1-maruza. Kirish. Moddiy nuqta kinematikasi


Materiya, vaqt, fazo tushunchasi, sanoq sistemasi. Moddiy nukta



Download 129,66 Kb.
bet5/8
Sana03.07.2022
Hajmi129,66 Kb.
#736062
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MARUZA. KIRISH. MODDIY NUQTA KINEMATIKASI



Materiya, vaqt, fazo tushunchasi, sanoq sistemasi. Moddiy nukta.

1. Mexanik xarakat - materiya xarakatining eng sodda turi.


Materiya xarakatining fazodagi xar qanday o’zgarishiga xarakat deyiladi. Materiya xarakatining eng sodda turi mexanik xarakat bo’lib, u jismlar yoki jism qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan siljishini ifodalaydi. Mexanik xarakatni fazo va vaqtdan ajratilgan xolda tassavur etib bo’lmaydi, chunki xar kanday xodisa fazoning qaeridadir va qachondir sodir bo’ladi.
xarakatni tekshirilayotgan jismning turli paytlarda fazodagi vaziyatlarini aniqlash uchun sanoq sistemasi qabul qilinadi. xar bir xarakat biror sanoq sistemasiga nisbatan qaralishi kerak. Biror jismni uloqtirib, uning uyga nisbatan qilayotgan xarakatini ko’rsak, bu xolda uy sanoq jismini tashkil qiladi. Sanoq sistemasi uchun yana soat mexanizmi va koordinata sistemasi olinadi. Koordinata sistemasini shunday tanlab olinadiki, bunda uning boshlanish nuqtasi jism xarakatining tekshira boshlash nuqtasiga to’g’ri kelishi kerak.
Moddiy nuqta deganda, shakli, o’lchami va tuzilishi ko’rilayotgan masala uchun axamiyatga ega bo’lmagan, lekin maolum massaga ega bo’lgan jism tushuniladi.

Moddiy nuqta kinematikasi: tezlik, tezlanish, normal va tangentsial tezlanishlar.




Moddiy nuqtaning qoldirgan izi to’g’ri chiziqli bo’lib, teng vaqtlar ichida teng yo’llarni o’tsa. moddiy nuqtaning bunday xarakatiga to’g’ri chiziqli tekis xarakat deyiladi. Jismlar teng vaqtlar oraliqlarida xar xil yo’llarni bosib o’tishlari mumkin. xarakatlar orasidagi bu farqni xarakterlash uchun tezlik tushunchasi kiritiladi.
Vaqt birdigi ichida bosib o’tilgan yo’l bilan ifodalanadigan kattalikka tezlik deyiladi.
Agar jism t - t0 vaqt ichida S - S0 yo’lni bosib o’tsa, (2.1-rasm) tezlikning matematik ifodasi:
(2.1)
Agar S0 = 0 va t0 = 0 bo’lsa,
(2.2)
Moddiy nuqtaning tezligi vektor kattalik bo’lib, SI birliklar sistemasida m/s (metr bo’lingan sekund) da o’lchanadi.


xarakatni bir ondagi tezligini xarakterlash uchun vaqtni shunday kichraytirib boramizki, natijada o’rtacha tezlik bir ondagi tezlikka yaqinlashib boradi, yaoni
(2.3)
2.3-tenglikdan ko’rinadiki, tezlikning son qiymati yo’ldan vaqt bo’yicha olingan birinchi tartibli xosila bilan ifodalanar ekan.
Jism xarakati teng vaqt oraliqlarida bir xil (v) miqdorga o’zgarib boradigan xarakatga tekis o’zgaruvchan xarakat deyiladi. Bunday xarakat tekis tezlanuvchan va tekis sekinlanuvchan xarakatlarga bo’linadi. Agar moddiy nuqta tezligi t - to vaqt davomida V - Vo ga o’zgarsa, jism olgan tezlanish: bilan ifodalanadi. t = 0 va Vo = 0 xol uchun moddiy nuqta tezlanishi
(2.4)
ga teng bo’ladi va m/s2 da o’lchanadi. Moddiy nuqtaning ixtiyoriy vaqtdagi tezligi
V = Vo + at (2.5)
bosib o’tilgan yo’l uzunligi
S = Vot + (2.6)
formula bilan aniqlanadi. Agar 2.6 tenglikda Vo = 0 bo’lsa,
S = (2.7)
bo’ladi. Yo’l bilan tezlik orasidagi bog’lanish:
S = (2.8)
yoki
(2.9)
formulalar bilan ifodalanadi.
Egri chiziqli xarakatda jism tezligining son qiymati o’zgarmas bo’lsa, bunday egri chiziqli xarakat tekis egri chiziqli xarakat deyiladi. Bunday xarakatdagi moddiy nuqtaning normal va tangentsial tezlanishlarini ko’raylik (2.2-rasm).


A va V nuqtadagi tezliklar ayirmasi: V1 - Vo = at = FD. Teng taosir etuvchi FD ni FC va FE ga ajratamiz.

Download 129,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish