8.2 UZOQ XAMDA MAHALLIY ALOQADAGI YO‘LOVCHI POEZDLARINING KOMPOZITSIYASI VA SIG‘DIRA OLUVCHANLIGI.
Xar bir yo‘lovchi poezdi aniq bir turdagi vagonlar sonidan tuziladi. Xar bir turdagi yo‘lovch poezdlar tarkiblari turlichadir. Yo‘lovchi poezdlar tarkibidagi vagonlar miqdori odatda 15tadan 22 tagacha bo‘ladi va u yo‘lovchilar oqimiga, poezdning turiga va yo‘lovchilar platformasining uzunligiga bog‘liqdir. Tarkibdagi vagonlarning konkret joylashuvi tarkib sxemasi deb ataladi. Kompozitsiya deganda esa xar xil turdagi vgonlar (yumshoq, kupeli, platskart va boshqalar) soni va ularning tarkibdagi joylashish ketma-ketligi tushuniladi.
Tarkiblarning tuzilish sxemasi yo‘lovchi poezdlarning xarakat tartibi xizmat kitobida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bir xil turdagi poezdlar uchun tarkiblarning o‘zaro almashinuvini ta’minlovchi unifitsirlangan sxemadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday xolatda vagonlar tarkibda turlari bo‘yicha guruxlari bilan joylashtiriladi, ya’ni tarkibning boshida platskart vagonlar, dum tomonidan esa kupeli vagonlar. Tarkiblarning bunday kompozitsiyasi ularni umumiy aylanishda qo‘llash imkoniyatini yaratadi va bunda yo‘lovchi poezdlari tuzilish punktida manevr ishlari bo‘yicha amallarning minimallashuvini ta’minlaydi. Tarkiblarning to‘g‘ri keladigan kompozitsiyasi tarkiblarning bosh tomoni xamda dum qismiga vagonlarni qo‘shish xisobiga poezdning sxemasini kattalashtirish imkoniyatini beradi. Yo‘lovchi poezdlari tarkiblarini umumiy aylanishda qo‘llash foydalaniladigan tarkiblarning sonini kamayirishni ta’minlaydi. Poezd sxemasida vagonning tartib raqami, uning turi va undagi yo‘lovchi o‘rinlarining miqdori, manzili xamda bronlarning belgilari ko‘rsatilgan bo‘ladi. poezd sxemasidagi axborotlarning mazmuni tashkilotning funksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. yuqorida keltirilgan ma’lumotlar vokzal xo‘jaliklari uchun yurish xujjatlarini rasmiylashtirish uchun kerak. poezdlardagi joylarni tarqatish, o‘zgaruvchan trafaretlarni o‘rnatish, bron me’yorlaini ajratish bo‘yicha ishlar joylarni tarqatish bo‘yicha yo‘l byurosi tomonidan amalga oshiriladi; unga xuddi shunday mintaqaviy direksiya va vokzallar byurolari itoat etadilar.
Uzoq masofaga qatnovchi poezd tarkibining kompozitsiyasi qoidalari bo‘yicha yumshoq vagonlar (SV) tarkibning o‘rtasida vagon-restoranning oldiga joylashtiriladi. Firmenniy poezdlarda esa yumshoq vagonlar tarkibning dum qismiga joylashtiriladi va bu o‘z navbatida yo‘lovchilarning tinchligiga imkon yaratadi.
Yo‘lovchi poezdlar tarkibi tez yurar poezdlar tarkibidan kupeli vagonlarning kamligi va umumiy vagonlar (platskart va o‘tirib ketiladigan joyli vagonlar) ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bunday poezdlarda ketayotgan yo‘lovchilar marshrutning boshidan oxirigacha bormasliklari mumkin va yo‘ldagi stansiyalarda tushishlari va chiqishlari mumkin va shuning uchun xam yotib ketish uchun mo‘ljallangan joylar miqdori qisqartirilgan bo‘lishi mumkin. 6-8 soat davomida qisqa masofaga xarakatlanuvchi poezdlar uchun (agar u xarakat grafigida kunduz kuni joylashtirilgan bo‘lsa) u xolda bunday poezdlar uchun o‘tirib ketish kreslolari bo‘lgan viloyatlar aro qatnashga mo‘ljallangan vagonlardan foydalanish mumkin. Xalqaro aloqalardagi poezdlar tarkiblariga V sostavы va 2 sinf “RITS” gabaritidagi vagonlar ulanadi. (R1, R2, R1—2).
Tarkibning sig‘dira oluvchanligi yo‘lovchi poezdining turi va uning og‘irligi va kompozitsiyasidan kelib chiqib aniqlanadi. tarkibdagi vagonlarning miqdori yo‘nalishdagi yo‘lovchi platformalarining uzunligiga xam bog‘liqdir.
Xozirgi vaqtda tez yurar va yo‘lovchi poezdlarining og‘irligi 1000 tonnagacha (16-20 vagon) deb belgilangan. Tezlashtirilgan uchastkalardagi (soatiga 140-160 kilometr) tez yurar yo‘lovchi poezdlarining maksimal og‘irligi odatda 700-800 tonna deb belgilangan.
Ba’zi kategoriyadagi yo‘lovchi poezdlarining taxminiy tarkiblari va ularning sig‘dira olish qobiliyatlari 4.2. jadvalda keltirilgan.
4.2. jadval
Yo‘lovchi poezdlarning taxminiy tarkiblari va ularning
sig‘dira oluvchanligi.
Poezd turi Tarkib Joylar soni
Tezyurar Oltita kupeli xar birida 36 tadan o‘rin, sakkizta yumshoq 2-o‘rinli kupeli 18 tadan o‘rinlari bilan, bitta vagon – restoran, bitta kupeli radiouzeli bilan 28/8 o‘rin
Jami 16 vagon 388/8
Tezyurar Sakkizta kupeli xar birida 36 tadan o‘rin , oltita yumshoq 2-o‘rinli kupeli 18 tadan o‘rinlari bilan, bitta vagon – restoran, bitta kupeli radiouzeli bilan 24/12 o‘rin
Jami 16 vagon 420/12
Tezyurar Bitta bagaj, ettita yumshoq 2-o‘rinli 18 tadan joyli kupeli, to‘qqizta 36/20 tadan o‘rinli kupeli, bitta ku-
Peli bufeti bilan 12/4 o‘rinli, bitta — xarakatlanuvchi saqlash kamerasi bilan, bitta vagon – restoran
Jami 19 vagon 458/24
Tez yurar 54 ta o‘rindan iborat bo‘lgan 10ta platskart, ettita 36tadan o‘rinli kupeli,bitta kupeli radiouzeli bilan 24/12 o‘rinli, bitta vagon-restoran
Jami 19 vagon 816/12
Yo‘lovchi Ikkita umumiy o‘rinlarga ega bo‘lgan 81tadan joyli, 12 ta 54 tadan o‘rinli platskart, uchta 36/6 o‘rinli kupeli, bitta kupeli radiouzeli bilan 36/8
Jami 18 vagon 946/14
Tezyurar Bitta — xarakatlanuvchi saqlash kamerasi viloyatlar aro qatnov turiga mansub bo‘lgan 60ta o‘tirish o‘rniga ega bo‘lgan, bitta kupeli bufeti bilan 8/8 o‘rinli, ikkita kupeli 36 tadan o‘rni bilan, bitta kupeli radiouzeli bilan 24/4, bitta vagon restoran
Jami 18 vagon 824/12
Ilova. Poezdlar xarakati jadvali kitobida ko‘rsatilgan vagonlarda poezd boshliqlari (LNP), vagon restoran xodimlari uchun, vagon kuzatuvchilari, poezd elektr mexaniklarining xordiq chiqarishlari uchun o‘rinlar ajratiladi. Bundan tashqari aravachali nogironlar va ularni kuzatib borayotgan shaxslar uchun maxsuslashtirilgan vagonlar, feld’egerlik aloqasi va militsiya qo‘riqchilari uchun xam o‘rinlar ajratiladi. Xalqaro aloqalardagi tarkiblarda esa pasport xamda bojxona organlari xodimlari uchun xam o‘rinlar ajratiladi.
Bunday o‘rinlarning miqdori xarakat jadvalining yuqorisida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ba’zi bir poezdlarda “erkaklar”, “Ayollar” , “Aralash”, “butun” belgilari bo‘lgan kupe vagonlar ajratiladi. YUqori darajadagi qulayliklarga ega bo‘lgan vagonlar belgilanadi.
Yo‘lovchi poezdlarning xarakat jadvallari shunday tuzilgan bo‘lishi lozimki, unda axolining tashishlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirilishi bilan bir qatorda quyidagilar xam ta’minlansin: yo‘lovchi poezdlarining yuqori tezligi va yurish vaqtlarining qulayligi; lokomotiv va tarkiblarning tezlashtirilgan aylanmasi; yuk va yo‘lovchi poezdlar xarakatlarining to‘g‘ri rejalashtirilganligi; uchastka va yo‘nalishlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatlaridan samarali foydalanish va boshqalar. Uzoq msofaga qatnovchi yo‘lovchi poezdlarni jo‘natilish vaqtlarini asosan kechki mahalga va kelish vaqtlarini esa ertalabki mahalga rejalashtiriladi. Imkon qadar yo‘lovchi poezdlari yirik shaxarlardan tungi vaqtda o‘tishini oldini olishga xarakat qilish lozim. Mahalliy poezdlar asosan 200-400 kilometrli masofalarga xarakatlanadilar va shuning uchun ularni poezdlar xarakat grafigida imkon qadar tungi vaqtdan tashqari xar qanday vaqtda joylashtirish mumkin. Uzoq masofaga xamda mahalliy aloqadagi yo‘lovchi poezdlarining kelish va jo‘nash vaqtlari samalet xamda avtobuslar xarakat jadvallari, shaxar transportining ishlash tartibi bilan kelishilgan xolda amalga oshirilishi lozim. Bu esa o‘z navbatida turli xildagi transpot vositalari xizmatidan foydalanuvchi mijozlar yo‘lda bir transportdan boshqasiga qayta o‘tirish uchun ko‘p vaqt sarflamasligiga zamin yaratadi.
Yo‘lovchi poezdlarining xarakat jadvallarini ishlab chiqish tartibi quyidagicha: YAngi xarakat jadvalining loyixasi qisqartirilgan poezdlar xarakati grafigi ko‘rinishida tuzib olinadi. Poezdlarning to‘xtashlarini faqatgina yirik stansiyalar uchungina ko‘rsatiladi. lekin yurish vaqtiga esa barcha to‘xtalishlar qo‘shib boriladi. Qisqatirilgan xarakat grafigining bir nechta variantlari ichidan eng samarali varianti tanlab olinadi va uning asosida xaqiqiy grafik ishlab chiqiladi va unda poezdlarning xar bir ajratish punktlariga kelgan, ketgan va to‘xtamasdan o‘tib ketgan vaqtlari ko‘rsatiladi.
Temir yo‘llarda yo‘lovchi poezdlarining xarakatlanish jadvallari kitobcha, afisha yoki jadval ko‘rinishida chiqariladi va vokzallar va yirik stansiyalarda osib qo‘yiladi. Uzoq masofaga qatnovchi va mahalliy aloqadagi yo‘lovchi poezdlari xarakat jadvalining amal qilish muddatlari ikki yildan kam bo‘lmasligi lozim. Lekin xar yili kiritiladigan boshqa poezdlar xarakat jadvallariga ta’sir ko‘rsatmaydigan o‘zgartirishlar xam bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |