanish uchastkalari hududida foydalanish kerak. Favqulodda hollarda lokomotivlarni biriktirilmagan uchastkalarga o’tkazish «O’TY» AO tomonidan ruxsat etiladi.
5. Bir boshqaruv kabinisiga ega lokomotivlarning orqaga harakatlanishiga faqat quyidagi hollarda yo’l qo’yiladi:
shahap atrofiga qatnovchi, xo’jalik, tiklash, o’t o’chirish, topshiriladigan va chiqarish poezdlarida;
shahobcha va tutashtirish yo’llarida harakatlanganda;
manyovrlarni amalga oshirganda;
ikki lokomotiv qo’shib ishlatilsa, ikkinchi lokomotiv harakatlanganda;
lokomotivlarni burish qurilmalari bo’lmagan stansiyalardan poezdlar jo’natilganda;
surishdan so’ng poezd bilan jo’natish stansiyasiga qaytishda;
poezdlarni bir punktdan ikki yo’nalishga surishda, shuningdek, poezdlarni stansiya hududida surishda;
yordamchi lokomotiv bilan poezdni peregondan chiqarishda;
vagonlarsiz harakatlanganda.
6. Ishlamayotgan holda lokomotivlar jo’natilayotganda poezdlarga qo’yish uchun tayyor bo’lishi va ularning tarkibiga «O’TY» AO yo’riqnomasiga muvofiq, kompaniya hududidan tashqarida esa, harakatlanadigan temir yo’llarning ma’muriyatlari bilan kelishuv bo’yicha kiritilishi lozim.
Etakchi lokomotiv ortidan ulanadigan ishlamayotgan lokomotivlarning miqdori ikki va undan ortiq temir yo’llar bo’ylab harakatlanganda temir yo’llar ma’muriyatlari, kompaniya hududida esa - «O’TY» AO raisi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
7. Poezdlar stansiyaga texnikaviy – boshqaruv akti bilan bu maqsadlar uchun mo’ljallangan bo’sh yo’llarga, faqat ochiq kirish signalida, yo’lovchi poezdlar esa, bundan tashqari, yo’l avtomatik lokomotiv signalizasiyasi bilan jihozlangan yo’llarga qabul qilinishi lozim. Bunday qurilmalar bilan jihozlanmagan yo’llarga yo’lovchi poezdlarini, harakat xavfsizligini ta’minlab, qabul qilish tartibi «O’TY» AO raisi tomonidan belgilanadi.
Yo’lning uzunligi ikki motorvagon poezdini joylashtirish uchun etarli bo’lgan alohida stansiyalarda, marshrut svetofori bilan yo’lni ushbu poezdlar qabul qilinishi mumkin bo’lgan ikki uchastkaga ajratishga ruxsat etiladi.
Motorvagon poezdi qabul qilish yo’lini ajratadigan marshrut svetoforidan keyingi yo’l uchastkasini band etganda, ikkinchi motorvagon poezdi yo’lning ushbu svetoforgacha bo’sh uchastkasiga, kirish (marshrut) svetoforining maxsus signali bo’yicha qabul qilinadi. Kirish (marshrut) svetoforlarining ko’rsatmalari qabul qilish yo’lining ikkiga bo’ladigan marshrut svetoforining ko’rsatmalariga bog’liq bo’lishi lozim.
Bunday yo’lga bir paytning o’zida qarama-qarshi tomonlardan ikki motor poezdini qabul qilish taqiqlanadi.
Motorvagon poezdlarni yo’lning alohida uchastkalariga qabul qilish ruxsat etilgan stansiyalarning ro’yxati hamda yo’lovchilar va poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash tartibi «O’TY» AO raisi tomonidan belgilanadi.
Ushbu stansiyalar uchun motorvagon poezdlarni qabul qilish uchun belgilangan tartibdan, stansiyalarga alohida lokomotivlarni va olib qo’yilmaydigan turdagi drezinalarni qabul qilishda ham foydalanishga ruxsat etiladi.
Stansiyaga suruvchi lokomotivlarni, stansiyadagi depolarga yo’nalayotgan lokomotivlarni, yoki depodan poezdlar tarkibi uchun kelayotgan lokomotivlarni qabul qilish uchun yo’lning alohida uchastkalari belgilanishi mumkin. Stansiyalar va harakat xavfsizligini ta’minlovchi qabul qilish tartibi «O’TY» AO mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi.
Zarurat tug’ilganda tiklash va o’t o’chirish poezdlarini, yordamchi lokomotivlarni, vagonsiz lokomotivlarni, qor tozalovchilarni, maxsus o’ziyurar harakat tarkibini, shuningdek, xo’jalik poezdlari va yo’l mashinalarini (peregonni berkitib ishlar bajarilganda) stansiya yo’llarining bo’sh uchastkalariga qabul qilish ruxsat etiladi.
Harakat xavfsizligini ta’minlovchi, ushbu poezdlarni qabul qilish tartibi poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan belgilanadi.
8. Stansiya navbatchisiga poezd marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, qabul qilish yo’li bo’shligi, qabul qilish marshruti strelkalarida manevrlar to’xatilganini tekshirmasdan oldin kirish svetoforini ochish taqiqlanadi.
Kirish svetofori shaxsan stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha markazlashgan post operatori tomonidan ochilishi kerak. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida kirish svetofori poezd dispetcheri tomonidan ochiladi.
Kirish svetofori kirib kelayotgan poezdning birinchi g’ildirak jufti bosib o’tilgandan so’ng avtomatik ravishda yopilishi kerak, elektr rels zanjiri yo’q stansiyalarda esa kirish svetoforlari stansiya navbatchisi, markazlashgan post operatori yoki strelka posti navbatchisi tomonidan kirib kelayotgan poezdning butun tarkibi o’tgandan so’ng yopiladi.
9. Kirish svetoforining asosiy chiroqlari o’chgan vaqtda yoki taqiq ko’rsatkichida poezdni stansiyaga qabul qilish man etiladi. Kirish svetoforining asosiy chiroqlari o’chgan vaqtda yoki taqiqlovchi ko’rsatgichida poezdni stansiyaga qabul qilish poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada ko’zda tutilgan tartibga ko’ra va alohida holatlardagina taklif signali, stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Taklif signali yoki stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan stansiyaga qabul qilinayotgan poezdning harakat tezligi 20 km/soat dan oshmasligi kerak, bunda mashinist poezdni e’tiborlik bilan haydashi va harakat qilishga to’siq paydo bo’lsa, darhol to’xtashga shay turishi kerak.
10. Stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcheri poezdni qabul qilishdan avval quyidagilarga majbur:
poezdni qabul qiluvchi yo’lning bo’shligiga ishonch hosil qilish;
poezdni qabul qilish marshruti va yo’liga chiqish manevrlarini tugatish;
poezdni qabul qilish marshrutini tayyorlash;
kirish svetoforini ochish.
Stansiya navbatchilari va poezd dispetcherlarining poezdni qabul qilish bo’yicha operasiyalarni bajarishdagi ish tartibi poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan belgilanadi.
11. Agar stansiyaga kirib boruvchi yo’lning hatto bir tomoni uzoqqa cho’zilgan pasayish bo’lib, shu bilan birga, bu pasayishga qarama-qarshi tomondan qabul qilinuvchi marshrut boshqa qabul qilinuvchi poezd marshrutidan (muhofaza berk yo’li yoki yo’llarning o’zaro joylashuvi bilan) ajratilmagan bo’lsa, qarama-qarshi yo’nalishdagi poezdlarning stansiyaga bir vaqtda qabul qilish man etiladi.
Ikki va ko’p yo’lli liniyalarning oraliq stansiyalarida chetdan kelayotgan poezdning marshruti bo’ylab tormoz yo’lida 0,006 dan tikroq pasayish bo’lsa va u yo’lovchi, pochta-bagaj, yuk-yo’lovchi yoki odam tashish poezdlarni qabul qilish marshrutini kesib o’tsa, bir vaqtda qarama-qarshi yo’nalishdagi poezdlarni qabul qilish taqiqlanadi.
Poezdlarni bir vaqtda qabul qilish yo’l qo’yilmaydigan stansiyalarda poezdlar bir vaqtda kelib qolganda birinchi bo’lib yopiq signal oldida to’xtash va joyidan ko’zg’alish sharoiti noqulay bo’lgan poezd qabul qilinadi.
12. Stansiyaga kirib kelayotgan poezd chiqish signali va qabul yo’lining chegaraviy ustunchalari orasida to’xtatilishi kerak, chiqish signali yo’q joyda esa, chegaraviy ustunchalar orasida to’xtatilishi kerak.
Poezdning oxirgi qismi chegaraviy ustunchalardan tashqarida qolgan hollarda, signalchi yoki strelka posti navbatchisi bu xaqda stansiya navbatchisiga etkazishi kerak. U esa o’z navbatida poezdni qabul qilish yo’lining foydali uzunligi chegaralarida joylashtirish bo’yicha choralar ko’radi.
Strelkalari elektr markazlashtirilgan stansiyalarda qabul yo’lining foydali chegaralarida poezdni joylashtirishni stansiya navbatchisi amalga oshiradi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa nazorat moslamalarining ko’rsatishi bo’yicha poezd dispetcheri amalga oshiradi.
Agar poezdni qabul yo’lining foydali chegaralarida joylashtirish mumkin bo’lmasa, stansiya navbatchisi harakat tarkibining qo’shni yo’llar bo’ylab harakatlanish xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ko’rishi kerak.
13. Stansiya navbatchisi har bir poezdni kutib olayotganda ularning ahvoli, poezd signallarining mavjudligi va ularning to’g’ri ko’rsatishini tekshiradi.
Poezd qabul yo’llari uzoqda bo’lgan yoki mahalliy sharoitga ko’ra stansiya navbatchisi poezdlarni kutib ololmaydigan stansiyalarda poezdlarni signalchilar yoki strelka posti navbatchilari kutib olishlari kerak.
Poezdning stansiyaga to’liq tarkibda etib kelishini stansiya navbatchisi signalchi, strelka posti navbatchisi dokladidan yoki shaxsan bilib oladi, strelkalari markazlashtirilgan stansiyalarda (avtomatik blokirovka bilan jihozlanmagan uchastkalarda) esa «O’TY» AO mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tayinlangan boshqa xodimlar dokladi orqali bilib oladi.
Yo’lovchi, pochta-bagaj, odam tashish yoki yuk-yo’lovchi poezdning stansiyaga etib kelishidan so’ng stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida poezd dispetcheri, stansiyaning texnika-boshqaruv aktlarida ko’zda tutilgan poezdlarning xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan zarur chora-tadbirlar ko’radi.
Stansiya navbatchilari mavjud bo’lmagan markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida hamda mahalliy ahvol tufayli stansiya navbatchisi poezdlarini kutib ololmaydigan va boshqa xodimlari (signalchilar, strelka posti navbatchisi) bo’lmagan avtomatik blokirovkali uchastkalarda joylashgan stansiyalarda poezdlarning kelishi boshqaruv moslamalari ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat kilinadi, bundan tashqari, poezdning stansiyaga to’liq tarkibda etib kelishi lokomotiv poezdi mashinisti tomonidan tormoz magistrali butligini tavsiflovchi moslamalarning ko’rsatkichlariga ko’ra nazorat kilinishi kerak.
Poezdlarni kutib olmasa ham bo’ladigan stansiyalar ro’yxati va poezdlarni qabul qilishda harakat xavfsizligini ta’minlash sharoitlari «O’TY» AO mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi.
14. Stansiya navbatchisi har bir poezdning aniq etib kelish yoki o’tib ketish vaqti va uning raqamini poezdlar harakati jurnalida qayd qilishi va poezdni jo’natgan qo’shni stansiya navbatchisiga, poezd dispetcheriga xabar berishi, bundan tashqari, avtomatik boshqaruv tizimiga tegishli ma’lumot jo’natilishini ta’minlashi kerak.
Jadal harakatli uchastkalarda poezdlarning kelishi va jo’nab ketishi xaqida ma’lumotlar poezdlar harakati va manevr ishlari Yo’riqnomasi tomonidan belgilanadi.
Download 21,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish