MAHALLIY XAMDA UZOQ MASOFALARGA YO‘LOVCHILARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH
REJA
8.1 Uzoq va mahalliy aloqalarda yo‘lovchilar xarakatini tashkil etishning axamiyati
8.2. Uzoq va mahalliy aloqadagi yo‘lovchi poezdlarining sig‘diruvchanligi va kompozitsiyasi
Kalit iboralar
Yo‘lovchi poezdlar kompozitsiyasi, yo‘lovchi poezdlarining sig‘dira oluvchanligi, yo‘lovchilar oqimi korrespondensiyasi,taqsimlanuvchi va taqsimlanmaydigan yo‘lovchilar oqimi, yo‘lovchi poezdi tarkibi.
8.1. UZOQ MAHALLIY ALOQALARDA YO‘LOVCHILAR HARAKATINI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
Yo‘lovchilar tashishni rejalashtirish yuk tashishlarni rejalashtirishga ko‘ra qiyinroq bo‘lgan jarayon xisoblanadi. Chunki yo‘lovchilar oqimining miqdori va yo‘nalishlari o‘z jixatiga ko‘ra ijtimoiy omillar va axolining poezdlarda xarakatlanishga bo‘lgan extiyojlariga bog‘liq bo‘ladi. Uzoq va maxalliy aloqalarda yo‘lovchilarni tashishlarni rejalashtirish quyidagi omillarga asoslangan: xar xil tumanlarning iqtisodiyotini rivojlantirish; axolining daromad darajasi va moddiy saloxiyatini yuksaltirish, axolining zichligi, xarakatlanishga moyilligi madaniy darajasini oshirish; shaxar va kurortlarni rivojlantirish; transportning texnik jeixozlanganligi yuksaltirish; yangi temir yo‘l liniyalarini barpo etish va amaldagilarini rekonstruksiya qilish xamda boshqa transport turlarini rivojlantirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida temir yo‘l transportidagi xarakatlanishning davomiyligi va yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan servis xizmatlarning tariflarini boshqa raqobatbardosh bo‘lgan transport turlari bilan (xavo va avtomobil transporti) taqqoslash katta axamiyatga egadir.
Tashilishi kutilayotgan yo‘lovchilar oqimining xajmini aniqlash uchun kerakli ma’lumotlar maxsus texnik – iqtisodiy o‘rganishlar natijalari asosida aniqlanadi. Unda axolining temir yo‘l liniyalariga jalb etish xududlari aniqlanadi, ularning ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik, madaniyat, sog‘omlashtirish va dam olish va boshqa faoliyat soxalardagi axamiyatlari o‘rganiladi va shu bilan birga turli xil iqtisodiy soxalarning axamiyatlari va kelajaklari xamda qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalari o‘rganiladi. Ushbu ma’lumotlarni shaxar xamda tumanlar ma’muriyatlari, mahalliy tashkilotlar, markaziy a’zolar talabnomalari, kutilayotgan davr uchun yo‘lovchilar tashish to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar va aylanishda bo‘lgan xarakat tarkiblarining odamlar bilan bandlilik darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.
Yo‘lovchilar oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida quyidagilar belgilanadi: uzoq va mahalliy aloqadagi yo‘lovchi poezdlarining xarakat yo‘nalishlari va aylanish uchastkalari, xar xil turdagi yo‘lovchi poezdlarining xarakat miqdorlari, yo‘lovchi tashish xarakatining ko‘rsatkichlari; uzoq va mahalliy aloqalar uchun xarakat tarkiblariga va uning zaxirasiga bo‘lgan talab, poezd brigadalari va tashishlarning moddiy ta’minotiga bo‘lgan talab.
Aloxida punktlar oralig‘ida yo‘lovchilar oqimini korespondensiya qilish, yo‘lovchi poezdlarining aylanish uchastkalarini aniqlash imkonini bersa, yo‘lovchilar oqimining miqdori esa poezdlar xarakat miqdorini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Bunda asosiy yo‘lovchilar oqimini poezdlardan tushirmasdan manzillariga etkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishlari ko‘zda tutilishi bilan bir qatorda xarakat tarkiblaridan samarali foydalanishga xarakat qilinadi. Stansiyalarning texnik jixozlanganligiga, ya’ni ulardan asosiy, aylanish yoki poezdlar tuzish maqsadida foydalanish uchun qo‘llanilishi mumkinligini xam xisobga olish lozim. Ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik, ma’muriy-xo‘jalik, kurort va boshqa punktlarining axamiyati, yuk tashish xarakalarining xajmi va boshqa omillar xam katta axamiyatga ega.
Yuqorida keltirilgan barcha shartlar majmuasi barcha turdagi yo‘lovchi poezdlarining xar bir yo‘nalishlari, poezdlar tuzish punktlari va poezd manzillari bo‘yicha aniqlanadigan yo‘lovchi poezdlarini tuzish rejasining ishlab chiqilishida xisobga olinishi lozim.
Temir yo‘llar tarmog‘ining poligonlari mamlakatning iqtisodiy tumanlarini bog‘lovchi bir nechta parallel bir va ikki yo‘lli liniyalardan iborat bo‘lganligi uchun, parallel liniyalarda yuk va yo‘lovchi oqimlarini to‘g‘ri taqsimlash masalasini xal etilishi lozim. Uni xal etishning asosiy prinsipi yo‘nalishlaridan kelib chiqqan xolda yuk va yo‘lovchi oqimlari taqsimlanadigan va taqsimlanmaydigan yo‘lovchi oqimlariga ajratiladi.
Taqsimlanuvchi oqimlarga tarmoqning mazkur poligoni uchun tranzit xisoblangan oqimlar kirsa, taqsimlanmaydigan oqimlarga esa tarmoq poligonining xar bir liniyasi chegarasida tugaydigan yoki unda tuziladigan va shunday liniyalar orqali xarakatlanib chiqish punktidan tashqariga ketuvchi poezdlar kiradi. Bunda parallel liniyalarni ixtisoslashtirishning imkoniyati mavjud: bittasi — faqat yuk tashish xarakati uchun (shaxar atrofi poezdining xisobi bilan), ikkinchisi faqat yo‘lovchi tashish xarakati uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |