7.2. YO‘LOVCHI POEZDLAR TUZISH REJASINING XISOBI
Ushbu shartlardan kelib chiqqan xolda yo‘lovchi poezdlar tuzish rejasini xisoblashni tizimli dasturlash umumiy masalasi sifatida qo‘yish mumkin:
F=∑_(i,j)^n▒C_(i,j) X_(i,j)→min
Quyidagi cheklovlar uchun:
Tarmoqning xar bir kesishuvidagi yo‘lovchilar oqimi miqdoridan yo‘lovchi poezdlaridagi joylar sonining kattaligini bildiruvchi nomutanosiblik:
∑_(j=1)^y▒a_j x_j≥∑_(j=1)^y▒A_j
yirik temir yo‘l uzellari bo‘yicha aniq bir vaqt davrlarida uzoq masofaga qatnovchi yo‘lovchi poezdlarini jo‘natilishjarayonini bajarilishini ta’minlovchi nomutanosiblik bo‘lib, u stansiyaning ishlash texnologiyasi shartlari bo‘yicha xamda Shaxar atrof yo‘lovchi poezdlarining xarakat miqdori bo‘yicha ularning sonidan oshib ketmasligi lozim:
∑▒x_kt ≤∆kt30
temir yo‘l uzeli orqali Shunday miqdordagi tranzit yo‘lovchilar oqimini o‘tishini ta’minlovchi nomutanosiblik bo‘lib, uzelda asosiy yo‘lovchilar oqimining qayta o‘tirishi mumkin emas.
∑_(j=1)^y▒a_i ≥∑_(j=1)^y▒A_mp +{∑▒A_vv │; A_vыv },
x_ij≥0,
bunda aij , xij – mos ravishdagi ij ta yo‘nalishlardagi xisobiy poezdlarning xarakat miqdorlari va odamlar bilan bandligi;
n – poezdlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari soni;
j – j uchastkasi bo‘yicha xarakatlanuvchi poedlar manzillari soni bo‘lib, tarmoqni konfiguratsiya qilish orqali aniqlanadi;
cij– yo‘lovchilarni poezdlarda bo‘lgan vaqtini, qarakatlanish qulayliklarini xamda transport xarajatlarini baxolab beruvchi ij manzillardagi poezdlar xarajatlari, sum.;
Aj – j yo‘nalishlardagi yo‘lovchilar oqimi;
∑▒x_kt – kt stansiyasi bo‘yicha t xisobiy vaqtinchalik zonaga kelish yoki jo‘natilishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchi poezdlarning soni;
∆kt – stansiya ishlash texnologiyasi sharoitlari bo‘yicha t xisobiy vaqtinchalik zonadan stansiyaga qabul qilish (jo‘natish) mumkin bo‘lgan poezdlar miqdori;
Atr – uzel orqali ko‘rilayotgan yo‘nalishga o‘tib ketayotgan tranzit yo‘lovchilar oqimi miqdori;
Avv Avыv , – mos ravishdagi kiruvchi va chiquvchi yo‘lovchilar oqimi miqdori.
Lozim bo‘lsa boshqa bir cheklovlar xam xisobga olinishi mumkin.
YUrish uchun xarajatlar o‘z ichiga vaqt bo‘yicha xarakatlanishi va elektr energiyasi; to‘xtatishlar vaqtida yuzaga keluvchi energiya va vaqt yo‘qotishlarining baxosi xarajatlari, aylanishda bo‘lgan xarakat tarkibining zaruriy miqdori baxosi, yo‘lovchilarga bo‘lgan qulayliklar va ularning talablarini xisobga olgan xolda yo‘nalishdagi yirik stansiyalarga poezdlarni kelishi, ketishi yoki to‘xtamasdan o‘tib ketishi va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan transport xarajatlarini oladi. Ushbu sarf xarajatlar quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
c_j = {2[(∝s_(l-ch)+y_lb e_lb+y_p e_bp m+s_(pass-ch) a_0 m)Tm+ Rmexc_e ] +
+ 24〖mc〗_vch n_s^ob } +∆_0 ,rub.
bunda ∝ , y_(lb,) y_p – lokomotivning, lokomotiv brigadasining va vagon kuzatuvchilari brigadasining poezd ishidan tashqari vaqtlarini xisobga oluvchi koeffitsientlar;
elb , ebp – mos ravishda lokomotiv brigadalari va vagone kuzatuvchilari brigadasining 1 soat ishining xisobiy stavkasi, soat;
t – poezd tarkibidagi vagonlarning soni;
a0 – vagonning xisobiy azoli bilan bandliligi;
Tm – poezdning xarakat chog‘ida yo‘lda bo‘lgan vaqtiya, soat;
Rmex – xarakat va to‘xtab turishlardagi mexanik ish t-km;
ce – 1 t-km mexanik ish uchun xarajat stavkasi,so‘m.;
slch , svch – mos ravishda lokomotiv xamda vagon- soatlar narxi;
n_s^ob – aylanishda bo‘lgan tarkiblarning miqdori;
∆_0 – poezdning stansiyalardan nisbatan kam yo‘lovchilar oqimi bilan jo‘natish, qabul qilish va to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish vaqtlari narxini baxolash, so‘m
Masala dasturlashning xar qanday taniqli usullaridan biri orqali xal etilishi mumkin. Ko‘p xollarda simpleks-usuldan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |